Bebaho qadriyatlar tarannumi

Guliston şahrida bölib ötgan III xalqaro baxşiçilik sanʼati festivalidan reportaj

 

Eng qadimiy sanʼat turlaridan biri bölgan baxşiçilik milliy madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz, anʼana va qadriyatlarimizni özida mujassam etadi. Elimizning ezgu niyat hamda istaklarini ifodalaydi.

…Guliston şahri joriy yilning 6-8 may kunlari bayram oğuşiga çömdi. “Töyga töyona bilan” deganlaridek bir guruh OAV vakillari va jurnalistlar Sirdaryoda ötkazilayotgan III xalqaro baxşiçilik sanʼati festivali jarayonlarini yoritiş maqsadida otlandik. Yöl-yölakay esa hamkasblar bilan qizğin suhbat, fikrlar almaşinuvi, kuy-köşiqlar bilan zerikmadik.

Bu yerga uç kun davomida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan döstona bellaşiş uçun musiqaçilar, baxşilar, oqin va ijroçilar kelişdi. Xususan, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Vengriya, Koreya, Yaponiya kabi 30 dan ortiq mamlakatlardan ham iştirokçilar taşrif buyurişdi. Sibir xalqlarining mistikasi, Kavkazning şijoatiyu Janubi-Şarqiy Osiyoning maftunkorligini bir sahnada, turli ijroçilar tomonidan tinglaş imkoni böldi.

 Özbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning sözlariga köra, xalqaro miqyosdagi bunday festival va anjumanlarni ötkazişdan asosiy maqsad yöqolib borayotgan bu nodir sanʼatni asrab-avaylaş, milliy madaniyatning “taşrif qoğozi”ga aylanib borayotgan folklor sanʼatini yanada keng tarğib qilişdan iborat.

Bu galgi tadbir yurtimizda ötkazilayotgan uçinçi festival bölib, oldingilari 2019 yilda Termiz va 2021 yilda Nukus şaharlarida ötkazilgan edi.

Festivalda iştirok etayotgan baxşilarning har biri öz hududining milliy liboslarini kiygan: beqasam çopon, qaşqar döppisi, surxon döppisi, belqars (belboğ), qora qalpoq, astarli çopon… Yana bir jihat: Qaşqadaryo va Surxondaryo baxşilari qölida dömbira bölsa, Xorazm, qoraqalpoğistonlik ijroçilar tor, dutor, qobuz çolğu asbobidan foydalanişar ekan.

– Bu yerda, eng muhimi, ijodiy taj­riba örganamiz. Vatanimizda va xalqaro maydonda ijod qilayotgan yetuk baxşilarning sara namunalari bilan tanişamiz. Bu yilgi festivalda ustozlar bilan birga yoş baxşilarni ham körib turibmiz. Öylaymanki, bu anʼana uzoq vaqt davom etadi, – deydi qoraqalpoqlik yoş baxşi Atabek Tangribergenov.

Darhaqiqat, festivalning nufuzi yildan-yilga oşib bormoqda. Buni uning YUNESKO şafeligida ötkazilayotgani, mazkur sanʼat bayramida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari böyiça islom taşkiloti (AYSESKO), şuningdek, 40dan ortiq mamlakatlardan 300ga yaqin vakillar qatnaşişidan ham anglaş mumkin.

Festival doirasida “Zamonaviy baxşiçilik sanʼati: oltin merosning yangi ohanglari” nomli xalqaro ilmiy-­amaliy konferensiya ötkazildi. Unda zamonaviy baxşiçilik sanʼati muammolari, oltin merosni örganiş, tadqiq qiliş, xalqaro baxşilar faoliyati va yoş kadrlar yetiştiriş masalalari körib çiqildi. Baxşilarni kamol toptiriş böyiça maʼlumotlar berildi.

– 20 yildan buyon baxşiçilik bilan şuğullanaman. Bu menga ota meros kasb bölib, otam Mamay baxşi Samarqandda katta şuhrat qozongan Islom şoir maktabining davomçisi bölgan. Men Alpomiş, Göröğli, Oyçinor, Göröğlining tuğilişi, Oysuluv kabi dostonlarni ijro etaman. Baxşidan köproq bilim va improvizatsiya talab etiladi. Çunki u doim jonli kuylaydi va bor mahoratini ijroda körsatadi, – dedi yana bir iştirokçi, samarqandlik Saim baxşi Ergaşev.

Rossiyalik iştirokçi Anastasiya Alekseyeva esa:

– Men bu sohani örganayotganimga 5 yildan oşdi. Hozirda 1 ta mualliflik asarim bölib, u “Devuşka udaganka” deb ataladi. Dunur, şamanskiy buben, xomus çalaman. Özbekistonda birinçi marotaba bölişim, mazkur festivalda köplab ustozlarni körib, ularning ijodini kuzatyapman. Turli millatlarning anʼanalari menga yanada ilhom bağişlamoqda,– deb öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi.

Şahar markazida gastronomik köça ham taşkil etilgan bölib, bu yerda respublikaning turli viloyatlaridan kelgan oşpazlar özlarining milliy taomlari bilan qatnaşdi. Viloyatlar uçun ajratilgan alohida pavilonlarda esa milliy liboslar namo­yişi mehmonlar, iştirokçilarga özgaça kayfiyat ulaşdi.

Oçiq osmon ostida oqşom çoği Özbekiston xalq şoiri Töra Sulaymon nomidagi amfiteatrida III Xalqaro baxşiçilik sanʼati festivalining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Maydonga festivalda iştirok etayotgan 30 ta xorijiy mamlakatlarning bayroqlari olib çiqildi. Şundan söng Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning festival iştirokçilariga yöllagan bayram tabrigini Prezident davlat  maslahatçisi Odil Abdurahmonov öqib eşittirdi.

Davlatimiz rahbari bayram tab­rigida taʼkidlaganidek, hayotning jonbaxş sadosi kabi yangraydigan bu kuy-qöşiqlar bugungi dolğali zamonda bizga odamzot naslining özagi bir ekani, bani başar yagona tomirdan tarqaganini anglatib, yer yuzidagi barça millat va elatlarni bir-birini tuşunib, hamjihat va hamkor bölib yaşaşga daʼvat etişi bilan, ayniqsa qadrlidir.

“Qadim-qadimdan dömbira va çanqovuz sadolari yangrab kelgan, folklor böyiça boy meros va anʼanalarga ega bölgan bu saxovatli diyor bağridan Murod baxşi, Hamroqul baxşi, Gulmurod baxşi, Akram bulbul, Saidahmad va Saidmurod baxşi kabi ijodkorlar, Sirdaryoning faxru ğururiga aylangan Töra Sulaymon va Halima Xudoyberdiyeva singari atoqli şoirlar yetişib çiqqanini el-yurtimiz yaxşi biladi. Ularning xalqona donişmandlik bilan yöğrilgan baxşiyona ohanglari hozir ham munosib izdoşlar sozi va sözida jaranglab turibdi” deyiladi tabrikda.

Şundan söng “Erkim, baxtim, moviy osmonim!” ruknida teatrlaştirilgan konsert dasturi namoyiş etildi. 1500 nafar sanʼat ahli iştirok etgan bayram tadbirida “Lazgi”, “Şodlik” aşula va raqs ansambllari, Qoraqalpoğiston davlat akademik musiqali teatrining balet artistlari, “Buxoro mavjlari” raqs ansambli, “Boysun” folklor-etnografik xalq ansambli, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambllarining çiqişlari ham özgaça şukuh bağişladi.

Tadbir sönggidagi muşakbozlikni butun Guliston ahli hayajon bilan tomoşa qilgan bölsa, ne ajab.

…Uç kun davom etgan festival yakunida Gran-pri özbekistonlik iştirokçi Ilhom Norovga nasib qildi.

Şuningdek, törtta birinçi (Turkmaniston — Sarыev Garyagdы, Qoraqalpoğis­ton — Salamat Ayapov, Rossiya-Sandan Ares, Qirğizis­ton-Risbay Isakov)  törtta ikkinçi (Özbekiston — Rasulbek Abdurahmonov, Gruziya — Nugzar Kavtaradze, Hindis­ton — Sarvar Sabri Kamal, Bolgariya — ­Yaroslav Dmitrov Xristov) törtta uçinçi (Özbekiston — Dilmurod Gulmurodov, Qozoğiston — Serik Jaqsiqulov, Mongoliya — Erdane Vat Yesun, Koreya — Şin Ja Sun) ğoliblari munosib eʼtirof etildi.

Gran-Pri sohibi 7 ming AQŞ dollari, birinçi örin sohiblarining har biriga 2,5 ming AQŞ dollaridan, ikkinçi örinni qölga kiritganlar 1750 AQŞ dollaridan, uçinçi örinni egallagan iştiroçilarga esa 1250 ming AQŞ dollar miqdorida mukofot pullari topşirildi.

Milliy qadriyatlarimizni özida mujassam etgan baxşiçilik sanʼatiga berilayotgan bunday yuksak eʼtibor, albatta, öz samarasini beradi.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan