Har bir jurnalist eʼtiborda
Mamlakatimizda jamiyatning közgusi sanalgan jurnalistika sohasini tubdan takomillaştirişga, soha xodimlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa Yangi Özbekistonning yangilanayotgan ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimizdan zamonga hamohang ravişda uyğoq qalb, teran tafakkur bilan işlaşini taqozo etmoqda.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Surxondaryo viloyati bölimi tomonidan ötgan 2021-2025 yillar davomida uyuşma aʼzolari va jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş borasida samarali işlar amalga oşirildi. Bugungi kunda viloyatimizdagi mavjud 34 ta gazeta-jurnal, 3 ta televideniye va radio hamda 4 ta internet sayti faoliyat yuritmoqda. Oliy Majlis huzuridagi nodavlat-notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi (hozirgi Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi) tomonidan eʼlon qilingan respublika va uning hududiy grant tanlovlarida ötgan 5 yilda “Xalq yöli”, “Tibbiyot va hayot”, “Janub quyoşi”, “Surxon ovozi”, “Davr mezoni”, “Oltin voha” kabi gazetalar, “Muallim” jurnali, “Diyor-24uz” internet sayti taqdim etgan ijtimoiy loyihalari asosida 30 mln sömdan 60 mln sömgaça bölgan miqdordagi grant mablağlarini yutib, öz oldiga qöygan tarğibot-taşviqot vazifalarini muvaffaqiyatli uddalaşdi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi ham ötgan sarhisob davrida “OAVlarda millatlararo bağrikenglik va döstlikni, tinçlik va barqarorlikni keng tarğib etiş” mavzusidagi “Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoşlar ongiga singdirişga, etnik madaniy anʼanalarni asrab-avaylaşga, xalq ijodiyotini qöllab-quvvatlaşga kömaklaşiş” yönalişida “Surxondaryo — qadriyatlar beşigi” loyihasi bilan ğolib böldi. Loyiha doirasida “Surxondaryo — qadriyatlar beşigi” nomli kitob çop etilib, viloyatimizdagi axborot-resurs markazlariga tarqatildi. Bundan taşqari, Termiz şahridagi “Murç bobo” jome masjidi masʼullari bilan birgalikda xayriya tadbiri taşkil qilinib, loyiha doirasida 10 nafar imkoniyati çeklangan va kam taʼminlangan oila vakillariga yordam mablağlari berildi. Şuningdek, grant loyihasi asosida viloyat OAVlarida faoliyat yuritayotgan fotojurnalistlar va havaskor suratkaşlar örtasida taşkil etilgan tanlov ğoliblariga maxsus diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Şuningdek, Uyuşmaning hududiy bölimi Jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida “Mediamakon va şaxs” nomli loyihasi bilan ğolib böldi. Grant asosida Uyuşma tomonidan jurnalistlar uçun “Mediamakon va şaxs” tanlovi ötkazilib, uşbu nomdagi qöllanma çop etildi. Viloyatda jurnalistika janrlari va internet jurnalistikasi, mediasavodxonlikni özida umumlaştirgan uşbu qöllanma viloyatimizdagi bir neça maktablardagi kutubxonalarga tarqatildi.
Uyuşma tomonidan jurnalistlar örtasida özaro tajriba almaşiş va hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida viloyatimiz jurnalistlari uçun Qaşqadaryo viloyatiga ijodiy safar uyuştirildi. Öz navbatida bir guruh qaşqadaryolik hamkasblarimiz Surxondaryoga taşrif buyurdi.
Uyuşma qoşidagi Faxriylar kengaşi aʼzolari bilan birgalikda turli bayramlar munosabati bilan keksa va nuroniy hamkasblarimiz holidan izçil xabar olib turildi. Faxriylarimiz Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Olimjon Usanov, Jumanazar Anorov, Abdulla Xolmirzayev, Nazip Sulaymonov, Mavjuda Nasrullayeva, Töra Qobilov va Tursunmurod Qöşoqovlar xonadonida bölişdi va diltortar suhbatlar ötkazildi.
Keksa jurnalistlar va sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning yubiley sanalari ötkazildi. Ustoz jurnalistlar Nazip Sulaymonov va Narzulla Söfiyevning 80, Norquvvat Törayevning 70, Xurram Rayimovning 75, “Surxon tongi” gazetasi muxbiri Xolmuhammad Toğaymurodovning 50 yoş yubileyi nişonlandi. “Denov ovozi” gazetasi taşkil etilganining 10 yillik yubileyi qizğin ötkazildi.
Publitsist va ijodkor-jurnalistlar kitoblari taqdimoti taşkil etildi.
Hukumatimiz tomonidan barça soha vakillari qatori hamkasblarimizning kamtarona mehnatlari ham munosib baholanmoqda. Prezidentimiz Farmoniga binoan ötgan beş yil mobaynida vohamizdan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzolari Çori Alimov va Dilfuza Jörayevalar “Döstlik” ordeni, Xolmömin Mamatrayimov va Usmonali Normatovlar “Şuhrat” medallari bilan taqdirlanişdi. Ötkir sözi va qalami bilan nafaqat viloyatimizda, balki respublikamizda öz örniga ega jurnalistlar Çori Alimov, Ilhom Rahmatov, Safar Omonqulovlar xalqaro “Oltin qalam” Milliy mukofoti, Abdumannon Saidmalikov, Erkin Mahmadaliyevlar “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi ğolibi va sovrindorlari bölişdi. Şuningdek, Surxondaryo teleradiokompaniyasi qoşidagi “Yangi asr” radiosi jamoasi ham “Oltin qalam” Milliy mukofoti ğolibi bölişdi. “Atirgul” tanlovida viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist Feruza Rahmonqulova “Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallari uçun” nominatsiyasida ğolib deb topildi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, Uyuşmaga kelib tuşayotgan murojaatlarni ijobiy hal etiş borasida ham samarali işlar amalga oşirildi va oşirilmoqda. Birgina 2022 yilda Uyuşmaning hududiy bölimi tavsiyasi asosida T.Qobilov, I.Şomirov, S.Norqobilov, M.Jabborov, M.Törayev kabi öndan ortiq matbuot va OAV vakillariga arzonlaştirilgan narxlarda, imtiyozli kredit asosida Termiz şahridagi “Guliston” mahallasida bunyod etilgan köp qavatli uylardan yangi xonadonlar berildi.
Uyuşma aʼzolari soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. 2020 yilda uyuşma aʼzolari soni 69 nafarni taşkil etgan bölsa, hozirgi kunda aʼzolarimiz soni 100 nafarga yaqinlaşdi.
Ustoz jurnalistlarga munosib şogirdlar tayyorlaş maqsadida Uyuşma qoşida “Yoş jurnalistlar” tögaragi taşkil qilingan bölib, mazkur tögarakda yuzlab talabalar, uyuşmagan yoşlar, jurnalistikaga qiziquvçi yoşlar bilim va tajribalarini oşirişdi. Eʼtiborlisi, iştirokçilar orasidan hozirda ommaviy axborot vositalarida samarali faoliyat olib borayotgan köplab mutaxassis kadrlar yetişib çiqdi.
Yoş jurnalistlar va sohada faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari ham öz bilim va tajribalarini yanada oşiriş maqsadida çet davlatlarida malaka oşirib qaytişmoqda. Uyuşmaning viloyat bölimi mutaxassisi Mastura Hamroyeva Yevropaning Latviya davlatiga YUNESKOning Toşkentdagi vakolatxonasi va Baltika jurnalistik tadqiqot markazi loyihasi doirasida mediaturda iştirok etdi. Unda Riga şahridagi “STOCKHOLM” biznes maktabida malaka oşirib, xorijiy internet naşrlari, televideniye va radiosi tajribalarini örganib qaytdi.
Quvonçlisi, uzoq yillik orzularimiz ijobati ölaroq 2024 yilda Termiz davlat universitetida jurnalistika yönalişi oçildi. Bu esa hududda OAV sohasida bilimli kadrlar köpayişida öziga xos poydevor vazifasini ötaydi.
Asosiysi, sohamizni zamonga xos va mos tarzda rivojlantiriş hamda tizim xodimlarini qöllab-quvvatlaşni öz oldimizga ustuvor maqsad qilib belgilab olganmiz.
Çori JUMAQULOV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi
Surxondaryo
viloyati bölimi raisi.
