Öriklisoy ilhomlari

Zomin tumanidagi Öriklisoyda

yoş ijodkorlarning anʼanaviy respublika festivali bölib ötmoqda

yoki Öriş aka Majidovni eslab…

Har gal yölim Zomin tomonlarga tuşganida, tuğilgan qişloğimni soğinib, yuragim entikadi. Bu yerning pörim arçazorlari bolaligim ötgan Safed Bulonni yodimga soladi. Toğlar hamma joyda ham purviqor, salobatli, ammo har joyning toğida özgaça husn-tarovat, rizq-nasiba, ohanrabo bor. Ikki toğning orasidan ötuvçi tor yölni Qapçiğay deyişadi. Çexiyaning Karlov Varisiga, özimizning Çimyonga şunday yöldan boriladi. Qişloğimizni suv bilan taʼminlovçi   Sanoçsoy, Poçatasoy bir-biriga yelkadoş bölib turgan toğ va tepaliklar orasidan oqadi. Manzil tomon kötarilar ekansiz, öynab-buralib pastga şoşayotgan serşovqin soy suvi, musaffo havo, ming dardga davo noyob giyohlar, yuqoriroqda – arçazorlar, quşlarning beparvo çuğur-çuğuri sizga hamroh böladi.

Zomindan gap oçilsa, ijodkorlar yodiga toğlar orasida joylaşgan sölim Öriklisoy tuşadi. Keyingi ön beş – yigirma yil içida bu yerda hordiq çiqarib, ijod qilmagan şoir, yozuvçini topiş qiyin bölsa kerak. Respublika yoş ijodkorlarining har ikki yilda ötkaziladigan anʼanaviy seminari Örik­lisoy bağrida ötadi. Bugun adabiyotimizning kenja, umidli vakillari darajasiga kötarilgan köplab yoşlarning qalami şu yerda çarxlangan, ijod yöllari Zominning saxovatli bağridan boşlangan desak, mubolağa bölmaydi.

Polyak adibi Yan Parandovskiy “Söz kimyosi” asarida odamlarda yozuvçilik mayllari va qobiliyati, garçi tösatdan uyğonişi va kutilmagan hodisa bölib tuyulsa-da, aslida bu iqtidor uning içida uzoq yillar davomida pişib yetilişini, vaqti kelganida buloq kabi qaynab toşişini (demakki toşdan-toşga urilib pişişini) taʼkidlar ekan, şunday yozadi: “Şoirning şoirligi qanday şaroitlarda voqe bölganini xotirada qayta tiklaş kamdan-kam odamga nasib etadi. Holbuki, ijodkorning tuğilişi kişini lol qoldiruvçi uluğ hodisadir. Bu juda qudratli, ayniqsa, şoirlarda birinçi muhabbatga öxşab kişini butunlay çulğab oladigan keçinmalar bilan boğliq böladi”.

Ijodiy uyğoniş kimda ön beş-yigirma yoşda, kimda   yetmiş-saksonni ortda qoldirgan paytda sodir bölişi ham tabiiy hol. Gap vaqtda emas, bölajak ijodkorni tanlagan yölidan, niyatidan qaytarib bölmaydigan, orzu-havasi, tuyğularini tuşunişda, unga muttasil ilhom baxş etadigan kuçning nimaligini anglaşda! “Söz kimyo­si”da öqiymiz: “Odamlar hayotda mavjud bölgan har qanday hodisani sözda ifodalaşga ehtiyoj sezadilar va bu bilan boğliq ravişda öz-özlarini namoyon qilişga ham ehtiyoj paydo böladi. Bu holat deyarli fiziologik ehtiyoj bölib, uning zaiflanişi yoxud butunlay yöq bölib ketişi inson tabiatiga ziddir”.

Demak, ijodkorlik mayli boşqalardan biroz bölsa-da, ajralib turiş, eʼtiborda böliş, çetda qolib ketmaslik istagi bilan boğliq desak, xato bölmaydi. Bu istakni qadrlamoq, bugun adabiyotga şitob bilan kirib kelayotgan, öz ovozida, qobiliyati imkoniyatida söz aytayotgan, goh taqlid köçalariga burilib, mahzun söqmoqlarda adaşib, yöl qidirayotgan yoşlarni har jihatdan qöllab-quvvatlamoq zarur. Çaqaloqning tilga kirişi, atak-çeçak qilişi maşaqqatli jarayon bölgani kabi, qöliga qalam uşlagan yoşlarning badiiy talqin “til”i biyronlaşuvi, uslubi şakllanişi, qadami ildamlaşişi ham birdaniga va osonlikça sodir bölmaydi. Adabiyot – katta boğ, unda uzoq yillardan beri muttasil hosil berayotgan salobatli daraxtlar bilan birga, endi-endi gullayotgan köçatlar, qaddini rostlayotgan nihollar ham böladi. Yaxşi boğbon ularni mehr bilan parvarişlaydi, keksa daraxtga ham, yoş köçatlarga ham köz-quloq bölib turadi. Çunki, hayotda bölganidek, boğda ham tabiiy almaşinuv hodisasi yuz beradi. Bu muhim “zanjir” uzilmasligi,   biri ikkinçisini töldirib, biri ikkinçisiga mehr qölini çözib turişi zarur.

Öriklisoy şunday fazilatga ega. Uning bağrida, suvi va havosida ustoz-murabbiylik tuyğusi bor desam, işonavering. Bu yerda bölganlar yaxşi bilişadi: şahar şovqini ortda qolib, özingizni quşdek yengil sezasiz, musaffo havodan nafas olişning, şarqirab oqayotgan irmoqçaga mos qadam taşlaşning, xayol surişning, qalam tebratişning özi – davo. Tongda quyoşning toğlar çöqqisiga minişi, oqşom yulduzlarning şahar osmonidan köra ança pastlab, özgaça jilolanişi, siz bilan sirlaşişi dil qulfingizni oçib yuboradi, vujudingiz tetiklaşadi, ilhom oğuşiga ğarq bölasiz. Satrlar quyulib, suron bilan kela boşlaydi.

Bugun adabiyotimiz boğida ayni şu holatni kuzatiş mumkin: ijodiy jarayonga, ijodkorlarga, ayniqsa, yoş qalam sohib­lariga eʼtibor heç qaçon bugungiçalik mehrli-oqibatli bölmagan. Yoş isteʼdod egalarining hayajonga töla adabiy davralari, şeʼrxonlik, ijodiy uçraşuvlar, nufuzli tanlovlar mamlakatimizda muttasil ötkazilmoqda. Uluğ ustozlar nomidagi mahorat maktablarining faoliyatiga har qança havas qilsak arziydi. Ularda taʼlim olayotgan yoşlarning hammasi ham maşhur şoir yoki yozuvçi bölib yetişmasligi mumkin, bunday maqsad közda tutilmagan ham, ammo uşbu maktablarning bugungi öquvçilari orasidan çinakam vatanparvar, elsevar, yurtsevar, sadoqatli, dunyoqaraşi ezgu insoniy fazilatlar asosida şakllangan, fikri tiniq insonlar yetişib çiqişi aniq. Bu – har qanday jamiyat uçun ham muhim ahamiyatga ega.

Öriklisoydagi uçraşuvlarda alohida taşkilotçilik qilgan, ijodkor yoşlarni har jihatdan qöllab-quvvatlagan fidoyi insonlardan biri, adabiyot ixlosmandi, kitobsevar Öriş aka Majidov edi. Biz u kişi bilan şu yerda tanişdik va uzoq yillar döst-qadrdon bölib qoldik. Şarqirab oqayotgan soy sohilida Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov boşçiligida ötgan betakror ijod keçalarida Öriş aka şeʼr öqiyotgan, xayolga çömib maqola yozayotgan, adabiyot haqida muşohada yuritayotgan, bir-birlari bilan bahsga kirişayotgan yoş qalamkaşlarni diqqat bilan tinglar, kelgusida ular yaxşi inson bölib yetişişlariga işonçi komil edi.

Umrini Jizzax va Mirzaçöl çöllarini obod qilişga bağişlagan, bunyod etilgan imoratlar, qazilgan kanallar, bulbullarga oşiyon bölgan gulzoru boğlaridan zavq olgan Öriş akani nafaqat Zominda, mamlakatimizda tanimagan kişi yöq edi, desak mubolağa bölmaydi. Çölquvarlik, fidoyilik, tinib-tinçimaslik uning taqdiriga, maqsad-muddaosiga aylangandi, şu taqdiridan halovat topardi. Umrining sönggi kunlarigaça el-yurtga beminnat xizmat qilişdan çarçamadi.

Mehnat faoliyatini “Golodnostepstroy”da boş energetik lavozimida boşlagan Öriş aka keyinçalik “Döstlik” quriliş tres­tida, viloyat çöl quriliş boşqarmasida rahbarlik lavozimlarida işladi. Işçanligi, izlanuvçan va taşab­buskorligi inobatga olinib, respub­lika melioratsiya va suv xöjaligi vaziriga birinçi örinbosar lavozimiga kötarildi, viloyat ijroqömi raisining muovini böldi. El-yurtda nom qozongan, öziga xos mehnat maktablarini yaratgan Akop Sarkisov, Töxtamiş Boymirov, Ortiq Xolmurodov, Ehson Nizomov, Abdulhay Toirov, Ali Ahmedov, Akramjon Toşmatov, Ibrohim Zufarov, Sulton Tokov kabi çölquvarlar bilan yonma-yon işlab, katta hayotiy tajribaga ega böldi.

Xalqimizda “Baʼzi odamlarni işi emas, lavozimi bezaydi, baʼzi odamlar esa bilim va iqtidori bilan lavozimini bezaydi”, degan naql bor. Öriş Hamidoviç qayerda işlamasin, katta-kiçik rahbarlardan qatʼiyatli, jurʼatli bölişni, faqat bugunni emas, uzoqroqni öylab rejalar qilişni, masʼuliyatni dadil zimmasiga olişni, mustaqil fikrlaşni talab qildi va bunga, eng avvalo, özi amal qildi. “Baʼzi ota-onalar özlari amal qilmaydigan narsalarni bolalaridan talab qilişadi, bu mutlaqo notöğri, havoga singib ketadigan quruq gap, – der edi Öriş aka, – rahbar qöl ostidagilarga topşiriq berar ekan, bunda u rahbarlik vakolatidan, jamiyat manfaatlaridan hamda özining hayotiy prinsiplaridan kelib çiqişi kerak. Şunday işlaş kerakki, biror kun behuda, samarasiz ötmasin. Şundagina kutilgan natijaga erişiş mumkin”.

Kuyunçak va fidoyi inson, xalqona donişmandlikning jonli timsoli bölgan Jöra Xonazarov bir gal Öriş akaning işçanlik fazilatlari töğrisida jöşib gapirgani yodimda qolgan: “Bu yigitning ota-onasi “Öğlimiz tinib-tinçimas, rizqini hamişa halolidan topadiganlardan bölsin, el-yurtga nafi tegsin, odamlarning oğirini yengil qilsin”, deb niyat qilişgan bölsa kerak. Sirdaryo va Jizzaxda uni tanimaydigan odam tugul, birorta kanal, soy, dala, qir-adir, toğu toş yöqligiga işonçim komil. Örişboy birovning aytişini kutib ötirmay, bilib işini qiladigan, bugunni emas, ertani ham köra oladigan rahbar. Şamolning esişi, yomğiru qorning şaşti, suvning şiddati, yerning tafti bu kişining eʼtiboridan çetda qolmaydi. Öylaydi, fikr qiladi. Boşqalardan köra ertaroq harakat boşlaydi. Şunça işi turib, futbolga qiziqqanini, kitobsevarligini aytmaysizmi. Öqimagan kitobi qolmagan bölsa kerak. Özi öqiydi, boşqalarni ham kitobxonlikka daʼvat etadi. Ajoyib inson, gaplaşsang, diling yayraydi…”

Hayot hammaga sabr-qanoati, maqsad-muddaosiga qarab saboq beradi, tob­laydi. Öriş aka navqironlik yillarida Angren, Qarağanda, Donbass kömir konlarida muhandis bölib işlagan, bu sohaga oid katta amaliy tajribaga ega bölgan. Hayotning aççiq-çuçugi, issiq-sovuqni boşidan ötkazgan. Şuning uçunmi, har qanday şaroitda ham özini vazmin tutişi, çuqur mulohaza yuritişi bilan boşqalardan ajralib turardi.

Öriş aka Öriklisoyda özining yana bir ibratli fazilatini namoyon etdi – viloyat tumanlarida yaşab ijod qilayotgan yoş qalamkaşlarni bu anjumanda faol iştirokini taʼminlaş, ularning taniqli ijodkorlar bilan uçraşuvlarini taşkil etiş, “Ustoz-şogird” suhbatlarini ötkaziş, moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş işiga boş-qoş böldi, yoşlarga şaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovğa qildi. Litsey va kollejlarni bitirayotgan isteʼdodli yoşlarning kelajagi haqida qayğurdi.

Faqat şu emas, Öriş aka kim bilan suhbatlaşmasin, gap adabiyotimizda paydo bölayotgan nomlar, yangi asarlar, ayniqsa, yaqin-ötmiş voqealariga bağişlangan xotiralarga borib taqalardi. “Siz mana şu kitobni öqing (yoki topib öqing), maza qilasiz, köp gap bor unda”, der edi. U kişi bilan muloqot qiliş juda huzurli edi.

Şunday inson oramizdan ketdi. Naçora, Ollohning irodasi şu ekan. Har gal Öriklisoyda mamlakatimizning turli viloyatlaridan, jumladan, Jizzax va Sirdaryodan kelgan yoş ijodkorlar bilan uçraşar ekanmiz, Öriş aka va u kişining ibratli umr yöllari, gözal va maʼnoli xotiralar köz öngimdan ötadi.

Bugun biz yana Öriklisoydamiz. Purviqor toğlardan oqib tuşayotgan zilol suv quyiga oşiqadi, bu yerga töplangan yoş ijodkorlarga sirli qöşiq kuylaydi. Menga esa ayni şu çoğda, şu tongda Öriş aka, odatiga köra, şeʼr öqiyotgan yoşlarni diqqat bilan tinglab turganday tuyuladi.

Ahmadjon Meliboyev,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan