Men nima uçun “Hurriyat”ni öqiyman?

Ibrohim ĞAFUROV,

Özbekiston Qahramoni,

Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi

“Hurriyat”ni respublika matbuoti içida öziga xos yölini topib olgan gazeta deb bilaman. Turli sohalar gazetalaridan farqli ölaroq u menga umumiy ommaviy gazeta bölib tuyuladi. Köpçilik öqiydi va köpçilik öziga tegişli manfaatlarni undan oladi. Kişi qaysi bir gazetadan manfaat körsa, öşani topib öqiydi, kanda qilmaydi.

Har gal “Hurriyat”   gazetasi eşigimni asta qoqib beminnat kirib kelganda, balkonda uzoq vaqt öqib ötiraman. Iqtisod, islohotlar, istiqlolning madaniy maʼrifiy, maʼnaviy hayoti, axloq-odob, yangi turmuş tamoyillarining kirib kelişi va ustuvorlikka intilişi, ijod, sanʼat yangiliklari – bular hammasi öziga tinmay jalb etadi. Gazetaning “Mulohaza”, “Ikkinçi fikr”, “Dildagi gap”, “Oçiqçasiga gaplaşamiz”, “Luqma” singari ruknlarini-ku hammasidan oldin öqib çiqaman: zamondoşlarimning öy-mulohazalari, taşviş-nadomatlari, armonlari, orzulari bilan tanişiş menga ğoyatda pörim keladi.

Şularga qarab turib gazetaning yöli aniq – maʼrifiy, madaniy, tanqidiy fikr­çanlik, tahlilçanlik yöli ekan, degan xulosaga kelaman. Öz tarixiy nomiga, hurriyatçilik anʼanalariga munosib, deyman. Yönalişiga munosib erkin ovozi, masalalarga mustaqil yondaşuvlari sahifama-sahifa ruknlarida aks-sado berib turadi. Öquvçilarini birgalikda fikrlaşga undaydi va eng olijanob hissiyotlariga murojaat qiladi. Bunga erişiş – muştariylarni – hozirgi zamon jamoatçiligini hayajonga soliş, maslakdoşlik tuyğusini uyğotiş juda ham oson emasligini, buning uçun har safar bir qop tuz yeyiş kerakligini bilaman, boşimdan ötkazganman. Ijodiy taşabbus­lar içida yonib-kuyib, yurtga, yurtdoşlarga va keng maʼnoda yoruğ olamga hamohang, hamnafas yaşagan va qalam tebratgandagina jurnalist ijodkorlarga bu muyassar böladi. Islohotlarning tub mağzi, qirralarini, muammolarini xolis nuqtai nazardan oçiş va yoritişga rağbatlantiradi. Misol uçun katta   öqituvçi Abduhamid Jumanazarovning yaqinda “Mulohaza” rukni ostida bosilgan ixçam, ammo ğoyatda mazmundor maqolasini qiziqib öqidim: unga juda ham ğalati “Dunyoga ota-onamiz bilan birga qaraylik” deb sarlavha qöyilgan. Şu jumla yuragimga quvonç olib kirdi. Munday qarasangiz, juda sodda, hatto eʼtiborni ham tortmaydiganday. Ammo şu paytgaça bu masala şu tarzda qöyilmagan va ifodalanmagan edi. Ifodaning nozik maʼnosini qarang. Muallif nega masalani bunday rakursda qöyayotganligini hayotiy misollar bilan tahlil etadi. Hayotimiz uçun nihoyatda zarur axloqiy xulosa çiqaradi. Gazeta sahifalarida şunday teran hayotçan maqolalarni öqiş ğoyat maroqli. Gazeta zamondoşlarimizga ibratli bölişi uçun tez-tez tariximiz sahifalariga murojaat qiladi. Tarixning ilgari payqalmagan qirralariga eʼtibor qaratadi. Gazetaning öz iqtidorli mualliflari oyoqqa turyapti. Ularning nigohlari köp narsalarni qamrab olyapti. Usul, tahrir ham ijodiy, madaniy izga tuşyapti. Menimça axloq-odob ruknlarini yanada kuçaytiriş, aktual zamonaviy masalalarni bor murakkabligi bilan xolis kötariş kerak. Ammo har qanday zamon masalasini uç qoğoz hajmda öquvçiga yetkaziş, har qanday katta muammoni uç kolonkada har tomonlama ifodalab, yurtdoşlarimiz diqqat-eʼtiborini tortiş mumkin. Qaçon sözni uvol va isrof qilişdan qaytamiz. Arxivga batamom taşlaylik bularni endi! Qaçon ifodaviy löndalik hammamizning toyilmas estetik talabimiz bölib qoladi? Lönda gap kunda kerak, uzoq jimjima gap kimga kerak! Ayniqsa, qimmatbaho gazeta qoğozi betida!! “Hurriyat” bunda öz nomini oqlab mezon va örnak bölişga çorlangandir.

 

OBUNA — 2023

Aziz yurtdoşlar, qadrli muştariylar!

Xabaringiz bölsa kerak, 2023 yil uçun obuna mavsumi boş­landi! Siz albatta, sevimli gazetangizga kelgusi yil uçun ham obuna bölasiz degan umiddamiz.

“Hurriyat” — erkin söz va hurfikrlar minbari!

“Hurriyat” — tafakkur çiroğini baland tutib, xalq dilidagini tiliga, tilidagini öz sahifalariga olib çiqadigan gazeta!

“Hurriyat” — bu şunçaki varaqlab qöyiladigan naşr emas, öqiladigan gazeta!

Obunani “Özbekiston poçtasi” AJ, “Matbuot tarqatuvçi” AK va sohaga taalluqli boşqa korxonalar hamda Tahririyat orqali töğridan-töğri rasmiylaştiriş mumkin.

“Hurriyat”ning obuna indeksi: 233

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan