Yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyğusi (Mediaforum: tajriba va mahorat maktabi)

Mamlakatimizda sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlar samarasi matbuot va ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham yaqqol közga taşlanmoqda. Joriy yilning 25-30 mart kunlari Navoiy viloyatida ötkazilgan “Milliy jurnalistika: anʼanalar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusidagi

I respublika mediaforumida Yangi Özbekiston mediamakonida milliy jurnalistika anʼanalari va zamonaviylik tamoyillarini uyğunlaştiriş muhokama markazida böldi. Anjumanda bugun ommaviy axborot vositalari oldida turgan dolzarb vazifalar, yeçimini kutayotgan masalalarga yangiça yondaşuv, jurnalistika sohasida töplangan tajriba va davr talablari xususida atrofliça fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur mediaforumda davlatimiz rahbarining 2021 yil 26 iyunda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga yöllagan tabrigida jurnalistlarning malakasini oşiriş, ularning ijodiy salohiyatini yuksaltiriş, taj­riba almaşinuvini yölga qöyiş maqsadida hududlarda mintaqaviy seminarlar, davra suhbatlari, uçraşuvlar taşkil etiş böyiça Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi oldiga qöyilgan vazifalar ijrosi doirasida taşkil etildi.

Darhaqiqat, keyingi beş yilda milliy jurnalistikamizda röy bergan özgariş va yangilanişlarni ilgari tasavvur etib ham bölmasdi. Ayni paytda soha va uning vakillariga keng erkinliklar berilişi jurnalistlarda zamon bilan hamnafas böliş, bir qadam oldinda yuriş hissi va masʼuliyatini oşirdi. Davlatimiz rahbarining şaxsan qöllab-quvvatlaşi OAV vakillariga kuç-quvvat va ilhom manbai bölib kelmoqda.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, Navoiyda viloyati hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida “Milliy jurnalistika: anʼanalar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusidagi I respublika mediaforumida Qoraqalpoğis­ton Respublikasi, Toşkent şahri, viloyatlardan 102 nafar OAV vakili iştirok etdi va televideniye, radio, matbuot va internet naşrlari töliq qamrab olindi. Taʼkidlaş joizki, şu paytgaça Uyuşma tomonidan bunday keng kölamli mediaforum ötkazilmagandi.

Darvoqe, nufuzli anjuman uçun buyuk mutafakkir nomi bilan ataluvçi viloyat tanlanganining öziyoq barçamizni tölqinlantirib, qalbimizga çeksiz ğurur, faxr-iftixor bağişlaydi. Qolaversa, Navoiy viloyati mamlakatimizda nafaqat hududiy jihatdan, balki iqtisodiy salohiyati böyiça ham eng yirik viloyatlardan biri hisoblanadi.

Beş kun davom etgan mediaforum iştirokçilari viloyatda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, yirik işlab çiqariş obʼyektlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega bölişdi.

Xususan, Navoiy maşinasozlik, 7-gidrometallurgiya zavodlaridagi işlab çiqariş jarayonlari hamda mazkur sanoat klasterlaridagi eng zamonaviy texnika va qurilmalar jurnalistlarda katta qiziqiş uyğotdi.   Işçi-xodimlar, mutaxassislar bilan muloqotda bölib, bugungi kun qahramonlarini kaşf etişdi.

Dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri — “Muruntov” koni, oçiği, jurnalistlarni hayratga soldi. Mazkur kon oltin zaxirasi böyiça XX asr möʼjizasi sifatida tan olingan. Bugungi kunda uzunligi 4,3 kilometr, kengligi 3,2 kilometr, çuqurligi 650 metrni taşkil etuvçi konning tepasida turib kuzatiş forum iştirokçilariga bağişlagan taassurotlar haqida uzoq gapiriş mumkin.

Iqtisodiy salohiyati yuksak hudud sanalgan Navoiy viloyatida madaniy-maʼrifiy masalalarga, ayniqsa, ommaviy axborot vositalari ravnaqiga alohida eʼtibor qaratilayotgani eʼtirofga molik. Bugun viloyatda 32 ta bosma naşr, xususan, 30 ta gazeta, 2 ta jurnal, 1 ta televideniye va radio hamda 10 ga yaqin internet saytlar va telegram kanallari faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, 34 ta korxona, taşkilot, muassasalarning axborot xizmatlari faoliyati samarali yölga qöyilgan.

Mediaforum doirasida ötkazilgan tadbirlarda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, Senator Quvondiq Sanaqulov, viloyatdagi boşqarma va korxonalar masʼullari iştirok etgani mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan media sohasi vakillariga, jurnalistlarga yanada kötarinki ruh bağişladi.

Mediaforum iştirokçilari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tarkibidagi “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysida salomatligini mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş hamda bir-biri bilan ijodiy muloqot qiliş, şuningdek, sport musobaqalarida bellaşiş imkoniga ham ega bölişdi.

Har jihatdan yuksak saviyada taşkil etilgan uşbu mediaforumda Özbekiston Res­publikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, uyuşmaning Samarqand viloyati bölimi raisi Farmon Toşev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, taniqli jurnalist Rasul Kuşerboyev, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, ÖzEOAVMA Boşqaruvi raisi Şerzodxon Qudratxöja, Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktorining birinçi örinbosari Sobir Şukurov, “Xalq sözi” gazetasi boş muharriri örinbosari Şuhrat Jabborov, “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri Ahmadjon Meliboyev, “Ishonch”—“Ishonch-Doveriye” gazetalari boş muharriri Husan Ermatov, “Qişloq hayo­­ti” gazetasi boş muharriri Çori Latipov, “XXI asr” gazetasi boş muharriri Norqobil Jalilov, “Hurriyat” gazetasi boş muharriri Abdurasul Jumaqulov, Özbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti professori Muhammadjon Quronov singari el tanigan ijodkorlar soha istiqboliga oid dolzarb mavzulardagi maʼruzalari bilan iştirok etdi.

Navoiy viloyati nafaqat iqtisodiy salohiyati, balki köplab tarixiy qadamjolari bilan ham odamlarni öziga jalb etadi. Mediaforum dasturiga köra, OAV vakillari Karmana tumanidagi Mavlono Orif Deggaroniy masjidi hamda Qosimşayx Azizon meʼmoriy majmuasini ziyorat qilişdi, uşbu qadamjolarning yurtimiz tarixida tutgan muhim örni xususida yanada kengroq maʼlumotlarga ega bölişdi.

Davlatimiz rahbarining eʼtiborida bölgan yana bir hudud — Nurota tumani va “Çaşma” majmuasiga uyuştirilgan sayohat hamda mazkur hududning keyingi yillarda tubdan özgarayotgani forum qatnaşçilarida katta taassurot qoldirdi.

Forum doirasidagi tadbirlar markaziy va hududiy davlat va nodavlat OAV, xususan, “Özbekiston-24”, “Mening yurtim” va boşqa teleradiokanallarda, “Yangi Özbekiston”, “Xalq sözi”, “XXI asr”, “Işonç”, “Qişloq hayoti”, “Hurriyat”   kabi markaziy gazetalarda,   “Uza.uz”, “Daryo.uz”, “Kun.uz” singari katta auditoriyali internet naşrlari hamda “Facebook”, “Telegram” kabi ijtimoiy tarmoq sahifalarida keng yoritildi. Eʼtiborli jihati, mediaforum bilan boğliq materiallar bir qança xorij ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilindi.

Mediaforum yakuni böyiça Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, Navoiy viloyati hokimligi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ örtasida hamkorlik memorandumi imzolanişiga erişildi. Şundan kelib çiqib aytiş mumkinki, Navoiy viloyatida ötkazilayotgan respublika mediaforumi anʼanaviylik kasb etib, endilikda har yili ikki marotaba — bahor va kuzda ötkaziladigan böldi.

Bunday anjumanlar hududlarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan OAV vakillarini yaqindan taniştiriş, jurnalistlarning nazariy bilim va mahoratini oşiriş, bugungi globallaşuv va axborotlaşgan jamiyat şaroitida jurnalistlar oldiga qöyilayotgan talablar va tamoyillardan voqif böliş, özaro tajriba almaşiş imkoniyatini beradi. Ularni bir ezgu maqsad yölida jipslaştiradi.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 24 mart kuni poytaxtimizda birinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumining oçiliş marosimidagi nutqida ommaviy axborot vositalarini “törtinçi hokimiyat”ga aylantiriş, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oşiriş borasida sezilarli natijalarga erişilganligini taʼkidladi.

Biz işonç bilan aytamiz: jurnalistlar berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, jonajon Özbekistonimiz buguni, ertasi va yoruğ kelajagi uçun sidqidildan xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyğusini qalblariga jo etib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik işlari, odamlar ongidagi ijobiy özgarişlarni keng yoritadi, Özbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan joy olişi uçun yuksak maqsadlarni közlab istiqbol sari intilayotganini dunyo ahliga ham namoyon etadi.

Inson qadri uluğlangan yurtimizda jurnalistlar yakdil va hamfikr bölib, ezgu maqsad yölida Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşadi, matbuot tom maʼnoda jamiyat közgusiga aylanadi.

Olimjon ÖSAROV,

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi raisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan