Fotojurnalistlar uçun ham katta rağbat

“Eng yaxşi fotoreportaj uçun” nominatsiyasi ğolibi, Daryo.uz internet sayti fotomuxbiri Madina NURMAN:

Rostini aytsam, “Oltin qalam” tanlovida fotojurnalistika yönalişi degan alohida nominatsiya borligining özi juda quvonarli. Çunki bu fotojurnalistlar uçun katta rağbat. Tanlov nafaqat yetuk professionallar, balki sohada 5-6 yildan buyon işlayotgan menga öxşagan yoşlarga ham imkoniyat berişi bilan ham ahamiyatlidir. Har qanday tanlovdagi ğoliblik esa insonga katta turtki va intiliş beradi.

Fotojurnalistika milliy matbuotimiz uçun eng kerakli va ayni damda biroz oqsayotgan yönalişlardan biri. Negaki, bugungi kunda qöltelefonlari orqali bir-ikki suratga olib, “fotomuxbir”ga aylanayotganlar köpayib ketdi. Fotojurnalistikani alohida bir kasb, soha sifatida çuqur örgangan, hanuz örganişda davom etayotganlar afsuski, barmoq bilan sanarli. Bu gaplar bilan özimni har tomonlama mukammal, professio­nal fotojurnalist deb hisoblab, aql örgatmoqçi emasman ammo fotojurnalistikani rivojlantiriş uçun tajribali, bir neça yillar davomida sohada mehnat qilib kelayotgan ustoz fotosuratçilarga taklif bilan çiqqan holda yoşlarga dars berişni yölga qöyiş kerak deb öylayman. Aynan şu işlar orqali fotojurnalistikamiz ançayin jonlangan bölardi. Yuqorida keltirganimizdek, har yili ötkazib kelinayotgan “Oltin qalam” tanlovida fotojurnalistika yönalişining borligi bu sohaga qiziquvçilar sonini yanada oşirmoqda.

Şu örinda yana bir narsani unutmaslik kerakki, tajribali fotosuratçilarga qoniqarli mehnat şaroit­lari va moliyaviy imkoniyatlar yaratib berilsagina biror natija kutiş mumkin. Yana bir tomoni, professio­nal fototexnikalar öziga yaraşa katta xarajat talab qiladi. Tabiiyki sohaga endi kirib kelayotgan yoşlarning bunday moliyaviy xarajatlarga qurbi yetmaydi. Ularni ilğor texnika bilan taʼminlaş ham muhim ahamiyatga ega. Bularning bari asosiy tamal toşi qöyilgandan keyingi masalalar. Birlamçi masala fotojurnalistika maktabini yaratiş. Keyingi navbatda OAVda mavjud kadrlarning malakasini oşirib borişga ham eʼtibor qaratiş kerak. Kurslar, amaliy tre­ninglar, xorijiy davlatlar fotojurnalistlari bilan tajriba almaşiş ham ançayin foydali böladi. Bular öta muhim. Hozirça mana şu jihatlar yölga qöyilsa, keyinroq yanayam köproq rejalarni kötariş mumkin.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan