Quyoşning ming jilvasidan nusxa olib…

              Öz yurtimning…

Yot ellarning boği bilan boğçasi,

Öz yurtimning yantoğiça bölolmas.

Mahtumquli

Öz yurtimning…

Özga yurtning gullar öpgan köçasi,

dengizlari

nilufari, ğunçasi.

daryolari,

sohillari, boğçasi.

Kökni quçgan möʼjizasi,

darçasi.

Öz yurtimning tuproğiça bölolmas.

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

 

Garçi uçdim yulduzlarning qanotida,

Nasim böldim soğinçlarning sirotida.

Balki alvon jilvalarga maftun böldim…

Ruh bermadim ruhsizlarning bayotiga.

Menga heç kim öz elimdek bölolmas.

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

 

Nurlar kördim osmon bilan böylaşgan,

Sirlar kördim, sinoatdan söylaşgan,

Uçayotgan turnalarni tinglasam,

Oşiyonining sevgisidan kuylaşgan.

Özga yurtda könglim yaşnab kulolmas.

Dil gardimni abru nayson yuvolmas.

  

Yantoqgullar — bolaligim bayroği,

Xoru xasi, ölanlari, yaproği.

Jonga malham quşlarining sayroği.

Tötiyodir itlarining tirnoği,

Öz yurtimda raqib soçim silolmas

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

 

El hajrini ğaribalar biladi…

Yurt işqida sarğayadi, söladi…

Öz elimda kökka boqsam ösaman

Nafas olsam olamlarim töladi!

Tuğyonimni zebu zarlar ololmas,

Yot ellarda könglim yaşnab kulolmas.

 

                             Faryod

 

Oy nurida kaşta tikkan çevar edim,

Bir olamni, bir onamni sevar edim,

Olislarga boqib-boqib şöxu şodon,

Tezroq ötsa bu kunlar deb qöyar edim.

Söng bölinib ketdim ming bir bölaklarga,

Umrim berdim ziyosi yöq falaklarga!

Köklamlarim, bayramlarim qolib ketdi,

Hayratlarim, hayronlarim qolib ketdi,

Quyoşning ming jilvasidan nusxa olib,

Gul solganim gilamlarim qolib ketdi.

Söng bölinib ketdim ming bir bölaklarga,

Umrim berdim xasdan yupun halaklarga!

Qani mening butunligim, bunyodligim,

Qani mening qişin- yozin obodligim,

Evoh dunyo, buğdoy donday soçding meni,

Qani mening kundan yoruğ pok zotligim!?

Oh, bölinib ketdim ming bir bölaklarga,

Umrim berdim qumdan sarob tilaklarga!?

Bir quş bölib kelgan edim boğlaringa,

Uçib qönsam pastu baland toğlaringda,

Tarqamadi osmoningda tumanlaring,

Qoyalarga urildim gul çoğlarimda.

Evoh dunyo bölding ming bir bölaklarga,

Oşna qilding navosi yöq yuraklarga…

 

                              * * *

Közinga tik qarab yaşadim…

Sönmadim, to sönggi gavharim qadar…

Har neki, uçrasa arzon va nursiz,

Boqmadim, bebahra qolsamda agar….

Egmadim könglimning nurşoxlarini,

Sinsam, siniqlarim qiliçga döndi.

Yuvmadim anduhning oq doğlarini,

Zulmat qanday çöksa,

intizor köndim…

Muqaddas va porloq umidim haqqi,

Şunçaki farahga könmadim.

Saharlar ifori kelarkan toki,

Toki falaklarga yetarkan dodim!

Közingga tik qarab yaşadim,

Ötkinçi nigohlar öyingohida.

Yolğon mahzanlarni yeçib taşladim,

Masrur borayapman, çin Panohiga.

Qismat!

 

                         Evriliş

 

Dunyo bilan,

Işim yöq mening.

Dunyo menga qilmaydi karam.

Sukunat va moviylik aro,

Yaşayapman,

Yaşil

va körkam…

Derazamdan boqadi osmon,

Özim qarab qöyaman gohi.

Borliğimni örtaydi hamon,

Naysonlarning yoşli nigohi…

Köksim töla

Sevgi va orzu

O, kimnidir

soğindim behad…

Çeksizlikda

yaşindek çaqnab,

Intizormi,

Meni kutgan baxt!

Toş yöllardan jimgina ötib,

Yuragimni quçaman

sokin.

Faqat seni,

Bir seni kutdim…

………………………..

O, tuşundim,

Istiqbol yaqin

 

                              * * *

 Şamsim sizga boqib közim adaşdi,

Közim ne, asarim sözim adaşdi.

Yöllar rayhon edi,

Xuşvaqt ketardim,

Poyingizni quçib tözim adaşdi…

 

Bir şuʼla izladim yillar oralab,

Tunlarning köksiga yoğdular qalab,

Nogoh porlaganda iqbolim şaʼmi,

Boşimni kötardim men siddiqtalab.

 

Şamsim siz döst böling,

                           durdonam böling,

Kadar falagida bir donam böling,

Menam bir kun körib, yaşillanayin,

Köklamim, savrim, pirxonam böling!

 

Libos orzusida sizga talpindim,

Fasllar almaşdi, xasdek ökindim.

Faqat xayolimda sizniki böldim,

Faqat xayolimda siz bilan tindim.

 

Şamsim sizga boqsam közim adaşdi.

Poyingizni quçib tözim adaşdi,

Sohilsiz dengizdek unsiz ötindim,

Özimdan sarosar, “özim”adaşdi…

 

                            * * *

Heç bir izohim yöq könglimga,

Mağribdan maşriqqa yelaveraman…

Parvona borgandek, munis ölimga,

Begim nega sizga kelaveraman…

 

Holim parişondur, ixtiyorim yöq,

Köksimda şamollar

                           bir zum tinmaydi…

Siyoh quriganmi, inmasmi nayson

Nahot bu yozuqda giyoh unmaydi…

 

Nega bu işora, neçuk imtiyoz,

Karbalo daştida bu neçuk ayyom.

Begim yuragimga tölmoqda qasos,

Ölsam, ustingizdan qilurman daʼvo.

 

Meni ulfat qildi, Hazrati Hayyom

Behudud jilvalar qilur yodingiz,

Osmonim yer böldi, bardoşim tözdi.

Quridi közlarim olovli dengiz.

 

Olamga öt ketsa mendan ranjimang,

Heç bir izohim yöq könglimga.

Begim doringizga örlayveraman,

Parvona borgandek munis ölimga…

 

                             * * *

Böronlarda sovrilgan vaqt — Men.

Yoki vaqtga behuda böron…

Ovozingni kutgan bekat — Men,

Köksim uzra,

tinmadi suron…

 

Ufq qadar çözildi yöllar

Zulmat içra uzun bedorlik…

Havasimni umidga ulab

Taşrifinga içikdi zorlik…

 

Qara, yöllar ismingni aytib,

Kök toqiga ketar tutaşib…

Kelgin şamsim porlamoq payti,

Şodligimga şodlik ulaşib!

 

Böronlarda sovrilgan vaqt-Men.

Yoki vaqtga behuda böron…

Ovozingni kutgan bekat-Men,

Köksim uzra,

tinmadi suron…

 

Kezib yurdim karbalo daşti,

Mendek hurni körmadi Yo rab!

Meni izlab ming yil adaşding,

Va ketdingmi ortinga qarab…

 

                               * * *      

Men senga atalgan şunday mevaman,

Yuragimni uşat, ol bir sözimni.

Matnazar Abdilhakim

Fasllar aylandi

Atrofimda jim,

Jim ketib boradi oyning şarpasi

Kelar yöllaringa

Közimni tikdim.

Könglimni asradi orzu havasim.

Fursatlar soğindi qadamlaringni,

Bir menmi adaşgan,

Bir menmi şoşgan…

Şamollarga soçdim alamlarimni,

Bir menmi tunlarning

                           bahridan keçgan…

Bir asov daryoning tölqinidirman,

Qismat qirğoğiga siğmayin toşdim,

Bilmayman,

Kimman va,

Qandayin sirman

Nega xayolingga könglimni oçdim?..

Tongning sohiliga çiqdim seni deb,

Seni deb soçlarim parişon böldi,

Hanuzam yöllarim intizor senga,

Umidim şuʼlasi kel endi…

Qurbat vodiysiga kelgan Sarvarim,

Umr sohilidan yoğdular terdim,

Bir senga atalgan hayot guliman,

Yuragimni uşat va bir söz degin!

Fursatlar soğindi qadamlaringni…

 

Sen bir osmon

                              

Najotiyga

  (Turkumdan)

* * *

Najot yana özingsan döstim!

Men sen bilan

Haq sari ösdim!

Sovuq yuraklarning faslidan,

Omon çiqdi,

Lolaruh köksim…

Sen judayam

Maʼsum va masrur,

Subh azonidek şaffofsan!

Qalbing balqib turar közingda,

Qalqinaman judayam sofsan!

Yöllar…

Yöllar ularga boqma,

Oydinlikning osmonida böl!

Sen şunçaki vaqtlarda oqma,

Çeksizlikning jilvasiga töl!

Hayratlaring qanotlaringni,

Orzularing—

Dilbandlaringni,

Yuksak, yuksaklarga uçirgil,

Oqquşlarga yoğdu içirgil.

Bevaqt, benur sellar yukidan,

Könglim qirğoqlari toşganda,

Bağrim yana özingsan döstim,

Men sen bilan baxtiyor banda…

 

Yöllar…

Yöllar ularga boqma.

Oydinlikning osmonida böl!

Sen şunçaki nurlarda oqma,

Çeksizlikning jilvasiga töl!

 

 

                            Maktub

 

Borar yölim sening yöling emasmu?

Manzilgohing zangor dilim emasmu?

Seni desam yeru kökda yaşnadim,

Köksimdagi sening guling emasmu?

 

                          Ozoda BEKMURODOVA

 

Muallif haqida:

Ozoda Bekmurodova – Dehqonobod tumanida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi UzMU)ni tamomlagan. “Dilrabo Oq şomlar”, “Yurak zarblari” “Moviy fursatlar” şeʼriy töplamlari naşr etilgan. Özbe­kiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan