Demokratiya hamişa ham ezgulikka xizmat qiladimi?

Tomirlarimda özbek, rus, buryat-mongol, fin- uyğur, turkman, rahmatli buvimning xotirlaşiça, badaviy arab va yohudiy qoni oqadi. Ammo menga özbekona qadriyatlar yoqadi, kattani hurmat qil, kiçikni–izzat, bir bor oşiga şerik qilgan xonadonga qirq yil salom ber, xotining tilagan nonni avval beva qöşni ayolga, u olmasa, ostonangni qöriqlar sakka elt, böyningga tuşar tiğdan emas, qöyningga kirar tuldan qörq, kabi har doim hayot tasdiqlab, kimlarningdir xatolariga işora bölib kelgan haqiqatlarni unutib böladimi?

Onam tomonidan bobolarim fin-uyğur bölişgan, ular Çor Rossiyasiga qarşi kuraşganlar, ularni hukumat Baykal ortiga surgun qilgan. Özimda radikal fikrlar uyğonganida, fin-uyğurlar qoni uyğonmoqda, deb qöyaman. Badiiy-estetik ijodda “Bxagavatgita” va “Iliada”dan tortib, to “Ötkan kunlar” va “Jamila”gaça, “Faust”dan tortib, to “Uillis” va “Yölbars terisidagi bitiklar”gaça fikru öylarimni çulğab, titratib yuradi. Uşbu qonu vujudimga jo ziddayndan goho öyga boraman, men Şarq kişisimanmi yoki Ğarb, men demokratmanmi yoki ğayridemokrat?..

Yuqoridagilarni aytişdan murod şuki, naslning, millatning tafakkurga taʼsirini rad etib bölmaydi. Lekin men töla demokrat yoki töla ğayridemokrat bölgan etnosning borligini bilmayman. Ijtimoiy hayot evriluvçan, aynan u kişini goh demokrat, goh ğayridemokrat bölişga majbur etadi.

Islom falsafasi insonning bir yelkasida Xoliq ötiradi, bir yelkasida Maxluq, deb uqtiradi. Bu qiyosni mavzuga tatbiq etiş mumkin.Demak, “töla demokrat” yoki “töla ğayridemokrat” degan tuşunçalar faqat xayolimizda mavjud. Ammo tafakkur demokratiya izlaşdan va ğayridemokratiyani qoralaşdan töxtamaydi”. “Demokratiya — ideal” (K.Popper). Idealni izlaş tafakkurni   beorom, ammo zavqli qiladi. Köpinça bu idealni erkaklar izlaydi. Nega? Erkak tasavvurida demokratiya unga hayotiy maʼno, şon va taxt beradi. Tarixga nazar taşlang hayotdan maʼno, amalidan şon, tilagida taxt istaganlarning barçasi erkaklar. Demokratiya ham erkaklar kaşfiyoti. Bu paradoks. Demokratiyani mazlumlar izlaşi vojib edi. Uni ilm-fanga olib kirgan erkak — Platon aristokrat edi. Uning siyosiy falsafasida “demokratiya — boşqarişning bad usuli” degan taʼrif olgan. Demokratiyada boş-boşdoqlikka asos mavjud. Özbekistonda Prezident saylovi oldida ayrim olimu qöşiqçilarning “demokratik daʼvolari”ni eslang. Kiçik jamoani boşqarib, heç bölmaganda tört kişi qalbida yaratib yaşaşga umid uyğotolmaganlarning el-yurtni boşqarişga daʼvogarlik qilişi demokratiyami? Voqelikni jön tuşunuvçilar uçun bu demokratiya, biroq ziyrak aql egasi uçun kulguli. Prezidentlikka nomzodlarning Ş.Mirziyoyevdan boşqalari el-yurtga qaysi sifatlari bilan maʼlum edi, degan savol hanuz xayolimdan ketmaydi. Nahotki, ular… mana, demokratiyaning bir körinişi. Lekin dono xalqimiz, körpangga qarab oyoq uzat, deb nasihat qiladi.

Baʼzilar demokratiya ijtimoiy birlik, ahillik, ittifoq yaratadi, taraqqiyotga eltadi, deb öylaydi. Bular ijtimoiy hayot sirlaridan, ayniqsa, insondagi tabohlikka, buzğunçilik va yovuzlikka moyillikdan bexabar kişilardir. Ular demokratiya şio­­ri bilan biror mansabga erişişsa, köp ötmay ğayridemokratga aylanadilar. Toju taxt odamni buzadi, deyişgan qadimgi yunonlar, demokratlar gölligi ustidan kulib. Aslida odamni toju taxt emas, uning atrofidagi şumniyat, mulkparast va izzattalab şaxslar buzadi, çunki “taxt atrofida mudom badaxloq va öz maqsadini unutmagan kimsalar aylanib yuradilar” (N.Makiavelli). Tojvar qançalik demokrat bölmasin, uni ğayridemokratga aylantiruvçilar mudom bisyordir.

Men Şarq demokratiyasi bö­yiça fikrlab, yozib yurardim. Maʼnaviy-axloqiy imperativlarni demokratiyadan ustun bilganman. Yöq, ular özga qonunlarga böysunar ekan sözing öta olsa gapir, qolgani dod-voy, quruq hasrat, böşliqqa nido. Bugun matbuot bong uradi, jamiyatni, ayniqsa, amaldorlar va idoralarning quloği berk. “Gapiraver, matbuot, senga hurfikr­lik, kafan esa özimdan” (Mark Tven). Qoyil. Bu ham demokratiya-da! Mark Tven özga makon va özga davr insoni. Bizniki unikidan farq qiladimi? Şubhasiz.

“Demokratiya” sözining keng eʼtirof etiladigan 50 dan ziyod taʼriflari bor. Siyosatşunoslar uçun davlat va jamiyat işlarini boşqariş, huquqşunoslar uçun konstitu­siyaga amal qiliş, faylasuflar uçun ijtimoiy borliqni yaratiş imkoni, jurnalistlar uçun hurfikrlik demokratiya. Anarxistlar uçun davlatni rad etiş — demokratiya. Qadimgi yunonlar va marksistlar xalq hokimiyatçiligini demokratiya deb ataşgan. Davlat va markazlaşgan boşqariş bor ekan “mutlaq demok­ratiya” bölmaydi. Bölişi ham mumkin emas. Boşqariş tartib demakdir, tartibga, maʼlum bir normalarga bö­yinsunmaydigan joyda, demokratiya ham, idora ham, huquq ham bölmaydi. Davlatning markazlaşgan boşqaruvi tartibni sevadi, tartibga amal qilganida ijobiy natija beradi, kişilar öğri, bezori va zöravonlardan qörqmay yaşaydi. Yaşirmayman, markazlaşgan boşqaruvda avtokratizm va totalitarizmga yaqinlik bor, ammo bu yaqinlikni qonunga böysundiriş mumkin. Ğayridemokratiyada boş­-boşdoqlik hukmron, u tartibni, qonunni tan olmaydi. Markazlaşgan boşqaruvdagi avtokratizmning tamoyili — tartib, ğayridemokratiyadagi tamoyil — boş­-boşdoqlik. Birinçisi umumiy tartib örganiş uçun kuç işlatadi, ikkinçisi zöravonni yanada zöravon qiliş uçun. Ikkinçisi birinçisidan ayançli, musibatli. El-yurt­­da, oilangizda osoyiştalik bölişini istasangiz maʼlum bir erk va huquqingizni markazlaşgan boşqaruv hisobiga ötkazişingiz şart.

Demokratiyani seviş, unga, xuddi mahbubaga kabi, madhlar töqiş mumkin, ammo u bilan yaşaş qiyin. Tasavvur qiling, Xudo körsatmasin zavjangiz demokratiya deb istagan kişisi bilan uçraşsa, istagan vaqtida uyga qaytsa, nima qilasiz? Yoki qattiq sözingiz, jahl ustida tortgan şapaloğingiz uçun öğlingiz sudga bersa…Ming afsus, bular oddiy voqelik bölib bormoqda. Sözingiz xotiningizga, farzandlaringizga ötmasa, ularga mehr, kuç, topganingizni sarflaşga ne hojat? Bir özingiz yaşaganingiz maʼqul emasmi? Mana, demokratiya bizda qanday ğayridemokratik odatlarni şakllantirişga jazm qilgan. Men demokratiyaga emas, uning ğayridemokratik odatlarni keltirib çiqarayotganiga qarşiman. Aslida, demokratiya va ğayridemokratiya, xuddi ezgulik va yovuzlik kabi, yonma-yon yuradi, erkin yaşaş va fikrlaşga moyil aqlgina ularni tez farqlaydi. Demak, bizga köproq ana şunday aql egalari kerak.

Şogirdlarimdan biri OAV mav­qeini örganib körgan. Uning keltirişiça, respondentlarning 60 foizidan oşiği “sariq matbuot”ni öqib turadi, eng oxirgi örinda rasmiy gazetalar turadi. “Ixtiyoriy-majburiy” obuna tartibidan qutulolmagan bölsak-da, res­pondentlar rasmiy gazetalar bilan qiziqmasliklarini bildiradilar. Ulardagi axborotlarning bir xilligi, tilining ğalizligi va sanoxonlik res­pondentlarni bezdirgan. Ularga tor mutaxassislarning özi obuna bölsa-çi, yöq, har bir öquv dargohi, muallim, kafedra, dekanat obuna qilinadi. Özim 70 dan ziyod magistrlardan keça çiqqan ikki-uçta hamma “ha-a, unga obuna bölmasa qöyişmaydi” deydigan gazetalarni keltirib ulardagi qaysi maqola diqqatingizni tortdi?” deb qiziqib söradim. Dissertatsiya yozayotgan birorta ham magistr javob berolmadi… Mana, demokra­tiyaning taʼsirli quroli gazetalarga munosabat! Töğriroği ularning ahvoli!

Men aybdor qidirişdan yiroqman, demokratik bölmaslikning özi ham demokratiya. Biroq bu taqdirda naşrning “demokratman” deb jar solişiga zaruriyat yöq. Bu demokratiyani oyoq osti qilişga olib keladi. Ana şu vajlar bois men qonu vujudimga jo rang-baranglikni “demokratiya” ataşdan töxtaganman. Men ğayridemokrat emasman, ammo bu qonu vujudimga jo rang-baranglikka zid bölsa-da, demokrat ham emasman. Bir paytlari Şarqona demokratiyaning muxlisi edim, uni qutlab kitoblar yozganman, endi esa nimagadir undan könglim qolgan. Demokratiyaning köpligi ham teskari voqelikka aylanar ekan şekilli…

Viktor ALIMASOV,

falsafa fanlari doktori

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan