Sözdan ulkan boğ yaratgan ijodkor

Ibrohim Ğafurov tavalludining 85 yilligi

 

Maʼlumotlarga köra, asalarilar bir kilo asal yiğiş uçun uçib ötadigan masofasi Yer şarini ön marta aylanib çiqişga yetar ekan. U bir tomçi şira yiğiş maqsadida mingdan ortiq gullarga qönib, nektarni sörib bölgaç, özidan bir belgi qoldirarkan. Toki uning şeriklari öşa gulga qönib, nektar izlab vaqtlari ketmasin…

Asalari olib ketayotgan nektarning oğirligi tanasining uçdan biriga teng kelişi esa, bu bir tonnalik maşina 300 kilogramlik yukni olib ketayapti, deganidir. Uşbu haşarot nektarni olib, iniga qaytar ekan, yölda nektarni asalga aylantiriş böyiça öta murakkab kimyoviy amaliyotlarni bajaradi. Uyasiga yetib borgaç, qayta işlov berilgan mahsulot yana qayta işlanib, sof asal holiga keltiriladi.

…Ibrohim Ğafurov haqida söz ketganda bu ijodkorni beixtiyor asalariga qiyoslagimiz kelaveradi. Bu bejiz emas, albatta. Asalari qanday mehnatkaş, mehnatkaş bölganda ham foydali mehnatkaş bölsa, Ibrohim aka ham xuddi şunday zahmatkaş va hatto undan ham köproq ter tökadi. Eng muhimi, har bir asari xuddi boldek koni foyda. Şuning uçun ham u Ibrohim Ğafurov bölib yuzaga çiqdi. Ijodkorning asarlari, tarjimalari, eʼlon qilgan dolzarb mavzulardagi maqolalarini bir qur köz öngidan ötkazgan kişi bu fikrga darrov qöşiladi, qöşilmasdan boşqa iloji ham qolmaydi. Asalari “viz-viz” uçib, tinmay bol yiğayotgan boğ esa, şubhasiz, sözdan bino bölgan adabiyot boğidir.

Darhaqiqat, Ibrohim aka sözdan ulkan boğ yarata olgan ijodkor. Bugun uşbu boqqa “Gözallikning olmos qirralari”, “Unutilmagan boğ”, “Ona yurt kuyçisi”, “Joziba”, “Yonar söz”, “Yam-­yaşil daraxt”, “Örtoq şoir”, “Yurak — alanga”, “Prozaning şoiri. Said Ahmad mahorati”, “Lirikaning yuragi”, “Şeʼriyat — izlaniş demak”, “Öttiz yilning izhori”, “Iltijo”, “Dil erkinligi”, “Hayo — xaloskor”, “Mangu latofat”, “Tarjimonlik mutaxassisligiga kiriş”, “Tarjima nazariyasi”, “Qurʼon tarjimalari: Tajribalar”, “Hayot — xayol — xiyoboni” deb atalgan iforli gulu rayhonlar özgaça körk bölib turibdi. Ular nafaqat boqqa fusun bağiş­lagan, ayni çoğda bunga taşrif buyurgan insonlar bahri dilini oçib, ularga özgaça kayfiyat ulaşgan, ruhan yuksalişiga ilhom bergan.

Bu boğning bor böyi, tarovati şulardangina iborat emas. Iqtidorli va çin maʼnoda mehnatkaş ijodkor öz boğiga dunyoning turli mintaqalaridan nafis gullarni, ajib manzarali daraxtlarni keltirib ötqazdi, ularni mahalliylaştirdi. Bugun ularni körgan kişi borki “bular Amiriqo, Afriko, Osiyo yoxud boş­­qa bir joydan keltirilgan”, desa sira işonmaydi, “bular özimizniki-ku”, deyişadi. Darvoqe, şunday. Dunyodagi köplab nafis durdonalar Ibrohim aka tomonidan şunçalik mohirlik bilan ögirilgan, agar öz sözimiz bilan aytadigan bölsak, mahalliylaştirilganki, ularni mutolaa qilgan kişi avval boş­­qa tilda yozilib, keyin özbekçaga tarjima qilinganiga aslo işonmaydi.

Buning dalili qilib Xemingueyning “Çol va dengiz”, “Alvido, qurol”, Paustovskiyning “Olis yillar”, Kojevnikovning “Qiliç va qalqon”, Mirzo Ibrohimovning “Böron quşi”, Sulaymon Rahimning “Mohitobon”, Gi de Mopassanning “Azizim”, Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Qimorboz”, Nozim Hikmatning “Surur”, Çingiz Aytmatovning “Qiyomat”, “Çingizxonning oq buluti” nomli ulkan çinorlarga qiyos etsa böladigan asarlarini keltiriş mumkin.

Eʼtiborlisi şundaki, sanab ötilgan mazkur asarlarning barçasi rus tilidagisidan köra öqişli va ravonligi bilan ajralib turadi. Bu ham, albatta, ijodkorning ulkan salohiyatidan, mohir tarjimonligidan darak beradi. Uşbu haqiqatni anglaş uçun mutaxassis böliş şart emas, oddiy öquvçi ham mutolaa jarayonida darrov farqlay oladi.

Ibrohim aka professional munaqqid sifatidagi salmoqli faoliyati davomida köp­lab yozuvçi va şoirlar asarlarining mazmun-mohiyatini, yutuq va kamçiliklarini öz tafakkur prizmasidan ötkazar ekan, milliy adabiyotşunosligimiz ham bir qadar ösdi. Yangi nazariy umumlaşmalar, yolqinli fikr va qaraşlar bilan yanada boyidi. Baʼzan bir tomonlama baho berib kelingan, dogmatik yondaşuvlar parçalanib, adabiyotga çinakamiga sanʼat sifatida, badiiyat olami sifatida qaraş kuçaydi. Eng muhimi, yangi-yangi isteʼdodlar kaşf etildi, ularga ajib bir nazokat bilan, qalblarini oğritmaydigan muloyim usul va uslublarda pand-nasihat berildi, yuksak marralarga erişişning oydin yöllari körsatildi.

Ijodkor adabiy va publitsistik maqolalarida zamonamizning eng dolzarb muammolarini qalamga oldi. Şu orqali xalqimizning milliy özlikni anglaşi, azaliy qadriyatlarni uluğlaşi, Vatanga sadoqat, umuminsoniy ğoya­lar va keçinmalarga hurmat bilan qaraşni şakllantiriş, istiqlolning qadriga yetiş va uni asrab-avaylaşdek ezgu işlarga kamarbasta böldi. Misol uçun, “Dil erkinligi” kitobiga kiritilgan “Hujayradagi suvratlar” maqolasida nafaqat ötgan asrning 90-yillarida, balki bugungi kunimizda ham muhim bölgan — yoşu qarini birdek öylantiradigan masalalar haqida söz yuritadi. Özbek xalqining tarixiy taqdiri haqida keng va oçiq mulohazalar bildiradi. Inson uçun eng katta fojia ruhan qaramlik, uning hujayralarigaça singib ketgan qörqoqlik, ezginlik, qullik psixologiyasi ekanligini hayotiy misollar, teran fikr­lar asosida oçib beradi. Bu illatlarning paydo böliş sabablarini, oqibatlarini tahlildan ötkazadi. Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov ijodiga murojaat qilib, uning “Yuragingda makon tutgan qul”, “Diagnoz”, “Savagiç” şeʼrlari va Matmusa obrazi ayni mavzudagi badiiy umumlaşmalar ekanligini qayd etadi. Şoir tasvirlagan yuraklarni makon tutgan qullik, doim boşi egiklik, mutelik, ijtimoiy oğir dard inson, jamiyat hujayralari suvratlari ekanligini taʼkidlaydi. Bu asoratlardan bugungi ilğor jahon sivilizatsiyasi sari şitob bilan qadam taşlaş bilangina xalos böla olişimizni urğulaydi.

“Bizni hujayralarimizdagi ötmiş asoratlar va dardli ezgin suvratlardan faqat va faqat sivilizatsiyagina qutqaradi. Bizning bir katta yutuğimiz bor. U ham bölsa, köp narsalarni özimiz uçun qayta kaşf qilişga vaqt sarflaşimiz şart emas. Tayyor jahon tajribalarini tez va pişiq özlaştirişning özi kifoya. Öylaymanki, xalqimizning idroki bunga yetadi”, deydi muallif.

Bu kabi dadil fikrlar, teran muşohadalar öquvçini mulohaza qilişga undaydi. Idrokiga sobiq tuzim davrida singib ketgan va undan mustaqillikdan keyin ham qutula olmayotgan qullik, labbayçilik, boqimandalik, ruhan mutelik iskanjalarini parçalaşga çoğlantiradi. Yurtdoşlarimizning milliy ğurur, vatanparvarlik, jasorat, bunyodkorlik, ijodkorlik tuyğularini yuksaltirişga hissa qöşadi.

Ijodkorning sohir qalamidan tökilgan qaynoq maqolalar qatoriga boşqa heç bir joyda öxşaşi bölmagan mansuralarini qöşsak, çindan ham Ibrohim aka yaratgan boğ neçoğli ulkan va ajabtovur ekanligini töliq his etamiz, anglab yetamiz. Ayniqsa, mansuralarining tafti, tarovati, taʼbir joiz bölsa, taʼmi, mazasi özgaça. Bunday mevani boşqa heç bir boğda uçratmaysiz.

Ijodkor mansuralaridan birida şunday yozadi: “Ilohiy borliq eng oliy qadriyat. Pegining sözlari öyga botirar. Odam bolasi ham şu ilohiy borliq içidamikin? Ilohiy borliqni tasarruf qilişga buyurilganmi odamizod? Tasarruf — foydalaniş, yeb-bitiriş. Yeb-bitirişga çorlanganmi odamizod? Va yo saqlaşga buyurildimi odamizod? Odamzodning şu ilohiy borliqdan özga mulki, özga boyligi, davlati yöq. Lekin vazifasini ang­ladimi odam? Ilohiy borliqda öz vazifasini biladimi odam? Ilohiy vazifani oddiy insoniy vositalar bilan bajariş — şu eng ilohiy, eng oliy vazifa. Qora terga tuşaman Pegining bu sözlaridan. Baxtning şu oddiy insoniy vositalarini qaçon kaşf etamiz? Va qaçon anglab yetamiz ularni? Har bir odam öz hayotida inqilob qilsin. Har bir kimsa öz içida ham inqilob yasasin. Murakkab dunyoni qanday qurişlikni örgatar faylasuflar. Ilohiy inqilob! U qalbimda! Turğunlik devi yengilmas emas”.

Uşbu asar ixçamgina bölişi bilan birga, mohiyatiga ulkan yukni, yaʼni har bir insonni, har birimizni mudom öylantirib keladigan savollar va ular javobini mujassam etgan. Uni öqib bölişingiz bilan kattagina hajmdagi romanni öqigandek his etasiz özingizni. Yanayam aniqroği, katta romandan olinadigan taassurotlarga ega bölasiz. Bu, albatta, söz boğbonining ulkan salohiyati mevasidir.

Çinakam isteʼdod turli mayda qaraşlardan, turmuşning maişiy muammolaridan doim ustun turadi. U kimlarningdir ğiybatini qilişni, çaqimçilik, har xil fisqu fasodlarga berilişni, birovlarning tagiga suv quyişni, hasad va iğvo qözğaşni ortiqça daxmaza hisoblaydi. Ularga vaqt ajratmaydi, istamaydi ham. Ibrohim Ğafurov ham hayoti davomida bunday nomaʼqulçiliklardan uzoq böldi. Yuzni şuvit qiladigan bunday işlarga heç qaçon yuz burmadi. Xalq xizmatidan böş vaqtlarida, ijoddan holi bölganida kitobga oşno tutindi, öqidi, izlandi, mahoratini boyitişga intildi. Oilasi davrasida, yaqinlariga baxt ulaşişga harakat qildi.

Ibrohim akaning oilaparvarligi haqida köp gapiriş mumkin. Elimizning suyukli şoirasi Oydin Hojiyeva bilan birga ötkazayotgan hayoti — ikki ijodkorning xuddi Oybek va Zarifa Saidnosirova, Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova, Said Ahmad va Saida Zunnunova kabi adabiyotimizning zabardast vakillari qatori inja sanʼat boğida qöş daraxt kabi bir-biriga suyanib, özaro tayanç bölib kökka böy çözgani, vafo va sadoqatning şirin mevalar berişini öz umrlari misolida isbotlab yaşayotgani köplab badiiy asarlarga syujet böla oladi.

Taajjub, Ibrohim aka nimaning hisobiga bu yuksak maqomga kötarila olgan? Nazarimizda, buning zamirida Xudo bergan katta isteʼdod bilan birga, öz tiynatida ezgu fazilatlarni tarbiyalaş, har bir işga öta masʼuliyat bilan yondaşiş, tinimsiz öqib-izlaniş, mulohazamiz boşida keltirganimizdek, xuddi asalaridek mehnatkaşlik yotibdi. Yöqsa, barçamizning faxrimizga aylangan Ibrohim Ğafurovning bebaho ijodiy merosi, uning sözdan bino qilgan ulkan boği heç qaçon vujudga kelmas, yaratilsa-da, hozirgidek mahobatli bölmas edi.

Şu boisdan ham ijodkorning 60 yillik töyi munosabati bilan Ozod Şarafiddinov vaqtida şunday yozgan edi: “…munaqqid, tarjimon, şoir, publitsist, jurnalist, zör taşkilotçi, deputat… Qiziği şundaki, bu sohalarning birontasida Ibrohimjon zimmasidagi işlarni çala qilgani yöq, har bir sohada şunday salmoqli va mazmundor işlar qildiki, ular umummadaniyatimiz rivojiga katta hissa bölib qöşildi. Masalan, u köp yillar mobaynida naşriyotda işladi, önlab kitob­larning tuğilişiga doyalik qildi, ança vaqt adabiyot gazetasiga rahnamolik qilganlardan biri böldi. Sönggi yillarda esa “Milliy tiklaniş” gazetasiga boş muharrir böldi. Bu gazeta aslida yöq edi, u yangi taşkil qilindi. Ibrohimjon uni yöqdan bor qildi…”

Haqqi rost. Ibrohim Ğafurov bir umr sözlar bilan sözlaşib, ulardan körkam va jozibali boğ bino qildi. Hozir bu boğdagi gul va daraxt­lar yanada çiroy oçmoqda, yanada yuksalmoqda.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ijodkorga 80 yoşga kirgani munosabati bilan yöllagan tabrigida taʼkidlaganidek, mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar yangi, yuksak bosqiçga kötarilib, hal qiluvçi kuçga aylanayotgan bugungi kunda Ibrohim Ğafurov singari çuqur bilim va hayotiy tajribaga, faol ijtimoiy pozitsiyaga ega bölgan, qalbi, vijdoni uyğoq zamondoşlarimizning hayotdagi örni va taʼsiri tobora ortib bormoqda. Bu insonning mana şunday uluğ va tabarruk yoşda ham faol va jöşqin ijod bilan şuğullanayotgani barçamiz uçun, avvalo, navqiron isteʼdod egalari uçun yuksak örnak va ibrat namunasidir.

Sözdan latif boğ yaratgan ijodkor, atoqli maʼrifatparvar adib, yirik olim, faol jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurov bugun umrining tabarruk 85-dovonini oşib ötmoqda. Tilagimiz, Ibrohim aka şu boğdagi gullardek mudom ifor soçib, ixlosmandlarining dimoğini şod qilaversin, uning ijodda  daraxtlar kabi köklar qadar yuksalayotganiga hayrat va havas bilan boqqanlarning boşidan döppisi tuşaversin!

 Ötkir RAHMAT

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan