Xalq yölini yoritgan yulduz yoxud moviy osmonning törtburçak derazasi
“Şarq yulduzi” jurnali — 90 yoşda
Sirojiddin SAYYID,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi,
Xalq şoiri
“Şarq yulduzi” deganda mening köz öngimda şeʼr, ğazal, matal va dostonlarga boy olis bolalik pallalari gavdalanadi. U vaqtlar bizning hovlimizda hamma nazmiy til bilan söylar edi. Oybibi momom urçuq yigirib, nolakor ovozda nimalarnidir xirgoyi qilar, yon qöşnimiz usto Habib amaki sandiq yasab, yoğoç yönayotib Saʼdulla faqat özigagina maʼlum soğinçlarni eslab hazin xoniş qilar, baytu doston aytişga hamişa hoziru nozir Islomiddin toğam esa, xalq ijodiyotining koni edi: u bilmagan ertak-afsona, u aytmagan dostonu qissa yöq edi, qanday mavzu bölmasin toğaning unga şeʼriy javobi hamişa tayyor edi. Röparadagi hovlidan esa köklam çoği ravoç tergani borganda toğu toşda çaqmoq urib juvonmarg bölgan Axtamqul degan öğli doğida kuyib jizğanak bölgan Hojibibi momo mahzun- mahzun nola çekardi…
Mana şu hazin tovuşlar dunyosida mening bolalik hayotimga ilk bor “Şarq yulduzi” jurnali kirib kelgani heç esimdan çiqmaydi. Çamasi yetti-sakkiz yoşimda, ötgan asrning 60-yillari örtalari maktabda işlaydigan otam bir kuni zangor muqovali qalin daftarga öxşaydigan kitobni uyimizga olib keldi. Onamning hayron qolib bergan savoliga: “Çingiz degan yozuvçi çiqibdi, şuni beribdi. Bir kunga sörab, öqişga oldim. Juda zör deyişayapti” degan sözlarni aytib, qölidagi jurnaldan qalin soçlari orqaga taralgan, qoşlari quyuq, dördoq lablari kulib turgan körkam kişining suratini körsatdi…
Şu kundan eʼtiboran uşbu jurnal mening bolalik idrokimdan muqim örin oldi. Bu zangor muqovali majallani men goh dala şiyponlarida, goh Qutbiddin malim, Bekmirza domla, adabiyot öqituvçisi Ibrohim Safarovning qölida har zamon-har zamonda körib qolar edim. Uning zangor muqovasi boşimiz uzra nurga çulğanib yotgan moviy osmonlarning maktabimizga tuşgan törtburçak derazalari edi göyo.
Bu sehrli naşr biz Toşkentga öqişga kirgandan keyin ayniqsa, ajralmas hamdam-hamnafas döstimizga aylanib qoldi.
Esimda, 1974 yil ustozlarimiz Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyevaning “Yoşlik devoni”, “Ruhim”, “Oq olmalar” kitoblari tevaragidagi şov-şuvlar davom etar, şeʼriyat işqi ila sururga limmo-lim köngillarimiz, yangilikka öç ongu şuurimiz har şeʼru dostonni simirib öqiydigan, yodlaydigan bearmon damlar edi.
ToşDUning jurnalistika fakultetida, darsxonalar va yölaklarda, Sirdaryo dalalarining yastangan paxtazorlari, uzun egatlariaro şeʼriy muşoiralarimiz qizğin keçar, şeʼr aytmagan, şeʼr öqimagan kunimiz ham, tunimiz ham yöq edi. Ana şunday kunlarning birida Abdulla akaga Ozod domla oq yöl berib söz yozgan ekanlar, şu söz “Şarq yulduzi”da bosilgan ekan degan gapni eşitib qolib, oromimiz yöqoldi. Jurnalning 1964 yilgi rangi uniqib ketgan 5-sonini to universitet kutubxonasidan olib öqib körmagunimizça tinçimadik. Unda “Oq yöl, Abdullajon!” deb sarlavha qöyilgan domlaning sözlari, Abdulla akaning ösmirlik surati va bir turkum şeʼrlari bosilgan edi. “Men neçun sevaman Özbekistonni” nomli maşhur şeʼrni ham öşanda öqiganmiz.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Puşkin köçasi 1-uydagi binosidan jurnal tahririyatiga birinçi qavat öng qanotidan joy berilgan edi. Biz bir guruh yoş ijodkorlar, asosan, havaskor şoirlar jurnalning nasr bölimi mudiri vazifasida işlaydigan Şukur aka, Şukur Xolmirzayevni körgani kelar edik. Öşa paytlar Şukur akaning “Qadimiy Baqtriya tuproğida” essesi jurnalda bosilib, ança-munça ovoza bölgan edi.
Jurnal şu xalqning boşiga nima körgilik-savdo, nimaiki yoruğlik tuşgan bölsa, barçasini birga baham körgan, xalq qiynalsa, qiynalgan, xalq sevinsa, xursand bölgan. Şu sababdan el-ulus orasida uning obrö-eʼtibori hamişa baland edi.
Bir misol keltiradigan bölsak, suv tanqisligi, daryolar va köllar masalasi bugungi kunda ayniqsa, olamşumul muammoga aylandi. 80-yillarda Sibir daryolarini Örta Osiyoga burişdek nomaqbul rejalar ham öz-özidan barbod bölgani hammamizga maʼlum. Jurnalning 50-yillarda çiqqan sonlaridan birida bosilgan taniqli adib, davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidovning keng kölamli “Suv yöli” nomli katta oçerki – paxta yakkahokimligi, behuda isrofgarçilik kelajakda katta ekologik fojialarga olib kelişi haqida ogohlantiriş bongiday yangragan edi.
Sobiq mustabid tuzumning oşkoralik deb atalmiş intiho davri jurnal uçun ham göyo uyğoniş pallasini boşlab berganday, öşa paytlar şu vaqtgaça bosilmay kelingan muammoviy maqolalar, taqiqlangan tarixiy asarlar, ayniqsa, Qurʼoni Karim tarjimasining yil davomida eʼlon qilinişi ijtimoiy-maʼnaviy hayotda katta voqeaga aylangan edi. Biroq siyosiy-mafkuraviy tanazzulga yuz tutgan tuzum iqtisodiy tanazzulga ham uçragan ediki, bu yöqçilik jurnalga öz taʼsirini ötkazmasdan qöymadi. Lekin “Şarq yulduzi” hamda “Zvezda vostoka” jurnallari qanday holat bölmasin, öz qiyofasi, ijtimoiy burçi va masʼuliyatini saqlab qololdi. Öşa murakkab zamonda jurnalga boş muharrir bölgan Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov va tahririyat aʼzolarining şijoati behad ibratlidir. Jurnal sahifalarida juda köp ustozlarimizning adabiyotimizda voqea bölgan muhtaşam asarlari bosilgani elimizning maʼnaviy xazinasini boyitdi, ertangi kunga işonçini mustahkamladi.
Ne baxtki, men ham öz kamtarona ijodiy faoliyatim davomida uşbu naşrning mehru eʼtiboridan bahramand böldim, ilk şeʼriy turkumlarim, doston va tarjimalarim şu jurnal sahifalari orqali öquvçilar hukmiga havola etildi.
Davlatimiz rahbarining “Adabiyot – xalqning yuragi” degan yuksak daʼvati xalq qalbining ifodasi sifatida yangrar ekan, bugungi keng kölamli islohotlar va yangilanişlar davrida “Şarq yulduzi” – “Zvezda vostoka” naşrlarining ham zamon qörğonini bunyod etiş jabhasida özining munosib örni bor. Salkam bir asrlik yoşga yetgan adabiy-badiiy jaridalarimizning qaddi baland, qomati raso bölsin, deymiz.
