Qayta tiklangan ezgulik
Bir paytlar Toşkent özining azaliy mehmondöst, tinçliksevar muhiti bilan birga, bir neça qitʼalardagi kinoijodkorlarni birlaştirgan xalqaro festivali bilan ham maşhur bölgan.
Aslida, jahonda kinematografiya sohasida festivallar köp. Lekin Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi kinoçilari, sanʼatkorlariyu olimlarini bir joyda jamlagan Toşkent xalqaro kinofestivalining ruhi, ezgu missiyasi, maqsad-muddaosi öziga xos va takrorlanmas bölgan, desak mubolağa emas. Jahon kino jarayonida nufuzli va yetakçi örin tutgan uşbu festival ekran asarlarida uluğlangan ğoyalarning tinçlik, taraqqiyot, hamjihatlik, insonparvarlikdek ezgu ğoyalarga yönaltirilgani bilan diqqatga sazovordir.
Ilk marta atoqli kinorejissyor Komil Yormatovning “Osiyo ustidagi böron” kartinasi bilan boşlangan mazkur festival özbekistonlik ijodkorlarning ekran asarlarini dunyoga tanitişda, kinoçilarning özaro muloqotida, sanʼat ixlosmandlarini jahon kinosidagi ijodiy jarayonlar bilan taniştirişda muhim ahamiyat kasb etgani köpçilikka yaxşi ayon. Zamonaning har qança murakkabliklari bölmasin, özbek kinoçilarining eng sara filmlari aynan ötgan asrning 60-80- yillarida tasvirga olingan, desak yanglişmaymiz. Nazarimda, Toşkent xalqaro kinofestivalidek yirik miqyosdagi ijodiy loyiha kinoçilarning yanada töğri yönalişda faoliyat körsatişida öziga xos mayoq vazifasini bajargan.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 19 iyundagi “Toşkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklaş va ötkaziş töğrisida”gi qarori milliy kino sanʼatining asriy anʼanalarini saqlaş va rivojlantiriş, uşbu sanʼat turi orqali mamlakatlar örtasidagi döstlik, birodarlik riştalarini mustahkamlaş, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik kölamini kengaytirişga xizmat qilişi şubhasiz. Ayni paytda 1968-1997 yillar davomida Özbekistonda ötkazilib kelingan “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toşkent xalqaro kinofestivali” “Ipak yöli durdonasi” Toşkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklanib, 2021 yildan boşlab har yili sentyabr-oktyabr oylarida Toşkent şahrida ötkazilişiga oid taşabbus ijodkor ziyolilarga, sanʼatsevar xalqimizga manzur bölgani aniq!
Nazokat USMONOVA,
ÖzA muxbiri
