YURTIMIZDA MATBUOTGA EʼTIBOR BUGUNGIDAY YUQORI BÖLMAGAN

Bugun mamlakatimiz, jamiyatimiz şiddat bilan yangilanmoqda. Yangilaniş barça soha va tarmoqlarda, barça hududlarda – şahar va qişloqlarda yaqqol közga taşlanayotir. Bir söz bilan aytganda, Yangi Özbekistonda “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi”da belgilangan islohotlar barça sohalarda öz samarasini bera boşladi.

Çindan ham, mamlakatimizda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar samarasini har bir yurtdoşimiz öz hayotida çuqur his etmoqda. Bu yangilanişlar Vatanimizda olib borilayotgan mislsiz bunyodkorliklar, minglab qad rostlayotgan zamonaviy uy-joylar, obod etilayotgan qişloqlar-u mahallalar, yöllar, qurilayotgan köpriklar yoxud qançadan-qança işsiz odamlarni işli qilayotgan katta-kiçik korxonalar misolidagina emas, balki yurtdoşlarimizning ongu tafakkuridagi özgariş­larda ham yaqqol sezilmoqda. Zero, Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda, bugungi Özbekiston, keçagi Özbekiston emas, bugungi odamlar ham keçagi odamlar emas.

Bugun jamiyatimizda söz va matbuot erkinligi taʼminlanayotgani, har bir yurtdoşimiz öz fikr-mulohazasini OAVda erkin bildirayotgani yoki davlat organlari oldiga taklif va talablarini bemalol qöya olayotgani bularning barçasi yaqin ötmişimizda uşalmas orzu edi. Şu bois bu imkoniyat qadrini heç bir moddiy neʼmat bilan taqqoslab bölmaydi.

Ğurur bilan ayta olamizki, muhtaram Prezidentimizning qatʼiy siyosiy irodasi tufayligina Yangi Özbekistonda söz va matbuot erkinligi, oçiqlik siyo­sati kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Şu jihatdan davlat rahbarining har bir katta-kiçik rahbarlardan matbuotdan özini olib qoçmaslikni, erkin va oçiqlik siyosati asosida iş olib boriş lozimligini qayta-qayta uqtirayotganlari ham bejiz emas.

Darhaqiqat, qisqa vaqt içida milliy jurnalis­tikamiz butkul özgardi, tom maʼnoda, yangiça nafas olmoqda. Ha, matbuot xalqqa yaqinlaşdi, davlat organlari bilan aholi örtasida haqiqiy köp­rik vazifasini ötamoqda. Oçiqroq aytganda, Yangi Özbekiston jurnalistikasi dunyoga böy çözmoqda, dunyo bizni tanimoqda, tan olmoqda. Tom maʼnoda, bu saʼy-harakatlar maʼnaviy yuksaliş davri, yangi Uyğoniş, yaʼni Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş davri sifatida olqişlanmoqda!

Taʼkidlaş joizki, bugun zamonaviy jurnalistikaning umumiy tabiati ham sezilarli darajada özgardi: bu jamiyatning şaffoflaşayotgani, auditoriyaning faollaşganligi, şaxslar faoliyati va axborot tezligining ösganligi bilan bevosita boğliq.

Unutmaslik lozimki, axborot asri atalmiş hozirgi kunda OAV nafaqat axborot oliş vositasi, balki ijtimoiy qaraşlarni şakllantiruvçi kuç sifatida jamiyat hayotida muhim örin tutmoqda.

Maʼlumki, bugungi auditoriya axborotni tez va sof holatda qabul qilişni istaydi, OAVning davlat va jamiyat örtasida betaraf bölişi tarafdori.

Bu holatlar auditoriyaning layoqati, xatti-harakatlari, feʼl-atvori va hulqini şakllantiradi. Şu bois, OAV, xususan, jurnalistlar jamiyat va kişilar taqdiri oldida javobgarlikni his etmoği lozim. Tabiiyki, bu OAV va jurnalistlar oldiga katta masʼuliyat yuklaydi. Zero, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning kasb bayramimiz munosabati bilan yöllagan tabrigida qayd etilganidek, Yangi Özbekiston jurnalistikasi uçun mazkur sohada yillar davomida erişilgan eng yaxşi yutuq va anʼanalarni saqlab qoliş, xolislik va haqqoniylik prinsiplariga, qonun talablariga qatʼiy rioya qiliş, fuqaroning şaʼni va ğururi, uning öz mustaqil fik­riga ega böliş huquqini hurmat qiliş, yuksak professional mahorat biz uçun doimo asosiy faoliyat mezoni bölib qoladi.

Davlatimiz rahbarining sohamiz buguni keng qamrovli tahlil yuritilgan tabrigi yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir jurnalist, media tuzilma, tahririyatlar, ijodiy jamoalar uçun muhim dasturilamal vazifasini ötaydi, desak xato bölmaydi. Yana quvonçlisi, Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yöllagan tabrigida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyati bilan uzviy boğliq ravişda milliy jurnalistikamiz kelajagi va ravnaqini belgilovçi dolzarb, hayotiy vazifalar ham belgilab berildi. Bu esa biz jurnalistlarga katta kuç, ilhom, mustahkam işonç, taʼbir joiz bölsa, motivatsiya beradi.

Şubhasiz, jurnalistika ham boşqa sohalar kabi zahmatli mehnatni talab etadi. Bu mehnat birinçi galda hamişa odamlar dardu taşvişiga şerik böliş, ularning quvonçi taşvişini öziniki deb bilişni taqozo etadi. Buning uçun esa butun hayoting, isteʼdoding, orttirgan tajribangni qoğoz-qalam, söz ixtiyoriga berişing zarur böladi. Haqiqiy jurnalist öqişdan, örganişdan, qalamni çarxlaşdan, özini özi “tahrir” qilişdan, öziga nisbatan tanqidiy munosabatda bölişdan çarçamasligi kerak. Ana şundagina jurnalistning qadri baland böladi, el-yurt eʼzozida böladi.

Prezidentimiz tabrigida milliy jurnalistikamizni davr taraqqiyotiga mos surʼatda yanada rivoj­lantiriş, şu bilan birga, uning oldida turgan eng muhim vazifalar qayd etib ötildi. Avvalo, ilğor malakaga ega, dunyo media bozorida raqobatdoş malakali kadrlarni tayyorlaş, sohaga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini töliq joriy etiş, naşrlarning mazmun va jozibadorligini oşirişga eng zarur omillar sifatida eʼtibor qaratildi.

Şularni inobatga olgan holda Uyuşmamiz milliy jurnalistikamiz uçun öta muhim bölgan yönalişlar barometrlarini belgilaş maqsadida yoş jurnalistlar, blogerlar, axborot tizimlari xodimlari iştirokida “Milliy jurnalistika: anʼanalar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya, şuningdek, ommaviy axborot vositalarida “Özbekiston jurnalis­tika maktabi: ijodiy meros va anʼanalar”, “Jamiyat va ommaviy axborot vositalari”, “Jurnalis­tika odobi” kabi mavzularda davra suhbatlari va mahorat darslari, ijodiy tanlovlar uyuştirişni rejalaştirdi. Eng muhimi, bu tadbirlar faqat markazda emas, olis hududlarda, sohamizning zahmatkaş qalamkaşlari davrasida ham ötkaziladi. Nafaqat mahalliy ekspert va mutaxassislar, balki xorijlik taniqli mutaxassislar iştirokida axborot makonidagi yutuq va kamçiliklarimiz tahlil qilinadi, zamoniy şaroitlar va andazalar qiyosiy örganiladi.

Bugun uşbu maqsadlarni röyobga çiqariş uçun ilk qadamlar taşlandi. Jumladan, yaqinda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan Milliy matbuot markazida Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputatlari, bosma va internet naşrlarining boş muharrirlari, tele-radio kanallar masʼullari, taniqli jurnalistlar, jurnalist kadrlarni yetiştiruvçi oliy taʼlim muassasalari pedagoglari hamda sohaga qiziqqan ijodkorlar iştirokida Prezidentimiz tabrigidan kelib çiqadigan vazifalarga bağişlangan “Yangi Özbekiston jurnalistikasi: zamonaviy yondaşuvlar va anʼanalar davomiyligi” mavzusida davra suhbati taşkil etdi. Tadbirda milliy jurnalistikamiz oldida turgan qator muammolar va vazifalar tahlil qilindi, tavsiya va xulosalar işlab çiqildi.

Şuningdek, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti örtasida özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. Unga köra, ÖzJOKU bitiruvçi talabalarini işga joylaşişiga kömaklaşiş, tahririyatlarda ÖzJOKU talabalari uçun tajribali ustoz jurnalistlarning mahorat maktablarini taşkil etib, “Ustoz-şogird” anʼanasini yölga qöyiş va şu orqali bölğusi jurnalistlarning ixtisoslaşuviga kömaklaşiş hamda mahorat maktablarini taşkil etgan ustoz jurnalistlarning xizmat haqini tölab beriş, şuningdek universitet talabalari va professor-öqituvçilarini Uyuşma muassisligidagi “Hurriyat” gazetasiga (yuztagaça) obuna qiliş kabi vazifalarni Uyuşma öz zimmasiga oldi.

Zero, yurtimizda öziga xos “ijod laboratoriyasi”ga, boy hayotiy tajribaga ega bölgan, ayni vaqtda sermahsul ijod qilayotgan faxriy jurnalistlarimiz oz emas. Masalan, Prezidentimizning farmoni bilan şu yil 25 iyun kuni “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri Ahmadjon Meliboyev, “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalari boş muharriri Ötkir Rahmat, professor Xurşid Döstmuhammad, telejurnalist Quddus Aʼzam, noşir Axror Ahmedov mahorat maktablarini taşkil etiş bugungi kun ehtiyoji, desak adaşmaymiz. Yoki Samarqandda “Zarafşon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari boş muharriri Farmon Toşev, Farğonada Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, “Döstlik” ordeni sohibi Muhammadjon Obidov mahorat maktabini taşkil etiş hududlarda ham professional jurnalist kadrlar tayyorlaşga öz hissasini qöşişga işonamiz. Zero, bunday maktablarni har bir tahririyat qoşida, har bir viloyat va tumanlarda taşkil etiş Uyuşma oldida turgan birlamçi vazifalardan biridir.

Eʼtirof etiş zarur, sönggi yillarda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan ijod ahliga katta ğamxörlik körsatilmoqda, ular faoliyatini birlaştirgan uyuşma va taşkilotlar işini yanada takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida sohada mehnat qilayotgan bir guruh hamkasblarimizning davlatimiz rahbari tomonidan yuksak faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangani ana şu zahmatli soha vakillarining, qalam ahlining mehnati yuksak qadr topganidan, eʼzozlanganidan dalolatdir.

Tan olib aytamizki, respublikamizda matbuotga bugungiday yuqori darajadagi eʼtibor, ğamxörlik bölmagan. Özbek matbuoti esa bugungiday oçiq va erkin ham bölgan emas.

Davlatimiz rahbarining tabrigida alohida eʼtirof etilganidek, mamlakatimizda söz va matbuot erkinligini taʼminlaş maqsadida ommaviy axborot vositalarini röyxatdan ötkaziş soddalaştirilgani, soha uçun malakali kadrlar tayyorlaş masalasi doimiy eʼtibor markazida bölib kelayotgani muhim qadamlardir. Şu bilan birga, jurnalistikada yillar davomida erişilgan eng yaxşi ijodiy meros va anʼanalarni saqlab qoliş, xolislik va haqqoniylik prinsiplaridan çekinmaslik, qonun talablariga qatʼiy rioya qiliş, fuqarolarning şaʼni va ğururini, huquqini hurmat qiliş zarurligi, ötiş davri bilan boğliq sabablar tufayli moliyaviy ahvoli murakkab bölib qolayotgan naşrlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, buning uçun tegişli hujjatlarni qabul qiliş vazifasi kun tartibiga qöyildi. “Taʼkidlab aytamanki, mamlakatimizda demokratik yangilaniş jarayonlarini yanada çuqurlaştiriş, ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini oşiriş yölida davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan sohani qöllab-quvvatlaş, jurnalistlarning maşaqqatli mehnatini har tomonlama rağbatlantirişga bundan buyon ham alohida eʼtibor qaratiladi”, deyiladi tabrikda. Bunday kafolat barça jurnalistlarni yanada masʼuliyat va ilhom bilan işlaşga daʼvat etdi. Ayni çoğda bunday munosabat gazeta-jurnallarning umri tugadi, deya iddao qilayotganlarning muşohadalari örinsiz ekanligini ham körsatdi.

Davlatimiz rahbarining tabrigida OAVdagi tanqidiy çiqişlarga vazirlik va idoralar, hokimliklarning axborot xizmatlari orqali tezkor munosabatlar bildiriş amaliyoti şakllanayotgani, tanqidiy materiallarga javob qaytariş körsatkiçi 2018 yilda 12 foizni taşkil etgan bölsa, 2020 yil yakuniga köra qariyb 90 foizga yetgani haqidagi fikrlari ham yuqoridagi singari mulohazalarning örinsizligini bildiradi.

Axir matbuotning jamiyat manfaatlari, xalq dardi-istaklari bilan boğliq taklif va mulohazalari eʼtiborsiz qolmasligi kerak. Afsuski, keyingi vaqtlarda ayrim joylarda davlat idoralari yoki taşkilotlar vakillari tomonidan hamkasblarimizning öz xizmat vazifasini amalga oşirişiga tösqinlik qiliş, ularning faoliyatiga noqonuniy aralaşişga uriniş hollari uçrayotgani ham bor gap. Bu OAVning huquqiy asosini yanada takomillaştiriş, jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilişni kuçaytiriş bugun ham dolzarb vazifa bölib turganidan dalolatdir.

Albatta, sohada hali yeçimini kutayotgan muammolar oz emas. Bu ayniqsa, köpinça yuksak professionallik, bilim va malaka darajasi yetişmasligida yaqqol namoyon bölmoqda.

Tarqatilayotgan ayrim materiallarning puxta va sifatli tayyorlanmasligi, baʼzi hollarda şoşma-şoşarlik bilan, çuqur örganilmagan maʼlumotlarning tarqatib yuborilişi singari hollar öquvçilarning haqli eʼtirozlarini keltirib çiqarayotgani ham sir emas.

Muammoning sababi, yeçimiga monelik qilib kelayotgan jihatlaridan yana biri şahar va tuman naşrlari tahririyatlarini örganganimizda, hatto ayrim naşirlarning boş muharrirlari jurnalistlik maʼlumotga ega bölmagan şaxslar ekani maʼlum böldi. Mana şu jihatlarni ham kelgusida atrofliça körib çiqiş, tahlil qiliş va zarur çora-tadbir belgilaş ehtiyoji tuğilmoqda.

Şunday ekan, eng birinçi galdagi vazifamiz – Prezidentimiz işonç bildirayotgan soha rivojini taʼminlaş, har bir hamkasbimizni qöllab-quvvatlaş, xalqimizning ertasi yanada yoruğ va baxtli bölişi yölida sidqidildan xizmat qilişdan ortiq baxt yöqdir.

Ana şu yölda har bir fikr, taklif va taşabbusga eʼtibor qaratişimiz bugungi kunning talabidir. Şu boisdan ham Uyuşmaga rais etib saylangan kunimning ertasigayoq telegram ijtimoiy tarmoğida murojaat botini, yaʼni uyuşma raisiga masofadan turib töğridan-töğri murojaat qiliş imkonini beradigan elektron manzil taşkil qildik va qisqa fursat içida unga mingga yaqin murojaatlar kelib tuşdi.

Murojaatlarni tahlil etganimizda yanada yaqqolroq körindiki, Uyuşma oldida hali juda ham köp masalalarni hal etiş turibdi. Bu borada “Döstlik klubi” hamkorlarimiz bilan qilinajak işlarni rejalaştiryapmiz.

Uyuşma faoliyatidagi yana bir muhim vazifa – xalqaro aloqalar doirasidagi işlarni yangi poğonaga olib çiqiş hisoblanadi. Afsuski, ötgan yillar davomida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan bu yönalişda maqtanguli biror iş amalga oşirilmadi. Ilğor xorijiy davlatlar tahririyatlariga özaro tajriba almaşiş uçun ijodiy safarlar, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar taşkil etilmadi.

Şu bois istiqbolda faoliyatimizning asosiy yönalişlaridan biri sifatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratişni maqsad qilganmiz. Şu yil söngiga qadar imkon darajasida Tojikiston, Turkiya, Qozoğiston davlatlari jurnalistlar uyuşmasi bilan hamkorlik memorandumini tuziş hamda Umumjahon jurnalistlar federatsiyasiga aʼzo böliş niyatidamiz. Uşbu mamlakatlarga tajriba almaşiş va tahririyatlar şaroitlari bilan tanişiş uçun bir guruh jurnalistlarni xizmat safarlariga yuborişni maqsad qilganmiz.

Yurtboşimiz matbuotning, söz erkinligining hayotiy ehtiyoj ekanligini bejiz qayta-qayta uqtirmayaptilar. Çunki qaysiki jamiyatda matbuot va ommaviy axborot vositalari jamiyatning işonçli minbariga aylansa, rivojlansa, öşa jamiyatning ertasi yoruğ, demokratik qadriyatlar qaror topgan böladi.

Olimjon ÖSAROV,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi

“Xalq sözi” gazetasining 2021 yil 14 iyul 147-sondan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan