Şerikçilik istiqbollari

Böston tumanida farovon turmuş böy körsatayotgani haqida söz

Ötgan juma kuni ertalab Andijon viloyati Böston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova bilan tuman markaziga kiraveriş yaqinidagi sanoat zonasi hududida uçraşdik. U tadbirkorlar bilan muloqot ötkazayotgan ekan.

Tumandagi islohotlar, qölga kiritilayotgan yutuqlar haqida sözladi. Ayniqsa, tumanda kuzgi-qişki mavsumga tayyorgarlik xususida eşitib, maqola yozsa arzigulik tajriba töplanganiga amin böldik.

— Ijtimoiy soha obʼyektlarini kuzgi-qişki mavsumga tayyorlaş işlari davlat-xususiy şerikçilik asosida taşkil etilgani qöl keldi, — dedi Sanobarxon Nosirova. — Tumanimizdagi 70 ta ijtimoiy soha obʼyekti isitiş tizimlari faoliyati davlat-xususiy şerikçilik asosida taşkil etilgan “Ziyo-2002 MX” masʼuliyati çeklangan jamiyati jamoasi tomonidan yölga qöyilgani ayni muddao böldi.

Hokim “Ming marta eşitgandan bir marta körgan yaxşi” deb “Ziyo-2002 MX” masʼuliyati çeklangan jamiyati iş yurituvçisi Muzaffar Saydaliyevni bizga röpara qildi. Iş yurituvçi masʼuliyati çeklangan jamiyat faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Uning aytişiça, tumandagi maktab va maktabgaça taʼlim muassasalari, kasalxonalar, oilaviy poliklinikalarning isitiş tizimi tarmoqlari faoliyatini qoniqarli taʼminlaş davlat-xususiy şerikçilik asosida taşkil etilgan masʼuliyati çeklangan jamiyat zimmasida ekan.

Davlat-xususiy şerikçilik asosida isitiş tizimlari faoliyati namunali taşkil etilganligi uçun Böston tumani tajribasi bundan beş yil avval butun respublikaga yoyilganligini alohida qayd etiş örinli.

— Bugungi kunda tumandagi ijtimoiy soha obʼyektlarining 130 ming kvadrat metr miqdordagi maydoni isitilmoqda, — dedi Muzaffar Saydaliyev. — Turkiya davlatida işlab çiqarilgan “Kozlusan” rusumli turli siğimdagi isitiş qozonlari olib kelinib örnatilgan.

Muzaffar Saydaliyev hamrohligida tumandagi 6-davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida böldik.

— Bugungi kunda boğçamizda 175 nafar bola tarbiyalanmoqda, — dedi taşkilot rahbari Dilfuza Ubaydullayeva. — Boğçamiz qirq yil avval qurilgan bölib, olti yil burun mukammal taʼmirlangan. Avvallari qiş kelaversa, yuragimiz bezillab turardi. Ötin ğamlaş, kömir olib keliş özimizning zimmamizda edi. Mana beş yildirki, bu taşvişdan qutulganmiz. Qişning eng sovuq kunlarida ham xonalar issiq, bolalar yengil kiyimda bemalol yuraverişadi. Ota-onalarning xursandligini aytmaysizmi! Çunki ayrim xonadonlarda şunday şaroit yöq-da.

Agar isitiş tizimida biror nosozlik bölsa, darhol davlat-xususiy şerikçilik vakillariga xabar beramiz, zum ötmay kelib tuzatib berişadi. Elektr taʼminotida ham deyarli uziliş bölmaydi. Mabodo biror joyda favqulodda uziliş bölib qolsa, qöşimça manba – “dvijok”ni ulaymiz.

48-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida 820 nafar öquvçiga 52 nafar öqituvçi taʼlim berar ekan. Uç qavatli maktab binosi xonalariga nazar taşlasangiz, öğil-qizlar yengil kiyimlarda öqib ötirişibdi.

— Ixçamgina joyda uçta isitiş qozonxonasi işlab turibdi, — dedi maktab direktori Mohim Döstmatova. — Bundan beş-olti yil avval sifatsiz kömir yoqilardi. Qöllarimiz ham, binolar ham qorayardi. Hozir hammasi unutildi.

Bu maktab binosi közimizga issiq körindi. Bu binoda joylaşgan bilim yurtiga Özbekiston xalq şoiri, rahmatli Tölan Nizom rahbarlik qilgan paytlari kelganlarim yodimga tuşdi…

— Tibbiyot muassasalarini ham körsatmasam bölmaydi, — dedi hamrohim Muzaffar Saydaliyev.

Tuman markaziy kasalxonasidamiz. U yerda bizni kasalxona boş şifokorining örinbosari Oybek Ğaniyev kutib oldi.

— Markaziy kasalxonamizda ön ikkita bölim faoliyat körsatmoqda, —dedi Oybek Ğaniyev. — Kasalxonamiz va yana ön bitta oilaviy poliklinikaning isitiş tizimi faoliyatini davlat-xususiy şerikçilik masʼuliyati çeklangan jamiyati yölga qöygan. Jamiyat vakili kunu tun isitiş tizimi faoliyatini nazorat qilib turadi. Kömir deysizmi, ehtiyot qism deysizmi, taʼminoti bilan ular şuğullanadi.

Oybek Ğaniyev kasalxona hududidagi quyoş panellari bilan ham taniştirdi. Bu yerda quyoş panellaridan ham unumli foydalanilayotgani ibratga molik.

— Turkiya qozonxonalari uçun Qozoğistondan olib kelingan import kömir işlatamiz, — deb suhbatni davom ettirdi Muzaffar Saydaliyev. — Bunday qozonxonalarning samarasi katta. Avvallari işlatiladigan qozonxonalardan kömir sarfi beş marta kam. Beş milliard sömlik kömir zaxira qilib qöyganmiz. Turkiya qozonxonalari yordamida isitiş tizimining afzalliklarini tumandoşlarimiz ham anglab yetişdi. Turli taşkilotlar va aholi xonadonlariga ham şunday qozonxonalar örnatişga buyurtmalar qabul qilyapmiz.

Şunday. Ilğor tajriba har işda kerak. Şu bois yuqorida Andijon viloyatining Böston tumanida böy körsatayotgan turmuş farovonligidan bir şingil hikoya qildik, xolos…

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan