Qat'iy karantin cheklovlariga qaytish rejalashtirilmayapti

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli mish-mish­lar avj oldi. Ayrimlar “yana qat'iy karantin cheklovlari joriy etilar ekan” degan vahimalarni tarqata boshladi. Bu masalaga kecha AOKAda o'tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemio­logik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bosh­lig'ining birinchi o'rinbosari Xolmamat Norboyev oydinlik kiritdi.

– Cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham emlanishimiz kerak, — dedi X.Norboyev.

– Bir narsani yaxshi tushunish kerak, vaksina “Omicron” dan to'liq himoya qilmaydi. Lekin emlangan odamda kasallik yengilroq o'tadi. Biz uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yig'ilgan joylarda bo'lishni imkon qadar kamaytirishimiz va gigienaga e'tiborli bo'lishimiz kerak, — dedi Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari E.Bositxonova.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig'i Abduvali Xoliqovning ta'kidlashicha, 24 yanvardan keyin OTMlarda ta'lim jarayoni onlayn formatga o'tkazilmaydi. Yakuniy nazorat imtihonlari o'z vaqtida bo'lib o'tadi.

O'z muxbirimiz

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 × 3 =