Matbuotimiz darğalaridan edi
Taniqli publitsist va noşir, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni hamda “Jasorat” medali sohibi Ziyod Islomoviç Yesenbayevning Özbekiston jurnalistikasi rivojiga qöşgan hissasini köpçilik yaxşi biladi.
U fayzli umri davomida tuman, viloyat va respublika markaziy gazeta va jurnallarida samarali faoliyat körsatgan. Qariyb yigirma yil Özbekiston Davlat matbuot qömitasi va Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasini boşqargan. Özbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari faoliyatini qöllab-quvvatlovçi jamğarma boşqaruvi raisi lavozimida hamda “Özbekiston matbuoti” jurnali boş muharriri sifatida öz mahorati va bilimini namoyon etgan edi.
Ziyod Yesenbayev mustaqil Özbekiston jurnalistikasi rivoji va yoş mutaxassislarni tarbiyalaşga munosib hissa qöşgan ustoz hamdir.
Joriy yil 21 iyun kuni davlat va jamoat arbobi Ziyod Yesenbayev tavalludiga 100 yil töldi. Şu munosabat bilan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan ustoz jurnalist xotirasiga bağişlangan tadbir ötkazildi.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi vakillari, Z.Yesenbayevni yaqindan bilgan, öz davrida u kişi bilan birga işlaşga muyassar bölgan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi “Faxriylar kengaşi” raisi Jabbor Razzoqov, faxriy noşir Botir Diyorov, taniqli jurnalist va adib Neʼmat Yoqubov, ustoz jurnalistlar Ötkir Zokirov, Hamid Sultonov, Solih Yoqubov, Irismat Abduxoliqov va boşqalar avval “Minor” qabristoniga borib, ustoz qabrini ziyorat qilişdi. Söngra, Z.Yesenbayev xonadoniga taşrif buyurib, uning oilasi, yaqinlari davrasida ustozni xotirladilar.
Ustoz jurnalistning ibratli hayot yöli, ezgu fazilatlari yodga olindi.
— Ziyod Islomoviçni 1965 yili birinçi bor taniganman, — dedi taniqli jurnalist Jabbor Razzoqov. — Öz davrida yurtimizdagi naşriyotlar, bosmaxonalar, gazetalar faoliyatini yölga qöyişda boş-qoş bölganlar.
— Otamizni bilganlar har doim yaxşi xotiralar bilan eslaydi, — dedi ustozning öğli Şerzod Yesenbayev. — U Ikkinçi jahon uruşining boşidan oxiriga qadar frontda mardonavor kuraşgan. Noşirlik, matbaa, jurnalistika rivojiga katta hissa qöşgan otamizning porloq xotirasi yodga olinib, hurmat-ehtirom körsatilgani uçun minnatdorlik bildiramiz.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov ustoz Ziyod Yesenbayev yod etilgan keçada taʼkidlaganidek, bunday tadbirlar yoş jurnalistlarni matbuotimizning şonli tarixi, öşa vaqtlardagi öta murakkab oğir şaroitlarda, turli tösiqlarni yengib, mardonavor faoliyat olib borgan fidoyi darğalar hayoti va ijodiy faoliyati bilan taniştirişda muhim örin tutadi hamda ularga ibrat maktabi bölib xizmat qiladi.
Islom ASILBEKOV,
Özbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyuşmasi mutaxassisi
