Toğam
Ötgan yakşanba kuni bolalar bilan poytaxtimizdagi “Ğalaba boği” ga bordik. Bu yerda bölgan odam, eng avvalo, tinç osmonimiz, osuda kunlarimiz, tökin dasturxonlarimiz uçun şukrona qiladi. Şunday yurtda yaşayotganimizdan faxrlanadi. Negaki boğdagi barça eksponatlar, yovuz uruşning oqibatlari, öşa paytdagi kuy-qöşiqlar, harbiy texnika va qurol-yaroğlar, mehnatkaş xalqimizning uruş va uruş ortidagi zahmatlariga guvoh qiladi göyo…
Yaqindagina “Ilhaq” badiiy filmi orqali tanişganimiz — matonatli Zulfiya ona Zokirova butun özbek ayollarining sadoqati ramzi sifatida turibdi.
301 nafar qahramon xotirasiga ekilgan daraxtlar, afsonaviy özbek generali Sobir Rahimov va uning yonida özbek jangçilari bugungi tinçligimiz naqadar buyuk neʼmatligini ming karra anglatayotganday…
Ikkinçi jahon uruşi qahramonlari qatorida esa toğam — Sovet Ittifoqi Qahramoni Şodi Şoimovning ham borligi juda faxrlantiradi.
Har gal boqqa borsam Şodi Şoimov deb yozilgan oq marmarning yonida yoki muzeyga kiraverişdagi öng tomonda kiçkinagina belkurakçasi bilan nemisni urayotgan soldat paviloni yonida uzoq qolib ketaman.
Yonidagi öq va granatalari tugagaç qöl jangida bir paytning özida 13 ta nemis soldatini yenggan, degan yozuvni qayta-qayta öqiyman, şu yigitça mening toğam, — şahrisabzlik qahramon Şodi Şoimov böladi.
Ne tongki, bor yöği 17 yoşida uruşga ketgan, qoraçadan kelgan, çayir, rahmatli Kattaenamning aytişlariça qörqmas, judayam qaysar “gazanda” laqabli şahrisabzlik bolani körgim kelaveradi. Röyxatlarda nomini körsam beixtiyor közlarim yoşga tölib onam rahmatlining “Çimildiğam körmadiya” deb yiğlaganlarini eslayveraman.
— Uruşning nimaligini tuşunib yetganmikan, ona, — deb sörasam, — yoşligida ota-onadan yetim qoldi, avval poççam, keyin opam ketma-ket ötib qoldilar, rözğor boşiga tuşdi, kattalarga öxşab rözğor uçun çopadigan böldi. Özini har yonga urib bir burda non topiş ilinjida hammollik qildi. Kimningdir yerini çopib, kimningdir ötini örib rözğorga qaraşib turdi.
Bir kuni hamma tillovarlarimni yiğiştirib bir qop buğdoyga aliştirib keldim. Qopni Şodi osongina yelkasida kötarib uygaça obkeldi. Şunda yoş bölsa ham işlab yelkalari pişganiga guvoh böldim. Köp ötmay qahatçilik joniga tekkaç uruşga ketaman deb turib oldi, xuddi u borsa hammayoq tinçiydiganday “voyenkomat”ga borib yozdirib keldi. Köp ötmay çaqiruv qoğoz keldi, hammaga öxşab albatta qaytaman, deb uruşga ketdi.
Şodi Şoimov 1925 yili Şahrisabzning Arabon qişloğida tuğilgan edi. Şu yerdagi Telman nomli maktabda öqigan.
Maktab hoziram bor. Tala-tumlardan, buz-buzlardan omon ötib kelyapti.
Onam ham şu maktabda öqiganlar.
Qaçon şu köçadan ötsak onam rahmatli “Ana, mani maktabim”, derdilar, şundan bilaman Şodi Şoimov şu maktabda öqiganligini.
Ming afsuski, sovuq uruş yoşu qarini heçam ayamagan…
Darhaqiqat, 1937 yil Şodi Şoimovning otasi, 1939 yil esa onasi olamdan ötişadi. Uyda singlisi tört yoşli Tilovat bilan çin yetim bölib qolişgaç, ikki norasidaga bir muddat Xudoyberdi toğasi, Zuxra xolasi ğamxörlik qilib turişadi. Söngra Zulayho xolasining uyiga köçib ötişadi.
Toğam uruşga ketgaç birinçi xatida “Frunze degan joydaman, miltiq otişni örganayapman”, deb yozgan ekan. Keyingi xatlarida ham harbiy maşqlari haqida yozib turgan. Öşa xatlar şahrisabzlik jurnalist Şarofjon Orifiyning qöliga berilgan.Çunki Şarofjon Orifiy uruşdan keyin Şodi Şoimovning izlarini izlab Mogilovskiyga borgan. Adib bu haqda 1977 yil menga sovğa qilgan “Bir tomçi qon” kitobida ham batafsil söz yuritgan.
Şunday qilib Şodi Şoimov boşlanğiç harbiy tayyorgarlikdan ötib 385-öqçi diviziyaning 1266-öqçi polkida avtomatçi sifatida jangga kiradi. Belorussiyani faşistlardan tozalaş operatsiyalarida iştirok etadi.
1944 yilning 27 iyunida 1266-öqçi bataloni oldiga Belorussiyaning Mogilyov viloyati Daşkovka qişloği yaqinida Dnepr daryosini keçib ötiş va asosiy kuçlar yetib kelguniça uni uşlab turiş vazifasi qöyilgan edi.
Şodi toğam köngilli bölib daryoning öng sohiliga suzib ötiş taklifini beradi. Uning Şahrisabzdagi Tanxoz daryosida baliqday suzib katta bölganini qayerdan bilsin, rota komandiri rozi bölmaydi.
— Ilgari daryoda suzganmikin, özi, — deb eʼtiroz bildiradi.
Ammo qaysar bola, bu vazifa öta xavfli ekanligini bilsa-da, Şarov degan safdoşi bilan birgalikda özini suvga taşlaydi. Narigi qirğoqqa suzib ötib Daşkovka qişloği yaqinida Dnepr daryosini keçib ötiş va asosiy kuçlar yetib kelguniça kun böyi uni uşlab turişga erişadi… Uning qahramonligi bilan 1266-öqçi polki tezkorlik bilan daryoning narigi sohiliga talafotsiz ötişi taʼminlanadi. Daşkovka qişloği yaqinida daryo ustida portlatişga möljallab turilgan köprik omon qoladi.
Va biz yuqorida tilga olgan qöl jangi şu vaqtda yuz beradi. Bu bilan Şodi Şoimov minglab diviziya jangçilarining talafotlarsiz köprik ustidan ötişlariga imkon yaratadi.
Şodi Şoimovga öq tegmaydi, faqat kuraşda qattiq jarohat olib 1944 yilning 28 iyunida vafot etadi. Qişloq ahli hurmat-izzat bilan uni şu joyda dafn etadilar…
Vafotidan söng Sovet ittifoqi Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hamda “Qizil yulduz” medali bilan taqdirlanadi.
1266-öqçi polki komandiri Konovalov unvonga tavsiya etar ekan, şunday sözlarni yozadi:
“1944 yil 27 iyunda batalon Dnepr daryosini keçib ötib, asosiy kuçlar yetib kelguniga qadar platsdarmni uşlab turiş vazifasini oldi. Duşmanning şiddatli öt zarbasi ostida batalon daryoga yaqinlaşib kela olmadi, Dneprning çap sohilida yerga yotib oldi.
Örtoq Şoimov köngillilardan bölib daryoning öng qirğoğiga ötiş istagini bildirdi. Özi bilan avtomat, öq-dorilar olib, örtoq Şarov bilan birgalikda daryoga özini otdi. Duşmanning öq yoğdirib turişiga qaramasdan daryoning öng sohiliga yetib olişga muvaffaq böldi. Keçib ötgan mard jangçilarimizni sezib qolgan duşman ularni yöq qiliş va minalaştirilgan köprikni portlatiş uçun avtomatçilar guruhini taşladi.
Örtoq Şoimov mardligi, matonati bois kun davomida duşmanning kiçik guruhlari hujumini qaytarib turdi. Kun oxirida qatʼiyat bilan duşmanning öt oçiş nuqtalariga zarba berdi. Va duşman safida sarosimalikni keltirib çiqardi. Yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib batalon rotalari qisqa muddatda daryoni keçib ötdi. Keçib ötgan jangçilarni Şoimov duşman istehkomlarini şturm qilişga boşladi. Öq-dorisi tugab qöl jangiga kirişib ketdi va 13 faşistni yakson qildi. Va uşbu jangda qahramonlarça halok böldi.
Körsatgan jasorati uçun Şodi Şoimovni Sovet ittifoqi Qahramoni unvoniga tavsiya etaman”.
Ha, toğam Şodi Şoimov 1945 yil 24 mart kuni vafotidan söng yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.
…Tursuntoş momom nevarasidan köngli töq edi. Yerga ursa kökka sapçiydigan bolasini odamlar “Tegirmonga tuşsa butun çiqadi” deb taʼriflaşlarini bilardi. Şu bois uruşni tugatib qaytadi, deb qatʼiy işongan edi. Könglini buzmadi. Ammo Şodisidan qora xat keldi.
Ayvon töla odam nevarasining mardligini, ölimga tan bermasligini qayta-qayta aytsalar-da, özini önglolmay yotib qoldi.
Keyinçalik arabonliklar Tursunoy momomni “Geroy momo” deb çaqirişar edi.
Inobat OYDIN
