“Biz kerak bölgan hamma joyda bormiz!” Körarga köz, tan olişga söz bölsa kifoya
Gazetamizning 2021 yil 16 iyundagi 25-sonida eʼlon qilingan “Qidiruv: “Zulfiyaçi”lar, qayerdasiz?!” sarlavhali maqola jamoatçilik orasida qizğin muhokamaga sabab böldi. Bu boradagi bahs-munozaralar hamon davom etmoqda. Maqolada Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va boşqa turli mukofotlarni qölga kiritgan ayrim xotin-qizlar taqdirlangaç, “yöq bölib qolişi”, oramizda turli imtiyozlar sabab ana şunday yuksak eʼtirofga loyiq-noloyiq talabgorlar köpayib ketayotgani, natijada baʼzan çinakam iqtidorlarning, ilm-maʼrifatli yoşlarning taqdirlanmay qolayotgani haqida söz yuritilgan edi. Ana şu maqola yuzasidan kelgan munosabatlardan biri eʼtiboringizga havola etilmoqda.
Xitob bilan yozilgan sarlavhadan ötib, maqolani öqişga kirişar ekanman, unda allaqanday kuyunçaklikni sezganday böldim, biroq bu “vatanparvarlik” ekanligiga şubha uyğondi menda. Garçi mening nomim “qidiruv”dagilardan taşqari tilga olingan bölsa-da, jamiyatning eng oldi qizlariga, ularning bugungi qadr-qimmatiga ketma-ket qaratilgan turli iddaolardan, oçiği, ança behuzurlik tuydim. Afsuski, muallifning taʼnalari mukofot ortiga “berkingan” Zulfiya qizlarigagina emas, balki qalbidagi miltillagan çöğni lovullatgan, ozgina iqtidoriga katta rağbat bergan, yuksaliş uçun yangi imkon eşiklarini oçgan va albatta, ertaga lider bölib, törtta yurt bolasini ortidan ergaştiradi, degan yoruğ umidga, işonçga sazovor bölgan mukofotga loyiq sovrindorlarga ham “tegib” ötdi.
Nima bölganda ham, muallifga va sevimli “Hurriyat”imizga rahmat aytadigan iş bölibdi. Bunday xulosaga kelişimning öz sababi bor. Va men “vatanparvar” muallifning “Zulfiyaçilar qayerdasiz?” degan savoliga quyida birgina farğonalik sovrindor qizlar “manzil-makoni”ni körsatiş orqali javob berişga urinaman.
Aytiş joizki, “zulfiyaçi” degan söz tilimizga moslaşib ketgan ğalizlik. Har neçuk qiyin bölmasin, qançalik beöxşov tuyulmasin, bizga “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari” yoki “Zulfiya qizlari” deb yuzlaniş — eng maqbuli, nazarimda.
Muddaoga qaytsak, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2000 yilgi ilk farğonalik sovrindori Dilfuza Abdullayeva (ayni paytda Sodiqova) qariyb 20 yildirki, umumtaʼlim maktabida mehnat qiladi. Faoliyatini Marğilon şahridagi 1-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ingliz tili öqituvçiligidan boşlagan Dilfuza ayni paytda maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari, oliy toifali pedagog. 2016 yilda “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan. Viloyatda yoşlar, taʼlim, xotin-qizlar yönalişidagi har bir muhim tadbir borki, Dilfuza Sodiqova yetakçilar safida turadi. Iqtidorli Zulfiyaxonim qizi öz hayotiy prinsiplariga ega ayolga, bir neça xorijiy tillarni özlaştirgan zamonaviy pedagogga aylandi. Xulqi ham köpçilik xotin-qizlarga örnak. Lekin biror marta kökrak kerib minbarga intilganini (muallif iddao qilganidek), tadbirlarda balandparvoz sözlarni aytib, oğiz töldirganini bilmayman.
2002 yilgi sovrindor Nafosat Ösarova Farğona viloyati Toşloq tumani mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimida boş mutaxassis, tumandagi ayollar yetakçilaridan biri. “Mehr-saxovat” kökrak nişoni sohibasi. 2006 yil mukofotga loyiq körilgan Dilyora Ismoilova esa bu yil Farğona davlat universiteti magistratura bölimini tamomladi. Rus, ingliz va tojik tillarida erkin muloqot qiladi. Faol mehnat faoliyatiga qaytmayotganining eng xayrli sababi bor, u hozir ona sifatida farzandiga va oilasiga köproq kerak.
Farğonalik Zulfiyaxonim qizlari safiga 2008 yilda qöşilgan Nozimaxonim Xoliqova Şarqşunoslik institutida tahsil olgan, arab adabiyoti tanqidçisi, özbek, tojik, rus, ingliz va arab tillarini biladi. Uning qaçonlardir “oynai jahon” yoki gazeta sahifalaridan tuşmagan nomi bugun közga taşlanmayotgan bölsa, uni “qidiruv”ga berişdan avval, söroqlab qöyişning özi kifoya edi. Nozimaxonim maʼrifatli ona sifatida beş farzandini ulğaytiriş barobarida ularga öşa özi bilgan beş tilni örgatmayapti, deb kim ayta oladi?
Mukofotning 2005 yilgi sovrindori Nargiza Oxunovaning dilbar satrlari respublika adabiy muhitida ham alohida eʼtirof qozongan. Ijod namunalari “Şarq yulduzi”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalarida çop etilgan. Eʼtiborlisi, şoira mukofotni qölga kiritganida atigi bir dona — “Könglim” nomli şeʼriy kitobi çop etilgan edi. Ötgan yillar davomida ikkinçi – “Söztumor” kitobi ham naşr etildi. Hozir “qayerda”ligini söroqlasangiz, poytaxti azimda, yoş olim bölmiş turmuş örtoğining ilmiy izlanişlariga kömakçi, nuridiydalarining tarbiyaçisi. Aslida, baxtning qaymoği ularda ekanligini nahot anglaş qiyin bölsa?!
2009 yilgi sovrindor dugonam Şahnoza Davlatova anʼanaviy ijroçilikning mohir ijroçisi. Davlat mukofoti sovrindoriman, deb poytaxtga intilmadi, qaytanga Farğonaning Farğona tumanidagi çekka hududlardan birida musiqa öqituvçisi bölib işladi, önlab şogirdlari xalqaro sanʼat festivali laureati böldi, viloyatda bir neça bor yakkaxon-hisobot konsertini berdi. Hozir bir yelkada onalik yuki, bir yelkada jamiyat içida böliş niyati bilan tumandagi 37–umumtaʼlim maktabida ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi sifatida mehnat qilayapti. Kamola Rahmonova, Nozima Habibullayeva, Parizoda Röziboyeva, Zulayho Ermatova, Zulfiya Mamajonova singari sovrindor qizlarning qay birini söroqlasangiz, öz tanlagan yönalişida öqiyotgan yoki işlayotganiga guvoh bölasiz.
Yana bir sovrindor safdoşimiz Sarvinoz Saidxöjayeva hozir AQŞdagi sport yönalişdagi oliygohlardan birida magistrant. Dinara Mamadibragimova esa mukofotni qölga kiritgandan keyingi ikki yil içida 3 ta xalqaro turnir ğolibi bölganini eşitgandirsiz? U bugun Çirçiq olimpiya zaxiralari kollejida murabbiy. Marğilonlik Nilufar Abduğaniyeva ham ayni paytda Andijon viloyatida yaşab, davlat idoralarida turli lavozimlarda işlab kelmoqda.
Özbekiston Badiiy akademiyasining eng yoş aʼzosi Muştariybegim Qurbonova ham bizning oramizda. Mukofot olib ham töxtagani, şijoatni böşaştirgani yöq. U tasviriy sanʼat yönalişi böyiça Osiyo va Yevropa davlatlarida bölib ötgan xalqaro tanlov va körgazmalarda muvaffaqiyatli iştirok etib, Navoiy davlat stipendiyasi sovrindori böldi. Mohidil Qurbonova esa yuksak eʼtirofdan söng ilmiy-ijodiy izlanişlarini yanada kuçaytirdi, Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibasiga aylandi. Hozir Qurbonovalarning har ikkisi özi tanlagan yönaliş böyiça magistratura bosqiçida öqiydi.
Aytgança, Farğonada yana bir Zulfiyaxonim qizi bor. U asli namanganlik bölsa-da, avval poytaxtdagi nufuzli naşrlarda, ayni damda viloyatimizda mehnat qilib, allaqaçon Farğona qiziga aylanib ulgurgan Sevara Alijonovadir. Eng qiziği, u “Hurriyat” gazetasining Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari böyiça muxbiri. Maqola muallifi öz hamkasbini jurnalist sifatida tanib, öziga xos ijodiy faoliyatini eʼtirof etsa-da, uning bundan ön yillar avval Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qölga kiritganidan ehtimol bexabardir, çunki Sevaraning özi bu haqda “noğora çaliş” tugul, bir qatra aytib qöyişni-da nokamtarlik deb biladi. Çunki u olgan mukofoti bilan kerilişdan köra, yonib ijod qiliş, jamiyatga jurnalist sifatida nimadir beriş haqida köproq qayğuradi. Endi ayting-çi, özni köp namoyon qilmaslik, hadeb “manaman” deyavermaslik, alaloqibat “qidiruv”ga tuşib qolişlikka sabab bölsa, bu ne gap böldi?!
Farğonalik sovrindor dugonamiz Dilnoza Kattaxonova özidagi rahbarlik qobiliyati, liderlik iqtidorini töla namoyon etib, bugun Özbekiston Yoşlar işlari agentligi raisi örinbosari sifatida Respublika yoşlariga yölboşçilik qilayotir. “Zulfiyaçilar, qayerdasiz?” deb xitob qilib, qiynalayotgan naşr Farğona qizining davlat boşqaruvidagi örnini nega eʼtirof etmaydi, ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning eng kuçli rahbar ayollari öttiztaligida turgan Zulfiyaxonim qizini, uning yoniq çiqişlarini nega olqişlamaydi?!
Özimga kelsak, maqola muallifi noörin “minnat qilayotgan” imtiyozdan foydalanmagan sanoqli sovrindorlardan biriman. Öz vaqtida magistratura taʼlimini ham öz kuçim bilan davom ettirdim. Bir dona şeʼriy kitob muallifi bölgan çoğimda taqdirlanganman (muallif aytgandek, 10-15 talab kitob çiqariş qayoqda deysiz?). Ötgan ön yil içida ham 2 ta — 2014 yilda “Iqror”, 2021 yilda “Könglimga köçadi farğonagullar” nomli kitoblarimni ming istihola bilan çop ettirdim. Hozir viloyatdagi otaxon naşr – “Farğona haqiqati” — “Ferganskaya pravda” gazetalarining maxsus muxbiriman. Jurnalist degani şundoq ham sözi va qalami bilan borligini bildirib turadiganlar toifasidan bölgani uçun uni “qidiruv”ga beriş şart emasligini muallif döstimiz yaxşi bilsalar kerak?
Aslida “qidiruv” jarayonida umuman eʼtiborga olinmagan bir jihat borki, uni asoslasak, ayrim sovindor qizlardagi keçagi faolligu, bugungi kamnamolik sababini topamiz. Yaʼni, Davlat mukofotini qölga kiritgan iqtidorli, faol, har toşni yorib çiqadigan darajada şiddat bilan yaşagan qizlar fursati yetib, oila bekasi, ona bölişini, ularning ayol ekanligini, hayot va jamiyatning xuş-noxuş tizginlari ularning asosiy kuçini band qilib qöyişi mumkinligi ham unutilgandek bu yerda.
Jamiyatda öz örnini topgan va bunga intilayotgan (aynan) ayollarga “toş otiş”ni milliy matbuotimiz qanday xuş köryapti, hayronmiz. Bundan bir muddat avval, respublika naşrlaridan birida taniqli şoiramizni piçoqqa ilinmas iddaolar bilan obrösizlantirişga urinişlarini körib, (ustiga-ustak erkak muallif tomonidan), avvalo, ayol ijodkor sifatida qattiq oğringan edim.
Maqolada keltirib ötilgan Senat raisining sözlari ham tölaqonli emasdek. Çunki şaxsan men bilgan farğonalik sovrindor qizlarning birortasi davlat va jamoatçilik yöqlaganida, taşabbusini kutganida özini çetga olgan emas. Hamişa mukofotga munosib ayol, munosib kadr bölişga intilgan. Şunga qaramay, nega viloyatimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olgandan keyingi samarali faoliyati uçun yuksak orden va medallar bilan taqdirlangan xotin-qizlar yöqligini biz iddao qilib aytişimiz kerak emasmi? Aytmoqçi bölganim, sovrindorlar davlat va hukumatning imtiyoz va rağbatlariga “kömilib”, bosar-tusarini bilmay, havolanib ketgani yoki isteʼdodi, zimmasidagi vazifasini unutib, ötkinçi hoyu havaslar ketidan quvib yurmayotgani aniq. Imkonsizliklar içidan imkon topib elga yuzlanayotgan, kuraşuvçan, botiryurak dugonalarimning hammasi ham öta yuksalib, çaqnoq yulduzday porlamayotgan bölişi mumkin, ammo oramizda tanlagan, öziga işonç bildirilgan yöldan qaytadigan yöqligiga işonçim komil.
Hatto Yaratgan ham bandasidan şukronalik, sabr-qanoatli bölişlikni istaydi. Şunday ekan, nega biz, ona zaminning dilbar navnihollari, jamiyatning yaratuvçi kuçlari, millat tarbiyaçilari, hayot davomçilari bölaturib, eʼtibor kutmasligimiz, yurt va Yurtboşimizning ezgu nazariga oşiqmasligimiz kerak, bu bizning qirq jonimizga jon qöşadi axir!
Aslida, bugungaça taqdirlangan sovrindor qizlar orasida yuz nafar fidoyi va yetakçi ayol yetişib çiqsa ham, yigirma bir yilki, özbek qizlari kuçi va salohiyatiga işonç ramzi bölib kelayotgan mukofot özini oqlagani şu, deb öylayman. Davlatimiz va Prezidentimizning mehri, eʼtibori, yuksak işonçi bor ekan, bu rağbatga munosib körilgan yurt qizlarining har biri şu yurt içida böladi. Ijod, sanʼat, madaniyat, ilm-fan, sport, taʼlimda va albatta, jamoat işlarida munosib yukni yelkalaşga qodir böladi. Bunga şubha yöq.
Dilnavoz QÖLDOŞEVA,
Zulfiya nomidagi
Davlat mukofoti sovrindori (2011 yil),
Farğona viloyati.
Tahririyatdan:
Aziz muştariylar! Mana, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalaridan biri bölgan farğonalik D. Qöldoşevaning “tölib-toşib” yozgan mulohazalari bilan tanişdingiz.
“Hurriyat” — erkin minbar, unda turli fikr-mulohaza, talqin va muşohadalar bölişi tabiiy. Qolaversa, har bir fikr yaşaşga haqli degan tamoyil naşrimizning oltin qoidasi hisoblanadi. Holbuki, gazetamiz muxbiri yozgan maqolada Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini yoki boşqa mukofotlarni olgan barça sovrindorlar nomunosib degan fikr aytilmagan edi. Ammo… yaşirişga, xaspöşlaşga hojat yöq: mukofotni qölga kiritib, butunlay “yöqolib” ketayotganlar ham kam emas-ku! Söz asosan ana şular haqida edi. Yana şuni aytişni istardikki, aslida gap mukofotda ham emas. Yurtimizda har qanday yuksak eʼtiroflarga loyiq, lekin hozirça bunday baxtga erişa olmagan, ammo yuz çandon har qanday rağbatlarga munosib ming-minglab xotin-qizlar bor. Ulardan har qança minnatdor bölsak arziydi…
