Halollik va saxovat — umr bezagi
Gohida tevarak-atrofga nazar solib, insofu diyonat, mehru muruvvat, saxovat kamayib ketayotganiga bevosita guvoh bölasan. Yordam beriş qölidan kelsada, özini bilmaganga soliş, özini niqoblab döst qilib körsatişu, zimdan payt poylab çoh qazuvçilar köpayganiga ham şohid bölayapmiz. Ayniqsa, özini ziyoli sanovçi kişilar orasida bunaqangi holatlar uçrab turişi ğoyat afsuslanarlidir. Şularni körib, kuzatib “nahotki insofu diyonatli ziyoli zamondoşlarimiz ham kamayib ketayapti?” deb öyga tolişga majbursan. Şukrki, marhum professorlar Ğaybulla as-Salom (1932-2003) va Begali Qosimov(1942-2004)lar bilan boğliq hayotiy voqealarni eşitib yaqin davrda ham şu kabi saxovatli, halollikni hayotiy mezon qilib olgan zamondoşlarimiz yaşaganiga şukr qilamiz. Dastlab ular bilan boğliq ayrim voqealarga nazar solsak.
Taniqli ijodkor Şerali Sokin bir suhbatida professor Ğaybulla as-Salomning insoniy fazilatlaridan söz oçib u kişini şunday xotirlagandilar:
— Öşa kezlari, gapning oçiği, moddiy jihatdan qiynalib yurgandim. Döstim, şoir Rauf Parfi maslahat berdi:
— Yaxşisi, ustoz Ğaybulla as-Salomdan qarz söragin. Qulay yöli — şu. Yurasanmi qiynalib?
“Qanday bölarkin?” deya andak taraddudlanib oxiri yurak yutgança ustozdan qarz söradim. Ul zoti şarif öng qölidagi hassasini çap qöliga olib hamyonidagi hamma pullarni sanamasdan-netmasdan kaminaga uzatarkanlar, mehribonlik bilan dedilar:
— Tuşunaman, mirzam. Sizga hozir juda qiyin. Oğir operatsiyani boşdan keçirişning özi bölmaydi. Jöjabirday jonsiz. Ustiga ustak, Ivo Andriçning “Drina köprigi” romanini tarjima qildingiz. Tarjima öta maşaqqattalab yumuş: kişini juvozdan çiqqan otday qilib qöyadi. Ha, modomiki şunday ekan, bu pullarni işlating. Badavlat bölib ketganingizda qaytararsiz.
Ittifoqo, öşa kuni birodarim Olimjon Hakimov özi guvohi bölgan bir voqeani aytib qoldi:
— Negadir Ğaybulla as-Salom domla bugun “Şarq” konserni oşxonasidagi taniş oşpazdan nasiyaga taom olib tuşlik qildilar…
Men mulzam bölib qoldim.
Farğona viloyati, Beşariq tumanilik Hanifa opa Suyarqulova esa ijodkorlar orasida “sönggi jadid” nomini olgan Begali Qosimov bilan boğliq ibratli bir voqeani şunday sözlaydilar:
— Öğlimni institutga imtihon topşiriş uçun Toşkentga olib bordim. Toşkentga kam borganmiz, şaharni bilmaymiz. Bir uzoq qarindoşimizni qora qilib, 2-3 kun yaşaşga joy topib berar degan umidda uyini topib bordik. Ammo bizning taşrifimiz ularga yoqmadi. Suhbatlaşib ötirganimizda uyning bekasi: “Öğling munça yuvoş, ustiga kamgap, uyatçan ekan. Şu turişi bölsa institutga kirolmaydi, “x” variant sotib olgin”, dedi masxaraomuz ohangda. Ustimdan sovuq suv quygandek bölib ketdim. Öğlimni bilmayman, lekin mening yuragim ezilib, köz yoşimni arang töxtatdim.
Keçki payt öğlimning örtoqlari turadigan joyni daraklab topdik, bir amallab tong orttirdik. Ertasi kuni bir qarindoş talaba yigit kelib, bizni Begali Qosimov uyiga taklif qilayotganini aytdi. Öz qarindoşimizdan iltifot körmaganimiz uçun u kişinikiga borişga istihola qildik, töğrisi qörqdik. Lekin u yigit domla tayinlaganini aytib, bizni olib ketdi. “Köçada qolganimiz”ni bolalardan eşitib, uyiga çaqirgan ekan.
Biz iymanib, zörğa darvozadan kirib borganimizda, hovlidagi sörida ötirgan er-xotin şoşilib örinlaridan turib, peşvoz çiqişdi. Yuragimga keça örnaşgan dard bu mehrdan erib, köz yoşlarim bilan oqib tuşib, jismimni tark etgandek böldi. Men özga bir olamga, suv örniga mehr töldirilgan dengizga tuşib qolgandek edim.
Bizni Begali akaning işxonasi yonidagi mehmonlar kutiladigan xonaga joylaştirişdi.
Ertasi kuni Matluba opa domlaning xonasini körsatdi. Xonada minglab kitoblar, göyo bu inson umri davomida topgan-tutganlarining hammasiga kitob sotib olganday tuyuldi menga.
Biz bu yerda uç kun turgan bölsak, domlaning qaçon uyquga yotgani — qaçon turganini bilolmadim. Faqat tinmay işlab ötirganini kördim.
Endi öylasam, bu hazrati inson salomatligi yomonlaşganiga qaramay, umri tugab qolmasdan işlarini oxiriga yetkazişga şoşilgan ekan.
Domla nonuştani ham, tuşlik, keçki ovqatni ham biz bilan birga qilib, biroz suhbatlaşardi. Öta kamtar bu inson bilim qaynab çiqayotgan bir buloqqa öxşardi. Öğlim iqtisodçi bölmoqçiligini eşitib, fanning turli sohalaridan savollar berib, maslahatlar berdi. Imtihondan bir kun oldin u kişiga minnatdorçilik bildirib, institut yaqinidan birorta joy topmoqçi ekanimizni aytganimda, bizga ruxsat bermadi. Öğlimga bugun keçqurun yaxşilab dam olişni, imtihonga ortiqça narsa olib kirmaslikni, aks holda vaqtdan yutqazib qöyişi mumkinligini aytdi. Ertasi ertalab bizni Matluba opa bilan birga öz maşinasida imtihon böladigan joyga olib borib qöydi, öğlimning könglini kötarib: “Siz albatta institutga kirasiz. Kelajakda moliya vaziri bölasiz, yaxşi topşirib olişingiz uçun omad tilayman”, deb öğlimning qölini qisdi. Bu tabarruk insonning tilaklari ijobat bölib, öğlim öqişga kirdi, hozir vazirlikda faoliyat yuritmoqda.
Ha, Hanifa opa aytgan voqeaga ham 15 yildan ortiq yil böldi. Bu orada 2004 yili Begali aka ham afsuski vafot qilib ketdilar. Biroq undan adabiyotşunoslik va tarixga oid köplab tadqiqot asarlari, eng asosiysi yaxşi nom yodgor bölib qoldi. Begali aka halollikni umrining asosiy mezoni qilib qatʼiy belgilab olganidan hattoki öğlining xorijga öqişga ketişiga ham aralaşmagan ekanlar.
Bu haqda öğli Behzod Qosimov otasining qatʼiyatligi töğrisidagi bir voqeani şunday xotirlaydi:
— Xorijda öqişga yöl oçilgan paytlar edi. Öqişni Amerikada davom ettirmoqçi böldim. Hujjatlar tayyorladim, ayrim sinovlardan ötdim. Seytl universitetiga boradigan böldim. Endi ToşDU taşqi aloqalar bölimining ruxsatini oliş kerak ekan. Dadam öşanda şu universitetda prorektor edi. Menga: Lyubov Maksimovna (taşqi aloqalar bölimi boşliği)ga özing kirgin. Maqsadingni tuşuntir, lekin mening öğlim ekaningni aytma, dedi. Kirdim, tuşuntirdim. Rad javobini oldim. Öşanda dadam aralaşganlarida Amerikaga ketar ekanman. Şunday qilib xorijda öqiş orzusi orzuligiça qolib ketdi.
Ha, Ğaybulla va Begali akalar afsuski bugun oramizda yöq… Xöş, ular kabi saxovatli, halollikni umr bezagi deb bilgan yana qança ziyolilarimiz bor bugun oramizda? Agar bölsa özini atayin insofli qilib körsatişga urinmay, töqima voqeani keltirmay yuqoridagi kabi misollarni aniq keltira oladimi?
Umidbek TOJIMUROD
