Ustozlarimga rahmat!

Eng yaxşi jurnalistik material uçun (internet jurnalistika) nominatsiyasi böyiça 1-örin ğolibi — Özbekiston Milliy axborot agentligi şarhlovçisi Norgul ABDURAIMOVA:

— Qöliga qalam tutgan ijodkor borki, oltin qalam sohibi bölişni orzu qilsa kerak. Lekin bu qalamga ega böliş oson emas. Buning uçun köproq mehnat qiliş kerak.

“Oltin qalam” xalqaro milliy tanlovi yillar ötgani sari taʼbir joiz bölsa, tom maʼnoda özligini topmoqda. Çunki söz erkinligini taʼminlaş böyiça amaliy işlar qilinganidan keyin milliy jurnalistikada ham uyğoniş kuzatildi. Fikrimizni, tanqidni bemalol ayta oliş imkoniyati paydo böldi.

Qiziq, jurnalistga erkinlik berilmagunça u erkin yoza olmaydimi yoki tanqid qila olmaydimi?

Ha, erkinlik kerak. Lekin qöliga qalam uşlagan professional jurnalist heç qaçon özligidan keça olmaydi, menimça. Yaʼni u yuragi buyurganini baribir yozadi. Ehtimol yozganlari çop etilmas, tahrirda erkin fikri, tanqidi uzib olib taşlanar, ammo haq sözini baribir aytaveradi.

Şukrki, Davlatimiz rahbarining dadil irodasi bilan jamiyatda qaror topayotgan söz erkinligi tufayli biz bugun barça fikrimizni ayta oliş, eʼlon qila oliş baxtiga muşarraf böldik.

Odamlarning dardini eşitib, ularni oçiq ayta boşladik. Eng muhimi, muammoli masala kötarilganda unga mas­ʼul idoralarning munosabat bildirayotgani, öşa muammo yeçimini topayotganidir.

Aynan şunday qaynoq jarayonlar bilan yaşab, ijod qilayotgan haqiqiy professionallar oltin qalam sohiblariga aylanayotganidan mamnunman.   Zero, söz erkinligidan foydalanib, sohani tirikçilik manbaiga aylantirib yurganlar ham kam emas.

Prezidentimizning “Men professional jurnalistlarni hamişa va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorman”, degan fikrlari mazkur tanlov timsolida yana bir bor amalga oşdi.

Yana bir narsani eʼtirof etib ötmoqçiman. Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tanlovni taşkil etişda juda katta saʼy-harakatlarni amalga oşirdi. Oçiqlik taʼminlanişi bilan birga har bir ijodkorning mehnatini körsatib beriş böyiça bu yil katta işlar qilindi.

Bugun qöliga “Oltin qalam” uşlagan jurnalistlar şu paytgaça faol işlagan bölsalar, buyoğiga ulardan katta fidoyilik talab qilinadi. Axir bu qalam ularga qalamlari yanada ötkir bölişi uçun taqdim etildi.

Bugun internet jurnalistikasi öz örniga ega, tezkor. Odamlar voqea-hodisalar, yangiliklarni bir zamonlardagidek soatlab, kunlab kutişmaydi. Haqiqiy axborot asri deb şunga aytsalar kerak.

Ammo şu örinda “Internet-jurnalistikasi” sohasi bö­yiça ikki oğiz: Bu axborot makonini axborot tarqatişning eng tezkor va çeksiz ummoniga qiyoslasak böladi. Biroq bu ummonda kerakli va keraksiz axborotlar qorişib ketgan. Şu maʼnoda internet orqali işonçli axborotni topiş bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Internet naşrlar, saytlarni kuzatsak, eʼtibor tortadigan sarlavhalar bisyor. Oçib öqimoqçi bölsangiz, köpçilik xabarlarning tagi puç böladi.

Aslida Internet jurnalistikasi juda katta imkoniyatlarga ega va bundan unumli foydalaniş, faqat tezkor emas, balki işonçli, foydali, yaʼni odamlarni fikr­laşga, nimanidir anglaşga undaydigan maqolalarni köpaytiriş maqsadga muvofiq.

Men mehnat qilayotgan ÖzAda Yaratganga şukrki, ijodiy muhit, ijodga munosabat havas qilgulik. Ana şunday hayo­jonli eʼtirofga munosib körilganimdan boşim osmonda. Barça ustozlarimga rahmat deyman.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan