Tarixini bilmagan özligini unutadi

Şuhrat HAYITOV,

“O‘zbekiston tarixi” telekanali direktori:

— Bugungi televideniye keçagisidan farq qiladi. Bugun yangiliklar közgusidan jurʼat bilan gapirayotgan jurnalist şijoati özgaça, maqsad va muddaosi ayon, tili burro, qörquvi yöq. Muammolarni oçiq aytiş bor, rahbarlarga xalqni qiynayotgan masalalar yeçimini sörab mikrofon tutiş bor, javobni randalaş yöq, vaziyatni boriça olib çiqiş bor. Fidokorona mehnatning rağbatlantirilişi va eʼtirof etilişi esa ijodkor ahliga yanada ulkan işonç va qanot bağişlaydi. Şu maʼnoda, bunday yuksak mukofot odamga juda katta masʼuliyat ham yuklaydi. Öylaymanki, bu eʼtirof bugun jurnalistlarga, qolaversa, ilm ahli, ziyolilarga bölgan eʼtibordir.

Prezidentimiz taşabbusi bilan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining taşkil etilgani esa çin maʼnoda tarixiy voqea böldi. Negaki, tarixini çuqur bilmagan xalqning milliy özligi ham haminqadar böladi. Şu bois ajdodlar merosini tatbiq etiş, oğzaki va yozma manbalarni yoş avlodlarga yetkaziş, moziy haqiqatlarini namoyon qiliş hamişa dolzarb vazifalardandir.

Telekanalimiz 2019 yilning 1 sentyabridan öz fao­liyatini boşladi. Ötgan qisqa vaqt mobaynida mavjud 5 ta: “Özbekiston tarixi”, “Ilmiy-ommabop telefilmlar”, “Arxeologiya va muzeylar”, “Jahon tarixi va sivilizatsiyasi”, “Tezkor dublyaj” muharririyatlari tomonidan qator körsatuvlar tayyorlanib, tomoşabinlar eʼtiboriga havola etib kelinmoqda.

Xususan, 90 daqiqa mobaynida   jonli tarzda efirga uzatiladigan “Tarixiy savol” tok-şousi, körsatuvlar dasturidan muntazam örin olgan “Aslida qanday?..”, “Ibtido”, “Etno”, “Mavzu”, “Taqdimot” singari körsatuvlarda yurtimizning köhna va boy tarixi, anʼanalari, ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qöşgan ilmiy, madaniy va maʼnaviy hissalari, ularning hayot yöli tarixiy voqea-hodisalar misolida keng oçib berilmoqda. Şuningdek, uşbu körsatuvlar xalqimiz tarixiga taalluqli va umummilliy ahamiyatga ega bölgan muhim masalalar, muammolar bö­yiça ziyolilar, keng jamoatçilikni oçiq muhokamaga çorlamoqda. Boşqaça aytganda, telekanal tarixçi olimlar, tadqiqotçilar va yoşlarning çinakam minbariga – “munozara maydoni”ga aylanib ulgurdi.

Undan taşqari, buyuk vatandoşlarimiz — olimlar, mutafakkirlar va aziz-avliyolar, şoir va yozuvçilar, sarkardalar, davlat arboblarining bebaho merosini keng kölamda örganiş va ommalaştiriş maqsadida ularning hayot yöli, qahramonligi va avlodlarga qoldirgan boy merosi haqida “Buyuk Temur”, “Buyuk yurt allomalari”, “Navoiy hayratlari”, “Sulola”, “Oçun” nomli körsatuvlar taşkil qilindi hamda muntazam efirga berib borilmoqda.

Bundan taşqari, ayni damda ilmiy-ommabop şakldagi “Özlikka yöl” megaloyihasiga qöl urildi. Unga butun mahalliy va xalqaro miqyosdagi olimlar jalb qilinmoqda.

Yurtimiz tarixini keng ommaga tarğib etiş, içki va taşqi sayyohlik muhitini kengaytiriş maqsadida “Bir ölka tarixi”, “Bir eksponat tarixi”, “Sayohatnoma”, “Muborak maskanlar” kabi loyihalarning körimlilik darajasini oşiriş va ularni keng internet platformasiga yoyiş masalalarida jadal işlar yölga qöyildi.

Yana bir gap. Bugungi kun tomoşabinining xalqçil, ixçam telemahsulotga bölgan talabidan kelib çiqib akademiklar, adabiyot va tarix ilmi darğalarining qisqa, ammo ötkir, zalvorli 3-4 daqiqalik fikrlarini öz içiga olgan “Gapning oçiği…” loyihasi köpçilik teletomoşabinlarning eʼtirofiga sazovor böldi.

Yangilanayotgan Özbekiston islohotlari ohangida bugun har bir körsatuvda aytilayotgan mulohazalar xolis, haqqoniy va çuqur tahlillarga asoslangani holda keng jamoatçilikni fikrlaşga undamoqda. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotida milliy teleradiokompaniyaning örni va rolini körsatib bermoqda, desak xato bölmaydi. Şuningdek, bunday ijodiy jarayonlar, öz navbatida, bugungi davr telejurnalistikasining öziga xosligi, taraqqiyoti va yuksaliş jarayonlarini belgilaşga xizmat qilmoqda.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan