Tajriba va mahorat maktabi
Yangi zamon özbek milliy jurnalistikasi, milliy matbuoti, uning jonkuyar xodimlari oldiga şarafli va masʼuliyatli vazifalarni qöymoqda. Özbekiston OAV rivojida eng sönggi rusumdagi kompyuter texnologiyalaridan, axborot kommunikatsiya vositalaridan unumli foydalaniş bilan birga, jahon matbuotining ilğor tajribalarini özlaştirib faoliyatimizga tatbiq qilişimiz lozim.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Surxondaryo viloyati bölimi jamoasi ana şunday masʼuliyatni his etgan holda faoliyat yuritib qilmoqda. Uyuşmaning Termiz şahridagi “Matbuot uyi”da joylaşgan viloyat bölimi hamişa jurnalistlar, sohaga havasmand talabalar, maktab öquvçilari bilan gavjum böladi. Bu dargohda kitobxonlikni keng tarğib qiliş uçun maʼnaviyat burçagi taşkil qilingan. Unda özbek xalq dostonlari, milliy va jahon adabiyoti durdonalari, jurnalistikaga oid nazariy hamda amaliy qöllanmalar joy olgan.
Uyuşmaning viloyat bölimi hamkor taşkilotlar bilan media-turlar, matbuot anjumanlari, seminar-treninglar ötkazib kelmoqda. Jumladan, bölim ötgan yilgi oğir pandemiya şaroitida muntazam ravişda trening, seminar va matbuot anjumanlarini onlayn tarzda amalga oşirdi. Viloyatdagi tuman, şahar hokimliklari, boşqarma va taşkilotlarning axborot xizmati rahbarlari uçun ikki kunlik onlayn öquv-seminari taşkil etilganini ham taʼkidlaş lozim.
Ötgan yili uyuşmaning viloyat bölimi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondining “Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoşlar ongiga singdirişga, etnik madaniy anʼanalarni asrab-avaylaşga, xalq ijodiyotini qöllab-quvvatlaşga kömaklaşiş” yönalişida “Surxondaryo — qadriyatlar beşigi” loyihasi bilan 30 million sömlik davlat grantini qölga kiritdi. Uşbu loyiha asosida muhim tadbirlar amalga oşirildi. Jumladan, “Surxondaryo — qadriyatlar beşigi” nomli kitob çop etildi. Karantin vaqtida Termiz, Angor, Muzrabot, Şerobod, Qiziriq, Jarqörğon, Qumqörğon, Şörçi tuman kutubxona markazlariga loyiha doirasida çop qilingan kitoblar taqdim qilindi.
Jurnalistlar, blogerlar va fotomuxbirlar uçun ijodiy tanlov eʼlon qilindi. Ötgan yil Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ğoliblar Termiz şahridagi “Matbuot uyi”da tantanali taqdirlandi. Şuningdek, USAID moliyaviy kömagi asosida Jurnalistlarni qayta tayyorlaş xalqaro markazi trenerlari Karim Bahriyev va ÖzDJTU dotsenti Nargis Qosimovalar bilan hakorlikda “Özbekiston sud-huquq tizimining islohoti: OAVda yoritiş” mavzuida jurnalistlar va blogerlar uçun ikki kunlik seminar taşkil etildi. Termiz şahridagi “Meridian” mehmonxonasida “YUNISEF”, Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi, Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uyuşma viloyat bölimi hamkorligida “COVID-19”ga qarşi emlaş jarayonlari, mavzuni yoritişda jurnalist va blogerlar iştiroki” borasida seminar-trening ötkazildi. Yuqoridagi taşkilotlar va uyuşma hamkorligida “Bola soğligi, xususan, immunizatsiya masalalarini OAVda yoritiş”, “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşişda ommaviy axborot vositalarining rolini kuçaytiriş” mavzularida ham seminar-treninglar ötkazilgani voha jurnalistlariga bölgan eʼtiborning yana bir namunasidir.
Uyuşmaning viloyat bölimi tomonidan doimiy ravişda vohadagi keksa jurnalistlar holidan xabar olinmoqda. Yaqinda uyuşma viloyat bölimi raisi Muhiddin Abdurahmonov qisqa umri davomida xalq nazariga tuşgan, viloyat teleradiokompaniyasi, “Milliy tiklaniş”, “Surxon tongi” gazetasida faoliyat olib borgan, 39 yoşida vafot etgan Bahrom Normurodovning oila aʼzolaridan hol-ahvol sörab, moddiy kömak berdi. Şu kuni faxriy jurnalist Usmonali Normatov xonadonida ham bölib, uyuşma tomonidan ajratilgan mablağ evaziga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini tuhfa qildi.
Şuni aytiş kerakki, uyuşma xodimlari özining iqtidori, tajribasi va taşabbusi bilan ham hamkasblariga örnak bölib kelmoqda. Jumladan, 2020 yil fevral oyida uyuşmaning viloyat bölimi mutaxassisi Mastura Hamroyeva Latviya davlatiga YUNESKOning Toşkentdagi vakolatxonasi va Baltika jurnalistik tadqiqot markazi tomonidan “Özbekiston ommaviy axborot vositalarining jamoatçilik manfaatlariga xizmat qiliş imkoniyatlarini oşiriş” loyihasi doirasida media-turda iştirok etib keldi. U Riga şahridagi “STOCKHOLM” biznes maktabida data jurnalistika böyiça malaka oşiriş bilan birga, Yevropada yetakçi bölgan “DELFI”, “MEDUZA” internet naşrlari, “LTV” milliy televideniyesi va radiosi, “SKONTO” mahalliy radiolari tajribalarini örganib qaytdi. Oktyabr oyida esa Mastura Hamroyeva jurnalistlar uçun ajratilgan xalqaro stipendiya sohibasi böldi.
U 2018 yilda Xitoyga ham tajriba örganiş uçun borgan edi. Şuningdek, “Yilning faol yoş jurnalisti” deb eʼtirof etilgan, “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovida ikki marotaba ğoliblikni qölga kiritgan. Özbekiston jurnalistlari uçun MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi asosida “Internet jurnalistika asoslari” onlayn treningi taşkil qilinişining amaliyot maktabini ötagan, desak mubolağa bölmaydi.
Yaqindagina, YUNESKOning Özbekistondagi vakolatxonasi va uyuşmaning viloyat bölimi tomonidan Termiz şahridagi “Meridian” mehmonxonasida “Jamoat manfaatlariga amal qilişni taʼminlaşda özbek ommaviy axborot vositalarining salohiyatini oşiriş-II faza” loyihasi doirasida trening taşkil etildi. Uç kun davomida mahalliy jurnalistlar amaliy maşğulotlarda faol iştirok etişdi.
Hamkorlikning hikmati bor. Uyuşma xodimlari ikki yildirki Yevropa Ittifoqining “Özbekistonda suv va atrof-muhit masalalari böyiça xabardorlikni oşiriş hamda hamkorlikni rivojlantiriş” loyihasi doirasida viloyatda ötkazilayotgan barça tadbirlarda hamkor va taşkilotçi sifatida iştirok etib kelmoqda. Şuningdek, uyuşma jamoasi viloyatdagi barça tegişli boşqarmalar, taşkilotlar, agentliklar, prokuratura, Yoşlar ittifoqining şahar, tuman bölimlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Eʼtiborga loyiq yana bir taşabbus. Uyuşmaning viloyat bölimi sayʼ-harakati bilan va TerDUda jurnalistikaga qiziquvçi yoşlar uçun media-klub taşkil etilgan. Bunga bir yildan oşayapti. Ijodkor yoşlar orasidan kelajakda salohiyatli jurnalistlar yetişib çiqişiga şubha yöq. Uyuşma tomonidan hamkorlikda taşkil etilgan ijodiy tögarak talabalar uçun ham, TerDU uçun ham, milliy matbuotimiz, milliy adabiyotimiz uçun ham ilk poydevor va tayanç nuqta bölib qolsa ajabmas.
Joriy yilda ijodiy uyuşma “Navröz Surxondan boşlanadi” nomlli fotokörgazma taşkillaştirdi. Bundan maqsad viloyat va tuman gazetalari fotomuxbirlarining mahoratini oşiriş, özaro tajriba almaşiş, xolis kişilar tomonidan ularning faoliyatiga baho beriş, imtihondan ötkaziş, maʼnaviy va moddiy rağbatlantiriş edi. Körgazmada, 3-örin “Janub quyoşi” gazetasi fotomuxbiri Valmurot Jumartovga, 2-örin “Termiz universiteti” gazetasi fotomuxbiri Nizom Hakimovga nasib qildi. Tanlov ğolibi deb ÖzAning viloyatdagi fotomuxbiri Jonibek Qözimurodov tan olindi. Ğoliblar uyuşma tomonidan diplom va esdalik sovğasi bilan taqdirlandi. Uyuşma tomonidan nafaqat turli mavzularda seminarlar, treninglar, media-turlar, mahorat darslari, körgazmalar taşkil etilmoqda, balki Surxondaryoning Kampirtepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa, Oks Aleksandriya kabi arxiologik yodgorliklariga OAV xodimlari uçun sayohatlar uyuştirilayotgani ham quvonarlidir. Xulosa qilib aytganda, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi faoliyati va ular amalga oşirayotgan tadbirlar milliy matbuotimizning yoş zaxmatkaşlari uçun mahorat va tajriba maktabi vazifasini ötamoqda.
Safar Omon,
“Hurriyat” muxbiri.
