“Hayajon va sevinçimni tuşuntirolmayman…”

“Eng yaxşi jurnalistik material uçun” (televideniye) yönalişida 1-örin ğolibi,   “Madaniyat va maʼrifat” telekanali katta muharriri Yulduz FAYZIY:

— Oltin qalam milliy mukofoti har bir jurnalistning orzusi! Bu yil mazkur mukofotning 16-marta ötkazilişi. Mening ham jurnalis­tikadagi faoliyatim boşlanganiga 16 yil böldi. Ha, 15 yoşimdan buyon televideniyedaman. Oçiği, kutmagandim. Ayniqsa, 1-örin ğolibi deb ism-familiyam eʼlon qilingandagi hayajonni, sevinçni tuşintirib beriş, yetkaziş qiyin. Nomzodlar, ğoliblar orasida ança yillik tajribaga ega jurnalistlar, ustozlar qatorida eʼtirof etiliş boşqaça bölar ekan…

Mana şunday yaxşi kunimda yaqinlarim, ayniqsa, onajonimning ham mana şu taqdirlaş marosimida iştirok etganliklari menga yanada qanot berdi. Şu örinda vaʼda berib aytamanki, mazkur eʼtiborni, eʼtirofni oqlaş yölida yanada faolroq bölişga, yanada qattiqroq mehnat qilib, menga topşirilgan “Oltin qalam” bilan xalqimizga foydasi tegadigan, odamlarning dardini olib çiqadigan işlar qilişga harakat qilaman.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan