Oliy taʼlimning istiqbolli qadamlari
yoki tizimni yangi sifat bosqiçiga kötariş, zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallagan har tomonlama yetuk avlodni yetiştiriş borasidagi muhim vazifalar xususida
Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Yangi Özbekiston strategiyasi” kitobida taʼlim-tarbiya masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, uşbu mukammal asarning “Adolatli ijtimoiy siyosat” deb nomlangan bobidan örin olgan “Taʼlim va tarbiya: yangi imkoniyatlar” sarlavhali maqolada keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettiriş, yangi Özbekistonni yaratiş maqsadida jamiki sohalar qatori taʼlim tizimida ham tub islohotlar olib borilayotgani, bu borada önlab muhim farmon, qaror, konsepsiyalar va dasturlar qabul qilingani tilga olinadi. “Yaqinda qabul qilingan “Taʼlim töğrisida”gi qonun uşbu soha taraqqiyotida, heç şubhasiz, yangi ufqlarni oçib beradi”,—deydi Prezidentimiz.
Darhaqiqat, Yurtboşimiz asarida taʼkidlanganidek, taʼlim va tarbiya avvalo, beşikdan boşlanadi, degan hikmat bejiz aytilmagan. Xalqimiz esa hamişa ustozlarni eʼzozlab, ularning hurmat-izzatini joyiga qöyib kelgan.
Ammo Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “köp yillar davomida öqituvçiga eʼtibor borasida sözimiz boşqa, işimiz boşqa bölib keldi. Oqibatda soha xodimlari göyoki keraksiz va himoyasiz qatlamga aylanib qoldi. Bunday nojöya işlar nafaqat taʼlim sifatiga, balki soha xodimlarining öz kasbiga bölgan munosabatiga ham salbiy taʼsir körsatdi. Qançadan-qança tajribali öqituvçilar dili oğrib, sevgan kasbini noiloj taşlab ketganini ham bilamiz.”
Bu aççiq haqiqatlar nafaqat örta-maxsus taʼlim, balki oliy taʼlimga, ilm-fan bilan maşğul bölgan barça tizimlarga ham taalluqli edi. Çunki turli haşarlar, köçalarni tozalaşdan tortib, paxta yiğim-terimiga oid bir neça oylar davom etadigan majburiy haşarlar bilan nafaqat talaba-yoşlar, balki har bir oliy taʼlim dargohining rahbarlaridan tortib, öqituvçilari, butun jamoasi band bölar edi.
Öqituvçi-pedagoglarga tölanadigan iş haqi — maoşlarniku gapirmasa ham bölardi. Bugun esa bari boşqaça.
Bunday ahvolni bugun hatto ongimiz ham qabul qilmay qoldi. Çunki şaxsan muhtaram Prezidentimizning taşabbusi va saʼy-harakati bilan taʼlim sohasi, jumladan, oliy taʼlim sohasida misli körilmagan yangi bosqiçga qadam qöyildi.
Mamlakatimizda yangi oliy taʼlim muassasalari, jumladan, xorijiy universitet va institutlarning filiallari taşkil etilib, ularning soni 200 tadan oşirildi.
Mamlakatimizda oliy taʼlimning ahamiyati ortib borayotgani va unga qöyilayotgan yangi talablar esa oliy taʼlim muassasalarining öz faoliyati strategiyasini qayta körib çiqiş zaruratini tuğdirmoqda. Oliy taʼlim muassasasini rivojlantirişning yangi doktrinasida asosiy rollardan birini ularning inson kapitali egallaydi, bu esa xodimlar, doktorantlar va talabalarning bilim, könikma va ijodiy qobiliyatlarini öz içiga oladi. Taklif etilayotgan yondaşuv inson kapitalini boşqarişni oliy taʼlim muassasasining innovatsion rivojlanişining umumiy strategiyasiga kiritiş imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmaning yangi turiga — postindustrial yoki axborot jamiyatiga ötiş bilan tavsiflanadi, bunda yuqori maʼlumotli va ijodkor inson şaxsining roli katta, yaʼni yangi bilimlarni yaratiş, ularga bölgan talab beqiyos ortadi. Taʼlim darajasi, ijodkorlik va motivatsiya har bir şaxs, taşkilot va umuman jamiyatning kapitaliga aylandi. Taʼlim va ilmiy xizmatlarning jahon bozori jadal rivojlanmoqda, bunda oliy taʼlim muassasalari yetakçi iştirokçilar bölib qolmoqda, şu bilan birga ularning roli va iş şaroitlari doimiy ravişda murakkablaşib bormoqda. Rasmiy ravişda notijorat taşkilotlari maqomini saqlab qolgan taʼlim muassasalari moliyaviy resurslar uçun raqobatlaşişga, öz faoliyatini diversifikatsiya qilişga va tijorat kompaniyalari sifatida amalda işlaydigan öquv, ilmiy va innovatsion majmualarga aylanişga majbur. Dunyoda va mamlakatimizda oliy taʼlimning ahamiyati ortib borayotgani va unga qöyilayotgan yangi talablar oliy taʼlim muassasalarning öz faoliyati strategiyasini yanada rivojlantiriş zaruratini tuğdirmoqda. Aynan şu masalalarni özi içiga olgan holda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yil 24 dekabrida ikkita muhim qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlar oliy taʼlim tizimini va har bir rektorni yangi tadbirkorlik tipidagi oliy taʼlim muassasalarning konseptual modellari (“javobgar”, “loyihaga yönaltirilgan”, “innovatsion”, “tarmoq”, “virtual” oliy taʼlim muassasa va boşqalar) qöllagan holda oliy taʼlim muassasa öqituvçilari va xodimlarini tijorat muvaffaqiyatiga yönaltiradi, yangi resurslarni izlaşga, yangi bozorlarga kiriş vazifasini qöymoqda.
Oliy taʼlim muassasalarning innovatsion faoliyatiga taʼsir etuvçi asosiy omillarga quyidagi omillar kiradi:
– turli davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan ularning faoliyatini normativ jihatdan tartibga soliş va nazorat qiliş;
– turli manbalardan moliyalaştiriş hajmlari, tarkibi va muddatlari;
– har bir oliy taʼlim muassasasida töplangan innovatsion salohiyat;
– tadqiqot mahsulotlari isteʼmolçilari (jamoat, biznes) bilan özaro hamkorlik strategiyasi;
– boşqaruvning qabul qilingan modellari va mexanizmlari, menejerlarning malakasi.
Özbekiston oliy öquv yurtlaridagi, xorijiy va yetakçi oliy taʼlim muassasalari tajribalaridan, innovatsion strategiyalar bilimlar iqtisodiyoti talablaridan kelib çiqib, oliy öquv yurtlarining örganuvçi taşkilot sifatida rivojlanişi uçun şart-şaroitlar yaratişi, xodimlarni yanada öz-özini rivojlantirişi va ularni yangi bilimlar yaratişiga undaşga qaratilgan bölişi şart. Oliy taʼlim muassasasini rivojlantirişning yangi doktrinasida ularning inson kapitali asosiy rollardan birini egallaydi, u professor-öqituvçilar tarkibi, tadqiqotçilar, oliy taʼlim muassasasi rahbariyati, maʼmuriy va taʼlim-tarbiyaviy yordam xodimlari, doktorantlar va talabalar, doktorantlarning bilim, könikma, ijodiy qobiliyatlarini öz içiga oladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi”da oliy taʼlim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy öqitiş usullarini joriy etiş, yoşlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, muhandislik-texnik taʼlim yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar uluşini oşiriş, kredit-modul tizimini joriy etiş, öquv rejalarida amaliy könikmalarni oşirişga qaratilgan mutaxassislik fanlari böyiça amaliy maşğulotlar uluşini oşiriş böyiça ham aniq vazifalar belgilab berildi.
Şubhasiz, yaşaş tarzini jumladan, mutaxassis kadrlarning şakllanişi muhitini, oliy taʼlim sifatini yaxşilaş XXI asrning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Globallaşuv şaroitida taʼlim va fan tizimini isloh qiliş köplab muammolarning yeçimini belgilovçi omil hisoblanadi va aynan şu sababli, kasbiy taʼlim sifatining yuqoriligi bilan xarakterlanadigan taʼlim modellari köpayib bormoqda.
Taʼlim masalasi jahonning köplab mamlakatlarida muhim vazifalar qatoridan örin olgan. Köpçilik davlatlarda global raqobat şaroitidagi yangi talablariga javob beruvçi, moslaşuvçan taʼlim tizimini yaratişga qaratilgan tub islohotlar amalga oşirilmoqda. Bulardan asosiy maqsad oliy öquv yurtlarining va öquv dasturlarining moslaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş bölib, ular akademik va taşkiliy tuzilmalarni isloh qiliş, infrastrukturani, taʼlim metodlari va texnologiyalarini yangilaş, pedagogik jarayonni takomillaştiriş, öqituvçilar tarkibi va faoliyat sifatini yaxşilaş orqali amalga oşirilmoqda.
Maʼlumki, iqtisodiyot rivojida ortda qoliş xavfi asosan samarali taʼlim modelini yaratmagan davlatlarga xosdir. Demak, bilimlarga asoslangan oçiq fuqarolik jamiyatini, xizmat körsatiş va işlab çiqarişga yönaltirilgan iqtisodiyotni qurişni öz oldimizga maqsad qilib qöyar ekanmiz, eng avvalo mamlakatimizdagi taʼlim tizimini faol tarzda takomillaştirib borişimiz zarur.
Bilimlar jamiyatida umr böyi taʼlim olişning asosiy maqsadiga erişiş (şaxsning ijodiy salohiyatini umr böyi boyitiş) faqat klasterli yondaşuv şaroitida mumkin. Taʼlimni rivojlantirişning hozirgi tendensiyalari taʼlim xizmatlari bozorini tartibga solişning ilğor uslublarini işlab çiqişni talab qiladi. Taʼlim sifati muammosini dolzarbligining içki sabablari — bu innovatsion yuksaliş, menejmentni hududiylaştiriş, taʼlimni tijoratlaştiriş, uni mintaqalaştiriş va demokratlaştiriş orqali qöşimça ravişda taʼlimga ijobiy taʼsir körsatadi. Taʼlimni tabaqalaştiriş va individuallaştiriş integratsion jarayonlarning zaruriy şarti bölib, ulardan biri taʼlim klasterlarining şakllanişi va rivojlanişi hisoblanadi.
Albatta, bugungi kunda taʼlim xizmatlari konʼyukturasi bozori bilan mehnat bozori konʼyukturasi töliq mos keladi deyiş qiyin. Bu taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasi tizimni takomillaştiruvçi yangi mexanizmni yaratişni taqozo etadi. Şunga köra Özbekiston şaroitida taʼlim sifati bilan boğliq amalga oşirilayotgan çuqur özgarişlar eng avvalo, taʼlim tizimi bilan bir qatorda sanoat işlab çiqarişni rivojlantirişda ham öz aksini topmoqda. Bu örinda işlab çiqariş korxonalari va taʼlim muassasalari örtasida özaro boğliqlik hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlaş sifatini oşirişda xorijiy hamkorliklarni oşiriş uçun çet tillarni öqitiş muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlanmoqda va bu Özbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida ham öz aksini topgan.
XXI asr fan va yuqori texnologiyalarning şakllaniş davridir. Hozirgi vaqtda raqobatbardoş jamiyatni barpo etiş va hayotiy farovonlikni şakllantiriş köp jihatdan ilmiy tadqiqot va innovatson işlanmalar körsatkiçi va holatiga boğliqdir. Bu örinda şuni qayd etiş joizki, fan, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişni belgilab beradi.
Tabiiyki, bunda qator savollar paydo böladi: taʼlim, fan va işlab çiqariş integratsiyasini qanday amalga oşiriş mumkin va uning samaradorligi qanaqa böladi? Taʼlim va fan örtasidagi hamkorlikni yölga qöyiş va uni işlab çiqariş hamda oliy taʼlim bilan integratsiyasining algoritmi qanaqa? Işlab çiqariş jarayonini ilmiy jarayonning ajralmas bölagi sifatida taşkil qiliş mumkinmi? Kreativ taʼlimni özi nima?
Soha manbalari asosida şuni qayd etiş mumkinki, mamlakatni rivojlantiriş bilan boğliq holda fan, taʼlim va işlab çiqariş örtasidagi aloqani taşkil etiş va boşqarişni tahlil qiliş mexanizmi, nazorat va baholaş imkoniyatlari bölgan. Oliy taʼlim tizimida esa öquv va işlab çiqariş amaliyotini boğliqligini örganiş, zamonaviy ilmiy bilimlarni qöllaş, hamda ilmiy va amaliy metodlar asosida iş jarayonini taşkil qiliş uçun har bir mutaxassislik böyiça maʼlum fanlar kompleksi tanlangan.
XX asrning ikkinçi yarmidan boşlab fan va texnikaning gurkirab rivojlanişi bilan axborot oqimining şiddatli ösişi kuzatila boşlandi. Oliy taʼlim tizimida esa bilim oliş hajmi va öqitiladigan fanlarning soni taʼlim mazmuni hamda öqitiş metodlarining takomillaşib borişiga nisbatan keskin ortib bordi. Taʼlimni ekstensiv rivojlantiriş resurslari yöqolib, oliy taʼlimda intensiv tarzda öqitiş texnologiyalarini yaratiş muammolari yuzaga kela boşladi. Odamlarning hayot tarzi juda tez özgardi, yangi madaniy kommunikativ şaroitlar şakllandi, odamlar va ijtimoiy institutlar örtasida yangi dunyoqaraş hamda muammolar yuzaga kela boşladi. Fan, boşqariş madaniyati, mutaxassislik kabi ğoyalar bilan aralaşib ketdi. Natijada özining madaniy kommunikatsiyasi va nufuziga ega bölgan anʼanaviy ilmiy maktablar va oliy taʼlim jamiyat, professor-öqituvçilar, ota-onalar va talabalarning özini ham qoniqtirmay qöydi. Taʼlim tizimida öziga xos tarzda inqiroz paydo böldiki, bu taʼlimdagi klassik ğoyalar va taʼlim modeli inqirozi böldi. Bu inqiroz taʼlim jarayonini jamiyat hayot tarzining özgarişi bilan taʼlim tizimi, uning maqsadi, mazmuni va öqitiş texnologiyalari örtasidagi uzilişni yuzaga keltirdi. Fanda jiddiy inqiroz yuzaga keldi. Fan, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasi boşqaruvi tuzilmasi özgardi. Bozor iqtisodiyotiga ötiş tuzilmasi fan-taʼlim tuzilmasini bozor iqtisodiyoti asosida taşkil etiş iqtisodiyotni ösişini taʼminlovçi tizimni şakllantira olmadi. Innovatsion rivojlaniş stagnatsiyasining yuzaga kelişi köpgina davlatlar boşqaruvi oldiga taʼlim jarayonini isloh qilişning optimal modelini işlab çiqiş vazifasini qöydi. Bunda innovatsion iqtisodiyot talablariga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlaş muammosi eng asosiy vazifa sifatida joy oldi.
Fan va taʼlim integratsiyasi tizimidagi özgarişlarni hamda yuqori malakali, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş tizimi bilan boğliq holda xorijiy tilni öqitişda tizimli yondaşuv mexanizmlarini yaratiş muhim ahamiyatga egadir.
Rivojlanişning klasterli modeli köpgina davlatlar siyosatida öz örnini topgan, yaʼni uşbu jarayon köpgina rivojlangan davlatlarning taʼlim tizimida alohida ahamiyatga egadir. Misol uçun, Amerika Qöşma Ştatlari klasterlari va klaster siyosati nazariyasi amaliy faoliyat tadqiqotlariga yönaltirilgan. Raqobatbardoşlikni oşirişga qaratilgan Buyuk Britaniyaning yondaşuvi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar örtasidagi qiymat zanjiri va mahalliy klasterlarni rivojlantirişga köproq eʼtibor qaratadi. Skandinaviya maktabi bir neçta konsepsiyalarni, xususan milliy mintaqaviy innovatsion tizimlarni va mintaqalar uçun iqtisodiy iqtisodiyotni rivojlantiriş bilan maşhur hisoblanadi. Uçala nazariya ham, mamlakat va mintaqaning raqobatbardoşligining asosiy mezonlarini aniq taʼriflamaydi, ammo mehnat unumdorligi, eksportdagi uluş, umumiy bandlik, menejment va taʼlim sifati kabi körsatkiçlarni taʼkidlaydi. Şuningdek, köpgina davlatlarda ham klasterli yondaşuvlarga asoslangan mintaqaviy ahamiyatga ega ekanligini eʼtiborga olgan holda, bunga alohida eʼtibor berilişi bayon etiladi. Ayrim tadqiqotçilar guruhining xulosasiga köra esa klasterli yondaşuvlarga asoslangan faoliyatning milliy ahamiyatga ega ekanligi eʼtirof etiladi. Bundan şunday xulosaga keliş mumkinki, Özbekiston şaroitida klasterli yondaşuvlarga asoslangan faoliyat yetarli emas. Ayniqsa, klasterli yondaşuvlarga asoslangan taʼlim tizimining yölga qöyilişi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanişning muhim omili bölib xizmat qilişi mumkin. Şunga öxşaş holat, yaʼni klasterli yondaşuvlarga asoslangan faoliyat Avstriya, Daniya, Ispaniyada ham maʼlum bir mintaqada şakllangan.
Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanişini ilm-fansiz tasavvur qiliş qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar özlaştiriladi va nazariyalar şakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion işlanmalar uçun mustahkam asos yaratiladi.
Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etiş uçun yangi zamonaviy tajriba-işlab çiqariş, konstruktorlik-texnologik taşkilotlar hamda innovatsiya markazlarini taşkil etiş zarur. Marketing va litsenziyalaş xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etişda yaqqol sezilmoqda.
Fan, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini yanada takomillaştiriş muhimligi alohida qayd etildi. Yangi texnologiyalarni joriy qiluvçi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar beriş ilm-fanga investitsiya kiritadigan korxonalar soni sezilarli darajada oşişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavjud ilmiy salohiyat va mablağlarni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yeçişga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yönaltiriş zarur.
Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi uçraşuvlarida ilgari surilgan takliflar, jumladan, zamonaviy texnoparklar, Akademiklar şaharçasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bölgan Innovatsion markaz taşkil etiş böyiça taşabbusi ilmiy-tadqiqot institutlari, taʼlim muassasalari va sanoat korxonalarining raqobatbardoşligini oşiriş, sohaga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etiş imkonini berişi ilm-fan ahli tomonidan alohida taʼkidlandi.
Ötgan 5 yil mobaynida ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan 35 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjat, jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 8 ta farmoni va 8 ta qarori qabul qilindi. Fanlar akademiyasi tarkibidagi 9 ta ilmiy-tadqiqot instituti qayta tiklandi, qator ilmiy muassasalar qayta tuzildi, Fanlar akademiyasining fan yönalişlari böyiça 3 ta bölimi va Navoiy bölimi taşkil etildi. Özbekistonning eng yangi tarixi böyiça Jamoatçilik kengaşi, Fan va texnologiyalar böyiça davlat komissiyasi, Özbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlaniş vazirligi, Ilmiy-texnik faoliyatni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamğarmasi faoliyati taşkil etildi. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ning saylovi böyiça taşkiliy işlar olib borilib, Fanlar akademiyasi aʼzolari saylovi ötkazilib, akademiklar qatoriga yoş salohiyatli olimlar qöşildi.
Yuqoridagi mulohazalardan fikr yuritadigan bölsak, har bir oliy taʼlim dargohining oldida nihoyatda ulkan vazifalar, majburiyatlar turibdi. Nafaqat taʼlim-tarbiya sifatini oşiriş, balki bugun dunyoning eng rivojlangan taʼlim muassasalari tajribasini öz milliy taʼlim tizimimizning qadriyatlariga xos jihatlarini olib takomillaştiriş zamon talabi bölib qolmoqda.
Davralarda goho: “Örta Osiyo oliy taʼlim jabhasi bilan Yevropa oliy taʼlim sohasi orasida qanday tafovut bor?” degan savol örtaga taşlanadi. Bu savolga atrofliça javob qaytarişga harakat qilaman. Çunki, 1999-2001 yillarda Germaniya Federativ Respublikasining Gamburg – Xarburg texnika universitetining magistratura bosqiçida tahsil körganman. Maʼlumki, Germaniya — Yevropaning eng rivojlangan mamlakatlaridan biridir. Şarqda Polşa va Çexiya, janubda Avstriya va Şveysariya, ğarbda va şimolda Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya kabi davlatlar bilan çegaradoş diyorni köhna qitʼaning urib turgan yuragi deyişimiz kerak.
Nemislar har bir lahzani hisobga olib faoliyat körsatadilar. “Vaqting ketdi — naqding ketdi” maqoli ularning dunyoqaraşiga köproq mos keladi. Ayni davrda bundan yigirma yillar muqaddam körganlarim serquyoş Özbekistonimizda ham joriy etilmoqda.
Avvallari institut va universitetlarda, obrazli qilib aytsak, domlalar göyo “monolog” öqir edilar. Talabalarda yagona fikrga qaramlik hissiyoti hukm surardi. Mustaqil mulohaza yuritiş deyarli közga çalinmasdi. Hozirgi kunda esa maʼruza matni bilan tanişgan talaba domlaga özini qiziqtirgan mavzularda savollar beradi, u bilan bahslaşadi, farazlarini ilgari suradi. Şu asnoda mustaqil şaxs bölib yetişadi.
Domla auditoriyani boşqara bilişi lozim. Agarda u dastlabki ön-ön beş daqiqada odatdagi gaplarni takrorlayversa, talaba “yöqolib qoladi”, zerikadi, auditoriyaga qaytişni xohlamaydi. Şuning uçun professor-öqituvçilar darsning deboçasidayoq talabani öziga torta bilişi darkor. Uning birinçi jumlalari sirliligi evaziga tinglovçini qiziqtira bilsin. Germaniya, xususan, Yevropa oliy taʼlimi ana şundoq uslublarga asoslangani bois bizning esimizda qolgan.
Buyuk adib Abdulhamid Çölpon bundan sakson yillar avval “mutaraqqiy” yaʼni, “taraqqiy qilgan millat” atamasini işlatgan ekan. Yozadiki: “… Germaniya surʼat bilan yutadi. Surʼat maşina bilan hosil böladi. Germaniya bizdan neça barobar kiçik, odami bizning uçdan birimizça ham kelmaydi! Ammo bir qariç yeri temir yölsiz, toş yölsiz emas.” (Çölpon. “Keça va kunduz”. Toşkent, 1995. 141-bet). Romanning yana bir joyida: “… Germaniyada Hamburg şaharlariga boraman. Teri, möyna, mahalliy sanoat mollarini ötkazaman. Dunyoning pulini topaman” degan satrlarni qöllabdi. Bu gaplar asarda gavdalantirilgan jadid tilidan aytilmoqda. Qarang, 1930 – yillardayoq Yevropa mamlakatlaridan ilm-fan, texnika, sanoat jabhalarida köp narsalarni örganiş mumkinligi taʼkidlangan ekan. Ayni bugungi kunimizda öşa ğoyalar voqelikka köçmoqda.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti kimyo, neft-gaz va oziq-ovqat, quriliş materiallari sanoati jabhalari uçun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan tayanç oliy taʼlim muassasasidir. Institutimiz Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi Farmoniga binoan sobiq Toşkent politexnika institutiga tegişli kimyoviy texnologiya va muhandislik texnologiyasi fakultetlari negizida taşkil qilingan. Dargohimizda 5 fakultet, 22 kafedra ( şundan 17 tasi mutaxassislik kafedralari), 436 nafar ( 375 nafari — asosiy ştatda, 61 nafari — örindoş) professor-öqituvçilar faoliyat körsatib kelmoqdalar. Mazkur mutaxassislarning 45 nafari fan doktori (DSc), 123 nafari fan nomzodlari (PhD). Bulardan taşqari institutimizda 90 dan ortiq tayanç doktorantlar, 5 nafar doktorantlar tahsil olişmoqda. Jami talabalar soni 7194 nafarni taşkil qiladi. Şulardan 4403 nafari bakalavr bosqiçida, 696 nafari magistratura bosqiçida öqişyapti. Sirtqi bölimda 2095 nafar talaba ilm-fan könikmalarini egallamoqdalar. Keyingi davrlarda Qozoğiston, Rossiya, Belarus, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, AQŞ kabi köplab davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalari örnatildi. Şuningdek, Germaniyaning “Texnologiyalarni boşqariş” taʼlim mutaxassisligini serquyoş Özbekistonimizda joriy qilmoqçimiz.
Xitoyning Nanking kimyo-texnologiya universiteti bilan hamkorlik örnatilişi asnosida xalqaro ilmiy – tadqiqot loyihalarida iştirok etiş, qöşma tayanç-doktorantura, ilmiy stajirovkalarni amalga oşiriş huquqlari qölga kiritildi. Şuningdek, Janubiy Koreyaga tegişli EURASBRAIN qöşma korxonasi bilan memorandum imzolandi. Memorandumga binoan korxonada Sellyuloza va qoğoz texnologiyasi öquv laboratoriyasi taşkil etilişi asnosida bakalavr, magistr, doktorantlar va kafedra professor-öqituvçilari ilmiy izlanişlar olib borişlari uçun hamma şart-şaroitlar muhayyo qilinadi, hamkorlikda ilmiy işlar voqelikka köçiriladi.
Eʼtiborli jihatlardan yana biri şundaki, ötgan yilning yozida Vengriyaning Debretsen universiteti bilan memorandum imzolandi. Memorandumga asosan hamkorlikda öquv va ilmiy sohalarda islohotlarni amalga oşiriş, şuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiya, biokimyo sohalarida ilmiy loyihalarni bajariş, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari böyiça qöşma taʼlim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlaş masalalari rejalaştirildi. Uşbu maʼlumotlardan oydinlaşadiki, ilm dargohimiz jahonning eng taraqqiy etgan, boy tajribaga ega bölgan oliy öquv yurtlari bilan “til topişişga” kirişmoqda.
Manbalarda qayd etilişiça, Debretsen universiteti tarixi 1538 yilga borib taqaladi. Dastlab Debretsenda Kalvinistlar kolleji oçilgan. Muassasa bir neça bora özgartiriladi va qaytadan taşkil qilinadi. Debretsen universitetlari negizida 1912 yilda birinçi institut oçiladi. Bu — olis tarix, albatta. Hozirgi holati 2000 yilda voqelikka köçadi. Çunonçi, Koşut nomidagi qişloq xöjaligi, tibbiyot va tabiiy fanlar universitetlari muştarak bölib şu alpozga keladilar. Ayni zamonda universitetda agronomiya, sanʼat, stomatologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, informatika, huquq, musiqa, farmatsevtika, tabiiy fanlar va texnologiyalar, jamoat salomatligi, muhandislik, pedagogika kabi fakultetlar mavjud. Universitet kutubxonasi hajmi böyiça Vengriya kutubxonalari orasida ikkinçi örinda turadi. Mazkur kutubxonada olti milliondan oşiq kitoblar mavjud.
Debretsen universitetining Toşkent kimyo-texnologiya instituti bilan memorandum imzolaşini moziy sivilizatsiyalarining mevalari deyişimiz mumkin. Çunki, hozirgi Özbekiston hududida qadimgi davrlardan eʼtiboran kimyo-texnologiyalarga oid tarmoqlar taraqqiy etib kelgan. Jumladan, sirkaçilik va vinoçilik ham ana öşa jabhalarga mansubdir.
Kimyo-texnologiya—qotib qolgan fan emas. Turliça taşabbuslar, dasturlar asnosida yangiça loyihalar jabha oladi. Jamoa ilmiy faoliyati kimyo, neft-gaz va oziq- ovqat sanoatining dolzarb muammolarining turli yönalişlarida olib borilib, bu yerda mahalliylaştiriş dasturiga va import örnini bosadigan mahsulotlarning texnologiyalarini işlab çiqişga eʼtibor qaratiladi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalariga suyanib aytiş joizki, kiçik innovatsion korxonalarni ham, yirik kompaniyalarni ham qöllab-quvvatlanişi barobarida köplab ijobiy natijalarga erişmoq mumkin. Dunyoda fan–taʼlim — işlab çiqariş integratsiyasining uzviyligini taʼminlaş hamda barpo etişning yagona modeli mavjud emasligi maʼlum. Har bitta mamlakat öz şaroitlaridan kelib çiqqan holda iqtisodiy taraqqiyot modelini tanlab olgan. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ham innovatsion iqtisodiyotga ötiş masalasi qisqa vaqt mobaynida amalga oşirilgan emas. Bu jarayon vaqt hamda köplab tajribalarni taqozo qiladi, albatta. Kamina “Oliy taʼlim, fan va işlab çiqariş integratsiyasini klasterli yondaşuvlar asosida innovatsion rivojlantiriş” nomli kitobimda imkoniyatim darajasida öşa muammolarni tahlil etişga harakat qilgan edim. Kitob deboçasida şundoq deyilgan: “Aksariyat rivojlangan mamlakatlarning taʼlim tizimi amaliyot bilan uzviy boğlangan, oliy taʼlim muassasalari diplomlari xalqaro miqyosda tan olinişi bilan ahamiyatlidir. Bu xalqaro taʼlim bozorida raqobatbardoşlilik körsatkiçlari bilan eʼtirof etiladi. Bugungi kunda nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tayyorlanadigan yuqori malakali mutaxassislarning işlab çiqariş jarayonlariga jalb qilinişi bevosita ularning tizimli va eng muhim masalalarni yeçimi böyiça fikrlaşlari, axborot oqimini qayta işlaş va oliy taʼlim muassasasi (OTM) da olgan bilimlarini işlab çiqarişda qöllay oliş könikmalariga ega ekanligi bilan baholanadi. Şunga köra bugungi kunda yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaşda oliy taʼlim, fan va işlab çiqariş integratsiyasini maqsadli, yaʼni klasterli yondaşuvlar asosida innovatsion menejment tizimi mexanizmlarini takomillaştiriş maqsadga muvofiq” ( B. Ş.Usmonov. “Oliy taʼlim, fan va işlab çiqariş integratsiyasini klasterli yondaşuvlar asosida innovatsion rivojlantiriş”. Toşkent, 2020. 3-bet). Çunonçi, kimyo-texnologiya tarmoqlariga oid ilmlarni talaba nazariya hamda amaliyot uyğunligida egallamoği darkor. Binobarin, dargohimizda işlab çiqariş korxonalari bilan ikki taraflama foydali şartnomalar tuzilmoqda.
Misollarga murojaat qilsak. “Qönğirot soda zavodi” MÇJ va 19 ta yoğ-moy korxonalari bilan litsenziya şartnomalari tuzilgan. Şartnomalarga binoan talabalar auditoriyada egallagan bilimlarini amaliyotdagi ifodasini köradilar. Şuningdek, institutimizda ikkita innovatsion, beşta amaliy va bitta tijoratlaştirilgan tayyor loyihalar voqelikka köçirilmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida sakkizta ixtiroga Davlat patenti berilgan, öttiz törtta EHM dasturlari guvohnomalarga loyiq körilgan. Demakki, bugungi talaba kelajakda professor böladi, akademik böladi. Men talabalarga hamişa şu gaplarni aytib, ruhlantirib yuraman.
Joriy yilning 27- 31 mart kunlari mobaynida Turkiyada ötkazilgan xalqaro anjumanda qatnaşib keldim. Örta Osiyo mamlakatlaridan Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston respublikalari vakillari iştirok etişgani anjumanga özgaça fayz kiritdi. Biz şu asnoda Şvetsiya, Portugaliya, Litva, Latviya davlatlari vakillari bilan fikr almaşdik. Bu fikrlaşuvlar faoliyatimizda ijobiy özgarişlar yasaşi muqarrar.
Keyingi beş yillikdagi islohotlar miqyosi keng. Şulardan biri mamlakat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilayotganidir. Ana öşa röyxatga Toşkent kimyo- texnologiya instituti ham kiritilgan. Mazkur özgarişlar esa birinçi navbatda talabalarning ilm çöqqilarini egallaşlariga moddiy hamda maʼnaviy rağbat sifatida asqotadi.
Yangi Özbekistonimiz kimyo-texnologiya jabhasi böyiça jahonda oldingi örinlarga çiqişi uçun professor-öqituvçilar, talabalar, tadqiqotçilar özligini, salohiyatini fan yöliga bağişlaşlari, “qoliplardagi tuşunçalar”dan çekinişlari lozim. Qars ikki qöldan çiqadi, degan naql ana öşa jarayonga ğoyatda mos tuşadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Men Yangi Özbekistonni — obod va farovon, demokratik mamlakatni, Uçinçi Renessansni barpo etişda pedagoglar, professor-öqituvçilar, ijodkor-ziyolilarni eng katta kuç, tayanç va suyanç deb bilaman. Ularning hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ular uçun munosib mehnat va turmuş şaroitini yaratib berişni Prezident sifatida öz burçim, deb hisoblayman”, deya yozadi “Yangi Özbekiston strategiyasi” kitobida.
Öylaymanki, bunday katta mehr, eʼtibor uçun yurtimizning barça taʼlim-tarbiya vakillari, fidoyi ziyolilari javoban bor kuçi, bilimi bilan Prezidentimizga, xalqimizga kamarbasta böliş vijdoniy burçga aylanmoği kerak.
Botir USMONOV,
Toşkent kimyo-texnologiya
instituti rektori
