“Erkin zamon ijodkori” MChJ faoliyati bilan tanishuv

O'zbekiston Jurnalistlari IU Sirdaryo viloyati bo'limi va “Yangi Sirdaryo” gazetasi tahririyati hamkorligida Sayxunobod tumanidagi “Farovon” mahallasida joylashgan “Gulandom” xususiy-sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotiga press-tur tashkil etildi.

Sirdaryolik jurnalistlar orasida ham tadbirkorlik harakatlariga o'z hissasini qo'shayotgan, el-yurt farovonligi yo'lida fidoyilik namunalarini ko'rsatayotgan jurnalistlar talaygina. “Erkin zamon ijodkori” MChJ rahbari — Erkin Saidov shularning biri.

— Davlatdan 2.500.000.000 so'm kredit olinib, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi qurilgan ushbu MTT binosi 150 o'rinli, 3 qavatli bo'lib joriy yilning 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni arafasida   foydalanishga topshirildi. Amalda chekka bir qish­loqda 15 ta ish o'rni yaratildi. Bu dargohda bugungi kun talablari darajasida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ingliz va rus tillarida mashg'ulotlar o'tilmoqda. Tabiiyki, bundan qishloq ahli juda ham mamnun, — dedi tadbirkor-jurnalist, Sayxunobod tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zosi Erkin Saidov hamkasblari bilan uchrashuvda.

Tadbirda jurnalistlar viloyatning olis bir qishlog'idagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,   mashg'ulotlar jarayonlari, tadbirkor-jurnalist amalga oshirayotgan ibratli ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu MTT ga homiylik qilayotganlar safi kengayib bormoqda.   Xalq deputatlari Sayxunobod   tumani   kengashi deputati, “Lider Rohat” fermer xo'jaligi rahbari Rohatoy Nazarova tashkilotga 150 tup turli mevali daraxtlar ko'chatlarini tuhfa etdi.

Shu kuni sirdaryolik jurnalistlar yana bir xayrli ishga qo'l urib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida MTT hovlisiga 50 tupdan ziyod turli xil mevali daraxt ko'chatlari o'tqazdilar.

G'ulom PRIMOV,

jurnalist

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

20 − 15 =