Iqtisodi baquvvat gazeta

yoxud tahririyat va muassis hamkorligining Beşariq tuman tajribasi

Beşariq tumani hokimi Rasuljon Jörayev Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi hamda Farğona viloyat hokimligining “Faxriy yorliği” bilan taqdirlandi. Xöş, hokim qanday xizmatlar qildiki, uni bu qadar eʼzozlaşmoqda?

Kelasi 2026 yilda Beşariq tumani taşkil topganiga yuz yil töladi. Hozir tumanda 247 ming aholi istiqomat qilmoqda. Tuman viloyat markazidan 130 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi bilan çegaradoş.

Beşariqda sönggi yillarda barça sohalarda ösiş röy berdi. Sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 2020 yildagi 622,16 mlrd sömdan 2024 yilda 1 trillion 442 milliard sömga, yoki 229 foizga ortdi. Qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi esa 2020 yildagi 1 trillion 414 mlrd sömlikdan 2024 yilda 2 trillion 917 mlrd sömlikka yoki, 201 foizga ösdi.

Beşariqda işlab çiqarilayotgan sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlari dunyoning 22 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.

Mahsulot hajmi va sifati jihatidan mamlakatda yetakçi bölgan sement işlab çiqaruvçi “Yasin quriliş mollari” Özbekiston — Xitoy korxonasi ham Beşariqda joylaşgan. U 2024 yilning özida 1,1 mln tonna yuqori sifatli sement yetkazib berdi. Korxonada 200 mln dollardan ziyod xorijiy investitsiya özlaştirilib, 600 ta yangi işçi örni yaratildi. Uning özi ötgan yili 645 mlrd sömlik tovar aylanmasiga erişdi.

Özbekiston parrandaçiligi bayroqdorlaridan biri — “Vodiy naslli parranda” fermer xöjaligi ham Beşariqda. Bu yerda 500 ming boş tovuq boqilyapti.

2024 yilda u xalq dasturxoniga 58,4 million dona yuqori sifatli tuxum va 100 tonnadan ortiq parhez göşti yetkazib berdi. Yevropaning eng ilğor parranda boqiş va tuxum oliş texnologiyasi keltirilib örnatilgan sexlarga. 6 qavatli tovuqxonani, aslida, bir neça yuqori malakali mutaxassis — operatorlar boşqaradi.

Tumanda kiçik va örta biznes subʼyektlari ham rivojlangan. Şerzodjon Erkaboyev boşçiligidagi “SHERWOOD DIZAYN” MÇJ mebelsozlik, metallurgiya va temirçilik, quriliş va taʼlim tizimlari hamda tikuvçilik sohasidagi korxonalarida jami 650 dan ziyod yoşlar, ayollar işlamoqda. Ular tomonidan ötgan yili 7 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqarildi.

Yoki “TRUST AGRO” mevani qayta işlaş oilaviy korxonasini olaylik. Jami 10 mlrd söm bank krediti va öz mablağiga loyiha amalga oşirildi va 50 ta doimiy, 200 ta kasanaçi hamda mavsumiy iş örni yaratildi. Mahsulot yuz foiz çet elga eksport qilinadi. Eʼtibor qiling, Beşariqdagi birgina şu oilaviy korxona 2024 yilda 3 mln dollarlik mahsulot eksport qildi.

Yoki Beşariq tibbiyot turizmi avj olib rivojlanmoqda. Tumanda 37 ta ixtisoslaşgan tibbiy davolaş klinikalari mavjud. Ular zamonaviy tibbiy jihozlar hamda yuqori malakali şifokorlarga egaligi uçun ham vodiy hamda qöşni Tojikiston va Qirğizistondan ham kelib davolanayotgan bemorlarga xizmat körsatmoqda.

Xullas, sanab adoğiga yetiş qiyin muvaffaqiyatli loyihalarni. Biz tumanda paxtani qayta işlaş korxonasidan taşqari ikkita don kombinatlari borligi, ming gektar maydonda quyoş panellari örnatib muqobil energiya oliş, Tojikiston bilan çegarada erkin xalqaro bozor qurilayotgani, ming gektarlik Sariqamiş köli atrofida 15 mlrd söm mablağ evaziga ekoturizm tarmoği barpo etilayotgani haqidagi tafsilotlarga töxtalmadik.

— Beşariq tumanida tadbirkorlik ham, qişloq xöjaligi ham şunday darajaga yetibdiki, biz Namangan viloyati jurnalistlari ular haqida oçerk yozişga qaror qildik, — deydi “Namangan haqiqati” gazetasi boş muharriri Akramjon Sattorov.

Yöq, Farğona viloyat hokimi va Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Beşariq tumani hokimini “Faxriy yorliq” bilan yuqoridagi yutuqlari uçun taqdirlamadi.

Har ikki “Faxriy yorliq”da ham “Hokimlik muassisligidagi gazeta faoliyatini namunali yölga qöygani, muassislik majburiyatlarini töliq ado etayotgani, “Beşariq tongi” gazetasi xodimlari va tumandagi jurnalistlarni doimo qöllab-quvvatlayotgani uçun” degan sözlar bor. Gap şundaki, Beşariq tumani hokimligi muassisligidagi “Beşariq tongi” gazetasi sönggi bir neça yillardan buyon 5-7 ming nusxada çop etiladi. Uning sahifalaridagi tahliliy maqolalarni kutib öqiydigan öz muxlislari şakllangan. “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Sobirjon Temirov boşçiligidagi ahil ijodiy jamoa muassis — tuman hokimligi hamkorligida faoliyat körsatadi. Gazetada çop etilgan har bir tanqidiy-tahliliy maqola hokimlik soatida muhokama qilinadi va tegişli çoralar köriladi. Yana bir jihat şundaki, muassis bilan kelişilgan holda obunani tahririyatning özi taşkil etadi va öquvçiga gazetani öz transport vositasida u çop etilgan kuniyoq yetkazib beradi. Buning uçun haydovçi — tarqatuvçi iş örni oçilgan. Ötgan 2024 yilda esa tahririyat obunadan, yaʼni özi işlab topgan sof foydasi hisobidan eski bino örnida yangi binoni qurib işga tuşirdi.

— Gazetaçilikning nufuzi kamaygan, tuman gazetalari yopilib ketayotgan bir paytda “Beşariq tongi” gazetasining bugungi faoliyati barça bosma naşrlarga ibrat böla oladi, — dedi “Yangi Özbekiston” gazetasining Farğona viloyatidagi muxbiri Rasuljon Kamolov. — Gazeta özi işlab topgan daromad hisobidan özi uçun yangi bino qurgan, moddiy texnik bazasini mustahkamlagan. Albatta, bundan ibrat oliş kerak.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Farğona viloyati bölimi Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari bosma naşrlari muharrirlari uçun “Beşariq tongi” gazetasi tahririyatiga uyuştirgan mediaturda hamkasblar özaro tajriba almaşdilar.

Farğona, Andijon va namanganlik jurnalistlar iştirok etgan uşbu tadbirda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov ham iştirok etib, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev rahbarligida sohamizga qaratilayotgan alohida eʼtibor, ayni kunda bosma naşrlarning milliy media maydonimizda tutgan örni,  “Beşariq tongi” gazetasi tajribasi va uni ommalaştiriş xususida söz yuritdi.

Şuningdek, Uyuşma raisi v.b. bir guruh ijodkorlar va jurnalistlar bilan birgalikda ramziy “Döstlik stelasi”ni borib körişdi.

— Özi kiçik tahririyat, lekin şinam, hatto muhtaşam desa ham böladi, yangi binoga ega bölibdi tuman gazetasi. Bu tuman hokimligi, Beşariq xalqining matbuotga munosabatini körsatib turibdi, — dedi Akramjon Sattorov. — “Beşariq tongi” gazetasi tajribasidan örganadigan jihatlarimiz köp ekan.

Şundan söng tahririyat hududida “Jurnalistlar boği”ga asos solindi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va vodiy viloyatlari yetakçi bosma naşrlari vakillari bu yerga özlarining nomlariga biriktirilgan daraxt köçatlarini ekdilar.

Davra suhbati, qizğin savol-javoblar muassis — tuman hokimligida davom etdi. Beşariq tumani hokimi Rasuljon Jörayevga Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va Farğona viloyati hokimligining “Faxriy yorliq”lari tantanali ravişda topşirildi. Bunday eʼtirof, avvalo, muassisning “Beşariq tongi” gazetasi tahririyatini har jihatdan va uzluksiz qöllab-quvvatlab, söz, matbuot erkinligi talablariga oğişmay rioya etib kelayotgani uçun edi.

— Zamon talablaridan kelib çiqib, gazetaning elektron şaklini işga tuşiramiz. Hokimlik axborot xizmatidagi media guruhni tahririyat bilan birlaştirib, videokontentlarni köpaytirişga urğu beramiz, — dedi tuman hokimi.

Birgina Farğona viloyatida Uçköprik, Bağdod, Oltiariq kabi tuman va Qöqon şahar hokimligi muassisligidagi gazetalar çiqmay qolgan bir paytda Beşariq tajribasidan foydalaniş joiz emasmi?

Muhammadjon OBIDOV.

Suratlarda: mediaturdan lavhalar.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan