MATBUOT TANQIDINI QABUL QILIŞ MADANIYATI

Bu yil Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni – zahmatkaş soha vakillarining kasb bayrami, ayniqsa, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi mehnat jamoasi uçun alohida quvonçli böldi, desam böladi. Çunki joriy yilda 95 yilligini nişonlagan naşrimizda ön yetti yildan buyon gazetaning qiziqarli, rang-barang va öqişli çiqişi, gazetxonlarning samimiy mehrini qozonişi yölida astoydil mehnat qilib kelayotgan tajribali jurnalist, tahririyatning jonkuyar xodimi Sarvara Qosimova “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Davlatimiz rahbarining, el-yurtimizning, keng jamoatçilikning yuksak eʼtirofiga sazovor bölgan hamkasbimizni katta xursandçilik bilan tabriklar ekanmiz, uşbu davlat mukofoti butun tahririyatga, tahririyatning har bir xodimiga berilgandek, barçamizning quvonçimiz çeksiz edi. Oddiy va kamtar inson, orom va halovatini qoğoz-qalamga bağişlagan fidoyi jurnalist Sarvaraning özi esa közlarida sevinç yoşlari bilan jurnalistlarga otalarça ğamxörlik körsatayotgan, hayotimizda adolatni qaror toptirişning kafolati bölgan Prezidentimizga samimiy minnatdorçiligini izhor etdi.

Ayonki, bugungi kunda mamlakatimiz, jamiyatimiz şiddat bilan yangilanmoqda. Yangilaniş barça soha va tarmoqlarda, barça hududlarda – şahar va qişloqlarda yaqqol közga taşlanayotir. Yangi Özbekiston degan teran va boqiy ibora odamlarimizning qalbidan çuqur joy oldi.

Ommaviy axborot vositalari va uning xodimlari, yaʼni biz – hamkasblar, bugungi yangilanişlar surʼati bilan hamqadam böla olayapmizmi? Ommaviy axborot vositalari mahsulotining asosiy isteʼmolçisi bölgan zamondoşlarimiz, davrimizning ilğor fikrli va yangiça dunyoqaraşga ega yurtdoşlarimiz yangilanişda baʼzi hollarda bizdan özib ketmayaptimi?

Darhaqiqat, bugun yoş va navqiron avlod yangi tuşunça va tasavvurlari, yangi talab va qoidalari bilan hayotimizga dadil kirib kelmoqda. Yangi avlod ötgan davrlarda umrini ötab bölgan meʼyor va mezonlarni inkor etib, yangi zamonning yangi qadriyat va anʼanalarini qaror toptirib bormoqda. Bunday yangilaniş pallasi ğoyat murakkab jarayon bölib, ommaviy axborot vositalari yangi sinovlar va qiyinçiliklar bilan yuzma-yuz qolayotgani ham sir emas.

Aslida jahon tajribasidan maʼlumki, ommaviy axborot vositalari har qanday yangilaniş va özgarişlarga tez moslaşadi hamda taraqqiyot va islohotlarning yangi yöl va yönalişlarini körsatib bera oladi.

Muhtaram Prezidentimizning “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga” tabrigida milliy jurnalistikamizni davr taraqqiyotiga mos surʼatda rivojlantiriş, şu bilan birga, uning oldida turgan eng muhim vazifalar belgilab berildi. Avvalo, ilğor malakaga ega, dunyo media bozorida raqobatdoş malakali kadr­larni tayyorlaş, sohaga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini töliq joriy etiş, naşrlarning mazmun va jozibadorligini oşiriş bu yölda eng muhim qadamlar bölişiga şubha yöq.

Salim AŞUROV,

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati”

gazetasi boş muharriri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan