Maqsadlarimiz orzu emas…

Bir neça yillar oldin Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Surxondaryo viloyati bölimiga ijodga qiziquvçi yoşlar matbuot sohasini örganiş niyatida kela boşlagan edi. Ularning soni ortib borişi yangi bir loyihaning amalga oşişiga sabab böldi. Uyuşmaning viloyat bölimi qoşida jurnalistika klubini taşkil etiş ğoyasi tuğildi va şu asosda hayotga tatbiq qilindi.

Qiziquvçi yoşlarning köpçiligi Termiz davlat universitetidan ekanligini hisobga olib, 2018 yil boşidan “Jurnalistikaga ilk qadam” nomlangan klubda maşğulotlar ötila boşlandi. Unga kasbidan va yoşidan qatʼiy nazar jurnalistikaga qiziquvçi vohadoşlarimiz jalb qilindi. Oradan köp ötmasdan bir qança ijodkorlarni kaşf qildi. Ularning orasida bölgan Inobat Karimova bugun Termiz davlat universitetida axborot xizmati xodimi sifatida, Muyassar Mardonova ham jamoatçi muxbir sifatida xalq muammolarini qalamga olib kelmoqda. Uyuşmaning viloyat bölimi tomonidan taşkil qilingan klubning faoliyati ortidan bugun jurnalistikada örnini topayotgan ijodkorlarni köplab keltirsa böladi. “Media” klub şaklida davom ettirilayotgan loyiha bugungaça 50 dan ortiq qalamkaşlarni qamrab oldi. Maşğulotlar asosan ustoz-şogird anʼanalari asosida mohir jurnalistlar tajribasiga tayangan holda olib boriladi. Yoşlarga Safar Omon, Norquvvat Törayev, Abdulla Xolmirzayev kabi bir qator ustozlar öz tajribalarini örgatişmoqda.

Media klub nafaqat jurnalistikaga qiziquvçi yoşlarni balki uşbu sohada faoliyat olib borayotgan yoş xodimlar uçun ham mahorat darslari, treninglar taşkil qilinmoqda. Jumladan, “COVID-19”ga qarşi emlaş jarayonlari, mavzuni yoritişda jurnalistlar iştiroki” mavzusidagi seminar-treningda Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi treneri Nargis Qosimova, Respublika sanitariya-epidimiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirovadan tajribalarini yanada mustahkamlaşdi.

“Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi va Özbekis­ton Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Surxondaryo viloyat bölimi hamkorlikda “Surxondaryo viloyatidagi jurnalistlar malakasini oşiriş” nomli treningda viloyatdagi 15 nafar bölajak ijodkorlar axborotni töğri talqin qiliş turlari, zamonaviy sarlavhalar sirlari, töğri va notöğri maʼlumotlarni ajratiş, maqsadli auditoriya tanlaş singari mavzularda maʼlumotlar berildi.

Uyuşmaning viloyat bölimi jurnalistlar tajribasini oşiriş, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş bilan birga uyuşmaning keksa aʼzolari va nuroniy ijodkorlarga doimiy eʼtibor qaratmoqda. Bölim tomonidan ustoz va şogird anʼanalarini davom ettiriş yölida keksa jurnalistlar iştirokida ijodiy uçraşuvlar taşkil qilinmoqda.

Bularning barçasi Surxon vohasining jurnalistikaga qiziquvçi yoşlari malakasining oşişiga, ularning yetuk mutaxassis böliş yölidagi ilk qadam albatta.

Mastura HAMRAYEVA,

ÖJIU Surxondaryo viloyat bölimi mutaxassisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan