Özbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoşlar!

Avvalo, siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni qutluğ ayyom – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Butun dunyo qatori yurtimizda ham davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli bu yil ham Konstitutsiya kuniga bağişlangan tantanali marosimlarni keng miqyosda ötkazişning, afsuski, imkoni bölmayapti. Lekin bu bayram qalblarimizga quvonç va şukuh bağişlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda şodu xurramlik bilan nişonlanmoqda.

Muhtaram döstlar!

Hayotimiz qomusi bölgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erişgan barça yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bölib kelayotganini hammamiz yaxşi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, biz bundan beş yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strate­giyasini qabul qildik va Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça keng kölamli islohotlarni boşladik. Ötgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi butunlay özgardi. Erkinlik va oçiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan özaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yönalişiga aylandi.

Biz Konstitutsiyamizda muhrlab qöyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini quriş ğoyasiga sodiq qolib, şu yölda keng kölamli ulkan işlarni amalga oşirdik, katta bilim va tajriba töpladik.

Avvalo, “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy qoidadan kelib çiqib, xalq bilan doimiy muloqot qiliş faoliyatimiz mezoni etib belgilandi, davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yölga qöyildi.

Davlat organlari faoliyatida oçiqlik va oşkoralik tobora kengayib bormoqda. Senator va deputatlar, vazir va hokimlar, barça mansabdor şaxslar quyi böğinga, mahalla darajasiga tuşib, aholi bilan bevosita uçraşib, ularning muammolarini joyida hal etmoqda.

Muhim qaror va qonunlar loyihalarini, byudjet mablağlaridan oqilona foydalaniş, davlat xaridlari masalalarini muhokama qiliş jarayonida bugun fuqarolarimiz faol iştirok etmoqda. Şu asosda davlat taşkilotlari va fuqarolik institutlari örtasidagi hamkorlik va jamoat nazorati yangi bosqiçga kötarilmoqda.

Yurtdoşlarimiz uçun mamlakatning xohlagan hududida emin-erkin yaşaş, uy-joy va köçmas mulk sotib oliş, fuqarolikka ega böliş, bilim oliş, mehnat qiliş, tadbirkorlik bilan şuğullanib, daromad topiş, turli davlat xizmatlaridan foydalanişga oid keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Eng muhimi, bunday özgariş­larni har bir inson kundalik hayo­tida körmoqda, his etmoqda.

Ayniqsa, davlat tomonidan Özbekis­ton fuqarolarining huquq va erkinliklarini çet ellarda ham taʼminlaş böyiça boşlagan işlarimiz xorijda yaşayotgan yurtdoşlarimizning Vatanimizga bölgan mehri va işonçini oşirişga xizmat qilmoqda.

Bunday natijalarga erişişda Konstitutsiya va qonunlarimiz talab­laridan kelib çiqib, iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholini uy-joy bilan taʼminlaş, tibbiyot va taʼlim sohalaridagi muammolar, majburiy mehnat, xususan, bolalar mehnati, işsizlik, kambağallik, korrupsiyaga qarşi kuraş masalalari keng jamoatçiligimiz iştirokida hal etilayotgani muhim rol öynamoqda.

Mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni bartaraf etiş maqsadida joriy etilgan “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoşlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” işlaş tizimlari dastlabki ijobiy natijasini berayotganini taʼkidlaş lozim. Ayniqsa, muhtaram faxriylarimiz, xotin-qizlar, yoşlar, aholining yordamga muhtoj qatlamlarining huquq va manfaatlarini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mahalliy kengaşlar faoliyati ham jonlanmoqda. Şu yilning özida uşbu tuzilmalar orqali fuqarolarning 29 mingdan ziyod muammolari ijobiy hal etilgani, öz vazifasini masʼuliyat bilan ado etmayotgan rahbarlarga nisbatan tegişli qonuniy çoralar körilayotgani ham şundan dalolat beradi.

Inson huquqlarini himoya qilişda muhim örin tutadigan sud tizimida tub islohotlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, nazorat instansiyasi bekor qilinib, fuqarolar va advokatlarning şikoyatlari ham, xuddi prokuror protesti kabi, töğridan-töğri köriladigan tartib örnatildi.

Ilk bor mansabdorlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turadigan maʼmuriy sudlar faoliyati yölga qöyilib, ular orqali joriy yilning özida 6,5 mingdan ortiq fuqaro va tadbirkorning huquqlari tiklandi. Iqtisodiy va fuqarolik sudlarida prokurorning iştiroki çeklandi, jinoyat işlarini asossiz ravişda suddan çaqirib oliş bilan boğliq amaliyotga barham berildi. Xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş maqsadida Xalqaro tijorat arbitraji faoliyati yölga qöyildi.

Advokatlarning vakolatlari kengaytirilmoqda, Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari böyiça vakil – Ombudsman tomonidan taşkil etilgan jamoatçilik guruhlari öz vazifasini samarali amalga oşirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda.

Bu yil 4 mingdan ortiq şaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarilgani, 859 nafar şaxs oqlangani sud-tergov sohasidagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir.

Xalqimizga xos keçirimlilik, bağrikenglik va oliyjanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmişiga çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan şaxs­larga nisbatan afv instituti muntazam qöllanmoqda. Şu boradagi işlarimizning davomi sifatida Kons­titutsiya kuni arafasida yana bir farmonga imzo çekdim. Unga köra, şu toifaga mansub 182 nafar şaxs muddatidan oldin ozod qilinib, erkin hayotga qaytarilmoqda.

Mamlakatimizda söz va vijdon erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalarini jamoatçilik fik­rini ifoda etadigan “törtinçi hokimiyat”ga aylantiriş borasida muhim qadamlar qöyilmoqda.

Turli millat va diniy konfes­siyalar vakillarining öz tili, urf-­odat va anʼanalarini rivojlanti­rişlari uçun zarur şaroit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ayni vaqtda biz Konstitutsiyamiz normalarini hayotga töla tatbiq etiş, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlaş borasida hali köp iş qilişimiz kerakligini yaxşi tasavvur qilamiz. Oldimizda turgan vazifalarni amalga oşiriş uçun Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi doi­rasida keng kölamli islohotlarimizni izçil davom ettiramiz.

Avvalo, Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga joriy etişning taşkiliy-huquqiy asos­larini yaratib, demokratik yangila­nişlarni kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratamiz. Parlament va mahalliy kengaşlar vakolatlarini yanada kengaytiriş, ijro organlari ustidan vakillik nazoratini kuçaytiriş, siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikni takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşiriladi. Ayniqsa, hududlarni rivojlantirişda mahalliy kengaşlar rolini oşiriş, fuqarolik jamiyati institutlarining samarali faoliyati uçun zarur şa­roitlar yaratiş eʼtiborimiz markazida böladi.

Maʼmuriy islohotlar dasturini amalga oşiriş borasida davlat organlarining huquqiy maqomini aniq belgilaş, ixçam boşqaruv apparatini şakllantiriş va iş yuritişni raqamlaştirişga alohida ahamiyat qaratiladi.

Yana bir muhim vazifa amaldagi jinoyat qonunçiligini qayta körib çiqişdan iborat.

Hozirgi kunda koloniyalardagi mahkumlarning qariyb 80 foizi mehnatga jalb etilgan bölsa-da, ularning işlagan yillari umumiy mehnat stajiga qöşib hisoblanmaydi va pensiya tayinlaşda inobatga olinmaydi.

Ijtimoiy adolat tamoyiliga töğri kelmaydigan bunday çeklovning bekor qilinişi mahkumlar tomonidan moliyaviy muhtojlik tufayli takroran jinoyat sodir etişning oldini olişga xizmat qilgan bölur edi. Şuningdek, jazoni ötab bölgan fuqarolarning jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşiş uçun “dastlabki yordam paketi” tizimi joriy etiladi. Xususan, özining aniq tadbirkorlik loyihasini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boşlamoqçi bölgan sobiq mahkumlarga Probatsiya xizmatini rivojlantiriş jamğarmasidan 10 million sömgaça bir martalik moddiy yordam beriladi.

Taraqqiyot kuşandasi bölgan korrup­siyaga qarşi kuraşiş, jamiyatda uning har qanday körinişiga nisbatan murosasizlik muhitini şakllantirişga qaratilgan siyo­satni izçil davom ettiramiz. Bu borada davlat idoralari bilan birga, keng jamoatçilik, ayniqsa, fuqarolik jamiyati ins­titutlarining kuç va salohiyatidan samarali foydalanişga jiddiy eʼtibor qaratamiz.

Aziz döstlar!

Taraqqiyot strategiyasida öz aksini topayotgan, adolatli va xalqparvar davlat barpo etişda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalarni amalga oşiriş uçun, avvalo, yangi konstitutsiyaviy makon hamda yanada mustahkam qonunçilik bazasi kerak bölişini, öylaymanki, barçamiz yaxşi tuşunamiz. Şu maʼnoda, Asosiy Qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka, şiddatli islohotlarimiz mantiğiga moslaştiriş, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi uçun mustahkam huquqiy poydevor yaratiş muhim vazifaga aylanmoqda.

Şu yil Prezident saylovi oldidan bölib ötgan uçraşuvlarda fuqarolarimiz, keng jamoatçilik, siyosiy partiyalar vakillari tomonidan bildirilgan takliflarda ana şu masala alohida qayd etilgani kons­titutsiyaviy islohotlarni obʼyektiv zarurat sifatida kun tartibiga qöymoqda.

Bu, ayniqsa, quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bölmoqda.

Birinçidan, ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb özgartiriş, uni milliy qonunçiligimiz va huquqiy amaliyotimizda mustahkamlaş zarur.

Ikkinçidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini taʼminlaş boş mezon bölişi kerak. Bu – xalqparvar davlat barpo etişning eng muhim şartidir.

Uçinçidan, “Jamiyat – islohotlar taşabbuskori” degan ezgu ğoya doirasida Asosiy Qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining örni va maqomini kons­titutsiyaviy jihatdan mustahkamlaş ham davr talabidir.

Törtinçidan, Boş qomusimizda oila institutini rivojlantiriş, ezgu insoniy qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga beza­vol yetkaziş, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlaş böyiça konstitutsiyaviy asoslarni belgilab qöyişimiz zarur.

Beşinçidan, farzandlarimiz Yangi Özbekiston bunyodkorlari sifatida maydonga çiqayotgan bugungi kunda Konstitutsiyamizda yoşlarning huquq va manfaatlarini töla taʼminlaş maqsadida yoşlar sohasidagi davlat siyosati, öğil-qizlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasi, ularning huquq va burçlari kons­titutsiyaviy darajada öz aksini topişi kerak.

Oltinçidan, hozirgi kunda Özbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat quriş sari dadil bormoqda. Şu sababli “Yangi Özbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlaşning vaqti-soati yetdi, deb öylayman.

Yettinçidan, inson huquqlarini himoya qiliş böyiça amaldagi tizimning samarasini oşiriş maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yöl qöymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini işonçli himoya qiliş masalalari ham öz aksini topişi zarur.

Sakkizinçidan, hozirgi vaqtda köp­lab rivojlangan davlatlar, tabiatdagi global özgarişlarni hisobga olib, öz konstitu­siyasiga ekologiyaga oid maxsus boblar kiritmoqda. Özbekiston Konstitutsiyasida ham uşbu dolzarb masalaga doir huquqiy normalar ustuvor örin egallaşi lozim.

Töqqizinçidan, Uçinçi Renessansning tört uzviy halqasi bölmiş boğça, maktab, oliy taʼlim va ilm-fan sohalarini rivoj­lantiriş masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qöyiş ham maqsadga muvofiqdir.

Albatta, Konstitutsiyani yangilaşdek ğoyat muhim, strategik vazifani hal etişda biz yetti marta emas, yetmiş marta öylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlaşgan holda, yurtimiz va jahondagi ilğor tajribalarni çuqur örganib, aniq qaror qabul qilişimiz zarur.

Oliy Majlis palatalari, hurmatli deputat va senatorlarimiz, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar, yoşlar jamoatçiligi, huquqşunos va siyosatşunos olimlarimiz, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilarimiz, butun xalqimiz bu masalada özining aniq fikr va qaraşlarini bildiradilar, deb işonaman.

Atoqli davlat va siyosat arbobi Uinston Çerçillning “Yaxşi böliş uçun – özgariş kerak, yaxşilarning yaxşisi böliş uçun esa yanada köproq özgariş kerak”, degan sözlarida, öylaymanki, teran hayo­tiy maʼno mujassam.

Darhaqiqat, bugungi şiddatli davr bizdan zamonga mos harakat va özgariş­larni talab etmoqda. Ana şunday talab­­ga javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega böliş uçun Asosiy Qonunimizning yangi loyihasini tayyorlaşimiz, uni umumxalq muhokamasiga qöyib, bildirilgan takliflar asosida takomillaştiriş, uşbu muhim siyosiy hujjatni 2022 yil Özbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nişonlanadigan kunlarda qabul qiliş, öylaymanki, milliy davlatçilik anʼanalarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib iş böladi.

Aziz va qadrli vatandoşlar!

Mana şu uluğ ayyomda xalqimizning dilidagi bir fikrni yana bir bor taʼkidlab aytmoqçiman: Yangi Özbekistondagi islohotlar endi heç qaçon ortga qaytmaydi.

Yangi Özbekiston ğoyasi el-yurtimizning ulkan intiliş va irodasi bilan umumxalq harakatiga aylanmoqda. Barçamiz ana şu uluğ maqsad yölida yanada jipslaşib, ğayrat-şijoat va masʼuliyat bilan fidokorona mehnat qilsak, közlagan yuksak marralarimizga albatta yetamiz.

Işonçim komil, oradan yillar, asrlar ötadi, lekin ğoyat qiyin va murakkab, oğir sinovli yillarda Yangi Özbekistonni bun­yod etişga munosib hissa qöşgan insonlarni kelgusi avlodlar minnatdorlik bilan eslaydi.

Barçamizga ana şunday buyuk baxt va şaraf yor bölsin!

Jonajon Özbekistonimiz doimo gullab-yaşnasin!

Barça ezgu işlarimizda Yaratganning özi madadkor bölsin!

Siz, aziz vatandoşlarimni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor çin dildan tab­riklab, barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

 Şavkat MIRZIYOYEV,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan