Şaxs, jamiyat, axborot: oqilona çora izlab?..
Taniqli siyosiy şarhlovçi Qudratilla Rafiqovning “Mening Prezidentim” essesidagi quyidagi lavha ğoyatda nozik mavzuga daxldorligi bilan eʼtiborni tortadi:
“Prezident Şavkat Mirziyoyev iş boşlagan ilk kunlarda söz erkinligi va ijtimoiy tarmoqlarning “jilovini böşatiş” haqida munozaralar qizigan paytlarda köpçilik qatori, oçiği, men ham xavotirlanganman. Negaki içkaridagi ahvoldan hammamiz yaxşi xabardor edik. Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va maişiy muammolar bir-biriga örin bermas darajaga kelgan edi. Şunday bir pallada önlab yillar davomida OAV uçun deyarli yopiq bölgan jamiyat odamlarga öz fikrini oçiq bayon qiliş huquqini berişi göyoki dambaning tiqinlarini birvarakayiga böşatişday gap edi. Şunday böldi ham. Ijtimoiy tarmoqlar odamlarning çaqiriqlari, bayonotlari va adolat sörab yozayotgan nomalariga tölib ketdi”.
Mavzu şuning uçun ham nozikki, Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy etilgan axborot siyosati mamlakat miqyosida boşlangan keng qamrovli islohotlarning markaziy öqi – umurtqasini taşkil etadi. Zero, bilamiz, axborotdan holi bironta soha, tarmoq yöq. Vazirliklar, hokimliklar va idoralar, hatto birorta fuqaro ham axborot maydonidan çetda, taşqarida emas. Balki tirik inson borki, axborot uning har nafasi, lahzasi, fikr-zikrida mavjud. Siyosiy şarhlovçi haq: davlatimiz rahbari eng töğri va şu bilan bir vaqtda eng oğir yölni tanlagani endilikda heç kimga sir emas.
Ommaviy kommunikatsiya jozibasi
Zamonaviy erkin jamiyatning birlamçi belgisi fuqarolar örtasida qançalik şaffoflik muhiti yaratilganida öz ifodasini topadi. Bunday muhitda şaxs va xalq hayotiga, jamiyatga daxldor maʼlumotlar oçiqligi taʼminlanadi, yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida istagan fuqaro istagan axborot maydonida öz qaraşlarini, fikr-mulohazalarini emin-erkin bayon etadi, örtoqlaşadi, örni kelsa, bahslaşadi. Bunday jarayon ilm-fanda, amaliyotda “ommaviy muloqot”, “ommaviy kommunikatsiya” istilohlarini olganiga köp yillar böldi. “Ommaviy kommunikatsiya” tuşunça sifatida keng ommalaşib ulgurdi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda tobora çuqurroq qaror topa borayotgan “ommaviy kommunikatsiya” muhiti Özbekiston uçun ötmişda bölmagan nodir, unikal tarixiy voqeadir. Şu bilan bir vaqtda, tan oliş kerakki, mamlakatimiz miqyosida, deylik 35 millionlik aholi iştirokida keçayotgan ommaviy muloqot jarayonini har jihatdan kuzatiş-örganiş, tahlil qiliş, baholaş oson va jön iş emas. Lekin davr özgarişlari, zamon yangilanişlari ana şu jön bölmagan, aslida ğoyatda murakkab jarayonni atrofliça örganişni, tahlil etişni va albatta tegişli xulosalar çiqarişni taqozo etadi. Çunki, takror taʼkidlaşga töğri kelsa, biz nazarda tutayotgan ommaviy muloqot omillari, belgilari yaqin va olis kelajakdagi muammolarga tayyor turişda, ular yeçimini oldindan bartaraf etiş çoralarini izlaşda juda-juda asqotadi.
Maʼlumki, matbuot ommaviy muloqot vositasi sifatida kaşf etilgan, şunday bölib qoldi ham. Xususan, madaniylaşgan jamiyatlarda kundalik gazetalarning ahamiyati ertalabki nonuştadan-da ahamiyatliroq bölgani heç kimga sir emas. Yangiliklar, xabarlar, ularga doir munosabatlar, savollar va javoblar va hokazo maqolalar yutoqib öqilgan, kundalik hayot uçun zarur yöl-yöriqlar gazetalardan olingan.
Kimning kim ekanligi, kimning qaysi masala yuzasidan munosabati, nuqtai nazari qandayligi gazeta sahifalarida çop etilgan materiallarda ommalaşgan. Jamiyatda ommaviy kommunikatsiya şu tarzda “nafas” olgan, yaşagan, şakllangan.
“Gazeta” ismli ommaviy muloqot vositasi kundalik turmuşning ajralmas bölagiga aylangan. Gazetasiz jamiyat bölişi mumkinligi soğlom aql egalari tasavvuriga siğmagan.
Gazeta! Yana bir karra gazeta!
Dunyoda hozirgi tuşunçadagi gazeta yaratilganiga taqriban 400 yil bölmoqda, ötgan zamonlar içida gazetaning qiyofasi, yönalişi, rang-tusi özgarsa özgardiki, uning mohiyati, hikmati, sehri-jozibasi özgarmadi. Gazeta özining şapaloqdek sahifasiga bu yoruğ olamning butun mahobatini, butun keçmişi, hayratlari, quvonçu iztiroblarini siğdirib kelmoqda. Har qanday milliy gazetada millatning tarjimai holi mujassam topganidek, butun dunyo gazetalari başariyat tarixining közgusi, solnomasi ölaroq yuz, ming yillar saqlanişiga, kelgusi avlodlar tomonidan öqilişiga şak-şubha yöq.
Şaxsan özimdagi bolalik çoğlarimda orttirgan odatim hali-hanuz özgarmadi – öqişli maqola çiqqan gazeta sahifasini közimga surtgudek ardoqlayman, qirqib olib, bisotimda saqlayman. Qaraşlarim özgarişiga turtki bergan maqolalarni qayta-qayta öqiyman, dono-zukko fikr-mulohazalarini yozgan mualliflarni ustoz-murabbiy qatorida hurmatlayman. Nazarimda, eng ayançli manzara – öqilmay qolgan gazeta, varaqlanmagan jurnal, çang bosgan kitob! Eʼtibor qozonmagan gazeta-jurnaldan men, ha, şaxsan özim uzr söraşga tayyorman!
Gazeta – dasturxonimdagi haloldan-halol nonim, rizqim, burdasi-urvoği-da uvol bölişiga yöl qöyolmayman!
Gazetani talotöp asrimizning olaşovur yillarida ham, axborot oqimi şiddatli tus olgan bugungi kunlarda ham ommaviy muloqotning boş vositasi, minbari deb hisoblayman. Komil işonç bilan aytamanki, dunyodagi heç bir axborot, muloqot vositasi gazetaning örnini bosa olmaydi. Heç qaçon! Hamişa öz örnimni odamni, jamiyatni, olamni gazetasiz özgartirişga umid boğlaganlarning umidlari besamardan-besamar va puçdan-puç ekanligini isbotlaşga hoziru nozir insonlar safida deb bilaman!
Özbek milliy gazeta jurnalistikasi ulkan tarixiy yölni bosib ötgan. Jadid bobolar davri, şörolar istibdodining jonçiqar yillaridagi gazetaçiligimiz parvozini qöya turaylik, mustabid mafkura zamonlarida ham gazeta jurnalistikasi baholiqudrat xalq manfaati yölida hormay-tolmay mehnat qildi, zahmat çekdi. Ozmunça soha zahmatkaşlari aziz umrlarini qalamning mört va keskir uçiga baxşida qilib ötdilarmi?!
Bir fikrni örtoqlaşiş örni keldi.
Jurnalistika hamişa hukmron mafkura qölida qöğirçoq bölib qoladi, u zamonasozlikka mahkum soha degan tuşunçalar bor. Oğir botadi albatta, biroq, bunday qaraşlar bir jihatdangina asosli. Aslida jurnalistika şu qadar qudratli, şu qadar öziga xos sehrli, möʼjizalarga boy ijod turidirki, u har qanday mustabid-qonxör-battol “ob-havo” şaroitida ham hur, emin-erkin söz aytiş imkonini topa biladi. Bu – jurnalistikaning stixiyasi, jurnalistika tabiatining botiniy qonuniyati! Uning hujayrasi ğurur, nafsoniyat, haqqoniyatga taşnalik, hayotbaxş öjarlik, töğri sözga fidoyilik tuyğulariga töyingan. Dunyoqaraşi, tafakkuri, hayotiy mezonlarida sobit bölgan jurnalistika ham, jurnalist ham aslo kimningdir yoki nimaningdir qölida qöğirçoq bölib qolmaydi, buni öziga ep körmaydi. Italyan tilida “çaqa pul” degan maʼnoni anglatgani bilan gazeta şu qadar möʼjizakor axborot vositasidirki, u dunyoni ağdar-töntar qilib yuboriş, başariyatni gullab-yaşnatiş, temir sandiqlaridagi milliardlarini sanaşga fursati yetmaydigan kalondimoğlarning ham taqdirini hal qilib qöyiş qudratiga ega!
Dono xalqimiz “Qalovini topsa” degan tagdor hikmatli iborani jurnalistika uçun, jurnalistlar uçun öylab topgan, kaşf etgan. Ham söz sanʼati, ham mahorati, ham çeksiz “qalovini topiş” imkoniyatidan bahramand ijod turi bölmiş jurnalistika öz tiynati-tabiatidagi mavjud salohiyatining barini, birinçi navbatda, gazeta orqali şaxs, jamiyat va vatan manfaati yölida safarbar qiladi.
Jonsaraklarimiz
Tökin-farovon yaşaşni orzu qilmaydigan odam yöq, jamiyat yöq. Tirik jon borki, orzu-havas yetovida yaşaydi, mehnat qiladi, hayot manzillarining yangilanişlarini közlaydi. Yangilanişlarning heç biri esa öz-özidan amalga oşib qolmaydi, balki ularning bari fikr-mulohazalar, maşvaratlar, bahs-munozaralar mahsuli ölaroq hayot sinovidan ötadi, voqelikka aylanadi.
Ommaviy kommunikatsiya muhiti jamiyat aʼzolarining barini maşvarat maydoniga çorlaydi: “Marhamat, kimda qanday fikr, taklif, tavsiya mavjud?” degan savol daʼvatkor kuçga aylanadi. Odamlarni faollikka undaydi, daxldorlik tuyğusini kuçaytiradi. Ommaviy muloqot muhitining jozibasi, sehri, sururi ham şunda. Ammo-lekin jamiyat hayotini salgina özgartiriş, unga ozgina bölsin, yangiça qiyofa istaş u-uh, naqadar maşaqqat, naqadar murakkab, naqadar masʼuliyatli?!
Hayotiy tajribasi katta odamlar oz emas, lekin jamiyat miqyosida fikrlaş, yaʼni jamiyatning, qolaversa, Vatanning koriga yaraydigan darajada mulohazalarini örtoqlaşadiganlar, tan oliş kerak, u qadar köp ham emas. Qalam tebratiş mahorati esa nisbatan juda-juda ozçilikka nasib etadi.
Öylab köraylik, nima uçun oddiy publitsistik maqola yoziş layoqati kamdan-kam kişilargagina nasib etadi? Yaxşi va öxşatib yoziş-çi?..
Yaxşi yozadigan odam yomon fikrlamaydi. Bejiz fikrlamaydi. Behuda fikrlamaydi. Umuman, ommaviy muloqot jarayoni yölga qöyilgan jamiyatda birinçi navbatda FIKR, ĞOYA qadrlanadi, uluğlanadi, ardoqlanadi. Fikr uluğlangan maskanda inson uluğlanadi. Davlat rahbari inson qadrini uluğlaş ğoyasini ilgari surayotgan Vatanimizda mana şunday jamiyat qaror topmoqda.
Heç bir ommaviy axborot vositasini kamsitmagan holda tan oliş kerakki, jamiyat koriga yaraydigan salmoqli fikr avvalo, gazeta sahifalarida ommalaşadi. Uzoqqa borişning hojati yöq, jamiyatimiz hayotining turli mavzu-muammolariga bağişlangan biri-biridan salmoqli, ijtimoiy salmoği yukli maqolalar gazetalarimizda muntazam çiqib turibdi. Ziyoli jamoatçiligimiz eʼtiboriga, va albatta, keng gazetxonlar ommasi oldiga bir savolni köndalang qöyaylik: muntazam çop etilayotgan ana şu maqolalarning mualliflari kimlar? Ular qanday insonlar?
Ibrohim Ğafurov, Qudratilla Rafiqov, Akmal Saidov, Ahmadjon Meliboyev, Erkin Aʼzam, Abdusaid Köçimov, Qiyom Nazarov, Viktor Alimasov, Narzulla Jörayev, Zuhriddin Isomiddinov, Muqimjon Qirğizboyev, Qutlibeka Rahimboyeva, Mansur Bekmurodov, Abduxalil Mavrulov, Abdurahim Erkayev, Umid Arslonbekov, Umid Bekmuhammad…
Nomlari zikr etilgan mualliflar qanday fikr-mulohazalarni keng jamoatçilik muhokamasiga qöymoqdalar? Ne maqsad-muddaolarda ilgari surmoqdalar?
Xalqimiz, vatanimiz ravnaqi yölida halovatidan voz keçgan jamiyatimizning ilğor va faol ziyolilari bular. Heç bir mubolağasiz aytişni istardimki, bu singari munavvar zotlarimiz har qanday manaman degan xalqning, davlatning yetuk, közga köringan, faxri-iftixoriga sazovor bölişga loyiq olim-ulamo insonlardir. Taʼna yoki minnatga yöymaylik, öz ona xalqimizning bağrida, xalqimizning non-suvidan totinib voyaga yetgan, kamolga yetişgan bu kabi ziyoli azizlarimiz jonajon ona diyorimiz milliy maʼnaviy-intellektual muhitining ardoqli farzandlari, kerak bölsa, maʼnaviyat jangçilari hisoblanadilar.
Quloqlarimizni ding qilaylik, Qodiriy hazrat aytmoqçi “közlarimizni töldirib-töldirib” öqib, uqişga talpinaylik.
“Olimning jamiyatdagi örni şundaki, – deb yozadi ustoz Ibrohim Ğafurov, – u heç qaçon masala qöymay va masala yeçmay turolmaydi. Masala qöyişi va masala yeçişi bilan olim jamiyat tomonidan tan olinadi va öz nazdida ham, öz vazifasi, aʼmolini oqlaydi”. Boşqa bir örinda ustoz bugungi zamondoşlarimiz tarbiyasi, istiqboli uçun ming yillik özbekona hayo, latofat, farosat tuyğulari qançalar koni foydaligini uqtirişga jazm etadi. Ota-bobolarimizdan maʼnaviy meros yombisi yangliğ did-farosat tuyğusi “soğlom fikrga olib boradi” deya qayğuradi. Xalqimiz tiynatidagi azaliy-milliy tuyğularimiz qatlarida naqadar bitmas-tuganmas ijtimoiy kuç-quvvat yaşiringanligini yodga soladi.
Jön gaplar emas bular, uzoq yillik hayot tajribasining sara mevalari.
“Yozuvçi mardum, – deb yozadi Erkin Aʼzam, – “özidan ortganda”, könglidagini oşiğiç izhor etiş ehtiyoji paydo bölganda publitsistikaga qöl uradi. Zero, qöliga qalam tutgan inson avvalambor jonsarak odam, u “olamni, odamni tökis köriş istagida kuyinib-koyinib qalam tebratadi”.
Biz har bir muallifimiz maqolalaridan istagança iqtiboslar keltirişimiz mumkin, ularda bayon etilgan, örtaga taşlangan masala va muammolar yuzasidan istagança mulohazalar yuritişimiz mumkin, lekin, hamma gap ana şu jonsaraklikda, olamni va odamni tökis köriş istagida, yanada muhimi, qöyilgan masalalar jamiyatimiz, jamoatçiligimiz tomonidan qançalik tan olinayotganida, eʼtibor topayotganida.
Bong uriş payti kelmadimi, deging keladi baʼzan: qöliga qalam tutgan jonsarak bir vatandoşimiz, zamondoşimiz jamiyatga, jamiyat aʼzolariga qarata söz, fikr aytmoqda. Bir foydali fikr, bir ğoya, bir taklif boşqa fikrlarga tutaşib ketarmikan degan, boşqa muhtaram fikr egalarini, masʼullarni muşovaraga çorlarmikan, pirovardida söz amaliyotga köçarmikan, degan pokiza niyatlarda qalam tebratmoqda.
Soğlom ommaviy muloqot orzusi
Ommaviy muloqot jarayonining birlamçi boş bekati barça ongli insonlarning fikrlovçi, fikr izhor etuvçi subʼyektga aylanişida bölsa, sönggi nihoyatda muhim bekati izhor etilayotgan fikr-mulohazalarning kerakli manzillarga yetib borişi, ularga quloq tutilişi, ularning qabul qilinişidadir.
Yoş, boşlovçi publitsistlardan biri “Hurriyat”da eʼlon qilingan maqolasiga “Tinglaşni örganiş madaniyati” deya sarlavha qöydi. Ğoyatda jiddiy muammo bu. Ommaviy muloqotda ayta oliş, yoza oliş, munosabat bildiriş qançalik muhim va ahamiyatli bölsa, ommaga qarata aytilayotgan fikrni tinglaş madaniyatining ahamiyati undan oz emas.
“Odamni tinglay biliş ham juda katta odamgarçilik, – deydi Ibrohim Ğafurov. – U yurak va ongning tarbiyasidan darak beradi”.
Nimasini aytasiz! Ayni paytda bizda tinglay biliş madaniyatini katta ijtimoiy odob maqomiga kötariş vazifasi ustida jiddiy boş qotirişimizga töğri kelmoqda. Şikoyatlar, murojaatlarga amaliy yeçim topiş neçoğli oson emasligini hayot körsatmoqda, lekin aytilgan sözga quloq sola biliş özganing dardiga hamdard böliş ekan, bunday munosabat ommaviy muloqot madaniyatining muhim şarti hisoblanar ekan, uning butkul eʼtiborsiz taşlab qöyilişiga zinhor toqat qilib bölmaydi.
Hayotda yuz berayotgan voqealar yuzasidan bahsli, tanqidiy qaraşlar kelib çiqişi tabiiy hol. Bunday munosabatlar matbuotda yoritilmoqda. Lekin munosabatga munosabat bildirilmasa-çi? Quloq solinmasa-çi? Bundan kim yutadi? Kim manfaat köradi?
Jonkuyar, faol olim Zuhriddin Isomiddinov “Hurriyat” gazetasida çop etilgan “Nuri öçgan ikki ziyo maskani” sarlavhali maqolasida yozişiça, 2002 yili Respublika ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasi, 2011 yili Milliy kitob palatasi optimallaştiriş bahonasida Milliy kutubxona tarkibiga qöşib yuborildi. Töğri bölganmi? Mutlaqo yöq, demoqda muallif. Özbekistondek mustaqil, qolaversa, Renessans çöqqilarini közlayotgan mamlakat ilm-fani mazkur ikki muhimdan-muhim muassasa bölmay turib öylangan-közlangan marralarga qöl çöza olmaydi.
Halim Saidov “Halokat ostonasidagi millat ziyoxonasi” maqolasida maktab kutubxonalari şoşilinç yordamga muhtojligidan jar solmoqda. Biroq…
Eʼtibor beraylik: muammo köndalang qöyilmoqda, lekin uni kim eşitadi? Kim bu haqda qayğuradi?
Yoki, mamlakatimiz böyiça transport vositalari iştirokida yuz berayotgan fojiali holatlar yuzasidan qator gazetalarda önlab çiqişlar qilindi. Taassuflar bölsinki, hatto mana şunday ayançli mavzularga doir mulohazalar ham havoga sovurilayotganiga aql bovar qilmaydi. Nahotki, mutasaddi idoralar, vazirliklar, tegişli masʼullarga yetib bormayotgan bölsa, kuyunçaklik bilan yozilgan gazeta maqolalari?! Gazeta öqişmaydimi yoxud gazetada bosilgan maqolalarda bayon etilgan taşvişli holatlar nafaqat muayyan muallifning, balki xalqning dardi, taşvişi, fiğoni ekanligini his etişmaydimi?!
Bunday holdan adabiyotşunos olim Suvon Meli qattiq taşvişlanadi. Şunday yozadi u: “Agar tanqidiy maqolalar yozilib, çop etilsa-yu, unga birov nima deyapsan demasa, mutasaddi taşkilotlar tanqid qilingan masalalar böyiça çora körmasa… Bu endi juda yomon, va hatto davlatçiligimiz uçun xavfli holat”.
Uzoq yillar Toşkent viloyati “Turon” kutubxonasida xizmat qilgan Feruza Nuriddinova dastavval 1918–1950 yillarda naşr etilgan gazeta va jurnallar sahifalarida eʼlon qilingan maqolalar bibliografiyalarini kitob holida naşrdan çiqardi. Söngra XX asrning 30-yillarigaça bölgan davrda respublikamizning yetakçi gazetalari bölgan “Iştirokiyun”, “Qizil bayroq”, “Turkiston” va “Qizil Özbekiston” gazetalarining 1918–1930 yillardagi sonlarida eʼlon qilingan maqola va xabarlarning izohli bibliografiyasini alohida salmoqli kitob holida jamlab, çop ettirdi. Ozmunça mehnatmi? Bu zahmatli mehnat mahsulidan kim va kimlar manfaat köradilar?
Tabiiy, ilm-fan kişilari, tadqiqotçilar, tarixnavislar va hokazo.
Tarix fanlari nomzodi, Namangan davlat universiteti dotsenti Baxtiyor Isoqov “Manfaatlar muvozanati muammosi” nomli salmoqli asarida şaxs, jamiyat, davlat örtasida keçadigan serqatlam munosabatlarda muvozanat muammolarini atrofliça tahlil qilgan. Asar maʼlumotlarga, qaraşlarga, kuzatuvlarga, munozaraga çorlovçi qiziqarli masalalarga boy. Muhimi – nihoyatda foydali!
Bu yönalişda tadqiqot olib boradigan mutaxassislar köp emas bizda, kitoblar-ku, nihoyatda oz. Şunday ekan, nima uçun bunday maşaqqatli mehnatlar evaziga yaratilayotgan aql-idrok mevalari mamlakatimiz ilmiy-maʼrifiy jamoatçiligining diqqat-eʼtiboriga tuşmasligi, ular katta ilmiy-maʼrifiy voqeaga aylantirilmasligi, tarğib qilinmasligi kerak?!
Öylab qolasan kişi.
Eʼtibor qiling, muhtaram gazetxon, biron örinda deyarli biror muassasa, vazirlik, hokimlik yoki şunga öxşaş idora şaʼniga taʼna yoğdirilmayapti (bu butkul boşqa masala), çunki gap soğlom ommaviy kommunikatsiya şaroitida jamiyatda fikr aylanişi haqida bormoqda. Jamiyat aʼzolarining soğlom fikr almaşişi yaxlit, tabiiy va davomli jarayonga aylanib ketmayotgani haqida bormoqda. Fikrni qadrlaş tuyğusi yaxlit tizimga aylangani sayin jamiyat ongli muloqotlar yölga qöyilgan, taraqqiyotning yuqori bosqiçlariga kötarilayotganidan dalolat beruvçi jamiyatga aylanmoqçi, degan ezgu orzu-niyat izhor qilinmoqda.
Mana şunday ulkan orzular yölida peşqadamlikni qöldan bermasligi muqarrar bölgan gazeta ayançli ahvolga tuşib qolgani esa davrimizning favqulodda boşoğriqlaridan biri bölib qolmoqda.
Tanazzul “tarjimai holi”
Bosma naşrlar, xususan, gazetalar ahvoli tobora orqaga ketayotgani köplab maqolalarning boş mavzusi bölib turibdi. “Qöqon sadosi”ning jarangdor ovozi sönib bormoqda?!”, “Muborak hayoti”ning hayoti söndimi?” singari maqolalar şahar, tuman gazetalari ayançli ahvolga tuşib qolayotganidan bong urmoqda. Ahmadjon Meliboyev kuyunçaklik bilan dam matbuotning “Qudratli va taʼsirçan vosita” ekanligini bot-bot yodga solayotgan bölsa, dam “Matbuotimizning kelajagi kimlarga va nimalarga boğliq?” deya oğriqli savollarni keng jamoatçilik muhokamasiga taşlamoqda. Jurnalist Husan Ermatov şu kungi gazetalarimizning “Öquvçisini izlayotgan matbuot” darajasiga tuşib qolganidan taşvişda. Şuningdek, vazirlik darajasidagi bir qator muassislarning matbuotga munosabat borasidagi nönoqliklarini oçiq-oydin foş etar ekan, “Şu bois, men jamiyatni gazetalarga qarşi qöygan kimsalarni maʼnaviyat va maʼrifat kuşandalari degim keladi” deyişgaça bormoqda. Norqobil Jalil jurnalistlarimizga jurʼat va jasorat yetişmayotganidan nolisa, Musulmon Namoz matbuotimiz jamiyatning közgusi bölolmayotganidan yozğirmoqda. Jasoratli telejurnalist Gulmira Musajonova jurnalistlarimizni haqiqatni ayta olmagan taqdirda heç bölmasa yolğon yozmaslikka daʼvat qilmoqda. Akbar Tovmurodov esa “Bugungi matbuot “törtinçi hokimiyat”mi?” deya masalani nihoyatda köndalang qöymoqda.
Taʼkidlab qöyaylik, mazkur mualliflar qaysidir xorijdan kelib qolgan emas, balki özimizning odamlar, jamiyatimiz faollari, muharrirlik maqomiga erişgunga qadar köp-köp köylak yirtgan, oq-qorani tanigan jamiyat kori bilan şaxsiy manfaati qorişib ketgan ziyolilar, qolaversa, ularning heç biri öz dardini doston qilayotgani yöq – jamiyatimizning, millatimizning manfaatlari yölida jonfidolik körsatmoqdalar. Açinarli joyi şundaki, ana şu xolis va yurakdan sitilib çiqayotgan nidolar, ommaviy muloqot madaniyati va talablariga mutlaqo zid ölaroq devorga aytilgançalik taʼsir kuçiga ega bölmayapdi.
Soğlom va tiyrak ommaviy kommunikatsiya orqali jamiyat ravnaqini yölga qöyiş közlanayotgan davlatda bunday holga mutlaqo toqat qilib bölmaydi.
Bir qator tuman va şahar gazetalari oçiqdan-oçiq tugab borayotganini “Hurriyat” muxbiri A.Pardayev “Bosma naşrlarning ertasi bormi?” maqolasida raqamlar bilan körsatib ötdi. Bir qança markaziy naşrlar keyingi yillar davomida faoliyatini töxtatdi. Bunday ahvolning maʼnaviy asorati alohida masala. Kadrlar talofati, tajribali va mahoratli qalam ahlining işsiz qolişi yana bir alohida masala. Asoratlarni yana sanaşda davom etiş mumkin albatta. Lekin savol tuğiladi: bu inqiroz qaçon, nimadan boşlandi? Qay tarzda davom etdi?
Tan oliş kerak, Vatanimiz mustaqilligining dastlabki ikki-uç yili bir qadar matbuotimiz erkin nafas oldi. Söngra, bosqiçma-bosqiç islohotlar boşlanib ketdi. Jamiyatda erkin fikrni barqarorlaştirişga qaratilgan islohotlar matbuotga emin-erkinlik baxş etiş örniga uning qöl-oyoğini boğlab qöya boşladi. Sohaga doir qonunlar qabul qilinişi, ommaviy axborot vositalari son jihatidan köpayişiga maftun bölgan holda jurnalistikaning tub aqidalari unutilayotgani, boy berilayotgani haqida lom-mim deyişga yöl qöyilmadi. Hayot haqiqati bilan matbuot haqiqati örtasida jarlik vujudga keldi.
Birgina misol. 1997 yilda amalda bölgan ikkita qonunda “Jurnalistik tekşiruv” moddasi bor edi. Uşbu modda aksariyat gazetalarda rukn sifatida qabul qilindi. Uning ostida mehnatkaşlarni qiynagan eng dolzarb va ança-munça ildiz otgan muammolar tahliliy çiqişlar orqali jamoatçilik eʼtiboriga taşlandi. Yaʼni, gazetxonlarning manfaatlari gazetalar orqali himoyaga olindi. Bu hol uzoq davom etmadi: dastlab “Jurnalistik tekşiruv” moddasi bitta qonundan olib taşlandi. Buning ustiga, “Jurnalistik tekşiruv” rukni “Jurnalist suriştiruvi” körinişini oldi. Keyinroq esa buning ham bahridan ötildi.
Oqibatda jurnalist tekşiruvi olib borişga layoqatli bir qator qalami puxta, köpni körgan, tajribali jurnalistlar “çiqit”ga çiqarildi.
Yana bir misol. Azal-azaldan boş muharrirlar tomonidan boş maqola yoziş tajribasi mavjud. Töğri, mafkura noğorasiga öynab yozilgan maqolalar oz emas. Lekin kunning dolzarb muammosi haqida öz qaraşlarini örtoqlaşişga qaratilgan şaxsiy munosabatlarga toqat qilmadik. Boş maqolada boş muharrirning şaxsi börtib körinişini istamadik. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Tafakkur”, “Taşkentskaya pravda” gazetalarida muntazam bosilayotgan va keng öquvçilar ommasini jalb etgan boş maqolalar taqa-taq töxtatildi.
Men “Tahririyatga yuborilgan xatlarga javob berilmaydi” degan ogohlantirişlar köpayganini jurnalistlarimizning jiddiy xatolaridan biri deb hisoblayman.
Hozirda “sariq matbuot” degan laqab orttirgan nodavlat-köngiloçar naşrlarning köpayişi (Abdulla Qodiriy “qora matbuot”, Erkin Aʼzam “arzongarov matbuot” deb nom bergan) jurnalistlarimizni ham, gazetxonlarimizni ham çalğitib qöydi. Avvalo, yengil öqilişi bilan, ikkinçidan juda köpçilik ommada “gazeta öqiyapman-ku” degan aldoqçi tasavvur tuğdirgani bilan.
“Majburiy obuna” degan iboradan “Majburiy mehnat”dan qörqqandek qörquv paydo böldi. Oçiq aytiş joiz bölsa, “Törtinçi hokimiyat” vakillari hali hayotda köpni körmagan, mamlakat miqyosida rahbarlik qiliş hadisini olib ulgurmagan bir vazirning nihoyatda çalasavodlik va sayoz öylaşi oqibatida çiqargan “amr-farmoni”ning notöğri ekanligini yetarliça isbotlay olmadilar.
Obuna barham topgani yetmaganday, xususan, viloyat va tumanlarda gazeta kiosklari tizimi izdan çiqdi, poçta xizmati avvalgi mavqeini yöqotdi.
Hayotda har qadamda istagança muammolar qatorlaşib yotgan bir paytda tanqiddan qariyb voz keçildi. Bu gazetalarimizning obrösini mutlaqo tuşirib yubordi. Neça ön yillar mobaynida erişilgan işonç, ixlos boy berildi.
Sanab ötilgan obʼyektiv va subʼyektiv sabab-oqibatlar yetmaganday axborot texnologiyalari maydonida yuz bera boşlagan yangiliklar bosma naşrlarimiz, bosma jurnalistikamiz osmonidagi qora bulutlarni haddan taşqari quyuqlaştirib yubordi.
OAV va OKV: uloq kimning qölida?
Piça nazariyadan söz oçiş mavridi keldi.
Azal-azaldan ommaviy axborot vositalari deganda, jurnalistika deganda asosan gazeta, jurnal tuşunilgan. Söngra bu ibora radio-telejurnalistikani ham öz qavmi qatoriga qöşib oldi. Taxminan 2000 yillardan internet ommalaşa boşladi. Internet-gazeta, veb-sayt, elektron-naşr taomilga kirdi. Oçiği, bunday özgarişlarga işongandan köra işonmaganlar köpçilikni taşkil etardi. Biroq axborot texnologiyalari möʼjizalari öz karomatini körsatişda davom etdi. Özgariş şiddati şu qadar yuqori ediki, anʼanaviy jurnalistika tobora oçiq tus olayotgan zamonaviy raqobatga bardoş berolmay qoldi. Mana, XXI asrning birinçi çoragida internet imkoniyatlari, uyali telefon möʼjizalari dunyo axborot maydoniga ega çiqib turibdi! Biz 150 yil mobaynida özlaştirgan, örganilgan “Ommaviy axborot vositalari” (OAV) tuşunçasi torlik qilib qoldi va uning örniga “Ommaviy kommunikatsiya vositalari” (OKV) atama sifatida sahnaga çiqdi. Yangi OKV qadimdan yaşab kelayotgan OAVni ham öz oğuşiga tortib ketmoqda.
Afsonaviy Marşall Maklyuen har bir yangi ommaviy axborot vositasi yangi-yangi avlod vakillarini imtihondan ötkazadi, degan edi. Hozirda dunyo aholisi, jumladan, vatandoşlarimiz anʼanaviy va internet jurnalistika imkoniyatlari qiyosida sinovdan — imtihondan ötmoqda.
Şu örinda, muhtaram soha egalari, ayniqsa, fan doktorlari şaʼniga nordonroq gap aytişga töğri keladi: salkam 25 yildan buyon köz öngimizda yuz berayotgan evrilişlar keltirib çiqarayotgan qiyinçiliklarga nega eʼtibor qilinmadi? Nima sababdan tegişli kuzatuvlar, tahlillar va ular bilan boğliq tavsiyalar işlab çiqilmadi? Anʼanaviy jurnalistikamiz va jurnalistlarimiz yuzma-yuz kelişi mumkin bölgan muammolarni betalofot ötkazişga taalluqli yöl-yöriqlar oldindan ommalaştirilmadi?..
Savollar, muammolarga yeçim topiladi albatta, bunga şubha yöq. Faqat jiddiy izlaniş, amaliyotçilar bilan birlaşgan holda mavjud intellektual kuçlarni safarbar eta bilmoğimiz kerak.
* * *
Çuqurroq öylab körilsa, mustaqillikka erişişdan köra mustaqil yaşaş çandon oğirroq, maşaqqatliroq ekan. Bu hol şaxs, jamiyat va axborot tizimidagi jarayonlarda ham yaqqol közga taşlanmoqda. Ehtimol, muammolarning köpligi ham har kun-har soatda kuraşib yaşaşga ğurur, surur bağişlar. Muhimi, har qanday muammo oldida böş kelmaslik, balki dadillik, va albatta ongli-intellektual ommaviy kommunikatsiya maqomiga kötarilayotgan yakdillik sari dadil intiliş. Zero, aql-idrok ila birlaşiş közlangan ğalabani yaqinlaştirişi muqarrar.
Xurşid Döstmuhammad,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,
filologiya fanlari doktori
