O'zimning ovozimga

                                  Tilak JO'RA

 

Palaklar ostiga berkinib,

Oftobni, oyni ko'rmay,

Ko'zlarni yashnatib,

Lablarni so'rmay

Zahil bo'lgan qovunday

Ko'p ham berkinma mening bag'rimga:

Osmonday yoril sen!

Bu borliq sadoga qorilsin,

Mening-da umidim yorilsin,

Ko'p ham berkinma mening bag'rimga!

Bu yorug' dunyoda

Alamlar berkinar,

Armonlar berkinar,

Darmonlar berkinar,

Sen Vatansan bariga,

Axir, Vatan qanday berkinar?!

Ko'p ham berkinma mening bag'rimga!

Nafasim bo'l, yo'limda bo'lgin,

Ro'molchaday g'ijimlay seni.

Faqat mening qo'limda bo'lgin!

Mayli, seni ko'tarib yuray;

Imon bo'lgin, bo'g'zimda bo'lgin!

Nafrat bo'lgin, ko'zimda bo'lgin,

Faqat mening o'zimda bo'lgin,

Ko'p berkinma mening bag'rimga!

 

1982 yil

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

ten − five =