“Ipak yöli durdonasi”

Yurtboşimizning kino sanʼatiga eʼtibori tufayli Toşkent yana xalqaro kino anjumani ötkaziladigan şaharga aylandi. Bundan 53 yil, ha, yarim asrdan köproq vaqt avval, yaʼni 1968 yilda ilk bor Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan saralab olingan filmlar namoyiş etilgan Toşkent xalqaro festivali keça 28 sentyabrdan qayta tiklanib, yana öz faoliyatini boş­ladi. Poytaxtimizdagi Kinoçilar uyi­­da “Ipak yöli durdonasi” Toşkent xalqaro kino festivalining tantanali oçilişiga bağiş­langan keça bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Ipak yöli durdonasi” XIII Toşkent xalqaro kino festivalining oçilişi bilan maşhur aktyor va rejissyorlar, operator va rassomlar, prodyuserlar, kinoşunos olimlar, taniqli madaniyat arboblarini samimiy muborakbod etib, festival qatnaşçilariga tabrik yölladi. Tabrikni Özbekis­ton Respublikasi Boş vazirining örinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov öqib eşittirdi.

… Dunyoning qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ziyod sanʼat ustalari, jahon kino yulduzlari iştirok etayotgan uşbu anjuman sohadagi bugungi rivojlaniş jarayonlari, ijodiy izlaniş va tajribalarni atrofliça tahlil etib, hamkorlik istiqbollarini belgilab olişda öziga xos muloqot maydoni, yoş ijodkorlar uçun mahorat maktabi bölib xizmat qiladi.

Aminmanki, qayta tiklangan, öz tarixida yangi sahifa oçayotgan Toşkent xalqaro kinofestivali zamonning özi talab qilayotgan ana şunday yuksak badiiy mezonlar ruhida ötadi.

Işonçim komil, XIII Toşkent xalqaro kinofestivali köpmillatli Özbekiston xalqi uçun çinakam sanʼat bayramiga aylanib, yangi nom va isteʼdodlarni kaşf etadi, kinoijodkorlar va kino ixlosmandlari xotirasida yorqin taassurotlar qoldiradi, dedi Prezident öz tabrigida.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan