Milliy mafkura yolqini
Erta tongdan işga otlangan çoğimda qalbimni ajib orziqiş qamrab oladi va jamoam, qadrdon dargoh sari şoşaman. Inson — köpning orasida özini topadi. Bir-biriga yaqin niyatlar maslakdoşlarni birlaştiradi. Çunki umumiy işimiz—mamlakatga maʼrifatli, barkamol, kelajakni işonç bilan topşiriş mumkin bölgan yoşlar, öz dunyoqaraşiga ega salohiyatli kadrlarni yetkazib beriş. Biz ziyolilar qatlamini yakdil qila olgan, işimizni sevdira olgan, özligimizni biliş hissini bera oladigan kuç mafkuradir.
Mafkura – ruhning tirikligi, hayotning asl rangidir. Inson vujudi şu ruh bilan harakatda ekan, jamiyat mafkura bilan barqarordir.
“Arpasiz ot qir oşmas, yordamçisiz alp yengolmas”, “Bir qarğa birla qiş kelmas”, “Yolğiz ğoz uçmas”, “Beş barmoq yiğilsa, muşt bölar”, kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Ilgari ham eldan, jamoatdan ajralmaslikka undovlar mafkuraviy yakdillik uçun daʼvat hisoblangan. Donişmand tarix guvohki, milliy mafkuramiz ildizlari ham “Dil ba yoru dast ba kor” (Bahouddin Naqşband), “Adolat kuçda emas, kuç – adolatdadir” (Amir Temur), “Haq olinur, berilmaydur. Har millat va mamlakat xalqi özining huquqi, dini va siyosatini harakat va ittifoq ila boşqalardan oladi” (M.Behbudiy) kabi hikmatli fikrlar jaholatga qarşi maʼrifat, yomonlikka javoban yaxşilik singari insonparvar ğoyalar asosiga qurilgan. Söz mulkining sultoni Mir Alişer Navoiy bejiz yozmagan:
Tuxum yerga kirib, çeçak böldi,
Qurt jondin keçib, ipak böldi.
Lola tuxmiça ğayrating yöqmu?!
Pilla qurtiça himmating yöqmu?!
Ha, insonning yaşayotgani — uning ruhi, harakati, ongu-tafakkuri, amallaridan anglanadi. Mafkura esa şu ruhni maʼrifat va mohiyat suvi bilan töyintiradi, insoniylik mohiyatini belgilab beradi.
Milliy yakdillik, birdamlik bilan Yangi Özbekistonni barpo etayotgan xalqning tafakkuri ham, mafkurasi ham endi yangiça.
Bugun biz asl milliy mafkura, butun elni bir bayroq ostida birlaştirişga qodir milliy ğoya naqadar zarur ekanligini angladik. Jadid bobolarimizning armoni biz yaratayotgan buyuk istiqbol yölida uşalmoqda.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatining dastlabki yillaridayoq “Buyuk istiqbolimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” deb butun xalqimizni milliy birlikka, muştarak maqsadlar yölida birlaşişga undadi. Söngi yillarda yurtimiz taraqqiyot yöliga kirdi. El osoyiştaligi, odamlarning turmuşidan roziligi, baxti va farovon hayoti mafkuraviy ğalabamiz böldi.
Ötgan qisqa davr içida keng kölamli işlarning amalga oşişida asos bölgan Harakatlar strategiyasining beş tamoyili ham xalqimiz imkoniyatidan kelib çiqib qabul qilingan ekanki, uning samarasi yaqqol körindi. “Inson qadri uçun” degan ustuvor tamoyil davlat va jamiyat faoliyatining boş mezoniga aylandi. Bu xalqaro maydonda eʼtirof etildi. Mamlakatimiz birinçi marta Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari kengaşi aʼzoligiga saylandi.
Endilikda Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi işlab çiqildi. Yaʼni “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy ğoya va mezonimizga aylanib, milliy rivojlanişning yangi bosqiçi boşlandi.
Kuni keça “2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi Prezident farmoni eʼlon qilindi. Unda taʼkidlanadiki, 2017-2021 yillarda rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida jamiyatimizni yangilaş, tubdan isloh qilişga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Bu aytişga oson. Ötgan beş yil mamlakatimizning barça sohalari uçun tarixiy rivojlaniş, öz-özini yangilaş, tahlil etiş yillari böldi. Bir neça ön yillarga tatigulik işlar röyobga çiqarildi.
Endi kelgusidagi 5 yil davomidagi ulkan istiqbol rejalari eʼlon qilindi. Bularning barçasi xalqimiz, ona yurtimiz farovonligi yölidagi uluğ rejalardir.
Ammo dunyoda turli kuçlar örtasidagi qarama-qarşilik, tinçlik va xavfsizlikka nisbatan yangi-yangi tahdidlar borligi xavotirlanarli va bu barçamizni ogohlikka undaydi.
Binobarin, bir haqiqat yuraklarimizga taskin beradi: milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlaş, milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari, degan muştarak ğoya, umummilliy mafkuramiz yolqini porloqki, har qanday tahdid va raqobatga mağrurona qaray olamiz. Bu biz pedagoglarga “Yangi Özbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi asosida yoşlarimizni maʼnan barkamol, soğlom eʼtiqod ruhida tarbiyalaşimiz uçun muhim asos böladi.
Bahodirjon ŞERMUHAMMADOV,
Farğona davlat universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori, professor
