Direktorning SOXTA tavbasi
Bundan 5-10 yil avval Samarqand şahridagi 6-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi bir qavatli, körimsizgina binoda joylaşgandi. Bugungi kunda öşa körimsiz maktab örnida 3 qavatli zamonaviy bino qurilib, işga tuşirildi.
Ammo bu maktabga Xayrullo Niyazqulov direktor bölib keldi-yu, öqituvçilarning noroziligi viloyat oşib, respublikagaça yetib bordi. Negaki, X.Niyazqulov iş faoliyatini özining oila aʼzolari va yaqinlarini işga olişdan boşladi. Turmuş örtoği, farzandi va taniş-bilişlari loyiq bölsa, bölmasa qanoti ostiga oldi. Töğri gap tuqqaningga yoqmaydi deganlaridek, bu işning töğri emasligini aytgan, bir neça yildan buyon şu maktabda işlab kelayotgan milliy çolğu yönalişi öqituvçisi Inobat Maxamova esa direktor X.Niyazqulovning ğazabiga uçradi. Unga nisbatan tazyiqlar kuçaydi.
Bunga çidolmagan tajribali öqituvçi najot istab qator idoralarga, jumladan, tahririyatga murojaat qildi. I.Maxamovaning şikoyatini örganiş maqsadida Samarqand viloyati hokimligi Madaniyat boşqarmasi boşliği Xöjaqul Muhammadiyevga uçraşdik. X.Muhammadiyev şikoyat ariza bilan tanişib çiqqaç, bizga boşqarma yuristi Abdualim Eşnazarov va mutaxassis Oybek Rahimovni hamroh qilib maktabga yubordi.
Ular bilan birgalikda 6-son BMSM direktori Xayrullo Niyazqulov huzurida böldik. X.Niyazqulov xuşlamaygina qarşi oldi. Söng maktab direktori boş hisobçi va kadrlar bölimi noziri Ahmadjon Toşboyevni hamda öqituvçi I.Maxamovani çaqirtirdi. I.Maxamovani körgan direktor birdan tutoqib ketdi:
— Nimalar qilib yuribsiz! Maqsadingiz meni işdan olişmi? Böşatib qöyaman! Ammo aytib qöyay, mendan keyin kelgan direktor birinçi bölib sizni işdan haydaydi!
Direktorning madaniyat xodimiga yaraşmagan bunday “madaniyat”li muomalasini körib lol qoldik.
“Muomalangizni töğrilab oling!” — deya unga maslahat berişga töğri keldi. Şundan söng, A.Toşboyev olib kelgan hujjatlarni közdan keçirib, savollarimizga mutaxassisdan javob olişga harakat qildik.
Joriy yilning yanvar oyida oliy maʼlumotli qiz maktabga dutor öqituvçisi qilib işga olişini sörab murojaat qilganda negadir direktor X.Niyazqulov “iş örni yöq” deb rad etadi.
Ammo oradan heç qança vaqt ötmay aynan şu vazifaga 2020 yilda ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabining çolğu yönalişini tugatgan örta-maxsus maʼlumotli Mahliyo Haqberdiyevani işga olibdi.
Mutaxassis Oybek Rahimovning taʼkidlaşiça, M.Haqberdiyeva tugallanmagan oliy, yaʼni örta-maxsus, şu sababli uni vaqtinçalik işga oliş mumkin ekan. Qiziq, unda direktor qaysi tartibga asoslanib, oliy maʼlumotli mutaxassisni işga olmay, örta maʼlumotli ayolni işga olgan?
Eʼtiborimizni direktorning turmuş örtoği Rahima Farmonovaning hujjatlariga qaratdik. R. Farmonova Samarqand davlat sanʼat bilim yurtini 1983 yilda “Aşula” ixtisosligi böyiça tamomlagan ekan. Ammo maktabda estrada va solfedjiodan dars berar ekan. Bizni mutaxassisligi töğri kelmasa-da, direktor öz xotiniga ikkita mutaxassislik böyiça dars ajratgani ajablanarli.
Maktabdagi 61 nafar xodimning işga kelib-ketiş daftarini közdan keçirganimizda yanada qiziq holatga duç keldik. Direktorning öğli Fayozjon Fayzullayev (elektrik), Dono Aminova (kiyim-keçak mutasaddisi), Amritdin Aliqulov (öqituvçi), Aziz Nurullayev (öqituvçi) va hokazolar aslida işga kelişmas, lekin oylik vedemostida bor bölib çiqişdi. Jamoadagilar ham ularni tanişligini aytişolmadi. Çunki işda sira körişmagan. Faqat oy oxirida ular maoş oliş uçun hisobçiga uçrab ketaverişadi çoği.
Maktabdagi “keldi-ketdi” daftarida ham, dars jadvalida ham ularning nomlari qayd etilmagan. Söng direktorga unda maktab foyesiga örnatilgan kamerani körsak böladimi, desak, u: “kamera işlamaydi”, deya bizga qarab kulib qöydi. Kamera direktorning aybini yopiş uçun işlamasa kerak-da, degan xayolga bordik. Ammo qaçongaça maktabga kelmaganlar, bir kun ham işlamaganlar davlatning pulini olib yuraveradi? Bu savolga kim javob beradi? Maktabda 205 nafar öquvçi öqiydi. Öquvçilarning kelib-ketişi ham ölda-jölda, taʼlim-tarbiya ham şunga yaraşa. Xodimlarning köpçiligi işidan ayrilib qolmasligi uçun R. Farmonovaning noçor qoş-qovoğiga qaraydi.
Direktorning turmuş örtoği R. Farmonova har yili bayramlarda ham sovğa, ham mukofot puli olgan. Biroq 30 yildan buyon işlayotgan tajribali, fidoyi öqituvçilarning hatto ism-şarifi hamişa ham bunday röyxatga kiritilmagan.
Işonasizmi, yöqmi, joriy yil 8 mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida direktor faqatgina turmuş örtoği R. Farmonova bilan yana ikki nafar xodimlarni, aytişlariça, “zakonçi” ayollarni maxsus tabriklagan xolos. Nahotki, maktabda ulardan boşqa ayollar işlamasa? — deya röyxatga köz yugurtirdik. Yöq, röyxatda erkaklarga nisbatan ayollar köproq ekan.
Biz direktor Xayrullo Niyazqulovdan bu kabi holatlarga izoh söradik. U nima deyişini bilmay, öqituvçi Inobat Maxamova bilan kelişib işlaşga, muammolarni bartaraf etişga vaʼda berdi. Lekin, afsuski vaʼdasining ustidan çiqmabdi. Biz Toşkentga kelganimizdan ikki kun ötib, I.Maxamova yana bizga qönğiroq qildi. Maktabda vaziyat butunlay özgargani, Rahima Farmonova barça öqituvçi va öquvçilarni haqqini talab qilganlarga qarşi qilib qöyganini, ularni yakkalab qöyişganini taʼkidlab, xafa böldi…
Ana xolos! Odamzod hammani aldab kun köraman desa yanglişadi-ku. Prezidentimiz aytganlaridek, bugungi odamlar keçagi odamlar emas, öz haq-huquqini taniy boşlagan, maʼnan yuksalayotgan odamlardir, axir!
Biz bu xususda Samarqand viloyati hokimligi madaniyat boşqarmasining rahbari Xöjaqul Muhammadiyevga qönğiroq qilib maʼlum qildik. Lekin… ulardan kelgan javob xatida şunday deyiladi: “Örganiş davomida murojaatda keltirilgan vajlar qisman tasdiqlandi, yaʼni A. Aliqulov Samarqand ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabi xalq çolğular bölimi boşliği ekanligi, 6-son BMSMda esa örindoş öqituvçi bölib, 0,5 stavkada işlaşi aniqlandi. Dars maşğulotlarini ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabida 3 nafar öquvçiga örgatib kelgan”.
Şu örinda haqli savol tuğiladi. 3 nafar öquvçi 6-son BMSMga emas, balki uzoq yöl bosib transportda öqituvçining ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabiga borib öqir ekan, ularning xavfsizligini kim taʼminlaydi?
Javob xatida qolgan direktorning işlab-işlamay maoş oladigan oila aʼzolari va tanişlari haqida lom-lim deyilmagan. Xatda yana şunday jumlalar bor: “6-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori mehnat faoliyati davomida yöl qöygan şu kabi xato-kamçiligi uçun birinçi bor jiddiy ogohlantirildi”.
Buni qarangki, biz Toşkentga qaytganimizdan söng, direktor xodimlarning “keldi-ketdi” daftarini yöq qilib, örniga bitta oq qoğoz qöyibdi. Nimadir bölibdi-yu, 12 aprel kuni R.Farmonova maktabga kelganini yozibdi, ammo soat neçida maktabdan ketganini yoziş “esidan çiqibdi”. Direktor qoğozga kimki, qaçon kelib-ketganini yozmasa, bir kunlik iş haqini bekor qiliş vazifasini örinbosari Bekali Dusanovga yuklagan ekan. B. Dusanov direktorga kirib aynan direktorning ayoli bölmiş domulla R. Farmonova maktab içki tartibiga amal qilmagani uçun bir kunlik iş haqini bekor qilmoqçi ekanligini aytganida, X.Niyazqulov tutaqib, “darhol 12 aprel kungi “keldi-ketdi” qoğozni yöq qiling, boşqatdan öşa kuni işlagan barça xodimlarga imzo qöydirib çiqing”, debdi. Mana ahvol.
Bizga arz qilgan maktab öqituvçisi Inobat Maxamovaning aytişiça, taʼlim dargohida işlar rosa “paçava” emiş: dars ötişlar, mehnat qonuniyligiga rioya qiliş butunlay öz holiga taşlab qöyilibdi. Öquvçilarning musiqa va sanʼatni çuqur örganib, sanʼatga oşno bölişlari nihoyatda sust holda. Şuning uçun ham bu dargohda oldingi vaqtlardagidek iqtidorli yoşlar kamol topişi bilan heç kim qiziqmaydi.
Çunki… çunki qayerda taniş-bilişçilik, oşna-oğaynigarçilik avj olgan bölsa, öşa yerda yuksaliş, rivojlaniş bölmasligi tabiiy hol, şunday emasmi?
Endi Samarqand şahridagi 6-son bolalar musiqa va sanʼat maktabidagi bunday açinarli muhitga kim va qaçon çek qöyar ekan?
Öylaymizki, uşbu taʼlim dargohiga tegişli mutasaddilar befarq ekanlar, balki Samarqand viloyat prokuraturasi muassasadagi qonunbuzarlik, közböyamaçilik holatlariga huquqiy baho berar?
Xonbibi Himmat qizi,
jurnalist.
