Şoirning quruvçi ustozi

Mubolağasiz aytiş kerakki, bizning avlod Abdulla Oripov şeʼrlarini öqib, yod olib ulğaydi. Qişloğimizdan sal nariroqda – Neközda tuğilgan bu inson talabalik yillaridanoq xalq orasida gözal, öziga xos şeʼrlari bilan tanilib bölgandi. Şoir haqida gap ketganda, ayniqsa, yoşi uluğlar: “Ha, Özbekistonning zör şoiri-da, şeʼr deganni Abdulladay yozsang… e, otasiga rahmat!”, – deb faxrlanib qöyişardi. Haqiqatan ham, Abdulla aka öşa paytlari şeʼrdan şeʼrga ösib borayotgan, nomdor adiblaru taniqli adabiyotşunoslar nazariga tuşgan kelajagi yoruğ şoir edi. Zero, u inson haqida qança gapirsang, qança yozsang arziydi.

Köpçilikka maʼlum, 1965–1970-yillar oraliğida Abdulla Oripovning şeʼriy töplamlari ketma-ket çop etilib, samimiy va mulohazaga undovçi satrlari xalq orasida ança-munça maşhur böldi. Heç mubolağasi yöq, Abdulla Oripovning muxlislari köpaygandan köpayaverdi. Bu xalqona, oddiy, gözal şeʼrlarning muallifi bilan uçraşib, suhbat qilişni istaganlarning sanoği kun sayin köpayib bordi.

Keçagidek esimda… 1975 yilning oxirlari edi. Öşanda ijodkor akamiz Normurod Narzullayev qizini turmuşga berayotgan edi. Töyda Abdulla Oripov bilan uçraşib qoldik. Töyxona foyesida taniş-bilişlar bilan suhbatlaşib tursak, içkaridan Abdulla aka çiqib keldi. Biz bilan körişdi, hol-ahvol söraşdi, davradagilarning köpçiligini yaxşi tanigani bois, suhbat qizğin tus oldi.

Bir zumda Abdulla akaning atrofiga şeʼriyat muhiblari töplanişdi. Suhbat orasida davradagilar berayotgan savollarga bilimdon, zukko şoir ajoyib javoblar berib, hammani qoyil qoldirardi. Men ham yoşligimdan şoirning şeʼrlarini yod olgan, bu insonga hurmatim baland edi. Paytdan foydalanib, Abdulla akadan: “Ustozingiz kim, qaysi şoirni ustoz deb bilasiz?” – deya söradim. Abdulla aka biroz sukut saqladi, çamamda köng­lidan nimalarnidir ötkazdi, keyin vazminlik bilan gap boşladi:

— Uka, menga köpçilik bu savol bilan yuzlangan. Sizga aytsam, ustozim boşqalarning ustoziga öxşamaydi, u kişi şoir ham emas…

Davradagilar birdan huşyor tortdi. Hamma bu nomdor şoirning ustozi kim ekan, deya Abdulla akaning oğzini poylaydi.

— Öşanda öqişning birinçi kursini tugatib, taʼtil boşlanişi bilan qadrdon qişloğim – Neközga   keldim, – deb gapini davom ettirdi Abdulla aka. – Ota-onam, aka-ukalar bilan diydorlaşdim, ulardan hol-ahvol söradim. Oradan bir muddat vaqt ötgaç, otam: – Uyimizga mehmon kelgan, körişib çiq, – dedilar. Mehmonxonaga kirsam, otamning eski qadrdoni Ğaybulla aka çoy içib ötirgan ekan. Ğaybulla boboni ançadan beri bilardim, u kişi otam bilan yoşlikdan döst tutingan va azaldan bir-birlari bilan bordi-keldi qilişardi.

— Abdullajon, – deya gap boşladi Ğaybulla bobo, hol-ahvol söraşib bölganimizdan keyin. – Bolalardan eşitib qoldim, şeʼr yozarmişsan, şeʼrlaring gazetalarda ham çiqib turarkan. Köp yaxşi-da! Toşkentdan yangi şeʼrlaringni olib   kelgandirsan? Qani öşa şeʼrlaringdan bir eşitaylik — dedi faxr bilan. Otam ham suhbatga qöşildi:

— Qani öğlim, yangi–yangilaridan öqi. Ğaybulla bobongning gapi yerda qolmasin-a.

Men bu ikki oqsoqolning gaplaridan zavqlanib ketdim va şeʼr öqişni   boşladim. Şeʼr Moskva, Kreml haqida edi. Ğaybulla bobo şeʼrni diqqat bilan tingladi va qalin bolişga suyanib, qaddini biroz kötardi.

— Yaxşi, yaxşi… yaşa öğlim! – deb, sukutga çömdi. Birozdan söng gapida davom   etdi:

— Abdullajon, bolam, şeʼring yaxşi, ravon yozilibdi, – dedi Ğaybulla aka soqolini silagan köyi. – Ha, ammo bolam, Maskovda bölganmisan özi? Kremlni heç   körganmisan?

— Yöq, men hali Moskvada bölmaganman, Kremlni ham körmaganman. Ğaybulla bobo javobimni eşitgaç, biroz tin olib, gap boş­ladi:

— Abdullajon, bolam, senga nasihatim şuki, bundan keyin şeʼr yozganingda,   albatta, körgan-keçirganlaringni yoz. Şunda şeʼrlaring işonçli çiqadi.

— Şunaqa gaplar, – deb gapini davom ettirdi Abdulla Oripov. — Ğaybulla aka bor-yöği, quruvçi bölgan. Quruvçi bölsa ham, qarang, qanday teran fikrlaydigan odam edi. Ğaybulla akaning neça yillar oldin bergan nasihatlari hali-hali yodimdan çiqmaydi. Ha, mening birinçi ustozim ana şu inson edi. Uning jöyali maslahatlari menga bir umr saboq böldi…

Bu yil Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan atoqli, ardoqli şoir Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi mamlakatimizda keng nişonlanmoqda. Abdulla aka hayot bölganida, davralarning törida, şogirdlarining eʼzozida yurgan bölardi. Afsus­ki, bu inson bugun oramizda yöq. Ammo uning betakror, sermazmun, falsafiy, xalqimiz qalbidan allaqaçon çuqur joy olib ulgurgan şeʼrlari, u yaratgan mustaqil Özbekiston Respublikasining madhiyasi hamişa barhayotdir. Ha, şubhasiz Özbekistonimizning bemisl, öz ovoziga ega, betakror şoiri, ajoyib inson Abdulla Oripov oramizda jisman bölmasa-da, maʼnan barhayot, dillarimizda, tillarimizda, qalblarimizda, şeʼrlarimizda yaşayveradi.

Abduraşid MAHMATOV,

tibbiyot fanlari nomzodi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan