Şaʼnu eʼzoz – köngildan

Siz bilan biz umrguzaronlik qilayotgan jamiyatimizning muayyan jabha-jarayonlarida yoki öz şaxsiy hayotida biron favqulodda köngilsiz voqelik sodir bölganidan keyin zamondoşlarimiz orasida “Buni könglim sezgandi” qabilidagi ruhoniy keçinmalar, baʼzan esa “Könglim nimagadir bezovta-da, falonçidan xavotirim bor, unga biron kor-hol bölmadimikan?!” degan yozğirişlar quloqqa çalinib qoladi.

Ha, ular valiylik qilayotgani yöq. Balki bu xislat ota-bobolaridan ötgan bölsa, ne ajab. Xöş, odam bolasi tanidagi bu sezgir aʼzo qanday işlaydi? U qanday qilib, kutilmagan hodisot(lar)ni oldindan sezadi? Aminmanki, bu savollarga biologiyadan javob topiş muşkul. Tasavvufda esa köngil – qalb va dil maʼnosida ham keladi. Köproq işqu muhabbat tuyğularini ifoda qiladi hamda nozik sirlar mazhari sanaladi. Şunga köra, Yaratgan nuri jamolini körsatadigan közgu sifatida keng tarannum etiladi. Şuning uçun bölsa kerakki, maşhur şayx Jaloliddin Rumiy hazratlari köngilni Kaʼbadan ham ustun qöyadi: Kaʼbani –   Ibrohim alayhissalom, köngilni esa Ollo taolo bunyod etgan, deydi.

Söfiylar nazdida, köngil sezuvçi yo gapiruvçi bölişi uçun jiddu jahd qilmoq kerak. Şu maʼnoda, Hofiz Şeroziyning bir baytida “Dili işq bilan tirik bölgan kişi heç qaçon ölmaydi, olam röznomasiga bizning doimiy işqimiz şunday deb yozilgan”, deyilişida mubolağa yöq. Zero, muqaddas islom dinimizda bu hol inkor etilmaydi, balki rağbatlantiriladi.

Köngilning obodlik manbai ekanligi hazrat Alişer Navoiy nazaridan ham çetda qolmagan:

Sufiyi aql savmasin şukrkim buzub,

Dorulfanoyi işqda xammormen yana.

Oğzim qurub, damim tutulib, sekridim, ne tong,

Kim telba çobukumga jilavdormen yana.

Aql itti, huş ketti, köngil kuydi, çiqti jon,

Şukr et, Navoiyoki, sabukbormen yana.

Tasavvufdagi “Köngil nazargohi Haq” degan taʼrif yoinki “Yer-osmonga siğmadim, möminning qalbiga siğdim”, degan hadisi qudsiylar oddiy jonzod – inson könglining ilohiyligi va imkoniyatlarining çeksizligini yaqqol ifoda etadi. Şuningdek, söfiylar qalbning yetti tabaqotidan törtinçisini fuod deb ataşgan. Bu – köngilning muşohada mas­kani, degan maʼnoni anglatadi.

Şunday ekan, könglimizni muşohadakor aylasak, öz oldimizga qöygan yaratiş – barpo etiş işqidagi ezgu murod-maqsadlarga talafotsiz yetamiz, inşoolloh. Mana, xalqimiz mömin-musulmonlar uçun oylarning sayyidi va eng fazilatlisi bölmiş Ramazonni nihoyatda kötarinki ruhda yaxşi tayyorgarlik bilan kutib olmoqda. Çunki Ramazon oyining fazilatlari bisyor. Avvalo, islomning boş manbai – Qurʼoni karim şu oyda nozil bölgan. Va bu oyda islom tarixida juda köp olamşumul voqealar sodir bölganligi boisidan ham, butun dunyo musulmonlari uşbu tabarruk oyni solih amallar va Ollo taolo roziligi yölidagi toat-ibodatlar bilan ötkazişadi. Ayni haqiqat şundaki, röza ibodati orqali odam bolasi özini öqqa-çöqqa otayotgan baloi bad – tiyiqsiz nafsini tarbiyalaşga muvaffaq böladi va komil xulqlarga ega böladi – köngilda çinakam obodlik boşlanadi. Ilohim, bu obodlik barkamol va bardavom bölsin, deymiz.

Safar OLLOYOR,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

masʼul xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan