Sirdaryolik metsenat

Mamlakatimiz oliy öquv yurtlarida aʼlo baholarga öqigan, jamoat işlarida faol qatnaşgan talabalarga Navoiy, Beruniy, Ibn Sino, Uluğbek kabi stipendiyalar taʼsis etilganini yaxşi bilamiz. Biroq jamiyatimizda şaxsiy jamğarmasidan aʼloçi öquvçilar uçun stipendiya taʼsis etgan hotamtoy insonlarning borligini körsak, könglimiz yanada kötariladi.

Hakimjon Yunusov ança yillardan buyon “Tas­viriy oyina” ijodiy uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi boşqaruvi raisi lavozimida işlab keladi. U kişi xalqimizning: “Bir kun tuz içgan joyga qirq kun salom” naqliga amal qilib, özi tahsil olgan Boyovut tumanidagi çekka Mingterak qişloğidagi 49-umumiy örta taʼlim maktabiga muntazam ravişda yordam qölini çözib keladi. Uning ilk homiylik işlari maktab zallari va sinf xonalarini tasviriy tarğibot vositalari bilan bezaşdan boşlangan edi. Bora-bora homiylik yordamining kölami kengayib bordi. Şu paytgaça Yunusov tomonidan maktab kutubxonasiga 2 million sömlikdan ziyod badiiy kitoblar sovğa qilindi. Adabiyot va madaniyatga yaqin kişi emasmi, har çorakda maktabda taniqli yozuvçi, şoir va jurnalistlar bilan uçraşuvlar ötkazişga boş-qoş bölib kelmoqda.

“Saxiyning qöli oçiq, qöli oçiqning yöli oçiq”, deydi dono xalqimiz. Bundan uç yil muqaddam Yunusov öz şaxsiy jamğarmasidan yuqori sinflarning aʼloçi öquvçilari uçun stipendiya joriy qildi. Har çorakda uç nafar öquvçiga 500 ming sömdan stipendiya berişni taomilga kiritdi. Keyinçalik stipendiyaga taqdim etiladigan öquvçilar soni kengayib bordi.

─ Sönggi yillarda stipendiatlarni 5-11-sinf öquvçilari orasidan tanlab olişni yölga qöydik, ─ deydi maktab direktori M. Mirzayev. ─Öqituvçilardan taşkil topgan nufuzli işçi guruhi ona tili, matematika hamda Özbekiston tarixi fanlari böyiça öquvçilardan olingan nazorat işlarini adolatli va şaffof tarzda tahlil qilib, Yunusov stipendiyasiga munosiblarni tanlab bermoqda.

Yaqinda maktabda III çorak yakunlariga bağiş­langan katta yiğin bölib ötdi. Unda Hakimjon Yunusov tanlovda birinçi, ikkinçi örinlarni egallagan 5-sinf öquvçilari Mahliyo Azimjonova va Şabbona Ahrorqulovalarga I va II darajali diplomlar, badiiy kitoblar hamda 500 000 sömdan pul mukofoti, uçinçi örinni egallagan 7-sinf öquvçisi Sayyora Norqulovaga esa, III darajali diplom hamda badiiy kitoblar töplamini tantanali ravişda topşirdi. Boz ustiga, yana beş nafar aʼloçi öquvçiga Yunusov tomonidan badiiy kitoblar bilan “Taşakkurnoma”lar inʼom etildi.

─ Qani endi Hakimjon aka Yunusovga öxşab maktabga yordam qölini çözadigan homiylar safi kengaysa, ─ deydi tadbirda iştirok etgan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengaşi deputati Jumaboy Rahmonqulov. ─Taʼlim tizimi yanada gurkirab rivojlanib ketardi. Zero, Prezidentimiz: “Butun umid siz, öqituvçilardan” deb turgan bir paytda ustozlarning qanotiga kirişdan ortiq baxt bormi?!

─ Hakimjonning bu saʼy-harakatlarini men yuksak vatanparvarlik namunasi deb baholayman. Hotamtoyning serhafsalaliligiga qoyil qolmay iloj yöq. Hatto tanlov ğoliblariga maxsus medallar ham darj ettirgan. Işonçim komilki, Yunusov stipendiyasiga muşarraf bölgan öquvçilardan kelajakda yurt koriga yaraydigan yetuk mutaxassislar yetişib çiqajak, ─ deydi faxriy pedagog Qurbonboy Mirzayev.

─ Hakimjon Yunusovning hotamtoyligi faqat özi öqigan maktabga yordam körsatiş bilan çeklanib qolmagan, ─ deydi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining aʼzosi, şoir Abduğani Abdurahmonov. ─ U viloyatimizdagi jurnalistlar va ijodkorlarga ham jild-jild badiiy kitoblarni sovğa qilib turadi. Şu örinda qiziq bir faktni keltirişni joiz deb bilaman. U qizini uzatganida körmanaga möʼjazgina kutubxona hadya etganiga guvohman.

Işlab çiqariş yiğilişlaridan birida Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev rahbarlarni Hakimjon Yunusovdan örnak olişga, özlari tahsil olgan maktablarga tez-tez taşrif buyurib, beminnat yordam qöllarini çözişga çaqirdi.

Muhammadali AHMAD,

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan