Haq sözning qadri oşmoqda
Mamlakatimizda kötarinki ruhda nişonlangan Jahon matbuoti erkinligi kuni “Xalq sözi” — “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi uçun unutilmas onlarni tuhfa etdi, desak, mubolağa emas.
Tahririyatimiz “Oltin qalam” XVI milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovda bosma ommaviy axborot vositalari yönalişida birinçi öringa munosib körilganidan behad quvondik. Ayni paytda bu eʼtirofni barça jabhada yangilanayotgan Özbekistonning demokratik huquqiy davlat, kuçli fuqarolik jamiyati quriş yölida sobitqadamlik bilan dadil oldinga intilayotganining yana bir yaqqol ifodasi sifatida qabul qildik.
Darhaqiqat, bugun Prezidentimiz tomonidan jamiyatda oçiqlik va oşkoralikni taʼminlaş, plyuralizm, hurfikrlilikka keng şart-şaroitlar yaratiş borasida olib borilayotgan kölamdor oqilona siyosat media sohasiga ham tom maʼnoda yangilaniş nafasini olib kirdi.
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, ommaviy axborot vositalarini “törtinçi hokimiyat”ga aylantiriş, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oşiriş borasida sezilarli natijalarga erişilmoqda.
Bu boradagi eng muhim yutuq şuki — jamiyatimiz “yopiqlik muhiti”dan qutulib, yangi Özbekiston poydevori aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etilmoqda.
Sohadagi ijobiy özgarişlarning inʼikosini kuni keça “Çegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat taşkiloti tomonidan eʼlon qilingan Söz erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida Özbekiston öz körsatkiçlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxşilab, 157-örindan 133-öringa kötarilgani misolida köriş mumkin.
Bugun “yopiq” mavzuning özi qolmagan. Har kim özi istagan ommaviy axborot vositasida, ijtimoiy tarmoqlarda erkin fikr bildirişi, taklif va mulohazalarini örtaga taşlaşi mumkin. Qonundan çetga çiqilmasa, özganing huquqlari buzilmasa bölgani, barça yöllar oçiq.
Bunday oçiqlik, şaffoflik zamoni, öz örnida, bir tomondan, media olamida özaro raqobatni kuçaytirsa, ikkinçi tomondan, ommaga söz aytiş masʼuliyatini yanada oşiryapti.
“Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalari jamoasi ana şunday masʼuliyatli davrda, faqat va faqat halol mehnat, tinimsiz izlaniş, soğlom raqobat tufayli öz örniga ega böladigan bir şaroitda zimmasidagi şarafli vazifani uddalaşga baholiqudrat harakat qilmoqda. Öz qadriyatlariga sodiq qolgan holda sobitlik bilan olğa intilmoqda.
Gazetalarimiz davlatimizning içki va taşqi siyosatini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy hayotini aks ettiruvçi közguga aylangan. Sahifalardan örin olayotgan har bir materialda kun nafasi, hayot haqiqati ufurib turadi. Sodda qilib aytganda, haq sözning, xalq tafakkurining minbariga aylangan.
Ayniqsa, keyingi beş-olti yilda “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo”ning mazmun-mundarijasi butunlay özgarib, mamlakatimizda boşlangan tarixiy yangilanişlarning faol tarğibotçisi sifatida maydonga çiqdi. Kreativ fikrlar, tanqidiy va tahliliy yondaşuvlar bilan xalq orasiga yanada kengroq kirib bordi.
Parlament naşri sifatida “Deputat fikri” va “Senator minbari” kabi ruknlar orqali qonunçilik jarayonlarining muhim qirralarini, parlament aʼzolarining pozitsiya va munosabatlarini qalamga olib kelmoqda. Masalan, naşrlarimiz orqali öquvçilarimiz Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi öqişlar paytida qonunlar qanday takomillaştirilayotganidan xabardor bölib boriş, davlatimiz rahbari tomonidan imzolanganidan söng ularning sönggi versiyasi bilan tanişiş imkoniga ega.
“Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” — turli şov-şuvlar, oldi-qoçdi materiallarni yorituvçi naşrlar emas. Balki insonlarni fikr-mulohazaga çorlaydigan, tafakkurini çarxlaydigan, bilim va maʼnaviyatini boyitişga hissa qöşadigan gazetalardir.
Muştariylarimiz “Mamlakatimizda iqtisodiy ösişga qanday erişilmoqda?”, “Qanday omillar siyosiy va ijtimoiy barqarorlik kafolati bölib xizmat qilayotir?”, “Qisqa vaqt içida taʼsirçan natijalarga erişişga nima imkon bermoqda?” kabi savollarga taniqli siyosatçilar, ziyolilar, turli sohalar olimlari, ekspert va mutaxassislarning javoblarini ayni şu naşrlardan öqib, bilib bormoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev qayd etganidek, oşkoralik va söz erkinligi bu — davr talabi, bu — Özbekistondagi islohotlarning talabi.
Ana şu haqqoniy talab tahririyatimizning barça xodimlaridan nafaqat professional bilim va könikmalarni, kuçli fuqarolik pozitsiyasini, balki bugunning nafasini his etib, yangiça işlaşga intilişni ham talab qiladi. Aksinça bölişi mumkin emas.
Bundan keyin ham mamlakatimizda yuz berayotgan keng kölamli özgarişlarni obʼyektiv yoritiş bilan bir qatorda hukumat idoralari va jamoatçilik eʼtiborini joylardagi dolzarb muammolarga jalb qilamiz va barça darajadagi rahbarlarni uşbu muammolarni hal etişga undaymiz.
…“Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi davr ruhi va talabidan kelib çiqib, iş uslubini özgartirib bormoqda. Gazetalar dizayni va sarlavhalarda kreativlik közga taşlanmoqda. Tezkorlik bilan yangilanadigan veb-saytimiz, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarimiz sahifalarida zamon ruhi öz aksini topayotir.
Eng muhimi, har bir materialda mamlakatimizning milliy manfaatlari va voqea-hodisalarga obʼyektiv yondaşuv ustuvordir.
Ammo bular hali yetarli emas. Faoliyatimizdan qoniqiş hosil qilişga aslo haqqimiz yöq. Aksinça, kelgusida mavzular qamrovini yanada kengaytirib, öquvçilarimiz talab va istaklariga hamohang faoliyat körsatişimiz zarur. Voqeliklarni yoritişda tezkorlikni oşirib, odamlarni taşvişga solayotgan ötkir muammoyu kamçiliklarni yanada dadil qalamga oliş galdagi ustuvor maqsadlarimizdan biri bölib qoladi.
Ötkir RAHMATOV,
“Xalq sözi” – “Narodnoye slovo”
gazetalari Boş muharriri
