Gazeta nega kerak?

Taassufki, bugun jurnalistlarni tinglaş effekti yetişmayapti, deb aytişga majburmiz. Butun boşli vazirliklar biz körib turgan muammolar (aslida ularning muammolari) bö­yiça aytilayotgan jöyali takliflarga javob berişga qodir emaslar. Ha, aynan qodir emaslar! Bundan boşqa sözni aytolmayman.

 

Bosma naşrlar ehtiyoji

 

Menda jurnalistikaga havas ham, keyinçalik esa jurnalist bölişga iştiyoq ham aynan gazeta sabab şakllangan. Men har tong­­ni “tirik” gazeta öqib boşlaşni odat qilganman. Bu – mening ehtiyo­jim!

Va bilamanki, bu faqat mengagina xos “qadriyat” emas, mendaylar bu atrofda hali köpçilikni taşkil etadi. Demak, ehtiyoj bor, u baʼzilar jar solayotganlaridek, hali qurib bitgani yöq. Bu – bir!

 

Ikkinçi muhim asos şuki, matbuot­dek savodli, şu bilan birga, öz “sözi”ga javob bera oladigan OAV hozirça şakllanmadi, deb öylayman. Bu mulohazani özini ziyoli hisoblovçi aksariyat dastaklaşi aniq. Çunki gazetada har qanday material çop etilişidan oldin rosmana çiğiriqdan ötadi. Haqqoniyligi tekşiriladi, ijtimoiy yuki hisobga olinadi, saviyasi, darajasi tahlil qilinadi va yana bundan kam bölmagan joyi tahriri pişitiladi, eng muhimi, imlosi toza böladi. Nazarimda, bugun bosma matbuotni ayni jihatlar virtual OAV vositalaridan farqlab turadi.

Bilasizmi, bugun kuniga özini ovoza qilişdan çarçamayotgan piarçilarning, axborot xizmatlari mutasaddilarining aksariyatida asosiy muammolar uşbu zikr etilgan jihatlarda körinayotir: matn tuziş, xatosiz yoziş, faktlarni töğri joylaştiriş, özi işlab turgan sohasiga oid muammoni töğri talqin qilişda…

Demak, jamiyatning işonçli savodli asosiy toifalaridan biriga aylandi – matbuot jurnalistikasi! Inkor etib bölmaydigan fakt!

Şunday ekan… Bugun matbuotning taqdiriga bilib-bilmay fol oçayotganlarga aytar sözlarimiz bisyor.

 

Sof jurnalistika qayğusi

 

Odamni ijtimoiy tarmoqlarda, turli davralarda tobora faollaşib borayotgan baʼzi yoşlarimizning ajab­tovur fikrlari sergaklantiradi. Ular orasida har qanday mavzuga “ekspert”lik “salohiyati”ni daʼvo qiluvçilar tobora köpayib borayotganini ayting…

Bilasiz, birlamçi axborot asosiy tasavvurni şakllantiradi. Baʼzilar biron voqea yoki hodisa haqida fikr yuritar ekan, istiholaga ham borib ötirmaydi. Şunçaki, “baqir-çaqir”ga töla yoki nafratga yöğrilgan sözlar bilan öşa holatga izoh beradi, özining haqiqatparvarligini isbotlaş uçun ham “ur-ho-ur” usulini qöllaydi, bu şov-şuvlarga öç bölgan olomoniy fikr egalariga rosa yoqadiyam, ilk bor duç kelgan odamda hammasi haqiqatdek tasavvur uyğonadi.

Ammo ijtimoiy olamni “portlatiş” şavqi bilan töyintirilgan bunday xabarlarning qançasi rost, qançasi yolğonu, qançasi bir yoqlama bölib çiqayotganiga endi-endi ajab­lanmay ham qöydik. Baʼzida esa bunday şov-şuvlar zamirida biron-bir rahbarning obrösini tökiş, odamlarning şaxsiy muammolarini oşkor etiş yöli bilan badnom qiliş kabi çirkin maqsadlarni anglab qolganingdan keyin odam ijtimoiy tarmoqning hamma gapiga şubha bilan qarab qolar ham ekansan.

Yana ham kişini sergak torttiradigan jihat şundaki, ijtimoiy tarmoqlardagi nafaqat imloviy, balki barça jabhalardagi savodsizlik masalasi, umuman, savod masalasining neçançi öringa tuşib qolganini barçamiz körib turibmiz.

Töğri, bu sof jurnalistika emas. Ammo jurnalistikaning qattiq nonini yeb yurgan minglab hamkasblarimizni qiynayotgani, bugun jamiyat ayni şu holatni “jurnalistika” deya qabul qilişga “hozirlik körayotgani”dir.

Axir har bir soha öziga xos bir fan. Uni avval öqiş, örganiş, uning maʼlum bir sirlarini biliş talabini hali heç kim bekor qilmagan. Nega bu haqda jimmiz?

Nazdimda, biz bölajak jurnalistlarga, yaʼni oliy öquv yurtlari talabalariga qanday qilib bölsa ham odamlarning işonçini qozoniş, eʼtiboriga tuşiş ilmi – piar qiliş sirlaridan avvalroq ijod könikmalarini, adabiyotdan, voqea va hodisalarni xolisona yoziş, voqelikka baho berganda tanganing ikki tomonini ham örganiş kabi talablardan, şuning­dek, ifoda uslublaridan mohirona foydalanişdan saboq bersak, adolatdan bölsa kerakdir! Öylaymanki, bu borada men taʼkidlayotgan asl jurnalistika boş manba bölib xizmat qiladi.

 

Ildizga bolta

 

Endi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan bosma naşrlarning aşaddiy “döst”lariga eʼtibor bering: ularning baʼzilari “özimizning bolalar” – bir vaqtlar matbuotda işlab körgan, eplab ketolmagan, işi yurişmagan, safdan çiqarib yuborilganlar. Ha, “sopi” “özimiz”dan çiqqan. Ularni birov tanimaydi, “tanimasligi”ni “tan olmaydi”, deb aytsak, yanayam töğriroq böladi. Yaqinda ana şu qavmga “mansub” bir yigit televideniyeda çiqib öta “aqlli” gaplarni gapirdi. Keyin uning ayni şu yönalişda ilmiy iş qilayotganini aytişdi. Ajoyib! Öşa yigit ilmiy işni qaysi manba orqali yozmoqda ekan? Şu insofdanmi endi?

Asli bu fikrdoşlarning asl maqsadlari nima özi? Eʼtiborga tuşişmi? Axir bu obrö olib keladigan gapmi bu ojizlikning özginasi emasmi, ha, rostdan ham, öz oyoğiga özi bolta kötarib turgan befahm bolani esga soladigan ojizlik.

Men bir gazeta boş muharriri sifatida naşrning mazmun-mundarijasi, dizayni, tahlil va tahrirdagi kamçiliklar uçun, qolaversa, janrlarning umuman yöqolib ketayotgani, zamon bilan hamnafas formatlardan foydalanilmayotgani borasidagi tanqidingiz bölsa, tinglaşga roziman, bu real tanqid.

Siz avval gazetalarni öqing, ularni farqlang, ularning qay biridir, rostdan ham umuman yopilişga loyiqdir. Buni inkor etib bölmaydi. Qay birlari esa jamiyatga mana-man degan saytingizdan köra köproq foydali işlarni qilyapti. Şuning uçun ham siz gazetaçilikka toş otişdan oldin örganing va aynan tanqid qiling, masala qöying, muammoni yeçişning yöllari haqida ayting, qabul qilamiz, muhokama qilişdan qoçmaymiz. Bu borada siz qança tanqid qilsangiz, bu töğri böladi. Bu sohaning rivojlanişiga xizmat qiladi. Ana öşa haqiqatdan ham rivojlaniş evaziga, zora, biz ham oyoqqa turib olarmiz, gazetalarning elektron şakllari, yangiça formatlari paydo bölar, fikrlaşimiz ösar…

Ammo qani öşa döstona, asosli tanqid, jurnalistikaga nisbatan içki jonkuyarlik?

Biz jamiyatni yangilamoqçimizmi, zamonaviy fikrli, uyğoniş avlodini voyaga yetkazmoqçimizmi, unda maʼrifatni inkor etmasligimiz lozim. Maʼrifatni hozirça keng tarqatayotganlardan biri matbuot, ha, aynan bosma matbuotdir.

Biz, bugungi baʼzi “qavm”lar tuşunçasi bilan qaralsa, bu kuraşning boşida turganlar haqida ham öz fikrimizga egamiz. Şunday ekan, bir-ikki odamning manfaati, ojiz nafsi evaziga jamiyat uçun muhim bölgan butun boşli sohaning qurbon bölib ketişini tasavvurga ham, mantiqqa ham siğdirib bölmaydi.

Bunga urinişning özi bir aqlsizlikdir.

 

Haqiqatdan qörquvçilar…

 

Biz jamiyatni, yoşlarni bilib turib, atay gazetadan, aytiş mumkin bölsa, eng katta maʼrifatdan uzoqlaştirdik. “Maʼrifat” gazetasining ötgan uç yillik sonlarini olib bir varaqlab köring, men ularni tayyorlaşga ketgan şunça köz nuri, izlanişlar, ijod maşaqqatlarini köz oldimga keltirar ekanman, maktab­lardagi obunani yöq qilganlarning siymosida maʼrifatning, maorifning eng aşaddiy duşmanlarini körgandek bölaman. Bunda mubolağa yöq. Bugun öşa jimitdek jamoa – maʼrifatçilar qilgan işni heç kim qilayotgani yöq. Öqituvçilarga adabiyotni ham, falsafani ham, ijod zavqini ham, pedagogik uslublarni ham şu gazetaçalik biron-bir muassasa, vazirlik tuşuntira olayotgani, örgatayotgani, eng yomoni, bu haqda öylayotgani ham yöq. Mana – fojia qayerda?

Bu bitta gazeta. Bunday naşrlar ozmi? “Mahalla” gazetasini söng­­gi yillarda “AiF” bilan soliştira boş­lagandik. “Milliy tiklaniş”dagi öziga xos topilmalar, uslubni köz-köz qilsa arziydi. Bunday naşrlar yetarli. Bor! Faqat buni köra biliş, tan oliş, bu ijodiy va muhimi, toza kuçdan foydalaniş, uni jamiyat ravnaqi yölida safarbar etiş yöq! Muassislarning bu boradagi dunyoqaraşi esa ongli insonni uzoq öylanişga majbur qiladi…

Bosma naşrlarga oçiqdan-oçiq qarşi çiqişlarni körib, turli xayollarga boryapmiz ham , rosti…

Fikrlab köraylik. Bitta tahliliy maqolani yoziş uçun jurnalist ozmunça ter tökmaydi. Jumladan, muammoni örganadi, tahlil qiladi, soliştiradi, turli variantlarda yozadi, tahrir qiladi. Buning maşaqqatini zalvorli, tahliliy maqola yoza oladiganlar biladi!

Siz muharrir sifatida uni eʼlon qilasiz va kutasiz, axir jiddiy muammoni oçib taşladingiz, unda muammo bilan birga, uning yeçimini ham körsatdingiz. Ammo… Qani endi unga biron mutasaddi bir qarab qöysa…

Axir muammo nima uçun kötarildi, biz oçiqlik, deb nimaga bong urib yotibmiz, xolislik va oçiqlikdan maqsad özi nima, deydigan zot yöq! Vaholanki, xorijiy saytlar bir neça bor “Ishonch” materiallarini köçirib bosişganida reaksiya böldi, bölganda – qandoq!

Bu nimani anglatadi?

Köp narsani anglatadi!

Taassufki, bugun jurnalistlarni tinglaş effekti yetişmayapti, deb aytişga majburmiz. Butun boşli vazirliklar biz körib turgan muammolar (aslida ularning muammolari) bö­yiça aytilayotgan jöyali takliflarga javob berişga qodir emaslar. Ha, aynan qodir emaslar! Bundan boşqa sözni aytolmayman.

 

Mana, masalan, “Ishonch” gazetasi ötgan tört yil davomida mao­rif sohasidagi önlab öta dolzarb muammolarni kötarib çiqdi. Ammo qani endi ularning loaqal birontasiga odam qoniqadigan javob berilgan bölsa! Vazirlik ommaning eʼtiborini kerakli-keraksiz loyihalari bilan çalğitdi, lekin asl muammolar muammoligiça qoldi, ular borasida jöyali iş qilinmadi. Vaholanki, tahririyat eʼlon qilgan maqolalar biron ğarb matbuotida berilganida edi, şubhasiz, öşa mamlakat maorifi mutasaddilari jamoatçilikka izoh bergan, bu borada kes­kin qarorlar qabul qilingan bölar edi.

 

Ğarb oliygohlarida öqib kelgan zukkolar nega bizda bu tajribani qöllamaydilar, ajabo! Axir, bundan jamiyat, soha yutardi. Gazeta ham öz vazifasini bajargan bölardi, jamiyatda esa öz-özidan gazetalarning muxlislari köpayardi, adolat tantana qilardi va hokazo… Aynan mana şu – kerakmas kimlargadir!

Yoki! Yoki yana bir misol, butun boşli beşta markaziy gazetada eʼlon qilingan “Haqiqatga tik boqing, janob!” deb nomlangan maqolani mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri javobsiz qoldirişini qanday izohlaş mumkin? Şu endi oçiqlikmi? Prezident matbuotda emas, hatto ijtimoiy tarmoqda sohaga taalluqli biror luqma bölsa, javob berasan, deb topşiriq berib turibdi, butun boşli beşta matbuot organi eʼlon qilgan eʼtirozlar javobsiz qoldi. Şulardan keyin yana oçiqlik indeksida kötarilişni kutişga haqlimizmi?

Mana şunça gapdan keyin matbuot kimlarga xalaqit qilmoqda, gazetalarning tezroq kunpaya-kun bölişini kimlar köproq xohlamoqda, degan savolga javob ham keladi-da, öz-özidan!

Javob şunday: matbuot kerak emas, deb bong urayotganlar haqiqatdan qörquvçilardir!

 

Axborot ikkilamçi, tahlil muhim

 

“Bilağon” birodarlarimizning köpçiligida bitta argument bor: matbuot tezkorlikda orqada qolmoqda. Yaʼnikim, bugun bölib ötgan voqea haqida oradan uç kun ötib berilgan xabar kimga kerak? Jon bordek bu mulohazalarda, töğrimi? Lekin eʼtiroz bor. Mana, muşohada qilaylik.

Avvalo, informatsiya, yaʼni biz axborot deb aytadigan tovarning tezkori bor va umuman keragi hamda nokeragi ham bor. Har qanday ommaviy axborot vositasining qiymati unda berilayotgan axborotlarning isteʼmolçiga kerakligi, muhimligi va tezkorligi bilan ölçanadi. Internet paydo bölişi barobarida tezkor axborot tuşunçasiga yondaşuv özgardi.

Avvalo, bugun telegram kanallari orqali har qanday rost va yolğon (töğrisi şunday) xabar yaşin tezligida tarqalmoqda. Keyin yolğon joylari olib taşlanyapti, tuzatilyapti va hokazo. Qolaversa, siz yigirmata telegram kanaliga aʼzo bölsangiz, bitta töğriligi isbotlanmagan xabarni, yaʼni öşa “tezkor axborot”ni yigirma marta öqişingizga töğri kelyapti. Şunday emasmi?

Şart şunday ekan, avvalo, bunday “tezkorlik” kimga va nimaga kerak? Qolaversa, bu qaraşda tezkor axborot berişda nafaqat gazeta, televideniye ham orqada qolayotgan bölib çiqyapti. Çunki Özbekiston telekanallarini qöyaturing, hatto Rossiyaning işongan axborot menejeri hisoblangan NTV ham tongdagi voqelikni keçga borib efirga uzatadi. Bugun nafaqat bir haftada bir çiqadigan gazetalar, balki kuniga 24 soat efir beradigan önlab telekanallar, radiokanallar ham hatto oddiy axborot bermayotgan ekan, unda nega, olaylik televideniye haqida bu eʼtiroz kötarilmayapti?

Bori şu! Bu imkoniyatlar çegaralanganlik holatida matbuot analitikaga, yaʼni tahlilga ötdi, hisob. Amerikada ham, Yaponiyada ham şu!

Xabaringiz bormi, maʼrifatli jamiyatlarda gazetalarga obuna tezkor ravişda köpaymoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya kabi mamlakatlarda gazetalarga ommaviy qaytiş boşlandi. Buning zamirida nima turibdi?

Mening işonçim komilki, bu jamiyatning maʼrifatlilik darajasi bilan boğliq holat. Bunda davlatning ham katta hissasi bor, bu şubhasiz. Demak, gazetalarga janoza öqişni töxtatib turişga töğri keladi.

Dunyoning rivojlangan davlatlaridagi matbuotga qaytiş, yaʼni matbuot ehtiyoji nimani anglatişini muşohada etaylik. Nazarimda, bu ayni maʼrifat va vazminlikka ehtiyoj bilan boğliq.

 

Yangilaniş fursati

 

Oçiq aytganda, men kasbdoşlarimning kör-körona gazetalar ölmaydi, deb şovqin solişlariga ham qöşila olmayman. Gazetalar, xuddi boşqa taşkilotlar, tadbirkorlik subʼyekt­lari qatori faoliyatini töxtatadi, qaçonki, moli ötmasa, bu mahsulotlarga ehtiyoj mutlaqo yöqolsa… Vij­donan aytganda, masalani ayni şu jihatiga qarab qöyilsa, bu ham adolatdan bölar edi.

 

Gazetalarimiz soni yanada kamayişi mumkin. Yaşirib nima qilamiz, ularning köpçiligi öqilmaydi. Öqiydigan qiymatga ega emas. Bugungi kun isteʼmolçisining talab va takliflari örganilmay çiqarilmoqda. Odamlarni nimalar qiziqtirayapti, degan savolga javob yöq. Çunki… buyurtmaçining özi maʼrifatdan uzoq. Gazetaga, tahririyatlarga ayni ular yaratayotgan mahsulot nuqtai nazaridan eʼtirozlar bildirib boriş, ularni jonlantirişga motivatsiya şakllanmagan, aniqroği, bunday yondaşuvlar bugun umuman yöq.

 

Biz gazetalarimizning dizayni, qiyofasi haqida, jurnalistikaning rang-barang janrlari imkoniyatlaridan foydalanişni tizimli tahlil qiliş va yölga qöyiş borasida işlamayapmiz. Hozirga kelib barmoq bilan sanarli qolgan ustozlar bilan mahorat darslarini yetarli darajada ötkazib, haqiqiy jurnalis­tikaning sir-sinoati, kerak bölsa, bu fanning tilsimlari haqida bilişni istamayapmiz. Mana şu kabi muammolarni hal etişni öylaşimiz kerak. Nazarimda, bugun özbek jurnalistikasida, uning har bir tarmoği, yönalişida bu juda katta muammo bölib turibdi.

 

Obuna, o, bu – na?

 

Ehhh, bu haqda gapirgim kelmayapti…

Obuna haqida juda köp gapirdik. Unga qarşi butun boşli arboblar işlaşdi. Baraka topişsin! Lekin aslida bu matbuotning boş oğriği emas.

Mohiyatan, majburiy obuna – biznesdir! Uning juda katta foydasi matbuotga va matbuotçiga, aniqroği, jurnalistga aytarli yetib kelmagan. Hozir ham baʼzida hokimliklar röyxat asosida eskiça usul bilan qilayotgan obuna kampaniyasining zamirida, ölsin agar, gazetalarni rivojlantiriş maqsadi turganiga işonmayman. Şu bois bu borada ham biroz jiddiyroq bölaylik, jurnalist hamişa ham yemagan somsasiga pul tölayvermasin!

Matbuotga köp narsa kerak emas, siz unga quloq soling, uning qonuniy talabiga javob bering, uning öz vazifasini sidqidildan bajarişiga monelik qilmang. Şunda u özini-özi boqadi ham, rivojlanadi ham, jamiyat taraqqiyotiga katta xizmat qiladi ham.

Husan ERMATOV.

“Ishonch” gazetasining

2022 yil 21 aprel

50-sonidan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan