MILLIONLAR ÖYINIMI YOXUD MILLIONERLAR?
“Hurriyat” gazetasi, 2021 yil, 16 iyun 25-sonida eʼlon qilingan “Özbek futboli qaçon dovruğ qozonadi?” sarlavhali maqolani öqib, barçamizning dilimizdagi gaplar yozilganiga amin böldim. Unda sportda, ayniqsa, futbol musobaqalarida yuksak marralarni egallagan dunyoga taniqli futbol yulduzlarining hayoti, şuningdek, özbek futbolining bugungi muammolari batafsil yoritilgan.
Futbol deyişsa, “Suyunçi” filmi esimga tuşaveradi. Yaqin-yaqingaça ham qişloq joylarida guruh-guruh bölib tengdoşlar musobaqalari, hududdagi taşkilot xodimlari örtasida öyinlar yilning tört fasli demay ötkazilar, ularga heç qanday homiyning yoki tomoşabinning keragi ham yöq edi. Hozirga kelib hamma joyda bölmasa-da, ayrim yerlarda bu anʼana saqlanib qolgan. U yerlarda tomoşabin ham yetarli, ğolib guruh uçun rağbatlantiriş mablaği ham iştirokçilar tomonidan yiğiladi.
Aslida ham, eng yaxşi futbolçilar qişloqda kamol topişadi. Ammo ularning hammasi ham kelajakda yetuk futbolçi bölişa olmaydi. Sababi ham maʼlum, million-million sarflab, sport maktablariga kirişolmaydi, omadlari kelganlari ham “pul tikib”, jamoaga qöşilolmasligi natijasida aro yölda qolişadi. Balki siz, öşa yigitning haqiqiy iqtidori bölganda saralab olinardi-ku dersiz, ammo men bu gapga umuman işonmayman, işonolmayman. Futbol – pul, daromad degani. Şuning uçun ham birinçi navbatda, puli borlar safda qoladi.
Bunday deyişimga sabab, bir vaqtlar özim ham futbol maktabiga kirişi uçun öğlimni imtihonlarga olib borganman. Ota-onalar iştirokida yuguriş, turnikka tortiliş kabi sinovlarda qatnaşişdi, ikki jamoaga bölinib, töp ham surişdi. Öğlim, haytovur yugurişda ham, turnikka tortilişda ham, futbolda ham eng ijobiy natija körsatgandi, öşanda. Toyçoğimning natijalaridan köksim osmon bölib ötirganimda yonimdagi ayol “Opa, öğlingiz zör-ku, gaplaşib qöydingizmi?”, — deb qoldi. “Yana kim bilan gaplaşişim kerak, öğlimning kimligini natijalari körsatib turibdi-ku” – degan javobimni eşitgaç esa “Iye, unda kirolmaydi. Bekor qipsiz, katta öğlim ham şu yerda öqigan. Hozir esa anavi – yugurayotganlarning oxirida kelayotgan öğlimni öqitmoqçiman. Töğri, sal böşangroq, ammo maşq qilaversa epçil bölib ketar. Muhimi gaplaşib qöyilgan”, — deb dilimni xira qildi.
Rosti öşanda unga işonmagandim. Ammo uç kundan söng eʼlonlar doskasiga çiqarilgan imtihon natijalarini körib, öğlim kabilarga nisbatan qilingan adolatsizliklarni körib hafsalam “pir” bölgandi, aççiqlangandim. Qabul komissiyasi oldiga kirdim, adolat axtargan böldim. Öşanda bir yoşi kattaroq xodim oldimga kelib, çetga boşladi-da asta dedi.
“Opa, uçta “qoğoz” bering, öğlingiz albatta futbol maktabimizga kiradi, haqiqatan iqtidori bor, tezkorligi zör ekan” dedi. Bilasizmi, lom-mim deya olmay qoldim. Oçiqdan-oçiq savdoni körib, öğlimning hujjatlarini qaytarib oldim. Buning yana bir sababi, sport öqituvçisining “Öğlingiz öqişga kirganidan keyin ham yiliga, kerak bölsa kuniga pul sarflaşingiz kerak. Bölmasa, komandaga ham kiritilmaydi”, — degandi…
Terma jamoamizning jahon çempionatiga hali-beri çiqmasligi tayin, sababini ham hamma biladi. Bizning qişloğimizdagi kabi neça önlab, yuzlab eng iqtidorli yigitlar futbol maktabida öqiş baxtidan mosuvo böldi, amallab kirganlari ham yuqoridagi sabablar bilan futboldan köngillari sovidi. Buning hosilini esa bugun yiğib olmoqdamiz.
Mana bizning futbolga bölgan munosabat, futbolning kelajagi. Töğriroği, futbolga bizda “katta daromad manbai” debgina qaraşadi. Yaʼnikim, avval sarflasanggina… hosilini olasan. Korrupsiya botqoğiga botgan sportning bu turidan nega jahon çempionatiga çiqişimizga umidvor bölayotganimizni özimiz ham tuşunmaymiz?!
Yaqinda Namangan tumanidagi Olaxamak qişloğidan bölgan bir tanişim avval iqtisodiyot kolleji bölgan, hozirda “Mono markaz”ga aylantirilgan taşkilot stadionini öz mehnatlari bilan 10 yildan beri qarab, turnirlar ötkazib kelişayotganini, bugun esa xaridorlari köpayib, “parnik” uçun, qandaydir “tadbirkorlik uçun” berib yuborilayotganidan xavotirda ekanini aytdi va şuni matbuotda yoritsak foydasi böladimi” deb qönğiroq qildi. Tumanda olaxamakliklarni “futbol şaydolari, töğriroği jinnilari” deyişadi mahalliy tilda. Turnirlar, bahslarning keti uzilmaydi. Haqiqiy fanatlaru, öyinçilar bor. Qişloq ahlining futbol maktablariga kirolmagan yigitlari öşa yerda alam bilan töp surişadi, çiniqişadi. Viloyat böyiça ham musobaqalarda qatnaşib, köp marta sovrinlarni qölga kiritgan, bu jamoa. Ham jismoniy mehnat, ham maydonda çiniqayotgan yigitlarning heçqursa “qişloq maydonida uşalayotgan orzulari”ga ham bugun ega çiqib turibdi. Öyinçilaru, işqibozlar xavotirda… Qayerga boramiz?
Yurtimizda tadbirkorlikka keng yöl berilgani hammamizga maʼlum. Biroq gurkirab turgan, qişloq ahli ehtiyojini qondirayotgan sohani “sindiriş, yöq qiliş” evaziga emas-da…
Ular bor-yöği özlari mehnat qilib tayyorlagan maydonni asrab qolişmoqçi, böş vaqtlarini esa şu yerda qizğin futbol öyinlari bilan ötkazişadi. Yuqoridan, tadbirkorlardan heç nima söraşmaydi, özlariga mehnat hamda şuğullanişlari uçun maydonlariga daxl qilmasalar bölgani…
Darvoqe, işonmasangiz boring, haqiqiy “talantlar” öşa maydonda…
Saida ISMOILOVA,
jurnalist.
