Faol media hamkorlik
Bu haqda bugun, “Özagroinspeksiya”ning Navoiy viloyat boşqarmasi hamda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Navoiy viloyati bölimi hamkorligida taşkil etilgan press-tur doirasida aytib ötildi.
Tadbir iştirokçilari dastlab Qiziltepa tumanidagi maşina-traktor parkida bölişdi. Bu yerda 2022 yil bahorgi dala işlarida qatnaşadigan qişloq xöjaligi texnikalari hamda ğalla örimida qatnaşadigan kombaynlarni mavsumga tayyorlaş jarayonlari bilan tanişdilar.
Maʼlumot örnida keltiriş joiz, viloyatda jami 707 ta çopiq traktori va mingdan ziyod agregat va boşqa texnikalar mavsumda qatnaşişi belgilangan bölib, ularni joylardagi MTPlarga yiğiş va taʼmirlaş işlari “Özagroinspeksiya”ning viloyat boşqarmasi hamda tuman bölimlari inspektorlari tomonidan nazoratga olingan. Bu borada inspektorlar tomonidan kunlik nazorat örnatilgan bölib, qişloq xöjaligi texnikalarini taʼmirlaş jarayonlari sifatli va talabga muvofiq amalga oşirilişi nazorat qilib borilmoqda.
Matbuot tadbiri iştirokçilari tumandagi çorvaçilikka ixtisoslaşgan “Yangi asr” fermer xöjaligida ham bölişdi. Mazkur fermer xöjaligi tomonidan 2020 yil davomida 765 boş naslli qoramollar, şundan 226 boş göşt, 539 boş sut yönalişidagi qoramollar, 2021 yil davomida esa 577 boş qoramol aholi va fermer xöjaliklariga yetiştirib berilib, fermer xöjaligi iqtisodini rivojlanişiga erişilmoqda.
— Viloyatda hozirgi kunda çorvaçilik va baliqçilik sohasida jami 1 ming 423 ta subʼyekt faoliyat körsatmoqda, — deydi “Özagroinspeksiya” viloyat boşqarmasi boşliği Alişer Raşidov. — Mavjud subʼyektlarda jami 18 ming boşdan ziyod qoramollar parvarişlanmoqda. 2021 yil davomida inspeksiyamiz tomonidan viloyatda çorvaçilikda naslçilik işlari töğrisidagi qonun hujjatlariga va boşqa normativ hujjatlarga rioya etilişi ustidan jami mingdan ziyod nazorat tadbirlari ötkazilib, aniqlangan 493 ta qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş çoralari körildi.
Press-tur yakunida jurnalistlar uçun inspeksiya viloyat boşqarmasining 2021 yilgi faoliyati böyiça matbuot anjumani ham taşkil etildi. Unda boşqarma boşliği yiğilganlarga amalga oşirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yönalişlar kesimida aniq maʼlumotlar taqdim etdi. Bundan taşqari, mutasaddilar tomonidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atrofliça javob berildi.
— Boşqarmamiz Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yölga qöygan, — deydi inspeksiyaning Jamoatçilik bilan aloqalar böyiça masʼul xodimi Zulfiya Boboyeva. — Bu esa bevosita taşkilotimiz negizida amalga oşirilayotgan vazifalar yuzasidan jurnalistlarga, qolaversa aholiga keng axborot berib boriş imkonini tuğdiradi. Bugungi press-tur va matbuot anjumani mazkur hamkorlik doirasida amalga oşirildi.
Tadbir doirasida, şuningdek, boşqarma va uyuşma tomonidan 2022 yilda amalga oşiriladigan tadbirlar rejasi yuzasidan hamkorlik Memorandumini imzolaşga ham kelişib olindi.
Ozod MUSTAFOYEV,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi
Navoiy viloyati bölimi mutaxassisi
