Yuborilmagan maktub
Muallif haqida:
Çorşanbi DEHNAVIY (Boybusinov) — 1948 yili Denov tumanida tuğilgan.
1974 yilda Tojikiston davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan.
“Uy işi”, “Jarliklar abadiy emas”, “Mingdan biri”, “Odamzod”, “Uy iloni”, “Yetim qolgan sevgilar” deb nomlangan qissalar muallifi.
“Ezgulikning yaralişi”, “Akssado”, “Bahor dar peş” (“Bahor hali oldinda”), “Laylatulqadr”, “Soyasini erkalatgan ayol” singari önga yaqin kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Çorşanbi DEHNAVIY
(Hikoya)
Hayot boşqayu kitob boşqa ekan.
Sevgisiyam, alamu iztiroblariyam.
Gohida Layli bölib, dostonimni öqiganning közlarini yoşlatgim keladi.
Biroq hayotda qalblar tösilgan, istaklar tizginlangan. Nimalar deyapman özi? Nahot taqdirga tan beriş şunçalar qiyin bölsa? Eh, Hakimjon, Hakimjon… Şirin-şirin öylarga öranib, tong ottirgan tunlarimni eslasam… Eslaganda nima özgarardi? Dunyoga keldingmi, yaşaşga mahkumsan! Hayajonim tinsa-çi! Xayollarim pala-partiş, sözlarim uzuq-yuluq. Armonlarga yem bölgan orzular misoli. Dardimni kimgadir tökmoqçi bölib, qalam va qoğoz olaman.
“Hurmatli ota!” Yöq, otamga nisbatan bunday rasmiy murojaat qilolmayman. Aziz va mehribon… iborasi könglimni töldirmas. Ibtido uçun munosib söz topolsam-çi, rasmiyatçilik qilmay, barini oğzaki aytib, könglimni böşatgim kelardiyu yana otamni ranjitib qöyişdan istihola qilardim. Rost-da, ögay bölmasa, mehrini ayab kamsitgan, zoriqtirgan bölmasa. Köksi qalqon, qalbi maydon bölgan aziz kişingga taʼna toşi otişning özi azob emasmi?!
Fikrimdan qaytmasdan yana yozişga kirişaman. “Otajon! Uşbu satrlarni öqib közlaringizga işonmasligingizni tasavvur etaman. Zotan, men sizning eng suyukli, özingizning tabiringiz bilan aytganda qizingiz emas, nozingizman va yer-u kökka işonmagan erkangizdan yuzingizga közgu tutib, özligingizni anglatmoqçi bölganini sira-sira kutmaganingiz tabiiy. Bu bilan sizni özimça muhokama qilib, “yaxşi-yomon”ga turlaş fikridan yiroqman. Çunki tomirlarimda oqayotgan sizning qonlaringiz bilan ulğaydim, aqlimni tanib, yeru kökni, quyoşni, dunyoni kördim. Qölimga qalam tutqazib, iztirob iskanjasiga unsiz çekayotgan fiğonlarimga sado baxş etayotgan kuç ham balki sizning qoningiz qudratidir. Çindanam, siz mehringizni ham, qahringizni ham sir tutmagansiz. Farqi mehringiz xonadonimizga, qahringiz esa özgalarga atalgan bölardi.
Men buni keç payqadim. Ungaça siz tasavvurimda yengilmas kuç timsoli edingiz. Sizdan odamlar hayiqardi, aniqroği qörqişardi. Avzoyingizga qarab gap qotişlaridan, biron maslahatli iş çiqqudek bölsa oğzingizni poylaşlaridan faxrlanardim. Yöqsa, sizning boşqalardan ortiq yo kam farq qiladigan joyingiz yöq, oddiygina öqituvçi edingiz, xolos. Öqituvçilikni taşlab, işsiz yurgan kezlaringizda ham kölankangizni bosişga heç kimning yuragi dov bermasdi. Darvoqe, direktor örinbosari gohida ola-ola qarab qöyardi. Ha, direktor emas, örinbosari. Lekin boyaqişning yovqaraşlari uzoq çözilmasdi. Köp ötmay işdan olinib, bizga sinf rahbar etib tayinlanardi.
Afsuski, bolalikdagi xulosalar kişini aldar ekan. Haqiqatni ilğay boşlaganimda negadir boşim beixtiyor egilib, nazarimda özimni gunohkor seza boşlayman. Göyo odamlarning qörquvi, zamirida… Yöq, buni baribir aytolmayman. Aytiş qiyin bölmagandan emas, tan oliş kişini iztirobga solişidan. Duç kelgan kişi göyo menga qölini bigiz qilib, sizning qizingiz ekanimga şama qilardi. Öşanda oyimning nega köça-köyga çiqmasligini, töy-haşamlarda tortinib, xotin-xalajlar bilan yayrab kulmasligini angladim. Işoning ota, oyim sizning jufti halolingiz bölganidan mamnun emasdek tuyulardi. Or qilmasada, şunga öxşaş mahzun bir kölanka oçilib-soçilib yurişlariga imkon bermasdi.
Siz haqingizda ilk marta salbiy fikrga borganimda qay ahvolga tuşganimni hali-hali tasavvur etolmayman. Navröz arafasi edi. Siz öçakişgan sobiq sinf rahbarimizning qamoqdan oqlanib çiqqanini eşitib, darsdan söng körgani bordik. Soçlari bir yilda ança oqarib, töla yuzlari solqillanib qolgan edi. U hammamiz bilan bir-bir körişib, öqişimizni söradi. Uyga qaytib, siz bilan Şorahim akaning çorpoya ustida nimadir haqida boş qotirib ötirganlaringizni kördim.
— Zanğarning oqlanib çiqqani çatoq böldi, — derdi Şorahim aka. Uning qovoğidan qor yoğardi. — Bu yerda bir gap bor. Bizga gap işqib, tegmaydimi?
— Uni siz emas, döxtirlarning xulosasiga asosan sud qamagan. Öşalar javob bersin deb turib olasiz.
— Qayta yozsak-çi? Teparoqqa.
— Nima deb?! Qizimizning quloği azaldan nogiron ediyu tayoq zavuçning boşida sindi debmi?! Maqsadingiz yana qamatiş bölsa, boşqa yöli bor. Lekin sal qaltisroq.
— Qanday?
— Qizingizning şaʼniga doğ tuşişi mumkin.
— Tuşsa tuşsin! Or ketmasin!
— Unda şoşilmaslik kerak. Avval işga tiklanib, izlar sal eskirsin, söng qarmoqqa qanday ilintirişni özim aytaman…
Eşitganlarimga işongim kelmasdi. Qanday işonayin, ota?! Şorahim akaning qizi mening sinfdoşim edi. U kamgap, odamovi, kamsuqum, angrayib yurişlarini bilintirmaslik uçun bölar-bölmasga aralaşmay, köpinça yolğizlikni ixtiyor etardi. Quloği oğrib, kasalxonaga tuşdi-yu rahbarimizning boşiga böhton yoğildi… Xayriyatki, rahbarimiz siz bilan Şorahim akaning qarmoğiga ilinmadi. U şaharga işga ötdi.
Söng jamoa xöjaligi ağdar-töntar böla boşladi.
Orada qöşnimiz köçib ketdi.
Yomoni toğamning ustidan yozilgan imzosiz şikoyatlarning çözilgani oyimni rosa qaqşatdi. U arazlab ketgan edi, yana buvam olib keldi.
— Bolalaringni öylamasam, xotin qorasiga zor qilardim sen yakkamoxovni! — dedi buvam va beixtiyor tutaqib ketdi… — Senga qayning nima yomonlik qildi?! Yomonligi otang hovlidan haydab, köçada qolganingda boşpana berganimi?! Bir çaqasiz qolgan paytlaringda ustingni but, qorningni töq qilganimi?! Tuzini yeb tuzliğiga tupuradigan nonkör ekansan, iğvogar!
— Böri yesayam, yemasayam oğzi qon ekan-da! Öğlingizni yozgan odam aniq-ku!
— Ha ölgani yuq, ular yaraşgan edi. Oraga suqilib tutantiriq bölmaganingda öçgan olov qayta yonmasdi, bezbet.
Meni kundalik bunday mojarolar emas, köproq oyimning siqilişlari qiynardi.
Har zamonda:
— Qizim, Hakimjon haqida gapirmay qöyding, — deya gap oçardi.
Men qizarib ketardim.
— Buning uyati yöq, qizim. Sevsang yoki sevganing bölsa…
— Qöysangiz-çi oyi.
— Hayoli, iboli böliş yaxşi qizim. Lekin urçuq çuqur tuşsa çiriydi… Senga qanday tuşuntirsam ekan… Sen tengilar uyli-joyli böp ketişdi.Qalbingga quloq solmay, siringni pinhon tutib yuradigan bölsang, bari sirligiça qolib ketmasin deyman.
Ha, men Hakimjonni yoqtirardim. Poççasi qamaldi-yu men bilan gaplaşmay qöydi. Eh, otajon, otajon…
Oyimning taşvişlari baʼzan meni ham iztirobga solardi. Yoşim ötgan sayin tasavvurimdagi kelajagim, quvonçli onlarim, bölajak töyim xiralaşib, qalbimni qandaydir umidsizlik qamrardi. Töyim dabdabali emas edi, dugonalarim qatori. Qismat şuni ham ayaydigan bölsa… Ha, orzularim, suti qurigan onasini tamşana-tamşana emib, sillasi qurib borayotgan oç qöziçoqqa öxşab ketardi.
Hakimjon qişloqdan ketganiça boşqa qaytmadi. Hatto poççasi qamoqdan çiqqanda ham. Aytişlariça, Toşkentda emiş. Hoynahoy, uylangandir. Uning aybi nima? “Sevaman” degan bölmasa. Muomala va munosabati ham sinfdoşlar hazil-huzilidan nari emas edi. Şunçaki boqişlari maʼnoli, nimadandir qizarinqirab, aytmoqçi bölgan sözlari göyo içida qolib ketardi.
Miş-mişlarga qaraganda Hakimjon ham meni sevarkan. Otasi eşitişni istamabdi “Itdan bölgan qurbonlikka yaramas!”, — debdi. Bundan köra meni özingiz, öz qöllaringiz bilan böğizlab taşlasangiz bölmasmidi, otajon!
Men sönib borayotgan umidlarimga tözim tilab yaşardim. Afsuski orzularim puçga çiqdi. Qismatimda xotini ölgan uç bolali bir kimsa bitilgan ekan. Siz sovçilarga ödağaylagan ekansiz, oyim oraga tuşdi:
— Sovçilarning aybi nima? Siz bermasangiz tortib olib ketişarmidi?
— Jiğimga tegma! Sovçi degani duç kelgan eşikni oçib kiraveradimi? Adaşgan itday!
— Ilon bölganingizda çaqmagan odamingiz qolmasdi!
— Tilingni tiy! Toki tirikman …
Oyim sözingizni böldi:
— Tirik bölganingiz uçun ham bösağangizni xatlab ötişga heç kimning yuragi dov bermaydi. Mana oqibati guldek qizingizning orzulari armon, havaslari hasad böldi!
Oyim haq edi. Mening niyatlarim ortilgan karvon ketib bölgan edi. Mening köyimga singillarim tuşmasin degan ilinj bilan noiloj rozi böldim. Oyim tuni bilan yiğladi. Ertasigayam, indinigayam, hozirgaça yiğlaydi. Havaslarimning armon bölganiga, kutgan kunlarim nasib etmaganiga, sepimning jilo bermay eskirganiga, birovning töşagiga ilimay, tunlari enagalik qilib çiqişlarimga…
Men oyimni yupatardim. Qismat derdim, taqdir derdim. Oyim ham taqdirga tan bersa-çi! Balki özimdan ötgandir, derdim. Sevolmagandirman, sevişni eplamagandirman… Işqilib singillarimning baxti kulsin-da!
— Ha, qizim, sen qurbonlikka yarading.
— Qöying oyi, öşa almisoqdan qolgan maqolni. Hayotda nimalar bölmaydi? Gado ham şoh bölişni istaydi, buning esa iloji yuq…”, derdim.
…Uşbu maktubni, ezğin dilnomamni yozişga yozdimu ota-onamga yuborişga botina olmadim.
Axir, otam, onam… Yöq, heç qaçon ularning yuziga tik qarolmayman…
Kiçik hikoyalar
Vitaminli maqolalar
Tuman gazetasining muharriri kasalxona boş vraçiga sim qoqdi:
— Bir maqola kerak böp qoldi, — dedi salom-alikdan söng, — şolğom haqida. Şunday yozingki, sözlaridan vitamin tomsin!
Maqola çiqdi. Xaridorlar şolğom bozorining çangini osmonu falakka çiqarişdi.
Oradan köp ötmay muharrir yana qönğiroq qildi.
— Bodring yetilib qoldi döxtir. Sarğaymasidan yöqotaylik!
Odamlar gazetadan bodringning şifobaxş xususiyatlarini öqib beşikdagi çaqaloqdan oğzida tişi qolmagan kampirgaça — bari bodring çaynaydigan bölişdi.
— Şaftolining bozori karaxt, — dedi muharrir kuz kelişi bilan.— Navbatdagi misolni Luqmoni Hakimdan keltirmasangiz bölmaydiganga öxşaydi.
Salom-aliklar quyuqlaşgan sayin vitaminlarga bölgan talablar ortib, bozor qizigandan qizirdi. Yana boş vraç muharrirga telefon qildi.
— Alyo, — dedi naridan beri söraşib, — turpimiz toş bosadigan böpti. Maqola tayyor. Misollari ibn Sinodan. Turgan-bitgani selitra… Keçirasiz, vitamin demoqçi edim… Qisqasi şu maqolaniyam çop qiliş kerak.
Uzr
Tez yordam vraçi navbatdagi çaqiriq qoğozga köz yugurtirib, beixtiyor hamşirani çaqirdi. Hamşira dam oliş xonasidan yelpinib çiqdi.
— Vizov! — dedi Halim Baqoyeviç şoşilib. — Nega anqayib turibsiz, ketdik!
— Bir pas kuting, döxtur. Ösmamni quritib olay.
Halim Baqoyeviç jahl bilan nimadir demoqçi böldi-yu yana özini tiydi. Eşikni zarb bilan yopib, taşqariga çiqdi. Baxtga qarşi haydovçi körinmasdi. Borişi mumkin bölgan joylardan ham topolmadi. Xunobi oşib bölim navbatçisiga öşqirdi:
— Bizda qaçon tartib örnatiladi? Bemor uyda jon talaşib kutsa-yu. Bizdagilar iş joyidan topilmasa!
Navbatçi heç narsaga tuşunmay:
— Aniqroq gapiring, tinçlikmi — dedi. — Nima gap özi?
— Men vraçman, sizning haydovçilaringizni topib beradigan izquvar emas. Balki bemorni orqamga kötarib kelişim kerakdir?
Navbatçi mikrofon bilan haydovçini çaqirdi.
— Qaçongaça bemorga yordam berişga ulgurmaymiz, — haydovçini ayamadi Halim Baqoyeviç. — Biron marta tirikligidayam yetib boraylik.
Bemor gödak ekan. Halim Baqoyeviç birinçi yordamni körsatib, bolani zudlik bilan kasalxonaga yetkazib keldi. Qabulxona döxtiri telefonda gaplaşardi. Gurunglari çözilgan edi, Halim Baqoyeviç özini tutolmadi:
— Men sizning huzuringizga odam bolasini olib keldim, buzoqni emas. Şundan söng döxtir gapni kalta qilib, örnidan turdi.
— Buni qayta quriş desa böladi, — dedi döxtir avzoyini jiyib. — Bunday fidokoronalik sizdan boşlanganidan nihoyatda xursandman.
— Avval bemorni köring, keyin kesataverasiz.
Döxtir bolani obdan sinçiklab, bolalar bölimiga qönğiroq qildi. Çaqirilgan döxtirning kelişi qiyin köçgaç, Halim Baqoyeviçning özi bordi.
— Siz nav- batçilikdamisiz yo sanatoriyda?! — dedi döxtirni uyğotib. — Bemorga nima bölsa bölsin, lekin sizning uyqungiz buzilmasin ekan-da! Tantana bilan qilgan qasamyodingiz diplom olgunça ekan-da! Yöq, men bunday tili boşqa-yu dili boşqalikning tagiga yetmay qöymayman.
Halim Baqoyeviç gödakni kasalxonaga joylaştirib, ahvoli önglangunça boşida turdi. Muhimi, undan kasbdoşlari ranjimadi. Aksinça, bemorlar oldidagi masʼuliyatlarini his etib, huşyor tortdilar. Biroq…
Halim Baqoyeviç ertalab, aniqroği navbatçilikni topşirib uyga qaytiş oldidan keça ranjitganlaridan bir-bir uzr sörab çiqdi:
Keçirasizlar, bolaning ahvolini körib közimga heç narsa körinmay qoldi…
