Abdurazzoq OBRÖY. Parodiyalar
Muallif haqida:
Taniqli hajvçi, şoir va yozuvçi Abdurazzoq Obröy — 1956 yili Pastdarğom tumanida tuğilgan. 1985 yili Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Özbekiston Milliy axborot agentligida, “Muştum” jurnalida, “Vatanparvar” gazetasida xizmat qilgan. Pensiyadagi podpolkovnik. U “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” unvonini olgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Abdurazzoq Obröyning “Xöplam-töplam”, “Hiring-hiring”, “Tuxumning qudrati”, “Ayolning quloği”, “Ruxsat bering şeʼr öqiyman”, “Sen avayla, asra Özbekistonni”, “Men öşa ör, men öşa zörman” kitoblari naşr etilgan.
ÖZI SENGA NE KERAK?
Aytsam senga bitta gap,
Seni yaxşi köraman.
Olib yursang avaylab,
Yuragimni beraman.
Şerzod MUSTAFOning
“Oşiq nolasi” şeʼridan.
Hassa bölmaydi terak,
Toldan çökim seniki.
Senga qança jun kerak,
Soçim, tukim seniki.
Saqlasang gar miltiqlab
Terib beray qoşimni.
Olib yursang qöltiqlab,
Uzib beray boşimni.
Agar uzun demasang,
Mayli olgin qölimni.
Boşing egib kelmasang,
Ololmaysan könglimni.
UZRXONLIK
Mayli, uysin qoboğin,
Uzatsin taboğin.
Uçirib köngil doğin,
“Bitta uzr sörab qöy…”
Zohida MALIKOVAning
“Bitta uzr sörab qöy…” şeʼridan.
Tişing neçta sanasin,
Tuxumlaring donasin,
Uylaringning xonasin,
Bitta uzr sörab qöy!
Ösma qöysin qoşingga,
Paşşa tuşsin oşingga,
Soç eksinlar boşinga,
Bitta uzr sörab qöy!
Etingdan uzib olsin,
Sutkasin buzib olsin,
Yuzta qöy, qizib olsin,
Bitta uzr sörab qöy!
Dehqonning yeri bölsin,
Ayolning eri bölsin,
Zohida şeʼri qursin,
Bitta uzr sörab qöy!!
ODAMINI TOPIBSIZ
Qaydaligim qaydan bilay,
Meni mendan sörab yurmang!
Xosiyat BOBOMURODOVAning
“Meni mendan sörab yurmang!” şeʼridan.
Judayam uzun boşimda sallam,
Ammo yöqdir joyida kallam,
Meni mendan sörab yurmang!
Bilib qoldim oyoğim yöq,
Bilmam yana qayoğim yöq,
Meni mendan sörab yurmang!
Çaynay desam oğzim qani,
Puçoğim bor, mağzim qani?
Meni mendan sörab yurmang!
Bu köz emas, toşkosadir,
Qalam özi böş yozadir,
Meni mendan sörab yurmang!
YETTI QADAM KETSANG…
Magar ölsam,
o, bağringda ölgim kelar,
Olis ketma,
sensiz bözlab qolmasin dil.
Sadoqat Qurbonovaning
“Olis ketma” şeʼridan.
Olis ketma,
men sigaret çekaman,
Olis ketma, men hattoki içaman.
Olis ketma,
sensiz qanday uçaman,
Olis ketma, boşqasini quçaman.
Olis ketma,
çin yurakdan
uflayman,
Olis ketma, sensiz qanday
uxlayman.
Olis ketma,
men-çi kimni topaman,
Olis ketma,
men-çi kimni öpaman.
Olis ketma,
nima bölsam bölayin,
Olis ketma,
şeʼr yozmayin ölayin.
BILMADIM…
Bilmadim…
Nafsgami,
Orzugami,
Vosvosgami,
Devonalikkami,
Xullas, bir narsaga
ergaşib yuribman.
Baraka BOQIYning
“Ğurur” şeʼridan.
Bilmadim…
Allam bormi,
Yallam bormi,
Sallam bormi,
Kallam bormi,
Xullas, dumaloq narsani
kötarib yuribman!
Bilmadim…
Sözim bormi,
Közim bormi,
Tuzim bormi,
Özim bormi,
Xullas, baqaloq narsani
kötarib yuribman!
Bilmadim…
Izim bormi,
Bezim bormi,
Yuzim bormi,
Esim bormi,
Xullas, bir narsani
kötarib yuribman!
Torim bormi,
Orim bormi,
Qorin bormi,
Borim bormi,
Xullas, anaqa narsani
kötarib yuribman!
OŞGA KETGAN ÖŞA XULIGAN
Zerikarli ötadi hayot,
Erkak zoti bölmagan joyda.
Rözimurod MAHMUDOVning
“Erkak bölmagan joyda”
şeʼridan.
Baqir-çaqir va muştlaşiş yöq,
Xuddi itday tişlaşiş yöq,
Asov otday kişnaşiş yöq,
Erkak zoti bölmagan joyda.
Öçib yotar bir çetda sodka,
Qadahlarga quyilmas vodka,
Çökib ketar dengizga lodka,
Erkak zoti bölmagan joyda.
Suhbat bölmas xayol haqida,
Par töşaklar, adyol haqida
Eng muhimi, ayol haqida,
Erkak zoti bölmagan joyda.
Hamma joyda römol öragan,
Erkak bormi, deya söragan,
Oşga ketgan öşa xuligan,
Erkak zoti bölmagan joyda.
ÇÖZMAQULOQ
Men bir sözni yöqtotib
qöydim,
Paydo böldi esimda teşik.
Ollayor XÖJANDIYning
“Bir söz…” şeʼridan.
Men bir qizni yöqotib qöydim,
Paydo böldi yurakda darça.
Şunda men-ay, tölğandim, kuydim,
Qarsak çalib turişdi barça.
Men bir közni yöqotib qöydim,
Ikkinçisi sal-pal köradi.
Uçqörğonda xolamni kördim,
Bir köz qani deya söradi!
Bir quloğim yöqotib qöydim,
Bittasini çözsa böladi.
Eşitmoqni yoqtirmay qöydim,
Bunisin ham uzsa böladi!
