Obuna — ixtiyoriy, vatanparvarlik-çi?
“Hurriyat” gazetasida çiqqan xabar, maqola, suhbatlarni hamişa qiziqib öqib boraman. Uşbu naşr — xalqimizning ommabop gazetasidir. Oçiğini aytiş joiz, bu gazeta ayniqsa, özbek jurnalistikasining ötmişi va bugungi kuniga taalluqli sermazmun maqolalar eʼlon qilib, öz missiyasini baholi qudrat uddalamoqda. Lekin masalaning bir jihati bor: kuyinçaklik ila yozilgan maqolalar qoğozlarda qolib ketaversa-yu, ahvol özgarmasa, bundan ne naf? Avvallari biror muammoli masalalar kötarilsa, jamoatçilik öz fikr-mulohazalarini bildirar edi; öşa muammo, kerak bölsa, rasmiy doiralarga olib çiqilardi. Uçinçi Renessans poydevorini bunyod etiş ğoyasi ilgari surilayotgan bugungi kunda matbuotdagi “nola”larga mutasaddi rahbarlarning nega parvoyi palak?
“Hurriyat”ning şu yil 13 oktyabr 41-sonida taniqli jurnalist Bahrom Rözimuhammad qalamiga mansub “Men dardimni kimga aytsam… yoxud jiddiylik odamni zeriktiradi” sarlavhali maqolasini öqib, öyga toldim. Quyidagi satrlar idrokimda köp aylandi: “Men kuni keça otamakonda — Xorazmda keçayotgan obuna jarayonlari bilan qiziqdim. “Gazetamizga bu yil heç kim obuna bölgani yöq. Biz obuna degan gapni deyarlik unutib yubordik. “Ezgu söz”ni öz pulimizga naşr qildirib, bepul tarqatyapmiz. Ahyon-ahyonda döstlarimiz kömaklaşib turadilar, — dedi mazkur gazetaning boş muharriri Qadamboy Solayev”.
Xorazmliklar bu naşrni juda yaxşi biladilar: “Ezgu söz”— xususiy gazeta. Agarda har payt-har paytda “köriniş” bermasalar gazeta yopilib qoladi. Binobarin, kam nusxada bölsa-da, bir amallab çiqarmoqdalar. “Saqlab turibdilar” desam, mantiqqa monand kelar. Xöş, “Ezgu söz” xususiy ekan deylik, viloyat hokimligi egasi bölgan “Xorazm haqiqati”ning ahvoli qanday? Tuman gazetalarining-çi? Bahrom Rözimuhammad taʼkidlagan öşa “Şovot istiqboli” gazetasi 2020 yil hisobiga bor yöği, töqqiz marotaba naşr etilibdi. Atigi töqqiz! Joriy yildagisini bilmadim.
Endi haqli ravişda savol tuğiladi: deylik, töqson yilning nari-berisida çop etilib kelayotgan tuman gazetasi nega aynan hozirgi kunda yopilib ketişi kerak? Har bitta tuman naşrining öziga xos tarixi bor-ku, axir?! Biz hammamiz öşa “kiçkina” gazetalarga xabar, maqola, lavha, oçerklar yozib, katta bölganmiz. Nega ösmirligimiz esdaligi sanalmiş tuman “közgu”lari sinişi kerak?
Şu xususda gapirsangiz, internet bor-ku, istalgan maʼlumotingizni internet saytlaridan bemalol olişingiz mumkin, deydilar. Har holda, şunga öxşagan iddaolarni köp eşitamiz. Xorijiy davlatlarda internet yöqmi? Aslida, bundan yigirma yillar avval ham Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi turmuşi bizga yaqin davlatlarda elektron matbuot gurkiragan. Şularga yondoş şaklda bosma matbuot ham taraqqiy qilavergan-da!
Har gazetaning öz ifori bor. Şunday ziyolilarni taniyman: qirqinçi-elliginçi yillardagi gazetalar taxlamlarini asrab qöyişgan. Bu ham bir solnoma. Alalxusus, özbek jurnalistikasining boşlanğiç böğini hisoblanadigan tuman gazetalarini qöldan boy bermaslik joiz. Tumanlardagi xususiy mulk egalari özlarining xos naşrlari iqtisodiga kömak bersalar, vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlagan böladilar. Obuna-ixtiyoriy, lekin vatanparvarlik-çi?
Töğri, keyingi davrlarda özbek jurnalistikasi janr jabhasida kambağallaşib bormoqda. Masalan, 1970-1980 yillarda tuman, viloyat, respublika gazetalarida xabar, maqolalardan taşqari lavha, reportaj, oçerk, felyeton janrlari gullab-yaşnagan edi. Hozir-çi? Hozir diqqatni tortadigan biror lavha yoki oçerkka közimiz tuşmaydi. Felyeton janri unutildi hisob. Yaqin ötmiş matbuotining foydali jihatlari qayta tiklansa, muxbirlar qalami tağin çarxlanardi.
Avvallari “material” tanqisligi voqelikka köçmagan edi. Deylik, viloyat va respublika gazetalari tahririyatlari bölim mudirlarining ğaladonlarida önlab-yuzlab xatlar, maqolalar taxlanib yotganiga guvoh bölganman. Şulardan tanlab-tanlab berilardi. Yana deng, “maqolalarga obzor” otliğ rukn amalda edi. Ayrim havaskor muxbirlar “ism-familiyamni obzorda kördim” deb maqtanib yurardilar. Viloyat, tuman gazetalarining ştatsiz muxbirlari bölardi; qişloqlarda “Ştatsiz muxbirlar postlari” taşkil qilinib, faol muxbirlardan biri post boşliği vazifasini bajarguvçi edi. Birinçi navbatda tuman gazetasi, radiosi xodimlari, ştatsiz muxbirlar viloyat, respublika gazetalarini zör iştiyoq ila öqir edilar, tahririyatlarga xat yozişardi, xat olişardi. Bugun-çi? Bugun… oçiğini aytaman — tumanlarda “Hurriyat” gazetasini öqimaydigan, lofga yöymang — yuzini ham körmagan hatto jurnalistlar bor. Afsuski, şunday — gazeta çiqaradigan, hayotlari gazetalarga qorişiq jurnalistlarning özlari gazeta öqimasalar, boşqalardan nimani kutiş mumkin?
Xöjakörsinga gazetaga intiladiganlar ham yöq emas. “Biz falon taşkilotga hisobot berişimiz kerak. Pullik xizmat joriy qilinsa… Masalan, gazetangizning ön-ön beş nusxasini çiqarişga yordamlaşamiz” deydiganlar bor. Ular yigirma-öttiz nusxa atrofida bosiladigan “minigazetalar”ni istaydilar. Matbuot, xalq taqdiri, xususan, yoşlar taqdiri köngil işiga aylanmayapti-da axir?!
Uçinçi Renessans matbuotdan jabha olgani tarixiy haqiqatdir. Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon, Maqsud Şayxzoda kabi uluğ adiblarimiz öz davrlarida publitsist ham bölganlar. “Aççiq” maqolalar yozganlar. Millat taraqqiyoti köyida yonib yaşaganlar. Yetmişinçi-saksoninçi yillarda ham bu anʼana uzilgan emas. Xorazmda Egam Rahim, Erkin Samandar, Fozil Zohid singari köplab adiblar matbuot jabhasida işlab, aqlu zakovati neʼmatlarini xalqqa tortiq etganlar. Ayni davrda ijodkorlar ham matbuotdan tobora uzoqqa ketmoqdalar.
Sözimni oxirida şuni aytmoqçimanki, taniqli ijodkor Bahrom Rözimuhammadning yuqorida sarlavhasi zikr etilgan izhornomasi “yolğiz ot” bölib qolmasligi darkor. Boisi, maqolda aytilganiday: “Yolğiz otning çangi çiqmas, çangi çiqsa-da donği çiqmas”. Alhol, “Hurriyat” gazetasi çorlovlarini har bir qalamkaş, har bir ziyoli qöllaşi, quvvatlaşi joiz. Şundagina töqson-yuz yilning nari-berisida şakllangan, sayqallangan jurnalistikamizni omon-eson saqlab qolişga erişamiz.
Şerjon MAŞARIPOV,
“Xiva tongi” gazetasining boş muharriri
