“Afsonaviy kinofestival qayta tiklanganidan minnatdormiz!”

Şu yilning 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari “Ipak yöli durdonasi” XIII Toşkent xalqaro kinofestivali özgaça şukuhda bölib ötdi

Kinoni sevmaydigan, uni tomoşa qilmaydigan odam bölmasa kerak.

Ikkinçi jahon uruşi yillaridan söng kino tufayli non şahri sifatida yanada tanilgan Toşkent ötgan asrning 80-yillarida butun jahon kinoçilarini jamlagan gözal sanʼat poytaxtiga aylandi. Söng…yillar ötib bu ajoyib anjuman töxtab qolgan edi. Yarim asrdan köproq öz tarixiga ega bölgan uşbu xalqaro kinofestival 24 yildan söng qayta tuğildi!

Toşkent yana bağriga jahon kinoyulduzlarini çorladi. Ha, “Ipak yöli durdonasi” nomida XIII Toşkent xalqaro kinofestivali Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan qayta tiklandi.

Qariyb bir hafta davom etgan kino bayrami özgaça ruhda, özgaça şukuhda ötdi.

Jahonning köplab mamlakatlaridan taşrif buyurgan yuzlab kinoyulduzlar, soha namoyandalarining eʼtirofi şunday böldi: xalqaro anjumanga tayyorgarlik aʼlo darajada bölgan. Afsonaviy kinofestival qayta tiklanganidan minnatdormiz!

Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toşkent kinofestivali ilk bor 1968 yilda “Tinçlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar döstligi uçun” şiori ostida ötkazilgan edi. Öşa yili dunyo­ning 22 mamlakatidan taniqli kinoprodyuserlar, rejissyorlar va kino yulduzlari iştirok etgan, 50 ga yaqin kartinalar namoyiş qilingan. Uşbu kinofestival 1988 yilga qadar muntazam ravişda ötkazib kelingan, sovet ittifoqi parçalanganidan söng, uşbu festival mamlakatimizda faqat 1992 va 1997 yillarda ötkazilgan edi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekiston kinematografiyasini rivojlantiriş, özbek kinosining tarixiy şuhratini qayta tiklaş maqsadida bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. “Özbekkino” milliy agentligi negizida Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi taşkil topdi. “Özbekfilm” davlat konsernining zamonaviy binosi va pavilonlari foydalanişga topşirildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşabbusi bilan 1968-1997 yillar davomida Özbekistonda ötkazilib kelingan “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toşkent xalqaro kinofestivali”, “Ipak yöli durdonasi” Toşkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklandi, uşbu sanʼat anjumanini har yili sentyabr-oktyabr oylarida Toşkent şahrida ötkaziş belgilandi.

“Tinçlik, taraqqiyot va maʼrifat” şiori ostida, ön uçinçi marotaba ötkazilgan uşbu kinofestival avvalo, kino sanʼati orqali dunyo mamlakatlari örtasida madaniy muloqotni yanada mustahkamlaş, jahon kinoustalari bilan hamkorlikdagi qöşma loyihalarni kengaytiriş, insonparvarlik va bağrikenglik, xalqlar döstligini tarğib qiluvçi, madaniy xilma-xilligini aks ettiruvçi eng sara jahon kinosi durdonalarini   jalb qiliş, uşbu sanʼat turi orqali xalqimizning boy tarixi va betakror madaniyatini dunyoga keng tarğib etişni közda tutadi.

Uşbu anjuman munosabati bilan şu yilning 6-29 sentyabr kunlari   Toşkent şahridagi “Adib­lar xiyoboni”da Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Xalq yuragi” turkumidan 24 nafar buyuk şoir va adiblarimiz hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvçi hujjatli filmlar namoyiş qilindi. 27 sentyabr kuni “Özbekfilm” kinokonsernida Toşkent Xalqaro kinofestivali munosabati bilan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari iştirokida matbuot anjumani taşkil qilindi. Unda yuzdan ortiq OAV vakillari iştirok etdi. Anjumanda kinofes­tivalning maqsad va vazifalari, undan örin olgan tadbirlar, taqdimotlar, namoyişlar xususida jurnalistlarga maʼlumotlar berildi.

“Ipak yöli durdonasi” xalqaro kinofestivalining tantanali oçiliş marosimi, gözal poytaxtimizda “Panorama” nomi bilan maşhur bölgan “Kinoçilar uyi” binosida bölib ötdi. Alişer Navoiy nomidagi kino saroyi– “Kinoçilar uyi” bugungi kunda eng zamonaviy kino maj­mualaridan biridir. Kino majmuasi hududida filmlarni namoyiş qiliş uçun 10 ta kinozal, şuningdek, filmlar premyerasini ötkaziş uçun möljallangan 1890 örinli katta kino va konsert zali mavjud.

Bugungi kunga kelib kinoteatrda keng kölamli rekonstruksiya işlari olib borildi. Bino zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlandi.

Anjuman iştirokçilari va mehmonlari bu yerda yaqinda oçilgan Kino tarixi muzeyi bilan ham tanişişdi. Bu yerda özbek kinematogra­fiyasining 100 yillikdan ziyod tarixi haqida hikoya qiluvçi nodir eksponatlar, fotosuratlar, kinotasmalar, liboslar, qölyozmalar, maşhur filmlarning afişalari örin olgan.Uşbu afişalarning aksariyati kinofestival arafasida Rossiyadan, şuningdek mamlakatimizning turli muassasalari arxivlaridan keltirildi. Taʼkidlaş joizki, kapital rekons­truksiya binoning modernizm davriga oid meʼmoriy körinişiga taʼsir qilmagan. Kinoteatr fasadining körinişi saqlab qolindi.

“Ipak yöli durdonasi” XIII Toşkent xalqaro kinofes­tivalining oçiliş marosimida jahon va milliy kinosining 355 xorijlik kinoijodkor va dunyoning 55 taniqli kino yulduzlari iştirok etdi. Oçiliş marosimiga AQŞ, Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Polşa, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va özbekistonlik maşhur kinoijodkorlar ham taşrif buyurdilar. Turli mamlakatlar delegatsiyalari vakillari, kino va estrada yulduzlari anʼanaviy qizil yölakdan ötişdi.

Festival iştirokçilariga yöllagan Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning tabrigini Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov öqib eşittirdi.

Tabrikda, jumladan, şunday deyiladi:

“Bugungi kunda şiddat bilan özgarayotgan dunyoda ijtimoiy voqelikka, jumladan, madaniyat va sanʼatga qaraş va mezonlar tinimsiz yangilanib borayotgani barçamiz uçun ayon haqiqatdir. Bu jarayonlar hayotni yaxlit bir holda, jamiki ziddiyat va murakkabliklari bilan haqqoniy aks ettiradigan kinematografiya rivojiga ham öz taʼsirini körsatişi tabiiy, albatta.

Aminmanki, qayta tiklangan, öz tarixida yangi sahifa oçayotgan Toşkent xalqaro kinofestivali zamonning özi talab qilayotgan ana şunday yuksak badiiy mezonlar ruhida ötadi.

Işonçim komil, XIII Toşkent xalqaro kinofestivali köpmillatli Özbekiston xalqi uçun çinakam sanʼat bayramiga aylanib, yangi nom va isteʼdodlarni kaşf etadi, kino­ijodkorlar va kino ixlosmandlari xotirasida yorqin taassurotlar qoldiradi.

Öylaymanki, sizlar festival doirasida mamlakatimizning qadimiy va zamonaviy şaharlarida bölib, turli soha vakillari bilan uçraşib, Yangi Özbekistondagi keng kölamli özgarişlardan bevosita xabardor bölasiz.

Siz, azizlarni yana bir bor çin dildan tab­riklab, barçangizga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, festival işiga esa muvaffaqiyatlar tilayman”.

Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi boş direktori F.Abduxoliqov, rossiyalik kinoprodyusser va rejissyor T.Bekmambetov, amerikalik maşhur multiplakator va rejissyor Rob Minkoff va boşqalar kinofestivalning ahamiyati, yurtimizda kinematografiyani rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar, bugungi jahon kinosi oldida turgan masalalar xususida qisqaça söz yuritişdi. Bir qator davlatlar delegatsiyalari vakillari tomonidan festivalning rasmiy bayroği kötarildi. Özbek va jahon kinosida kuylangan qöşiqlar asosida tuzilgan musiqiy kompozitsiya tomoşabinlar hukmiga havola qilindi. Tadbirda xorij musiqasining maşhur vakillari Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov, tur­kiyalik Serdar Ortaç, tojikistonlik xonanda Xujastai Mirzovali va boşqa taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar yangradi.

29 sentyabrdan kinofestivalning ikki muhim tanlovi “Yangi avlod kinosi” hamda “Kino beş kunda” loyihalari iş boşladi.

“Yangi avlod kinosi” va “Kino beş kunda” lo­yihalari asosida taqdim etilgan filmlar kinofestival pavilonlarida tomoşabinlar hukmiga havola qilindi.

“Jahon kinosi kunlari” ham katta tantanalar bilan boşlandi. Har bir mamlakat kinosi kunlarining oçilişi katta bayramga aylanib ketdi. Poytaxtimizning turli madaniyat muassasalari – “Özbekiston” anjumanlar saroyi, Respublika Kinoçilar uyi, Özbekiston Milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri, Respublika qöğirçoq teatri, Alişer Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Respublika Yoşlar teatri singari madaniyat va sanʼat maskanlarida kinofestival iştirokçilari, milliy va xorijiy kino yulduzlari, muxlis va mutaxassislar iştirok etdi.

Kinofestival “Festivallar festivali” şaklida, nufuzli xalqaro kinofestivallarning ğolib va nominantlari iştirokida ötkazildi. Uning doirasida mamlakatimiz böylab 16 ta mamlakatning   kino sanʼati kunlari taşkil etildi.

Toşkent xalqaro kinofestivalida qatnaşçi davlatlar kinosi kunlari ham ötkazildi.

30 sentyabr kuni “Jahon kinosi kunlari” loyihasining xorijiy iştirokçilari özbek sanʼatkorlari hamrohligida mamlakatimizning turli hududlariga yöl oldilar.

Mazkur kinofestival doirasida yurtimizning bir qator şaharlarida jami 6 ta kino­teatr foydalanişga topşirildi.

Har bir mamlakat vakillari öz kino mahsulotlarini respublikamizning turli şaharlarida namoyiş etdilar.

Kinofestivalga 150 dan ortiq xorijiy filmlar qabul qilindi. Asosiy qismi özbek tilidagi subtitrlar bilan namoyiş qilindi.

Iştirokçi davlatlarning rejissyorlari va aktyorlari iştirokida mahorat darslari ötkaziladi.

Mamlakatimiz böylab ötkaziladigan tadbirlarda 150 nafardan ortiq xorijiy kinoijodkorlar iştirok etdilar. Ular orasida taniqli kinorejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, fes­tivalda namoyiş qilinadigan filmlarning ijodkorlari, turli distribyutorlik kompa­niyalari vakillari, xalqaro festivallar va taşikilotlar vakillari bor.

Kinofestival doirasida konferensiya, davra suhbatlari, maşhur kino ijodkorlar iştirokida mahorat saboqlari va treninglar, ijodiy uçraşuvlar jami – 50 dan ziyod tadbirlar taşkil etildi, kinematogfariya sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga oid 10 muhim hujjat imzolandi. 100 dan ortiq filmlar namoyiş qilindi.

29 sentyabr kuni “Özbekfilm” kinokonserni taqdimotida Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi rahbarlari, tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari, kinofestival iştirokçilari taklif etildi. Unda kompaniyaning yetakçi vakillari, mutaxassislar, festival qat­naşçilari iştirok etdi. Tadbirda Özbekis­ton Res­publikasi Kinematografiya agentligi direktori F.Abduxoliqov, Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi masʼul xodimi Xenning Bronnum va boşqalar bu yerga örnatilgan zamonaviy texnologiyalarning kinematografiya rivojidagi ahamiyati, bu borada xorijiy korxonalar bilan hamkorlik istiqbollari, yangi asbob-uskunalardan foydalaniş masalalari xususida söz yuritdilar.

2018 yil 19 oktyabrda Özbekiston va Rossiya hukumatlari örtasida “Özbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy taʼlim bö­yiça taʼlim muassasalari filiallarini taşkil etiş va ularning faoliyat yuritişi töğrisida” bitim imzolangan edi. Şunga köra 2021 yil 28 avgustida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Toşkent şahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi qarori qabul qilindi. Aytiş joizki, bu qarorning imzolanişi mamlakatimiz oliy taʼlim tizimi va kinematografiya rivojida muhim tarixiy voqea böldi.

Zotan, jahon kinematografiya taʼlimida Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti alohida örin tutadi. Bir asrdan köproq tarixga ega bölgan uşbu institutdan ayni paytga qadar jahon kinosining qançadan-qança közga köringan namoyandalari yetişib çiqqan. Xususan, uşbu taʼlim dargohida Komil Yormatov, Yöldoş Aʼzamov, Latif Fayziyev, Elyor Eşmuhamedov, Ali Hamroyev,   Raşid Malikov, Farhod Mahmudov singari özbek kinosining önlab namoyandalari taʼlim olişgan.

Demak, Özbekiston tarixida ilk bor kinematografiya yönalişida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy öquv yurti Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti Toşkent filiali öz faoliyatini boş­laydi. 2021-2022 öquv yilidan mazkur institutga talabalar qabul qilinadi.

Darhaqiqat, özbek kinosining rivojida uşbu nufuzli taʼlim maskanining örni va aha­miyatini eʼtirof etgan holda, sönggi yillarda uşbu institut bilan aloqalarimiz sezilarli ravişda ortdi. 2019 yildan beri institut rahbariyati, xususan, rektor Vladimir Malişev bilan bir neça bor uçraşib, hamkorlikni rivoj­lantiriş böyiça muzokaralar olib borildi. Ayni paytda ikki tomonlama imzolangan kelişuvga muvofiq, Butunrossiya davlat kinematografiya institutida Agentlik tomonidan yuborilgan 20 nafardan ortiq yigit-qiz taʼlim olmoqda.

Kinematografiya tarixida hujjatli kino muhim örin tutadi. Ayni paytda Özbekiston Res­publikasi Kinematografiya agentligi qoşida Hujjatli va xronikal filmlar stu­diyasi faoliyat körsatmoqda. Kinofestival doirasida turli mamlakatlarning hujjatli kino ustalari iştirokida “Hujjatli kino kunlari” ham ötkazildi. Ular iştirokida davra suhbatlari, mahorat darslari, turli mamlakatlarda yaratilgan 20 dan ortiq hujjatli filmlar namoyiş qilindi.

Kinematografiyaning eng muhim masalalaridan yana biri yaratilgan kinoasarlarni saqlaş va keyingi avlodlarga ham bekamu-köst yetkazişdir. Ayni paytga qadar Özbekiston Milliy kino fondi öz binosiga ega emas edi. “Özbekkino” Milliy agentligida yetarliça şaroitlar bölmagani uçun juda köp tarixiy tasmalar Özbekiston Milliy arxiviga topşirilgan edi. Mazkur sanʼat anjumani doirasida Özbekiston kino fondi ham özining alohida binosiga ega böldi. Binoning oçiliş marosimida köpgina mahalliy va xorijiy kinoijodkorlar iştirok etişdi.

Turli mamlakatlardan taşrif buyurgan taniqli kino arboblari, kinorejissyorlar va ope­­ratorlar, aktyorlar va kinotanqidçilar kinofes­tival kunlari Yangi Özbekistonda yuz berayotgan özgarişlar bilan yaqindan tanişişdi. Ular öz taassurotlarini örtoqlaşişdi.

— Birinçi marta Toşkentga hamkorlikda film işlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu yerda yaşaganmiz, ammo mamlakat bilan yaqindan tanişiş imkoni bölmagan, — dedi hindistonlik kinoaktyor va prodyuser Mitxun Çakraborti. — Toşkentga kelib, hayratimni yaşira olmadim. Aeroportning özidayoq ulkan özgarişlarni körib, xuddiki, özimni Yevropaga kelib qolgandek his qildim. Albatta juda ham çiroyli, mehrli xalqingiz ham özgarişlarga körk beryapti. Özbekiston va Hindiston örtasida azaldan juda yaqin döstona aloqalar bölgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallar, balki barça sohalarda davom etib kelyapti. Bular meni faqat quvontiradi. Aytişim mumkinki, Toşkentga kelib, Özbekiston yangi taraqqiyot bosqiçiga çiqib, yanada rivojlanib çiroy oçganiga guvoh böldim. Ayni paytda, Toşkent Xalqaro kinofestivalining Yangi Özbekis­tonda ötkazilişi juda muhim voqea deb, ayta olaman.

Fursatdan foydalanib, Özbekiston Prezidenti Markaziy va Janubiy Osiyoda tinçlik va taraqqiyotni taʼminlaşga salmoqli hissa qöşayotganini ham alohida eʼtirof etmoqçiman. Biz hind delegatsiyasi samimiy va döstona qabul uçun Özbekiston hukumatiga öz minnatdorligimizni bildiramiz.

— Men dunyoning turli mamlakatlaridagi kinematografistlar qatori maşhur va afsonaviy kinofestivalning qayta tiklangani uçun Özbekiston Respublikasi rahbariyatidan juda minnatdorman, — dedi amerikalik kinorejissyor Stiven Sigal, — Dunyoning köplab mamlakatlaridan kelgan taniqli kino namoyandalari iştirokidagi mazkur kinofestival juda katta miqyosli voqeaga aylandi. Yangi Özbekistondagi Toşkent xalqaro kinofestivali döstona va ijodiy muloqotlarga boy böladigan maydon sifatida özining avvalgi şuhratini yana qayta tikladi! Biz birgalikda unutilmas voqealarni guvohi bölib, juda mazmunli kunlarni boşimizdan keçirdik.

Turkiyalik hujjatli kino ustasi Huseyn Özdenning fikriça, “Turkiya va Özbekiston örtasida muştarak jihatlar juda köp. Men Onadölida, Turkiyada nimani körgan bölsam, Özbekistonda ham şuni topa olaman. Tilimiz,   urf-odatlarimiz, eʼtiqodimiz bir. Özbekis­tondagi bu galgi taşrifim asnosida juda katta özgarişlarga guvoh böldim. Birgina Toşkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanişi ham Özbekistonning yutuqlaridan biri deb bemalol aytişim mumkin.

Men uşbu kinofestivalda turk dunyosining buyuk mutafakkiri Hazrat Mir Alişer Navoiy haqida hujjatli film bilan iştirok etdim. Film uçun maʼlumot töplaş asnosida bir qator özbek va turk olimlari bilan uçraşdim. Navoiyning hayoti va ijodi haqida imkon qadar yangi maʼlumotlardan foydalanişga harakat qildim. Zotan Navoiy şaxsiyati, uning boy madaniy merosini anglatiş har bir turkiy millat vakili, jumladan, mening ham insoniy burçimdir”.

— Men yana quyoşli Özbekistonga kelganimdan xursandman, – deydi Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov. – Özbek xalqini, uning mehmondöstligini hamişa qadrlayman. Bu gal Toşkent meni boşqaça qarşi olmoqda. Özbekiston hukumati madaniy sohalarga, xususan, kinematografiyaga katta eʼtibor qaratayotganidan benihoya mamnunman. Kinefestival endi boşlanmoqda. Umid qilamizki, uşbu kinofestival Yangi Özbekistonning yangi özgarişlarini namoyon etişda katta ahamiyat kasb etadi.

“Ipak yöli durdonasi” kinofestivalining asosiy maqsadlaridan biri yoş kinoijokorlar va jahonning maşhur kino ustalari örtasida mustahkam köprik yaratiş, yoşlarimizning bilimi, tajribasi va dunyoqaraşini rivojlantiriş sanaladi.

Şu bois, festival davomida dunyoning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan taniqli kinoijodkorlar, jahon kinosining atoqli namoyandalari iştirokida ötgan 30 ga yaqin mas­ter-klasslar, mahorat darslarida 300 nafardan ortiq yoş kinoijodkorlar, şu yönalişda tahsil olayotgan talabalar iştirok etişdi. Kinofestival doirasida Rob Minkoff, Lyuk Besson, Timur Bikmambetov, Jerar Depardye, Umeş Mehra, Huseyn Özden, Stiven Sigal, Farhod Mahmudov, Yusuf Roziqov singari önlab kino ustalari “Özbekfilm” pavilonlarida yoş özbek kinoijodkorlari uçun mahorat dars­larini ötişdi. Mazkur darslar davomida xorijiy kino ustalari öz ustida işlaş sirlari, kasbiy mahorat, auditoriya bilan işlaş, mavzu tanlaş, ssenariy yoziş, rejissyorlik, operatorlik, aktyorlik mahorati singari yönalişlarda yoş yigit-qizlarga saboq berişdi. Yoşlar kino sohasida özlarini qiziqtirgan turli savollarga javoblar olişdi.

Festivalning tantanali yopiliş marosimi 3 oktyabr kuni Toşkent şahridagi “Renessans Hall” majmuasida bölib ötdi.

Sahnaga festivalning nufuzli mehmonlari vakillari, hakamlar hayʼati aʼzolari çiqib kelişdi.

Rossiyalik maşhur kinoprodyuser, xalqaro hakamlar hayʼati aʼzosi Timur Bekmambetov kinofestival iştirokçilarining Özbekiston Respublikasi Prezidentiga yöllagan Murojaatnomasini öqib eşittirdi.

Murojaatnomada, jumladan, şunday deyiladi:

“Muhtaram Şavkat Miromonoviç,

Avvalo, afsonaviy Toşkent Xalqaro kinofestivalining qayta tiklangani munosabati bilan    Sizga samimiy minnatdorçiligimizni   izhor etişga ijozat bergaysiz.

Toşkent şahri şu kunlarda   jahon kino sanʼatining muhim madaniy markaziga aylandi.

…Biz, soha vakillari sifatida kino sanoati va sanʼatiga yuksak eʼtiboringiz, yaqinda 100 yilligini nişonlaydigan “Özbekfilm”ning yangi qiyofasi, uning texnik taʼminoti, yangilangan Respublika “Kinoçilar uyi” hamda Kino sanʼati muzeyining foydalanişga topşirilişi, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining oçilişi, milliy kino fondining tiklangani va özbek kinosi durdonalarining asl nusxalari vataniga qaytgani munosabati bilan samimiy minnatdorlik bildiramiz…”

Şundan söng, kinofestival iştirokçilari va ğoliblarini taqdirlaş marosimi boş­landi. Mukofotlarni topşiriş tantanali tarzda amalga oşirildi. Har bir nominatsiya böyiça ğoliblarga esdalik sovğalari, pul mukofotlari topşirildi.

“Kino beş kunda” tanlovi böyiça germaniyalik yoş kinoijodkorlar suratga olgan “Qirğoq” badiiy filmi “Ekologik muammolarning yorqin ifodasi uçun” nominatsiyasida ğolib deb topildi.

Estoniyalik rejissyor Nadiya Tuşka “Oilaviy qadriyatlar ifodasi uçun” nominatsiyasida mukofotlandi. “Maʼrifat va taraqqiyot” nominatsiyasida Ozarbayjon rejissyori Murod Husainov taqdirlandi.

Janubiy koreyalik rejissyor Pak Su Min “Tak­ror xotiralar” filmi uçun “Festival kaşfiyoti” nominatsiyasi böyiça ğolib deb topildi. Hayʼat aʼzolarining maxsus sovrini özbekis­tonlik Saidaʼlo Maʼsudxonovning “Obʼyektiv” filmi uçun berildi. “Eng yaxşi erkak roli” uçun yana bir hamyurtimiz Tursunboy Pirjonov, “Eng yaxşi ayol roli” uçun ham özbekistonlik Madina Mahmudova taqdirlandi.   Nihoyat gran-pri “Ipak yölida” filmi uçun hamyurtimiz, yoş rejisssyor Şerzod Nazarovga nasib etdi.

“Yangi avlod kinosi” tanlovida esa, “Eng yaxşi erkak roli” uçun tojikistonlik Abdukarim Maşrab, “Eng yaxşi ayol roli uçun” “Franka” filmi boş rol ijroçisi Mariya Poddubna loyiq körildi. Mazkur filming rejissyori Dmitriy Semyonov “Eng yaxşi rejissyorlik işi uçun” mukofotini qölga kiritdi. Tojikistonlik Manzarali Şerali tomonidan suratga olingan “Yuk” badiiy filmi tanlovning eng yaxşi filmi deb topildi. Mukofotlarni fransiyalik maşhur aktyor Jerar Depardye, maşhur kinorejissyorlar Lyuk Besson, Timur Bekmambetov, Qozoğiston Respublikasi Madaniyat vaziri Aqtoti Rayimqulova va boşqalar tantanali ravişda topşirişdi. Şundan söng delegatsiyalar vakillari tomonidan kinofestival bayroği tuşirildi.

Taqdirlaş marosimidan söng maxsus konsert dasturi namoyiş etildi.

Hikmatullox QODIROV,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan