Mukofot bu — mas'uliyat

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma OAV) nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin sohibi,

“Erkin Qoraqalpog'iston” gazetasi muxbiri Guloyim Saparova:

— Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy jurnalis­tika sohasini tubdan isloh etish, fuqarolarning so'z va axborot olish erkinliklarini ta'minlash borasida keskin ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Albatta, bu o'zgarishlar ilk navbatda biz jurnalistlarning xalqimiz oldidagi burchimizni to'laqonli ado etishimizga imkoniyat yaratdi. Bu ishlarning boshida esa shaxsan Yurtboshimizning o'zlari turganliklari hamda “Qo'rqmanglar, dadil bo'lib, tanqidiy materiallarni olib chiqaveringlar. Ortingizda Prezident turibdi” deb ishonch bildirayotganliklari kuchimizga kuch, g'ayratimizga g'ayrat qo'shib turibdi. Mana shu kuch-g'ayrat ta'sirida erkin ijod qilyapmiz.   Avvalgidek qaysidir amaldorlar tufayli oshkora va yashirin senzura qilinayotgani yo'q. Har qanday muammo va har qanday murojaat xalq ichida muhokama qilinyapti. Jo'shqinlik bilan odimlayotgan mana shunday jarayonlarda esa har bir jurnalist faollik va fidoyilik bilan o'z mahoratini namoyon etadi. Rostini aytsam, men bu mukofotga loyiq ko'rilaman deb o'ylamagandim. Ilg'orlar safida menga ham “Oltin qalam” mukofoti topshirilgan ekan buyog'iga ustozlarning ishonchini oqlashga va xalqimizga yanada fidoyilik bilan xizmat qilishga harakat qilaman.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

twenty − fifteen =