Bu öşa Amerika edi…
Mening çindan Amerikaga birinçi kelişim edi. Birinçi marta kördim Amerikani. Lekin hayotga kelganimga yarim asrdan oşdi. Men şunça yil yaşaganimdan, aniqroği, yaşab qöyganimdan unçayam xijolat çekmasdim, öylamasdim ham balki… agar Amerikaga kelmagan bölganimda!
Ayovada ötayotgan mana şu ikki oy içida juda uzoq yaşaganimni his qilyapman. Şahar osoyişta, odamlar şu qadar xotirjamki, kuzatib turib ham dam olasan. Bölmasa, birorta bekorçi odamni uçratganim yöq. Hamma öz işi bilan band. Lekin mana şu şoşayotgan odamlarning ham qiyofalari juda sokin, yuzlaridagi kulgu juda tabiiy. Birinçi kelgan kunlarim yoşlar, hattoki, qarib qolganlari ham yonimdan salom berib ötganlarida ajablandim va huşyor tortdim. Ertasidan boşlab diqqat qila boşladim. Özim yoşi kattalarga birinçi bölib salom berişga harakat qila boşladim. Va bir hafta içida ançagina moslaşib oldim. Keyinroq esa qiynala boşladim. Çunki, men özimizning xalqimiz bilan bu odamlarni soliştira boşlagan edim… (Bu alohida mavzu)
Universitetdagi dars soatlari bizning vaqtimizni inobatga olgan holda rejalaştiriladi. Agar umuman vaqtingiz bölmasa, aytasiz. Sizga yozib olingan dars Email poçtangizga yuboriladi. Sizning qaçon vaqtingiz bölsa, kirib darslar bilan tanişişingiz mumkin. Şahardagi hamma transport öquvçi va studentlar uçun bepul xizmat qiladi. Balki, öqituvçilarga ham bepuldir, bilmadim. Men student hisoblanganim uçun özimga tegişli hamma narsalardan öşa kunining özida xabardor qilindim.
Sekin, bir maromda boşqarilayotgan maşinalarni körib, şunçalar hayron bölganimdan maşinaning içiga qaradim kelgan kunim. Men içida odami yöq, avtomatik holatda boşqarilyapti, deb öyladim. Keyin odamlar tarafidan boşqarilayotganini körib, töğrisi, öşa kuni juda ğalati kayfiyatda yurdim. Umuman vaqti yöq odamlarning maşina boşqargandagi xotirjamligini qanday qilib örganiş mumkin ekan? Yöldan ötayotib, rul boşqaruvçilariga zimdan razm solaman, yuzlarida tabassum bilan yölni kuzatib turişadi. Yölni kesib ötayotgan piyodalarda umuman xavotir yöq. Biror haydovçi yöl harakati qoidalarini noxos buzib qöysa-çi, degan qörquv yöq.
Hattoki, yölidan çiqib qolgan olmaxonlarni bemalol ötkazib yuborib, keyin yölini davom ettirayotgan qator maşinalarga qarab, yana hayratlana boşlayman. Bu yerda olmaxonlarning qadri ham bizning odamlarnikidan baland! Bu ölkada mumkin emas, degan söz yöq şekilli, na universitetda, na köçada eşitdim bu sözni. Hamma narsani tabiiy qabul qilişadi. Birovning ustidan birov kulmaydi. Dars vaqtlarida biror narsaga tuşunmasangiz yoki tuşuntirib berolmasangiz, bu ham tabiiy hol. Öqituvçining qiyofasi özgarsa-çi? Bu yerda sizning fikringiz juda muhim, har bir sözingiz qadrlanadi. Sizga nimadir yoqmasa, bemalol qilmasligingiz mumkin. Men Yevropada ham odamlar kitob öqimay qöygan, deb eşitgan edim… Yöq, notöğri ekan!
Yoşi katta odamlarning köça örindiqlarida ham kitob öqib ötirganlarini körib havasim keldi. Çunki, men yoşligimdan qariyalarni körsam, rahmim keladigan odatim bor edi… Meni yana qattiq taajjubga solgan narsa, köçalardagi bepul kutubxonaçalar… Avvaliga tuşunmadim, “tekin kutubxona”. Yaqin borib, oçib qaradim, oçiq ekan. Erinmay kitoblarni körib çiqdim. Dostayevskiydan tortib, Pasternak, Flober, Orxon Pamukning kitoblari, Xemenguey, Xuan Rulfo va men tanimaydigan talay yozuvçilarning kitoblari, ayniqsa, Toni Morisonning kitobini körganimda, qotib qoldim. Hamma kitoblarni xonamga olib ketgim keldi, uyaldim. Lekin, baribir, Toni Morisonni taşlab ketolmadim. Yana xayolim uy taraflarga ketadi. Uzoqqa bormaylik, özimning uyimdan gapira qolay. Ikki uyimda kitoblar jamlangan, öqiladigani ham, öqilmaydigani ham javonda turadi. Öqilmaydiganlarini öqiydiganlarga şartta voz keçib bervorolmayman, yomon bir tuşunça bor, men ularni osonlikça yiğmaganman. Öqigan kitobingni ham bermaysan, bersang ham, xotirangni öçib ketmaydigan joyiga yozib, keyin berasan. Bizda demak, xudbinlik juda kuçli. Biz hammaning öqişini, bilimli bölişini unça ham istamaymiz, şekilli?.
Bundan 4-5 yil avval, Toşkentimiz — jonajon poytaxtimizdagi milliy kutubxonaga borgandik bir dugonam bilan. Töğrisi, bir kitob zarur edi… Men hujjatlarimni unutibman, örtoğimning esa boşida römoli bor edi. Men hujjatim yöqligi, örtoğim esa boşida römoli borligi uçun kutubxonaga kirolmaganmiz…
Ikkalamizning yalinganlarimizni eslab, közimdagi yoşni töxtatolmadim…
Xosiyat RUSTAMOVA,
şoira,
Ayova universiteti
Xalqaro yozuvçilar dasturi rezidenti
