Aloviddinning “sehrli”… ekskavatori

Yoxud tadbirkorning öziga tegişli mulkni

bir neça yillardan buyon ololmasdan sarson-sargardon bölayotgani xususida

 

Sarlavhani öqigan zahoti “Aloviddinning sehrli şamçiroği” degan ertakni esladingiz-a, haqiqatdan ham biz uni juda yaxşi bilamiz va hammamizga   yod bölib ketgan. Biz hikoya qilmoqçi bölgan Aloviddin esa zamondoşimiz, uning haqiqatdan ham “sehrli” ekskavatori bor. Sehrliligi şundaki, uşbu ekskavatorning egasi bitta emas ikkita. Ikkalasida ham ega ekanligini tasdiqlaydigan tegişli hujjat bor. Bugun biz şu   “sehr”ning sirlarini oçişga   urinib köramiz.

Aloviddin Murodov Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida tuğilib ösgan. Maktabni tugatganidan keyin tumandagi suv xöjaligiga qaraşli korxonada bir neça yil ekskavatorçi bölib işlagan. Odamlarning oğirini yengil qiladigan ekskavatorçilik kasbi unga juda yoqib qolgan va   qalbida çuqur iz qoldirgandi. Toşkent Davlat yuridik institutida öqiyotganda ham, keyinçalik tuman yoşlari yetakçisi bölib işlab yurganda ham, prokuratura tizimida faoliyat yuritgan paytlarda ham suv xöjaligida ekskavatorçi bölib işlagan davrlarini zavq va şavq bilan   eslar edi.

Oradan köp yillar ötdi. Kunlardan bir kun u Toşkentda “Özmeliomaşlizing” davlat lizing kompaniyasi borligini va bu idora köp texnikalar qatori ekskavatorlarni ham lizingga beriş bilan şuğullanişini   eşitdi-yu unda ekskavator sotib oliş va uni suv xöjaligi tizimida işlatiş niyati tuğildi. U niyatini röyobga çiqariş uçun 2012 yilda “Qorovulbozor suv quriliş irrigatsiya” deb nomlangan xususiy korxonasini taşkil qildi va tuman hokimi qabuliga kirib lizing­­ga ekskavator sotib oliş niyati borligini aytdi.

Qorovulbozor tumanidagi   ekinlarni suv bilan taʼminlaş işlarini yanada yaxşilaş maqsadida   suv yöllarini tozalaş, yangilarini qaziş   uçun ekskavatorlar suv bilan havoday zarur edi. Şu sababli tuman hokimi uning taklifini mamnuniyat bilan qarşi olib, respublika lizing idorasiga tumanimizdagi “Qorovulbozor suv quriliş irrigatsiya”   xususiy korxonasiga lizingga ekskavator berişlaringizni sörayman deb   xat yozib berganda quvonçdan boşi osmonga yetdi.

“Özmeliomaşlizing”dagilar ham uni   oçiq çehra bilan kutib olişdi.

— Biz Germaniyada tayyorlangan, Xitoyda yiğilgan bir qança zanjirli   ekskavatorlarga buyurtma bergan edik, yaqindagina bir partiyasi yetib keldi. Juda baquvvat texnika. Sizga şulardan birini beramiz.   Bu ekskavatorning umumiy narxi 173.000.000 söm, şuning 30 foizi esa   42.500.000 söm böladi, bu lizingning dastlabki tölovi hisoblanadi, şu summani tölasangiz biz sizning hisobingizdan yaşaydigan joyingizga ekskavatorni yetkazib beramiz. Vagondan tuşiriş va olib ketiş haqini ham öz yoningizdan tölaysiz deyişdi…

Albatta, bu gaplar-u, bu narx-navolar bundan ön yil oldingi bölib, unda 173 million söm yoxud 42,5 million söm degan mab­lağlar hozirgi davrdagi bilan mutlaqo mos kelmasligini hurmatli muştariy anglayotgan bölsa kerak. Çunki u vaqtda xorijiy valyutaning sömga nisbatan kursi hozirgidan 2-3 barobar past edi. Aytmoqçimizki, bu mablağlar ayni kundagi pul qadri bilan soliştirganda juda katta mablağ hisoblanardi.

Aloviddin yuqoridagi şartnoma şartlarining barçasiga rozi bölgandan söng 12K\03-06 sonli lizing şartnomasi tuzilib, taraflar tomonidan imzolar qöyildi, muhrlar bosildi.

Aloviddin Murodov bank orqali pul olib kelib, lizing şartnomasi talabidan kelib çiqadigan dastlabki tölov — 42.500.000 sömni töladi.

Köp ötmay ekskavator tuman bekatiga yetib keldi. Ekskavator bilan birga   bir dona vagon-uy ham qöşib jönatilganini körib Aloviddin hayron bölib qoldi.Çunki lizing şartnomasida vagon-uy töğrisida heç qanaqa   gap yöq edi. Ayni mana şu   vagon-uy orqasidan “Özmeliomaşlizing”   bilan nizo kelib çiqdi.

NIZONING TUĞILIŞI

Aloviddin lizing idorasiga qönğiroq qilib, vagon-uy oliş uçun sizlar bilan şartnoma tuzmaganman, nima uçun uni menga jönatdinglar deb söradi.

— Vagon-uyga tegişli   şartnomani sizga jönatdik. Uni imzolab, muhr qöyib bizga yuborasiz.

— Vagon-uyning narxi qança özi?

— Narxi yigirma beş million, foizi bilan 45 million böladi.

— Bu narxga men bu vagon-uyni ololmayman va   sizlar yuborgan şartnomani imzolay olmayman. Bunga öxşagan vagonni men şu yerning özida 500.000 sömga sotib olişim mumkin.

— Şartnomani imzolamasangiz özingizga qiyin böladi, — dedi lizing idorasi xodimi.

— Axir men sizlarga vagon-uy olaman deb aytganim yöq, sizlar ham bu haqda oğiz oçmagansizlar.

— Biz oğiz oçsak-oçmasak ham siz bizning aytganimizni quloq qoqmay bajarişingiz kerak.

Aloviddin vagon-uyni temir yöl bekatida qarovsiz qoldirib kelsa yana ğalva çiqişi mumkinligini tuşungani uçun uni ekskavator bilan birga uyiga olib ketişga majbur böldi. Ammo vagon-uyga tegişli şartnomani imzolamasdan lizing idorasiga qaytarib yubordi. Qönğiroq qilib vagon-uyni olmayman, uni boşqa odamga sotinglar deb aytdi.

Ayni mana şu vagon-uy tufayli lizing idorasi bilan Aloviddin örtasida nizo kelib çiqdi. Lizing idorasi bunday vaziyatda qanday yöl tutişi kerak edi? U vagon-uyni qaytarib olişi va boşqa xaridor topib uni mumkin qadar tezroq   sotiş çoralarini körişi yoki   biron joy topib xaridor topilgunça saqlab turişi lozim edi, hatto   vagon-uyni ehtiyot qilib vaqtinça uyingda saqlab tur, keyinroq bir çorasini toparmiz deb Aloviddinning özidan iltimos qilişi ham mumkin edi. Ana şunda   nizo öz-özidan barham topar, hamma öz işi bilan bemalol şuğullaniş imkoniyati vujudga kelar edi. Lekin “Özmeliomaşlizing” respub­likadagi katta va nufuzli, qölini qayerga uzatsa yetadigan idora bölgani uçun, bizning nazarimizda, sal pastroqqa tuşişga, u yoki bu şaxsga iltimos bilan murojaat qilsak, bunday iltimos yuksak nufuzimizga salbiy taʼsir körsatadi deb öyladilar şekilli, öziga ep körmadi. Qaytanga uşbu nizoni yanada çigallaştiradigan, çuqurlaştiradigan çora topişdi, vagon-uyni boş­­qa odamga yoki boşqa korxonaga sotiş örniga uning pulini lizing pulini tölaydigan “Qorovulbozor suv quriliş irrigatsiya” nomiga ötkazib   qöya qolişdi. Keyinçalik sud daʼvoning 2012 yil 10 sentyabrdagi 1 dona vagon-uyni yetkazib beriş böyiça tuzilgan 12/03-135-sonli lizing şartnomasini tuzilganlik holatini tan oliş talabi böyiça iş yuritişni tugatgan bölsa-da foizlar ekskavator puliga qöşib yozib borilaverdi-borilaverdi va bu foizlar beş-olti yil içida   söqimga boqiladigan buqaday semirib 87 000 000 dan oşib ketdi. “Özmeliomaşlizing” oradan beş yil   ötgaç   bu qarzni   Aloviddinning oyoğiga kişan urganday   urdi.

Aloviddin esa şu ötgan yillar davomida özi ham tinmadi, ekskavatorni ham tindirmadi. Qattiq va samarali işlagani bois lizing tomonidan ekskavatorga   belgilangan narxni öz vaqtida tölab turdi va 2017 yildayoq lizing pulining şartnomada körsatilgan 173.000.000 söm miqdoridagi lizing tölovini töliq tölab, foizlarini ham 95 foizini tölab qöydi. Öziga topşirilgan işlarni öz vaqtida sifatli bajarib turganligi uçun uning işidan tuman rahbarlari ham, unga buyurtma berişgan xöjaliklar rahbarlari ham mamnun edilar.

Lekin bu paytga kelib lizing idorasi huquqşunoslari Aloviddinga   qönğiroq qilib:

— Sizning 87.211.013 söm qarzingiz bor, şu qarzni tölab qöyişingiz kerak, — deb qayta-qayta ayta boşladilar.

— Bu pul vagon-uy bilan boğliq. Men vagon-uy uçun şartnoma tuzmaganman. Bu qarzning menga aloqasi yöq. Agar qarzim bölsa   sudga beraveringlar, — deb javob berardi Aloviddin.

“Özmeliomaşlizing” davlat lizing kompaniyasi 2017 yilda   “Qorovulbozor suv quriliş   irrigatsiya” xususiy korxonasini sud­­ga berib vagon-uy masalasini uzil-kesil hal qilişga, agar Aloviddin Murodov “Yöq, vagon-uy uçun pul tölamayman” deb   oyoq tirab turib olguday bölsa, zanjirli ekskavatorni ham, vagon-uyni ham undan oliş masalasini qöyişga qatʼiy qaror qildi.

SUD

Özbekiston savdo-sanoat palatasining Toşkent viloyat hududiy boşqarmasi “Özmeliomaşlizing” idorasi   manfaatida Buxoro viloyati Kogon tumanlararo iqtisodiy sudiga   Aloviddin Murodov rahbarlik qilayotgan “Qorovulbozor suv quriliş irrigatsiya” xususiy korxonasidan bir dona vagon-uyni yetkazib beriş böyiça tuzilgan 2012 yil 10 sentyabrdagi 12/03-135-sonli lizing şartnomasini tuzganlik holatini tan olişni, tölanmagan summalarni undirişni hamda zanjirli ekskavator va vagon-uyni texnik soz holda daʼvogarga qaytarişni sörab daʼvo ariza kiritdi.

Kogon tumanlararo iqtisodiy sudi 2017 yil 14 sentyabrda tölanmay qolingan tölovlarni tölaş, bir dona zanjirli ekskavator hamda bir dona vagon-uyni texnik soz holda daʼvogarga topşiriş töğrisida hal qiluv qarori   çiqardi.

Aloviddinning xunobi çiqdi, kayfiyati buzildi, lekin tuşkunlikka tuşmadi. “Men bu işda albatta haqman”, deb öziga-özi söz berdi va advokat yordamida yuqori sudga apellyatsiya şikoyatini yozib topşirdi.

Buxoro viloyat iqtisodiy sudi işni apellyatsiya tartibida körib Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarorini bekor qildi va   işni yangidan köriş uçun Buxoro tumanlararo sudiga yubordi.

Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi sirtdan işni körib, u ham bir dona zanjirli ekskavatorni hamda bir dona vagon-uyni “Özmeliomaşlizing” davlat aksiya­dorlik kompaniyasiga texnik soz holda qaytariş töğrisida hal qiluv qarori çiqardi. Faqat unda daʼvoning 2012 yil 10 sentyabrdagi bir dona vagon-uyni yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilganlik holatini tan oliş talabi böyiça iş yuritiş tugatildi.

Aloviddin Murodov huquqni yaxşi biladigan odam emasmi, yana yuqori sudga apellyatsiya şikoyatini yozdi.

Buxoro viloyat iqtisodiy sudi apellyatsiya instansiyasi sudi işni körişga qabul qilib oldi va birinçi sud majlisida Aloviddin   ekskavator uçun belgilangan narxni tölab qöygani, marjasini esa 95 foi­zini tölaganini, vagon-uy uçun şartnoma tuzmaganligini körsatib daʼvo arizani puçga çiqariş uçun qattiq urindi: daʼvogar vakiliga va guvohlarga işga taalluqli savollar berib, sud yönalişini özining foydasi tomonga özgartirişga jonbozlik bilan harakat qildi. Muzokarada lizing idorasi xodimlarining vagon-uy bilan boğliq “öyin­lari” haqida ehtiros bilan gapirdi:

“…birinçi instansiya sudi işni körgan kunda lizing tölovlarini men ortiği bilan tölab qöydim,   vagon-uy uçun şartnoma tuzmaganman, vagon-uy uçun sudga taqdim qilingan şartnomadagi imzo va muhr qalbaki, çunki unga zanjirli ekskavator uçun tuzilgan şartnomadan nusxa köçirib qöyilgan xolos. Sababi lizing şartnomasi böyiça oldindan tölov şartnomasi qilinmasa, lizing obʼyekti berilmaydi, vagon-uy uçun esa şartnoma tuzilmagan va heç qanday tölov amalga oşirilmagan…”

Apellyatsiya instansiyasi sudi   işni atrof­liça körib çiqdi va   vagon-uyni lizing idorasiga qaytariş, zanjirli ekskavatorni javobgarning özida qoldiriş töğrisida qaror çiqardi.

Aloviddin Murodov esa özining haqligini sudda isbotlab bera olganidan xursand edi.

Suddan keyin “Özmeliomaşlizing” davlat kompaniyasi vagon-uyni olib ketdi. Biroq vagon-uyning bahosi böyiça Aloviddinning lizing töloviga qarz sifatida kiritilgan pul miqdori çiqarib taşlanmadi.

EKSKAVATOR QINĞIR YÖL BILAN QANDAY EGALLAB OLINDI?

2018 yil dekabrda Aloviddinning oldiga köp yillar birga işlab juda qadrdonlaşib ketgan şofirkonlik tanişi   Otabek keldi.

— Aloviddin, lizing tölovlaridan qutulayin deb   tinim bilmay işlading, keyin Buxorodagi sudlarda ham adolatni yuzaga çiqaraman deb rosa urinding, şularning hammasi seni qattiq çarçatdi, töğrimi?

— Ha, şunday.

— Agar şunday bölsa, sen biroz dam ol, davolanib soğliğingni yaxşila. Bilasan, mening “Otabek-Töra” degan firmam bor, xöp desang şartnoma tuzamiz-da sen xiyla özingga kelguningça   ekskavatoringni men bir neça oy işlatay, buning uçun senga esa har oy ön beş milliondan ijara puli berib turaman.

Bu paytga kelib Aloviddin haqiqatdan   ham ruhiy, ham jismoniy çarçab, ança holdan toygani uçun Otabekning taklifi juda   maʼqul tuşdi. Lekin uning taklifi ortida   bir şumlik yaşiringanini u öşa paytda tuşunmadi. Axir qadrdon oğaynisi dilidagi   qinğir rejasini unga ğamxörlik qilganday şirin sözlarga örab, özini qöy oğzidan çöp olmaydigan odam qilib körsatganidan keyin u, faqat işni biladigan, işonuvçan Aloviddin buni qayoqdan ham bilsin?..

IŞONMAGIN DÖSTINGGA…

Endi sözni yana Aloviddinga beramiz:

— Otabek ekskavatorni, mendan olib, özining   qadrdoni “Maxsus Gidro inşoot” MÇJ rahbari Q.Vohidovga beriş   haqida oldindan kelişib qöyganini, Q.Vohidov esa öz navbatida lizing idorasiga borib, vagon-uy uçun Aloviddin tölamagan pulni mana men tölab beraman, faqat sizlar ekskavatorni mening nomimga rasmiylaştirib berasizlar deb taklif qilganligini men keyin, ança keyin bildim. Uning lizing idorasiga borişi bejiz emas. Hozirgi payt­­da ekskavatorning narxi juda kötarilib 170.000 AQŞ dollariga teng bölib qolgan. Uni sömga çaqsangiz bir milliard yetti yuz million sömdan oşadi. Şunça pulga texnika sotib olgandan köra 87.000.000 sömga menga tegişli ekskavatorni olsa suv tekinga olganday böladi-da. Sudda yutqazib alamzada bölgan lizing idorasidagilar uning taklifini jon-jon deb qabul qilişgan bölsalar kerak.

Ekskavator Aloviddinda, uni qanday olamiz degan masala kötarilganda, Vohidov men bu masalani xamirdan qil suğurganday oson hal qilaman deb vaʼda bergan çiqadi. U rejasini Otabekka aytib bir yölini topib ekskavatorni Aloviddindan ol, men Toşkentdan ekskavator uçun ulgurji iş topib qöyganman, ekskavatorni Toşkentga olib kelib   menga berasan, ekskavatorni men özimga olaman deganidan söng Otabek   mening oldimga borgan bölsa kerak. Ota-bobolarimiz “Işonmagin döstingga, somon tiqar pöstingga” deb Otabekka öxşagan “döst”larni közda tutgan bölsa kerak…

Xullas, Otabek yolğon-yaşiq gaplar bilan Aloviddinni işontirdi va ikkalasi te­gişli tartibda şartnoma tuzib imzo va muhr qöyişganlaridan söng ekskavatorni Otabekga berdi. Keyin u ekskavatorni Vohidovga topşirdi. Biroq u Aloviddinga özi taklif qilgan va şartnomada har oyda ön beş milliondan berib turaman degan vaʼdasini turli vaj-karsonlarni rökaç qilib   bajarmadi.

Oradan bir neça oy ötdi. Har oyda beriladigan ön beş milliondan darak bölavermagaç, Aloviddinning özi Otabekni topib uçraşdi.

— Har oy ön beş milliondan pul berib turaman deb aytuvding, bir neça oy ötib ketdi bir söm ham bermading-ku?

— Berardim, lekin ekskavator buzilib qolgan edi, pulni ehtiyot qismga va taʼmirlovçilarga berişimga töğri keldi.

— Ekskavator qayerda?

— Ekskavator menda emas, Vohidovda!

— Qaysi Vohidovda?

— Vohidov ekskavatorning hozirgi egasi. Lizing idorasi ekskavatorni uning nomiga rasmiylaştirib bergani uçun uni mendan olib qöydi.

Bu örinda yana şuni aytiş kerakki, keyinçalik vaziyat keskinlaşib, iş sudga borişga taqalib qolganda Otabek Aloviddinning oldiga borganidan ham, “Otabek-Töra” va “Qorovulbozor suv quriliş irrigatsiya” xususiy korxonalari örtasida tuzilgan şartnomadan ham, ekskavatorni olib ketganidan ham tondi.

Q.Vohidov esa lizing idorasiga Aloviddin vagon-uy uçun tölaşdan boş tortgan 87 million sömni lizing idorasining bankdagi hisob raqamiga ötkazib berdi. Lizing idorasi bunga javoban “Aloviddin Murodovdan “Roziman” degan qoğozga qöl qöydirib kelsang unga tegişli   ekskavatorni sizning nomingizga rasmiylaştirib beramiz”, deb vaʼda berişdi.

Vohidov öziga qaraşli bir neça kişini işga solib, bir qator tuhmatlardan iborat ayblarni töqib çiqardi va Aloviddin töqib çiqarilgan ayblar masalasi tergovda va sudda oydinlaşgunça ança vaqt ötdi.

— Men Vohidovning oldiga borgan edim, u ekskavatorni menga   “Özmeliomaşlizing” davlat lizing kompaniyasi nomimga ötkazib berdi, endi men ekskavator egasiman, dedi va uyidan 2019 yil 26 iyuldagi “Huquq va majburiyatlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisida”gi şartnomani olib çiqdi. Unda ekskavator “Maxsus Gidro inşoot” MÇJ ga ötkazilganligi, bu firmaning rahbari Q.Vohidov   ekanligi oçiq-oydin yozib qö­yilgan edi. Men bölmagan paytim Q.Vohidov uyimizga borganini va otam Temur Murodovni aldab oq   qoğozga qöl qöydirib, muhr bostirib olganini keyin eşitdim. Lizing idorasi şu qoğozdan foydalanib 2019 yil 26 iyulda “Huquq va majburiyatlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisida”gi şartnomani tuzişgan va menga tegişli ekskavatorni Q.Vohidovning “Maxsus Gidro inşoot” MÇJsiga ötkazib berişibdi, — deydi A.Murodov.

Xullas, Aloviddin Murodov yana boşi berk köçaga kirib qolgandi. U öylab-öylab “Özmeliomaşlizing” davlat lizing kompaniyasini va “Maxsus Gidro inşoot” MÇJni sudga berişga ahd qildi.

Daʼvogar Özbekiston savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boşqarmasi “Qorovulbozor suv quriliş” xususiy korxonasi manfaatida Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga 2021 yil 22 sentyabrda javobgarlar “Özmeliomaşlizing”   va “Maxsus Gidro inşoot” MÇJga nisbatan 2019 yil 26 iyuldagi “Huquq va majburiyatlarni boş­­qa şaxsga ötkaziş töğrisida”gi şartnomani haqiqiy emas deb topiş haqida   daʼvo ariza taqdim qildi.

Sud 2021 yil 29 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Qorovulbozor suv quriliş” xususiy korxonasi, “Özmeliomaşlizing” davlat unitar korxonasi va “Maxsus Gidro inşoot” masʼuliyati çeklangan jamiyati örtasida 2019 yil 26 iyulda tuzilgan “Huquq va majburiyatlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisida”gi şartnomani haqiqiy emas, deb topdi…

Bizda Aloviddinga tegişli ekskavatorni Q.Vohidovga ötkazib bergan   lizing idorasiga bir neça savollarimiz bor:

Lizing idorasiga ekskavator uçun 186. 000.000 dan ortiq pul tölab lizing qarzidan töla qutulgan va 95 foiz marjasini ham tölagan, bugun bölmasa ertaga ekskavatorga egalik huquqini rasmiylaştirib olişi mumkin bölgan Aloviddinning mulkini 87 000.000 evaziga boşqa birovga berib yuboriş uçun lizing idorasi rahbarlarida tegişli vakolati bor edimi? Agar vakolati bölsa nima uçun ekskavator töğridan-töğri boşqa şaxsga emas aynan Vohidovga berildi? Buxoro viloyat iqtisodiy sudi apellyatsiya instansiyasi sudining 2018 yil 13 iyundagi qarori kuçida turgan bir payt­­da lizing idorasi rahbarlari nima uçun sud qaroriga qarşi harakat qilişdi? Nima sababdan ekskavator uçun lizing pulni töla tölab qöygan Aloviddinning öziga ekskavator boşqa şaxsning egaligiga ötkazilayotgani haqida xabar bermadi?

* * *

Mana, körganingizdek, aslida Aloviddinning ekskavatorida heç qanday sehr yöq. Lekin ekskavatorni boş­­qa kişiga ötkazib berişda aldov, qitmirlik, tuhmat, öç oliş kabi salbiy holatlar bor ekanligi oydinlaşadi.

Bir qança yillar davomida ana şu sansalorlik, aldov, firib tufayli tadbirkor öz mulkini qölga kiritolmay xalak. Albatta, bunda uning ham qisman aybi bor. Bizningça, asosiy “aybi” işonuvçanligida bölsa kerak.

Yana inson huquqi, mulkiy huquq haqida köp gapiramiz. Bu gaplar qaçonki amalda böy körsatgandagina gözaldir. Şunday ekan, Aloviddinning muammosi albatta, ijobiy hal böladi deb umid qilamiz.

Şohrux AKBAROV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan