Korrupsiyaga qarşi kuraşişda OAVning örni

Korrupsiya — jamiyat taraqqiyoti kuşandasi. Bugun bu illatga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş böyiça yurtimizda maʼlum çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, mamlakatimizda ötgan yildan eʼtiboran Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatining yölga qöyilgani, şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy Kengaşlar tuzilib, bugungi kunda ular faoliyat yuritib kelayotgani alohida ahamiyatli.

Navoiy şahridagi Yoşlar markazida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Navoiy viloyati bölimi hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş viloyat hududiy Kengaşi bilan hamkorlikda mazkur yangi tuzilmaning maqsad va vazifalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.

Taʼkidlaş joizki, viloyat hududiy Kengaşida davlat va nodavlat hamda jamoat taşkilotlari, OAV vakillaridan iborat 38 nafar tarkib tasdiqlangan. Bugun ularning har biri öz yönalişidan kelib çiqib, oldilariga qöyilgan vazifani bajarişga kirişişgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarga viloyatda Kengaş tomonidan olib borilayotgan işlar, hududiy Kengaşning maqsad va vazifalari, kelgusidagi rejalari xususida batafsil axborot berildi.

Qayd etildiki, korrupsion holatlarning oldini olişda taʼsirçan tarğibot vositalaridan samarali foydalanişda OAVning örni öta muhim. Zero, bu illatning oldini olişda uning salbiy oqibatlarini özida mujassam etgan turli körsatuv va materiallarni keng tarğib etiş audito­riyaning bu boradagi munosabatini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan mavzu doirasida berilgan barça savollarga Kengaş aʼzolari tomonidan atrofliça javoblar qaytarildi.

Kelgusida bu yönalişdagi anjumanlarni köproq ötkazib, hududiy Kengaş faoliyati yuzasidan jurnalistlarga axborot berib borilişiga kelişib olindi.

Otabek ASLONOV,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi

Navoiy viloyati bölimi raisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan