Men haqdagi birinçi latifa

Bir neça kunlar avval men ikki maşhur inson haqida juda hayratomuz latifa öqib qoldim va qörquvga tuşa boşladim. Bu latifalarning birinçisi taniqli general Dragomirov haqida bölib, şunday mazmunda edi:

“Hammamizga maʼlumki, taniqli va jonkuyar general Dragomirov özining topqirligi, donoligi bilan boşqa generallardan ajralib turardi. Bir safar bir odam undan:

— Agar erta yo indin turklar çegarani kesib ötgani, yoğiy qöşinlari Kiyev yaqinida ekanidan xabar topsangiz nima qilgan bölardingiz? — deya söraydi.

Dragomirov biroz sukunatga çömganidan keyin barmoğidagi katta olmosköz uzugini çiqaradi va dös­tiga uzatadi:

— Mana şu uzukni oyoğingizning biror barmoğiga taqing!

— Axir buning iloji yöq-ku, örtoq general… — deydi nima qilarini bilmay qolgan haligi odam.

— Ana, kördingizmi, turklarning Rossiyaga hujum qilolmasligining sababi ham xuddi şunday. Har kimning öz örni bor, töğrimi? — deya javob qaytardi dono general.

Bu javob turklar orasida uni yoqtirmas qatlamning, duşmanlarining ortişiga sabab böladi. Uning duşmanlarini ismma-ism sanasak, közingiz çanoğidan çiqib ketsa ajabmas”.

Ikkinçi latifa esa bunday mazmunda:

“Marhum şoir Minayev özining ajoyib şeʼr öqiş qobiliyati, isteʼdodi hamda öziga töq yaşaşi bilan boşqa şoirlardan ajralib turardi.

— Mana uning bizga saxovat ila qilgan işlaridan biri, — dedi bir odam taniqli temir yöl quruvçisi M.ning dafn marosimida, — u noçor oilalarga hamişa yordam bergan, bugungi maʼrakaning xarajatlarini ham şoir kötargan”.

Yana bir safar esa hazilni yaxşi köradigan va zamon bilan hamnafas yaşaydigan Dostoyevskiyning dösti aktyor B.ga şunday şeʼr yozgan ekan:

Oh, odamizot!

Sen naqadar şunçalar axmoq,

Jasading qarşimizda turar bugun, oh.

Endi, dam ol! Döstim, toki u sahar,

Içingni mehribon qurtlar

Yeb-bitirgunga qadar.

Maşhur şoirning bu şeʼri unga duşmanlik qiluvçi muxlislarning ortişiga sabab bölgandi.”

 

* * *

Yuqorida şu ikki latifani qörquv içida öqiganimni qayd etdim. Çindan ham, bu latifalarning birontasi haqiqatga yaqinmasligi, yolğonligini bir öylab köring-a. Gapim töğrimi, töğri albatta. Bundan manfaat nima: “taniqli marhumlar” borasidagi hangomalar kitobining qölma-qöl öqilişi uçunmi?

Men bu maʼno-matrasi yöq latifalarni öqirkanman, özimning, ölimimdan keyingi taqdirim haqida lahzaga bölsa-da öy surdim. Çunki, yaqindagina çop qilingan gazetalardan birida ilk marta, men heç yoqtirmaydigan bir sözning ismimga qöşib yozilganini kördim: “Maşhur Arkadiy…”.

Juda ğalati söz va juda yoqimsiz ham. Odamning ğaşi keladi oçiğini aytsam. Ammo nima qilay, nima bölganida ham men “maşhurman”, boşqa manzilim yöq. Men aslida tabiatan juda kamtarin, kamsuqum odamman, bu haqda esa şu paytgaça biron marta boş qotirmagandim. Biroq aniq bilaman, yuqoridagi ikki odamning salohiyati ham, odamiyligi ham mendan kam emasdi. Biroq olamdan ötişganidan söng boşiga qanday qismat tuşdi. Hammasi ayon-ku sizlarga, döstlarim.

Şundan keyin bu sözning odam yelkasiga ortadigan masʼuliyati haqida anglab yetdim.

Keling, men haqimda nima istasangiz yozing. Istagan paytingiz naşr qiling, qarşiligim yöq. Yöq, undan avval, yaxşisi, hamma odamday ovqatlaning, suv içing, uxlang, yölda sayr qiling, kimnidir itarib yuboring, turli mojarolarga aralaşing. Sizning fik­ringizça, yölda ketayotganingizda şunday mojarolardan biriga duç kelib qolsangiz, albatta hal qila olasiz. Sizningça, unda qatnaşmoq va ojiz tarafni himoya qilmoq sizning vazifangiz. Söng­­ra maşhurlikka erişasiz.

Endi-çi? Endi esa “taniqli” bir odam sifatida tepadagi işlarni bir bajarib köringçi. Ovqatlanayotganingizda hamma oğzingizga qaraydi, katta tiş­lab yegingiz keladi-yu lekin tişlolmaysiz, kiçik bir tişlam sizning nasibangiz, çunki katta tiş­lab yesangiz xunuk körinadi. Hattoki suyaklarni butkul yutişga ham majbur bölasiz haftalab ovqatlanmagan köça daydisi kabi, böğilib-böğilib bölsa-da bu işni uddalaysiz, har doimgidek tarelka çetiga suyak qoldiqlarini tupurib yuborolmaysiz. Çunki yoningizda sizni maroq bilan kuzatayotganlar darrov gap-söz qiladi: “Anavi taniqli palonçiyev palonçi (madaniyatsiz) ekan, (oçköz) ekan”.

Endilikda köçadagi biror uruşga aralaşolmaysiz. Aralaşdingizmi, tamom. Nomingiz odamlar xotiriga muhrlanadi: janjalkaş, uruşvoz… (Ehtimol, maşhur palonçiyev palonçi öşa payt mast bölgandir… Mana sizga madaniyatli odamning işi… Axir taniqlilarning birortasi uruşmagan, Dobrolyubov, Belinskiy va Pisarevlar janjallaşişmagan”).

Şuning uçun ham ehtimol hozir aslida “kal­taklanişi” kerak bölgan odamlar bejazo qolmoqda, hayot qonunlari buzilib, oramizda yaramas odamlar safi urçib bormoqda.

Qismatimning eng katta fojiasi, bu — asfalasofinga jönaganimdan keyingi aql-idrokim, topqirligim haqidagi gazetalar yoritadigan latifalardan biri, mana. Tasavvur qiling, u taxminan şunday böladi:

“Taniqli (boşqalarda qöllanilgan ekan, demak men ham qöşsam böladi) yozuvçi Arkadiy Averçenko özining donoligi va iqtidori bilan boşqa yozuvçilardan ajralib turardi. Bir safar bir tanişi undan:

— Sizningça, kim baland — Şekspirmi yoki Gyote? — deya söraydi.

— Mening şaxsiy tikuvçim Kubakin, — deb javob qaytaradi ziyrak yozuvçi.

— Iya, nima uçun? — söraydi haligi odam.

— Çunki, — jilmayadi yozuvçi, — uning böyi uç metrdan oşiq.

Bu javobi bilan yozuvçi köplab adabiyot buyuklari orasida öziga duşman topdi.”

* * *

Tabiiyki, heç birimiz bunday “latifa”lardan holi emasmiz, ammo ularni iloji boriça kamaytirişga urindim va men haqimda kelajakda yozilişi kerak bölgan barça latifalarni özim yozişga qaror qildim.

Birinçi navbatda, şundan boşlasam. Bu voqea taxminimça bir oylar oldin sodir bölgandi.

Marhum yozuvçi Arkadiy Averçenkoning xotira daftaridan:

“Marhum yozuvçi Averçenko, köpçiligimizga maʼlumki, begona odamlar bilan hazillaşişga moyil bölgan. Bu odat uni köpçilik yoqtirmasligiga olib kelgan. Biz quyida aytmoqçi bölgan voqeaning rost ekanini adibning köplab döstlari tasdiqlaşlari mumkin.

Kunlarning birida, qor köçkilari poyezdning oldini tösib qöyganligi sababli köplab odamlar va yozuvçi Arkadiy ketayotgan poyezd yarim yölda qoladi. Yozuvçi tezroq bu muammoni hal qiliş kerakligini, agar tezroq bu yerdan ketiş taraddudini körişmasa yana bir kundan keyin oç qolişlari haqida şikoyat qiladi. Şu payt ayni xonada ötirgan odamlardan biri Averçenkoni masxara qiladi:

— Kelinglar yaxşisi, ertaga hammamiz qurʼa taşlaymiz, kim yutqazsa, öşa odamni yeymiz… Siz şu fikrga nima deysiz Arkadiy Timofeyeviç, mabodo siz yutqazsangizu, biz sizni yeb qöysak nima qilasiz?

— Nimayam qilardim, mayli deyman. Qolganlarniku bilmadim, lekin sizning mening göştimga tişingiz ötmasa keragov… — javob qaytaradi marhum yozuvçi.”

Aytmoqçi bölganim şuki, bu vaziyatda boşqaça javobimdan men ahmoqqa öxşab körinib qolişim ehtimoli katta edi. Balki, öşa paytda bu javobning ostidagi gapni heç kim tuşunmagandir, ammo mana yillar ötib, uni şarhlovçilar topildi.

Aziz öquvçim! Bu ayni paytgaça bölgan men haqimdagi yagona latifadir. Sizga hazil yoqadimi yoki yöq, bilmayman. Biroq bu latifa yuz foiz haqiqatligiga kafolat beraman. Axir taniqli general Dagomirov va maşhur şoir Minayev singari donişmand odamlarga qaraganda sal ehtiyotkorroq bölmoq foydali deb öylayman.

Rus tilidan

Rahmat Bobojon tarjimasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan