“Oltin vodiy” — Zarafşonning oynasi
Aytişadiki, har bir maqola, har bir asar yöq narsadan yaratiladi. Avvalo, voqealar sodir böladi, söng fikrlar yuzaga keladi. Fikrlar sözga aylanib, öquvçiga yetib borgunça, ijodkor qalbi zahmatli yölni bosib ötadi. Tayyor hodisani qoğozga tuşiriş uçun ham avvalo istak, iqtidor, şart-şaroit kerak. Zarafşon qişining aççiq sovuğiga, yozining otaşlariga qaramay, muxbir voqea joyiga boradi, közi bilan körib, qalbi bilan his qiladi.
Qizilqum kengliklarida nafas olib, şu yerda umr keçirib, ijod qiliş uçun fidoyi böliş kerak. Muxbirlik kasbini taqdir deb tanlaş kerak. Tahririyatda işlayotgan ijodiy xodimlar şunday fidoyi insonlar. Muxbir hamişa xalqning yonida turib, haqiqat uçun kuraşadi. Goho özining huzur-halovatini unutib qöysa-da, öquvçilarining yonida turib berişni unutmaydi. Köpçilikning dilidagi sözni topib aytolgan kuni – ijodkorning bayrami. Goho salgina ehtiyotsizlik qilib, bir oğiz sözni nojoiz aytib qöysa, keçagi muxlislar uni keçirmaydi. Şu bois muxbirning hayoti hamişa tiğiz.
Uning iş soati yöq. Ilhomi kelsa, tun böyi yozib çiqadi. Ilhomi kelmasa, kun böyi qöllarini qayoqqa qöyişni bilmay yuradi. Davr yukini yelkasiga olib, xolislik va haqqoniylik tamoyillari asosida qalam tebratayotgan jurnalist doimo el-yurtning diqqat-markazida turadi, ardoğida yaşaydi. Xususan, bugungi globallaşuv davrida jamoatçilik fikrini şakllantiriş, hayotimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga odamlarning ongli munosabatini uyğotişda qalam ahlining alohida örni, katta hissasi bor.
Navoiy viloyati Zarafşon şahridagi “Oltin vodiy” gazetasi tahririyatida ham ana şunday yoniq qalb egalari, ijodkorlar, jurnalistlar mehnat qilişadi. Jamoaning xizmatlari tufayli zarafşonliklar ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy va turli sohalarga oid yangiliklardan xabardor bölişadi. Ularning yuzlab, minglab gazetxonlari oldidagi masʼuliyat hissi har doim yelkasiga yuklangan.
“Oltin vodiy” gazetasi rus va özbek tillarida çiqadi. Özining 43 yillik tarixiga ega. 1979 yildan buyon çop etilib kelinadi. Dastlab, “Zarafşanskiy raboçiy”, söngra “Zolotaya dolina”, bugungi kunda “Oltin vodiy” nomi ostida çop etilib kelinmoqda.
90-yillarning boşi gazeta tarixida öçmas iz qoldirgan. Bu davrda iqtidorli jurnalistlar, ijodkorlar jamlangan edi. Gazetaning har tomonlama qiziqarli maqolalar bilan tölaligi, ötkir felyetonlarning qizğin bahslarga boy bölişi, ajoyib şeʼriyat sahifalari mavjudligi, albatta, gazetxonlarni qiziqtirmasdan qöymas edi. G.Axmetşin, V.Suspitsin, R.Xalitov, V.Darkina, G.Lыsenko kabi tajribali jurnalistlar öz muxlislariga ega edilar.
Ötgan yillar davomida gazeta tahririyatida bir neça bor muharrirlar, jurnalistlar tarkibi ham özgarib bordi. 15 yildan ortiq vaqt içida gazetaga S.Miyliyev, G.Lыsenko, O.Sabirova, F.Abduraupov, M.Muqimov, M.Husanovlar muharrirlik qildilar. Ularning har biri gazetaga öziga xos yangiliklar olib kirdi, mazmunan boyitib, gazeta nufuzini hamda obunaçilar sonini oşirişga va yanada ommabop bölişiga xizmat qildi. Taqdir taqozosi bilan hozirda ularning qaysi biri Rossiya yoki Belarusda, qay biri şahrimizda faoliyat körsatmoqda.
Gazeta dastlab rus tilida çop etilgan, 1998 yil 29 maydagi 9-sonida esa özbek tilidagi ilk maqolalar sahifa yuzini köra boşlagan.
“Oltin vodiy” bugungi kunda özbek va rus tillarida, haftada bir marta sakkiz sahifada çop etiladi. Gazeta sönggi yillarda öz sahifalarida, dizaynida köplab yangiliklarni amalga oşirdi. Naşrning elektron poçtasi va telegram ijtimoiy tarmoğida öz sahifasi mavjud. Gazetaning birinçi sahifasida maxsus QR-kod joylaştirilgan bölib, muştariylar u orqali naşrning telegram kanaliga öta oliş imkoniyatiga ega. Şuningdek, gazetada infografika yönalişi juda yaxşi rivojlangan. Katta hajmdagi maʼruzalar, matnlar rasm yoki diagramma körinişida gazetxonlarga sodda usulda yetkazib berilişiga ahamiyat qaratiladi.
Gazetada “Bong”, “Bugunning gapi”, “Şahar hayoti”, “Közgu”, “Hayot söqmoqlarida” kabi bir qança ruknlar ostida tanqidiy-tahliliy maqolalar, şahar hayotiga oid ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar aks etib boradi. Şuningdek, fuqarolarning murojaatlari çop etilib, ularga tegişli taşkilotlar tomonidan javob xatlari berib boriladi.
“Oltin vodiy” gazetasi tahririyati huzurida iqtidorli yoşlarni saralaş, jurnalistika sohasiga qiziquvçi isteʼdod egalarini birlaştiriş, ularga soha sir-asrorlarini tuşuntiriş, taşkilot va korxonalarda jamoatçi muxbirlarini şakllantiriş maqsadida “Yoş jurnalistlar maktabi” taşkil etilgan. Mazkur maktab tinglovçilari bölgan Nodira Mirjonova, Mahliyo Ravşanova, Şahzod Ibragimovlar bugun adabiyot, jurnalistika, sanʼat yönalişidagi nufuzli oliygohlarni tamomlab, özining salohiyatini namoyiş etib kelmoqda. Mazkur maktab tinglovçisi bölgan, keyinçalik Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlab, gazetada uzoq yillar faoliyat yuritgan Zarina Tohirova ayni paytda poytaxtdagi Podrobno.uz saytida faoliyat yuritmoqda.
Gazeta tahririyati “Özbekiston poçtasi” AJ hamda “Matbuot tarqatuvçi” AK bilan şartnoma tuzmagan. Çunki poçta xizmati orqali amalga oşirilgan obuna pullari yil davomida bölib-bölib taşlab beriladi. Şu sababli tahririyat 12 nafar gazeta tarqatuvçilarini şartnoma asosida işga olgan. Şahardagi har bir hududga bir nafar poçtalon biriktirilgan. Şu bois, gazetani yetkazib beriş borasidagi şikoyatlar bölsa, töğridan-töğri tahririyatga kelib tuşadi hamda poçtalonlarga yetkaziladi. Bu orqali 12 nafar kişining iş bilan bandligi taʼminlangan hamda gazeta öz vaqtida obunaçiga yetkakib berişni nazorat qiliş imkoniyati yaratilgan.
2019-2020 yillarda gazeta muassisi Zarafşon şahar hokimligi bölgan. 2021 yil 24 martdan Davlat aktivlarini boşqariş boşqarmasi Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi muassisligida çop etilmoqda.
“Oltin vodiy” gazetasining tiraji sönggi uç yilda oşib bormoqda. Xususan, 2020 yil 1 yanvar holatiga 8114 ta, 2021 yil yanvar holatiga 8100 tani taşkil etgan bölsa, 2022 yil yanvar holatiga 9310 nusxani taşkil etmoqda.
Ayni paytda gazeta muharriri sifatida yoş jurnalistlardan Umidjon Xudoyqulov faoliyat yuritmoqda. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 3-bosqiç talabasi. 2020 yil 16 yanvardan boşlab u “Oltin vodiy” gazetasi muharriri lavozimida faoliyat yuritadi.
Muharrir örinbosari, “Özbekiston belgisi”, “Mustaqillikning 30 yilligi” kökrak nişonlari sohibi Gulşanda Bobomurodova, rus bölimi muxbiri, asl kasbi huquqşunos Zafar Işkuvatov, isteʼdodli, şijoatli yoşlardan Şahnoza Hamrayeva, dizayner-sahifalovçi Dilşod Bobomurodov bugun gazetaning öqişli bölişi, zamonaviy köriniş va ruhga ega bölişi uçun harakat qilişmoqda.
Tahririyat jamoasini ularning hammasini bir istak, bir niyat birlaştirib turadi — gazetani öqimişli va qiziqarli qilib tayyorlaş. Bu esa hamişa ham oson bölavermaydi. Gazeta Zarafşon şahrining oynasi. Şaharda röy berayotgan voqealar, yangiliklar, xabarlar, quvonçlar, taşvişlar – hammasi imkon qadar gazeta sahifalaridan joy olişi kerak. Bunga ulguriş uçun hamişa uyğoq, bedor, bilimli böliş talab etiladi. Gazetani mening sevimli gazetam, deb ataşlari uçun bilim bilan birga xodimlardan mehr va fidoyilik ham talab qilinadi.
Gazetaçilarning iş vaqti çegaralanmagan. Goho iş soati tundan tonggaça çözilişi heç gap emas. Jamoaning tinimsiz mehnatlari hosilasi—yangi gazeta dunyo yuzini körganda barça çarçoqlar unutilib ketganday böladi. Yangi iş kunida esa navbatdagi gazetaning dunyoga kelişi kutib turadi. Yana halovatsiz kunlar va tunlar boşlanadi…
Otabek ASLONOV,
jurnalist
